Asosiy | Tarix fakulteti | Falsafa kafedrasi

Falsafa kafedrasi

Kafedra faoliyati haqida ma’lumot: Falsafa kafedrasida 2025-2026 o‘quv yilida 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, ulardan 8 nafari ilmiy darajaga ega, kafedraning ilmiy nufuzi 66 %ni tashkil etdi.

Kafedra o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarini “Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida ma’naviy madaniyat yuksalishining xususiyatlari” kompleks mavzusida olib bormoqda.

Kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar Mustaqil Respublikamizning boy o‘tmish merosini o‘rganishda, mustaqil davlatimizning ilmiy asoslangan ijtimoiy-siyosiy faoliyatini belgilashda, davlatimizning maqsadi, vazifasi, unga erishish yo‘li, vositasi, usuli, davlat qurilishi, fuqarolik jamiyati qonuniyatlari, xalq faoliyatini ro‘yobga chiqarish tizimini tashkil etish, siyosiy va huquqiy madaniyatni shakllantirish, barkamol avlod tarbiyasi haqida ilmiy asoslangan g‘oyalar va tavsiyalar berishga qaratilgan. Bu borada falsafa fanlari doktori, professor Sh.B.Samatov tomonidan yaratilgan qator monografiyalar, xususan: «Milliy madaniyatlar ravnaqining xususiyatlari» (Toshkent: «Fan», 1983), «Ma’naviy madaniyat va onglilik» (Toshkent: «O‘zbekiston», 1985), «Hozirgi sharoitda milliy madaniyatlar ravnaqi» (Toshkent, «O‘zbekiston», 1990) va boshqalar; dotsentlar N.Oripov, N.Berdiyev, A.Raxmonov, U.Mustafayev, B.Turdiboyevlarning ilmiy izlanishlari muhim ahamiyatga egadir.