Asosiy | O‘zbek filologiyasi fakulteti | O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri

Amonturdiyev Nurali Rashidovich

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998996770706
  • Email:nuraliamonturdiyev@mail.com
  • Qabul vaqti:Seshanba, Chorshanba, Payshanba: 14:00 – 16:00

O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 1967- yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 5 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 2 nafari fan nomzodi edi. Kafedrani filologiya fanlari nomzodi, professor J.Omonturdiyev tashkil qilgan va boshqargan. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan. Hozirgi kunda kafedrani dotsent Bekpo‘lat Umurqulov boshqarib kelmoqda.

Shu vaqtga qadar kafedrada marhum ustozlardan dotsent Akbar Mamatqulov, professor Xolmirza Xoliyorov, filologiya fanlari doktori Sattor Mahmatqulov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Yomg‘ir Abdurasulov, Xurram Alimurodov, Xo‘shboq Xolmo‘minov, Ro‘ziqul Normurodov va prof. Anvar Omonturdiyevlar faoliyat ko‘rsatganlar (ularning oxirati obod bo‘lsin!).

Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori, 6 nafar filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar o‘qituvchi – jami 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.