Fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD)
Matematik analiz kafedrasi 1986-yil tashkil topgan. O‘sha davrda 17 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 1 nafari fan doktori, 1 nafar dotsent va 2 nafar fan nomzodi bo‘lgan.
Kafedrada hozirgi davrda asosiy shtatda 17 nafar professor-o‘qituvchi bo‘lib, ulardan 1 nafari fizika-matematika fanlari doktori, professor; 1 nafar fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; 5 nafar fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 2 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); 2 nafar katta o‘qituvchi; 5 nafar o‘qituvchi va 1 nafar stajyor-o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 53% ni tashkil qiladi.
Kafedrani fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori J.Bozorov boshqarib kelmoqda.
Kafedrada taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar:
Bakalavriat: 60540100 - Matematika
Magistratura: 70540101 - Matematika
Doktorantura (PhD, DSc): 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Matematik analiz
Differensial tenglamalar
Funksional analiz
Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
Matematik fizika tenglamalari
Matematik fizika usullari
Xususiy hosilali differinsial tenglamalar
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika
Ehtimollik va statistik modellar
Variatsion hisob va optimallashtirish usullari
Amaliy matematika 1,2
Hisob (calculus) 1,2
Oliy matematika
t.f.integral tenglamalar
t.f. matematik analizning qo‘shimcha boblari
t.f. Analizning nostandart masalalari
t.f. Mutaxasislikka kirish
Magistratura
O‘lchovlar va integrallar nazariyasi
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Matematik fizikaning zamonaviy usullari
Fredgolm integral tenglamalar nazariyasi
Siljishli Trikomi singulyar integral tenglamalar nazariyasi
Aralash turdagi tenglamalar uchun kombinatsiyalashgan lokal va nolokal masalalar
Singulyar koeffitsientli aralash turdagitenglamalar uchun Trikomi masalasi
Ikkinchi tartibli chiziqli xususiy hosilali buzuluvchan differensial tenglamalar uchun asosiy masalalar
Ikkinchi tartibli chiziqli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun asosiy boshlangʻich va chegaraviy masalalar
Maqsad va asosiy vazifalar
Maqsad: Matematik analiz va unga turdosh fanlar bo‘yicha chuqur nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalariga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, zamonaviy matematik usullarni ilmiy, ta’limiy va amaliy masalalarni yechishda qo‘llash qobiliyatini shakllantirish.
Vazifalar:
1. Taʼlim dasturlarini takomillashtirish; ilmiy loyihalarni amalga oshirish; oʻquv-uslubiy materiallar tayyorlash; talabalarning amaliy va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish; mahalliy va xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
2. Talabalarga matematik analiz, differensial tenglamalar, funksional analiz, matematik fizika, integral tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanlari bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar berish.
3. Matematik masalalarni tahlil qilish, modellashtirish va yechish bo‘yicha mantiqiy hamda analitik tafakkurni rivojlantirish.
4. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida zamonaviy matematik bilimlarni chuqurlashtirish hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish.
5. Differensial tenglamalar va matematik fizika yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash.
6. Zamonaviy matematik usullarni fan, ta’lim, iqtisodiyot va boshqa amaliy sohalarda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish.
7. Talabalarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish hamda kafedraning matematik analiz, differensial tenglamalar va matematik fizika sohalaridagi ilmiy salohiyatini rivojlantirish.
Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat
Asosiy ilmiy yoʻnalishlar: 01.01.01-Matematik analiz, 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika
Ilmiy loyihalar: 1 ta. Xoʻjalik shartnomalari: 16 ta; umumiy qiymati: 1 336,371700 soʻm loyiha, xo‘jalik shartnoma 100 mln.
Ilmiy laboratoriya/markaz: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti
Ilmiy natijalar va nashrlar
Oʻquv qoʻllanmalar: 5; darsliklar: ; monografiyalar: 7; ilmiy maqolalar: 200 dan ziyod.
OAK: 112 ta; Scopus: 70 ta; Web of Science: 42 ta.
Xalqaro hamkorlik
Hamkor xorijiy OTMlar: 5 ta
Asosiy hamkorlar: Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti
7. Talabalar faoliyati
Talabalar umumiy soni: 1014 nafar. Soʻnggi 3 yilda olimpiada/tanlov gʻoliblari: 20 nafar; xalqaro anjuman ishtirokchilari: 18 nafar.
Stipendiya sohiblari: 1 nafar. Bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanish darajasi: 100 %.
Mirsaburov Miraxmat
XXX
Professor
Begaliyev Olimnazar
Dotsent
Toʻrayev Qaxramon
Nortojiyevich
Katta o’qituvchi
Xoʻjaqulov Jonibek
Raimnazarovich
Savenko Oksana
Viktorovna
Xasanova Dildora
Oʻktam qizi
Majidova Dilnoza
Baxromovna
Kulturayev Davron
Jurayevich
Davranov Odil
Jumanazarovich
O‘qituvchi
Xatamov Maruf
Tursunova Barno
Abdiyevna
Ergasheva Sarvinoz
Baxtiyor qizi
Aymatov Sirojiddin
Tо‘raqul о‘g‘li
Qudratova Shaxnoza
Shuxrat qizi
Stajor o’qituvchi
Safarova Adiba
Rustam qizi
Turapova Sohiba
Djumanazarovna