Asosiy | Tarix fakulteti | O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi

O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi

O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi mudiri

Shaydullayev Shopo’lat Bozorovich

Tarix fanlari doktori, professor.

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998936341021
  • Email:shapulat@mail.ru
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 09:00 - 12:00

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi va manbashunosligi kafedrasi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan kafedra bo‘lib, mamlakatimiz ilmiy tadqiqot va o‘quv muassasalari uchun pedagoglar va ilmiy xodimlar tayyorlab beradi.

1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etilishi bilan Umumiy tarix fanlari barcha ijtimoiy fanlar bilan birgalikda bitta kafedra qilib tashkil etilgan. 1975 yil umumiy tarix kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lib tashkil topdi va birinchi bo‘lib, 1975-1980 yillarda tarix fanlari nomzodi Ch.Jumayev, 1981-1985, 1992-1997 professor Z.Mirzayev rahbarlik qilgan. Kafedra 1990 yildan O‘zbekiston tarixi kafedrasi sifatida alohida kafedraga aylandi. 1991-2000 – yillar t.f.d. M. Oltinov, 2000-2009 – yillar t.f.d. E.Qobilov, 2009-2013 – yillar t.f.d. Sh.Shaydullayev, 2013-2014 – yillar t.f.n. O‘.Xudoyqulov, 2015 – 2016 – yillar t.f.d. E.Qobilov, 2016 – 2017 – yillar t.f.n. Z.Xoliqovlar rahbarlik qilgan. 2017 – yildan t.f.d. Sh.Shaydullayev rahbarlik qilmoqda.

«O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik» kafedrasi universitet va fakultetda yetakchi ilmiy-pedagogik jamoadir. Hozirgi paytda kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultetlarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelishmoqda. Tarix fakultetida «O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik» bo‘yicha ixtisoslashuvchi talabalari uchun 22 ta ixtisos fanlari va maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Talabalar uchun 20 dan ortiq darslik, elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilgan. ma’ruza o‘qish uchun Respublika va xorijning yetakchi mutaxassislari jalb qilinmoqda. Kafedra professor o‘qituvchilari viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, umumiy o‘rta maktab jamoalariga O‘zbekiston tarixi fanidan uslubiy yordam berib kelmoqdalar. Kafedra Respublika va shahrimizda katta ilmiy salohiyatga egadir. Jamoa a’zolari tomonidan O‘zbekiston tarixini tadqiq etish va hozirgi zamon talabiga muvofiq yangicha yoritish borasida ko‘pgina ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar va olib bormoqdalar. Buning natijasida 20 ga yaqin monografiya, 10 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 12 ta ilmiy to‘plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar.