Asosiy | Tabiiy fanlar fakulteti | Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri

Abramatov Muxamadi Boyqobilovich

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998915842660
  • Email:bozorovam@tersu.uz
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00

Kafedra 1994 yil 15 aprelda Kimyo fakultetining “Umumiy kimyo va ekologiya”, “Anorganik va analitik kimyo” hamda “Qishloq xo‘jaligi asoslari” kafedralari tarkibida shakllangan. Uning bosh tashabbuskori Termiz davlat universitetining sobiq rektori O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Beruniy nomidagi davlat mukofotining sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Surxon vohasi ilm ahlining faxri, fizika – matematika fanlari doktori, professor To‘raev Nazar Yo‘ldoshevichdir. Kafedraning asoschisi qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor, Nyu-York fanlari akademiyasining haqiqiy a’zosi Zokirov Xolmat Xurramovich sanaladi. Uzoq yillar mobaynida kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib, yosh avlodga o‘z bilimi va tajribalarini o‘rgatib kelmoqda.

Ushbu kafedra tashkil etilgan yildan boshlab kafedraning professor – o‘qituvchilari universitetning kimyo, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanlari o‘qitiladigan barcha ta’lim yo‘nalishlarida umumiy kimyo va ekologiya fanlaridan dars bera boshladilar. 2010-2011 o‘quv yili davomida geografiya kafedrasi bilan qo‘shilib “Geografiya-ekologiya” kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatdi. 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish”, 2012 yildan “Ekologiya”, 2018 yildan “Ekologiya va tuproqshunoslik” kafedrasi deb nomlanib kelmoqda. Hozirda kafedraga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadi Boyqobilovich Abramatov mudirlik qilib kelmoqda.

Hozirda kafedrada 1 nafar professor, 3 nafar dotsent 1 nafar katta o‘qituvchi va 4 nafar o‘qituvchi, 1 nafar stajor-o‘qituvchi 12 shtat birligida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.