Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Maqsad va asosiy vazifalar
Arxeologiya kafedrasi milliy va jahon arxeologik merosini ilmiy asosda o‘rganish, saqlash va targ‘ib qilish hamda zamonaviy metod va texnologiyalar asosida malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. Kafedrada bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida Arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim beriladi. Kafedra 2023-yilda tashkil etilgan. Kafedrada 5 nafar xodim faoliyat yuritib, ilmiy salohiyat 60 foizni tashkil etadi. Asosiy ilmiy yo‘nalish — Baqtriya-Tohariston arxeologiyasi. Kafedra tomonidan ilmiy loyihalar, arxeologik tadqiqotlar va xalqaro hamkorliklar amalga oshirilmoqda. Hozirda kafedrada 47 nafar talaba tahsil olmoqda. Kafedrada Arxeologiya laboratoriyasi faoliyat yuritib, talabalar va tadqiqotchilarning amaliy hamda ilmiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Taʼlim sohasida
Arxeologiya yoʻnalishi boʻyicha taʼlim dasturlari va oʻquv rejalarini zamonaviy fan yutuqlari asosida muntazam yangilab borish; Nazariy fanlar bilan bir qatorda dala amaliyoti, qazishma texnikasi va topilmalarni konservatsiya qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar salmogʻini oshirish; Talabalarni GIS-texnologiyalar, 3D-modellashtirish, aerofotosurat va boshqa raqamli arxeologiya vositalaridan foydalanishga oʻrgatish;
Zamonaviy oʻquv-uslubiy majmualar, darslik va qoʻllanmalar, elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish;
Talabalarni ilmiy davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalarga faol jalb etish.
Ilmiy-tadqiqot sohasida:
Uzbekistan Respublikasi Madanii meros agentligi bilan hamkorlikda vatanimiz hududidagi arxeologik yodgorliklarda keng koʻlamli qazishma va arxeologik qidiruv ishlarini tashkil etish;
Ilmiy loyihalar, grantlar va davlat dasturlari doirasida tadqiqotlar olib borish;
Topilgan arxeologik materiallarni ilmiy tahlil qilish, xronologik va tipologik tasniflash, natijalarni ilmiy jamoatchilikka taqdim etish;
Yosh olimlar va magistrantlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni doktorantura va mustaqil tadqiqotlarga yoʻnaltirish;
Ilmiy maqolalar, monografiyalar tayyorlash va nufuzli jurnallarda chop etilishini taʼminlash.
Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish:
Talabalarni muzey va meros muassasalarida amaliyot oʻtashga jalb etish;
Arxeologik topilmalarni saqlash, restavratsiya qilish va muzeylashtirish koʻnikmalarini shakllantirish;
Kasbiy sertifikatlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.
Hamkorlik sohasida:
Xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan qoʻshma ilmiy loyihalar, ekspeditsiyalar va almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
Yetakchi xalqaro arxeologik missiyalar bilan hamkorlikda tajriba almashish va malaka oshirish imkoniyatlarini kengaytirish;
Mahalliy davlat organlari (madaniy meros boʻyicha agentliklar, muzeylar) bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Xalqaro grant dasturlari va ilmiy fondlar bilan aloqalarni rivojlantirish orqali moliyaviy va texnik qoʻllab-quvvatlashni jalb etish;
Arxeologik meros obyektlarini turizm salohiyatidan foydalangan holda targʻib qilish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
Kafedra tarkibi va kadrlar salohiyati
Jami xodimlar: 5 nafar; dotsentlar: 2 ; PhD: 1 ; oʻqituvchilar: 2.
35 yoshgacha: 1 ; 60 yoshgacha: 2; 60 yoshdan yuqori: 2. Erkaklar: 5. Ilmiy salohiyat: 60 %.
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
Bakalavriat: 60220400-Arxeologiya
Magistratura: 70220401-Arxeologiya
Doktorantura (PhD, DSc): (PhD) 007.00.06 – Arxeologiya
Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar: Baqtriya-Tohariston arxeologiyasi
Ilmiy loyihalar: 3 ta. Xoʻjalik shartnomalari: 2 ta; umumiy qiymati: 100000000 mln soʻm.
Ilmiy laboratoriya/markaz: Arxeologiya labaratoriyasi
Ilmiy natijalar va nashrlar
Oʻquv qoʻllanmalar: 3; darsliklar: -; monografiyalar: 4; ilmiy maqolalar: 45.
OAK: 20 ta; Scopus: 15 ta; Web of Science: ____.
Xalqaro hamkorlik
Hamkor xorijiy OTMlar: 2 ta. Qoʻshma tadqiqotlar: 3 ta.
Akademik almashinuv: oʻqituvchilar 3 nafar, talabalar 1 nafar.
Asosiy hamkorlar: Chexiya Korlova universiteti, Fransiya Eko normal xalqaro ilmiy tekshirish instituti, Xitoyning Shimoli- g‘arbiy universiteti
Talabalar faoliyati
Talabalar umumiy soni: 47 nafar. Talabalar klublari: 2
Soʻnggi 3 yilda olimpiada/tanlov gʻoliblari: 1 nafar; xalqaro anjuman ishtirokchilari: 2 nafar.
Stipendiya sohiblari: 1 nafar. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi: 60 %.
Infratuzilma va moddiy-texnika bazasi
Auditoriyalar: ____ta; oʻquv laboratoriyalari: __ ta; ilmiy laboratoriyalar: 1 ta; kompyuterlar: ___ ta.
Kutubxona fondi: ___ ta adabiyot; multimedia vositalari: ___ ta.
Asosiy koʻrsatkichlar
Koʻrsatkich
Miqdor
Izoh
Talabalar soni
47-nafar
2-3-4-kurslar
Ilmiy salohiyat
60 %
Ilmiy loyihalar
1 ta
Ilmiy maqolalar
45 ta
Scopus / WoS
15 ta
3 ta
Xoliqov Zokir
Eshboltayevich
Dotsent
Annayev Tuxtash
Jurayevich
Toshqobilov Bobur
Xolbo'tayevich
O‘qituvchi
O'roqov Azamat
Turg'un o'g'li