Asosiy | Tarix fakulteti | Jahon tarixi kafedrasi

Jahon tarixi kafedrasi

Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida Jahon tarixi kafedrasi mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan maxsus kafedra bo‘lib, o‘rta umum ta’lim maktablari hamda o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun tarix fani o‘qituvchilarini tayyorlab beradi.

1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etilishi bilan Umumiy tarix fanlari barcha ijtimoiy fanlar bilan birgalikda bitta kafedra qilib tashkil etilgan. 1975 yil umumiy tarix kafedrasi mustaqil kafedra bo‘lib tashkil topdi va birinchi bo‘lib, 1975-1980 yillarda tarix fanlari nomzodi CH.Jumayev, 1981-1985, 1992-1997 professor Z.Mirzayev, 1985-1992, 1997-2005 yillarda dotsent H.Kichkilov mudirlik qildi. 2005 yildan kafedraga dotsent Z.E.Xoliqov mudirlik qildi. Jahon tarixi kafedrasidan 1990 yilda O‘zbekiston tarixi kafedrasi ajralib chiqdi, 1991 yil sentyabr oyida “Jahon tarixi” kafedrasi qayta tashkil etildi. 2002 yil dekabr oyida “Jahon tarixi” kafedrasidan “Arxeologiya va etnografiya” kafedrasi ajralib chiqdi. 2010 yil avgustda «Jahon tarixi» kafedrasi bilan «Manbashunoslik, tarixshunoslik va maxsus tarix fanlari» kafedrasi qo‘shilib, “Jahon tarixi va manbashunoslik” deb nomlandi va ushbu kafedraga t.f.d.prof.S.N.Tursunov mudirlik qildi. 2015 yil 27 avgust kunidan “Jahon tarixi va manbashunoslik” kafedrasi nomi o‘zgarib, Jahon tarixi kafedrasiga aylandi va ushbu kafedraga 2017 yil fevral oyigacha t.f.d.prof. S.N.Tursunov mudirlik qildi. 2017-2018 yillar kafedraga dots.M.Fayzullayeva, 2018 yil 1 maydan t.f.d.dots.Qabulov Eshbolta, 2019 yil 11 martdan mudirlik vazifasiga tayinlandi.

Tarix fakultetida ilmiy salohiyati jihatidan yuqori va etakchi o‘rinda turuvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamjamiyatda tutgan o‘rni hamda Respublika va vohamizdan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot izlanishlar bilan hamnafas yangiliklar amalga oshirilmoqda.