Asosiy | Fizika-matematika fakulteti | Umumiy fizika kafedrasi

Umumiy fizika kafedrasi

Umumiy fizika kafedrasi mudiri:

Narbayev Azamat Baxromovich

Pedagogika fanlari falsafa doktori PhD

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998998492315
  • Email:narbaev@ro.ru
  • Qabul vaqti:Dushanba-juma kunlari soat 08:00-16:00

Termiz davlat universitetida fizika kafedrasi 1971 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘sha paytda kafedrada bir nafar fan nomzodi va besh nafar o‘qituvchi ishlagan. Fizika kafedrasi 1980 yildan boshlab rivojlanib bordi. 1980 yilda kafedrada besh nafar ilmiy darajali professor – o‘qituvchilar dotsent Norboyev N.N., dotsent G‘afforov J., p.f.n. Sariyev N.S., f.m.f.n. O‘rinov E.O‘., va f.m.f.n. To‘rayev E.YU. lar bo‘lib ulardan tashqari yana besh nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, kafedra qoshida 5 ta o‘quv laboratoriyasi to‘la jihozlangan holda ishlab turar edi. Fizika kafedrasining rivojlanishida fizika matematika fanlari doktori, professor To‘rayev E.YU.ning fizika laboratoriyalarini oliy ta’lim talablari asosida jihozlanishida hissasi juda kattadir. Hozirgi paytda fizika kafedrasi qoshida 8 ta o‘quv laboratoriyasi mavjud bo‘lib, ularda Oliy ta’lim talablariga javob bera oladigan asbob va qurilmalar ishlab turibdi.

Hozirgi vaqtda kafedrada jami 14 shtat bo‘lib, shundan 13 nafar 1 stavkalik va 1 nafar 0,5 stavkada professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Bir nafar fan doktori, professor, bitta fan nomzodi, professor, 3 nafar (PhD) falsafa doktori, 1 nafar katta o‘qituvchi, 7 nafar o‘qituvchilar dars berishmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 36% ni tashkil qiladi.

Kafedra oqituvchilari