Kimyo fanlari doktori(DSc), dotsent
1. Kafedraning asosiy maqsadi
Organik kimyo kafedrasining asosiy maqsadi — organik kimyo va unga turdosh fanlar bo‘yicha zamonaviy nazariy bilim, amaliy va laboratoriya ko‘nikmalariga ega, mustaqil fikrlaydigan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga qodir, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda organik kimyo sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatni rivojlantirishdan iborat.
Kafedraning asosiy vazifalari
Organik kimyo va turdosh fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish hamda ta’lim sifatini ta’minlash.
Talabalarda organik moddalarning tuzilishi, nomenklaturasi, olinishi, xossalari, reaksiyalari va amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha fundamental bilimlarni shakllantirish.
Laboratoriya mashg‘ulotlari orqali organik moddalar bilan xavfsiz ishlash, sintez, ajratish, tozalash va tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Organik sintez, tabiiy birikmalar, bioorganik kimyo, polimerlar, dorivor moddalar va boshqa dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
Iqtidorli talabalar va yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ularning ilmiy maqola, tezis, bitiruv va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashiga ko‘maklashish.
Zamonaviy laboratoriya usullari, instrumental tahlil, raqamli texnologiyalar va elektron ta’lim resurslarini ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot jarayonlariga joriy etish.
O‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirish, fan dasturlari, laboratoriya ishlanmalari, o‘quv qo‘llanmalar va elektron resurslarni muntazam yangilash.
Professor-o‘qituvchilarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, ilmiy nashrlar faolligini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish.
Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish.
Ilmiy tadqiqot natijalarini farmatsevtika, oziq-ovqat, kimyo sanoati, materialshunoslik, ekologiya va boshqa amaliy sohalarga joriy etishga ko‘maklashish.
Talabalarda kasbiy kompetensiya, mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash, akademik halollik va ekologik madaniyatni shakllantirish.
Organik kimyoni biologiya, biokimyo, tibbiyot, ekologiya, fizika, materialshunoslik va boshqa fanlar bilan integratsiyalashgan holda rivojlantirish.
Mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh organik kimyo mutaxassislarini tayyorlash.
Kafedraning strategik yo‘nalishi
Organik kimyo kafedrasining strategik yo‘nalishi — ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, zamonaviy laboratoriya bazasini mustahkamlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
2. Kafedra tarkibi va kadrlar salohiyati
Jami xodimlar:8 nafar; professorlar: 1; dotsentlar: 2; DSc: 2; PhD: 6;
35 yoshgacha: 2; 60 yoshgacha: 5; 60 yoshdan yuqori: 1. Erkaklar:6; ayollar:2. Ilmiy salohiyat:100%.
3. Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
Bakalavriat:
60530100-Kimyo (turlari boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi
60530300-Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi
Magistratura:
70530101-Kimyo (fan yoʻnalishlari boʻyicha)
70710101-Kimyoviy texnologiya ( ishlab chiqarish turlari boʻyicha)
Doktorantura (PhD, DSc):
02.00.13.-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
02.00.14.-Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
4. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar:
«Colchicum va merendera alkaloidlarining tuzilishi va modifikatsiyasi»;
«Colchicum Kesselringii o‘simligi tarkibidan kolxaminni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish va uning hosilalari sintezi»;
«Poliolefinlar va tarkibida azot, fosfor hamda metallar bo‘lgan oligomerlar asosida olovbardosh materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish»;
«Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida mineral qo‘shimchali portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish»
Ilmiy loyihalar:3-ta. Xoʻjalik shartnomalari:6-ta; umumiy qiymati: 38 mln soʻm.
Ilmiy laboratoriya/markaz: Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot markazi
5. Ilmiy natijalar va nashrlar
Oʻquv qoʻllanmalar:5; darsliklar: 0; monografiyalar:8; ilmiy maqolalar:187.
OAK:95 ta; Scopus: 55 ta; Web of Science: 37 ta.
6. Xalqaro hamkorlik
Hamkor xorijiy OTMlar:2-ta. Qoʻshma tadqiqotlar: 1 ta.
Akademik almashinuv: oʻqituvchilar 6 nafar, talabalar 30 nafar.
Asosiy hamkorlar:
1.“Oltinsoy bazalt quvur” MCHJ
2.Surxon Termiz Chinni
3.“Surxon Sendvich” ma’suliyati cheklangan jamiyati
4.“BIO-TEXNO-EKO” MCHJ korxonasi
5.Termiz IR invest servis g‘isht zavodi
6.Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Xandiza kon boyitish fabrikasi.
7. Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
7. Talabalar faoliyati
Talabalar umumiy soni: 140 nafar. Talabalar klublari: shaxmat, shashka
Soʻnggi 3 yilda olimpiada/tanlov gʻoliblari: 1 nafar; xalqaro anjuman ishtirokchilari:1nafar.
Stipendiya sohiblari: 0 nafar. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi:95 %.
8. Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi
Auditoriyalar:4 ta; oʻquv laboratoriyalari: 4 ta; ilmiy laboratoriyalar: 0 ta; kompyuterlar: 5 ta.
Kutubxona fondi: 200 ta adabiyot; multimedia vositalari: 194 ta.
Scopus va Web of Science bazalariga kiritiladigan maqolalarga mualliflar haqida ma`lumotlari
Organik kimyo kafedrasi professor-o`qituvchilari haqida
№
FISh
Orcid raqami
Scopus ID raqami
Web of Science raqami
Web of Science
H-Index
Scopus
1
Muqumova Gulvar Jumayevna
Organik kimyo kafedrasi mudiri,
Kimyo fanlari doktori (DSc)
0000-0003-1194-9468
58978519200
NZL-2975-2025
2
3
Aliqulov Rustam Valiyevich
Organik kimyo kafedrasi professori,
0000-0003-0800-2142
6506785406
POS-8976-2026
Allaberdiyev Farxod Xamrayevich
Organik kimyo kafedrasi dotsenti,Kimyo fanlari nomzodi
0009-0006-8390-6458
7801410222
СВВ-5460-2022
4
Xamzayev Nomoz Javliyevich
Organik kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi
Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
0009-0009-5878-7911
59393191400
-
5
Atamurodova Dilorom Mamatmuminovna
Organik kimyo kafedrasi kata o’qituvchisi
Texnika fanlari falsafa doktori(PhD)
0009-0009-9743-9418
60068384800
6
Nuraliev G‘ayrat Turaevich
Organik kimyo kafedrasi ilmiy darajaga ega katta o‘qituvchi,
Texnika fanlar falsafa doktori (PhD)
0000-0001-6125-2197
60341510300
7
Safarov Azamat Mamatali o‘g‘li
Organik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi,
0009-0003-6903-2852
59488568600
Aliqulov Rustam
Valiyevich
Organik kimyo kafedrasi professori, Kimyo fanlari doktori (DSc)
Allaberdiyev Farxod
Xamrayevich
Xamzayev Nomoz
Javliyevich
Organik kimyo kafedrasi katta o`qituvchisi Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Atamurodova Dilorom
Mamatmuminovna
Organik kimyo kafedrasi katta o’qituvchisi Texnika fanlari falsafa doktori(PhD)
Nuraliev G‘ayrat
Turaevich
Safarov Azamat
Mamatali o‘g‘li
Organik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, Texnika fanlari falsafa doktori (PhD)
Bozorov Yoqubjon
Sherali o‘g‘li
Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Kafedra o‘qituvchisi