Asosiy | Iqtisodiyot va turizm fakulteti | Turizm va mehmonxona xo’jaligi kafedrasi

Turizm va mehmonxona xo’jaligi kafedrasi

Kafedra 2018 yil tashkil topgan bo‘lib, bugungi kunda 1 nafar fan nomzodi dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 11 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayapti. Kafedra professor - o‘qituvchilari talabalarga sifatli dars berish bilan birga, ularning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishishiga alohida e’tibor berishadi.

Kafedrada “Turizm industriyasi” fan to‘garagi va “Innovatsion turizm” ilmiy to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. To‘garakka salohiyatli o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar jalb qilingan. To‘garaklar ish faoliyatini tuzilgan dastur asosida olib borishadi. 2021 - 2022 o‘quv yilida kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan 2 ta ochiq dars va 2 ta ilmiy seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kafedra talabalarning malakaviy amaliyot o‘tashlari va boshqa hamkorlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Surxondaryo viloyat madaniyat boshqarmasi bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolangan. Shuningdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universitetlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan.