Asosiy | O‘zbek filologiyasi fakulteti | O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi

O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi

O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri

Arslonov Abdimurod Karomatovich

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998991028440
  • Email:.
  • Qabul vaqti:Har kuni soat 14:00 – 16:00

O‘zbek adabiyoti kafedrasi 1974 yil 1 sentyabrdan mustaqil kafedra sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2018-yil 27-sentyabrdan O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi maqomi berildi. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan. Hozirgi kunda kafedrani Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Arslonov Abdimurod boshqarib kelmoqda.

Hozirda kafedrada 1 nafar fan doktori, 6 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 5 nafar dotsent, 1 nafar katta o‘qituvchi, 11 nafar o‘qituvchi – jami 24 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Hozirga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 30 ta monografiya, 35 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 12 ta risola hamda 2000 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan.