Asosiy | Tabiiy fanlar fakulteti | Botanika kafedrasi

Botanika kafedrasi

Botanika kafedrasi mudiri

Begmatov Abdusamat Mamatqulovich

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998905200711
  • Email:begmatov1976@bk.ru
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00

1956 yilda Termiz shahridagi ikki yillik o‘qituvchilar instituti Termiz davlat pedagogika institutiga aylantirildi. Institutdagi Biologiya-ximiya fakulteti tarkibida shu yili “Biologiya-ximiya” kafedrasi ilk matra tashkil etildi. Kafedra mudiri etib b.f.n., dots. M. Hojiyev tayinlandi.

1960 yilda Termiz va Qarshi davlat pedagogika institutlari qo‘shilishi munosabati bilan kafedra qarshi shahriga ko‘chirildi. 1965 yilga kelib Termiz davlat pedagogika instituti qayta tashkil etildi, b.f.n., dots. M. Hojiyev “Biologiya-ximiya” kafedrasiga rahbarlik qildi.1969 yili Tibbiyot fanlari nomzodi X. Zokirov kafedra mudirligiga saylandi. Ushbu davrda kafedrada 4 nafar fan nomzodlari (M.Hojiyev, M.Saidov, A.Qulmamatov, X.Zokirov) ishlashgan. 1974-yil kafedrada biologiya fanlari nomzodlari Sh. Xurramov va X.Saidovlar pedagogik faoliyatini boshlashgan.

1978-yili kafedra o‘qituvchisi X.Tajiyev, 1979-yili kafedra aspiranti E. Qulmamatovlar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishgan.1975-1988 yillarda dotsent A.Qulmamatov kafedra mudiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1988-yil “Kimyo-botanika va qishloq xo‘jalik asoslari” kafedra sifatida ajralib chiqdi va kimyo fanlari nomzodi T.Xamrayev kafedraga rahbarlik qildi. 1991-yili kafedra “Botanika va qishloq xo‘jalik asoslari” kafedrasi deb nomlandi va b.f.n. E.Qulmamatov kafedrani boshqardi. 1993-1996 yillarda b.f.n., dots. Q.Jumaev kafedra mudiri bo‘lgan.