TERDU VA INDONEZIYA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI: TA’LIM VA ILMIY HAMKORLIK YANGI BOSQIÇGA KÖTARILMOQDA

Yangiliklar 21-11-2026 32

Bugun Termiz davlat universiteti rektori, professor Abduqodir Toşqulov Indoneziya Pedagogika universiteti (Universitas Pendidikan Indonesia — Indoneziya Pedagogika universiteti) rektori, professor Didi Suyadi boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Muloqot davomida ikki universitet örtasida yölga qöyilgan hamkorlik aloqalarining bugungi natijalari sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar va yangi taşabbuslar muhokama qilindi.

Ta’kidlaş joizki, har ikki oliy ta’lim muassasasi 1954-yilda taşkil etilgan bölib, dastlab öqituvçilar tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Bugun esa köp tarmoqli universitetlar sifatida faoliyat yuritayotgan mazkur ta’lim dargohlarini nafaqat umumiy tarix, balki ilm-fan va ta’lim sohasidagi muştarak maqsadlar ham birlaştirib turibdi.

Ayni paytda TerDU va Indoneziya Pedagogika universiteti örtasida bakalavriatning 3+1 hamda magistraturaning 1+1 şaklidagi qöşma ta’lim dasturlari amalga oşirilmoqda. Uşbu dasturlarda jami 329 nafar talaba tahsil olmoqda. Ta’lim ingliz tilida olib borilib, bitiruvçilarga ikki diplom oliş imkoniyati yaratilgan.

Uçraşuvda hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan yettita muhim yönaliş ilgari surildi:
🔹Indoneziya Pedagogika universiteti professor-öqituvçilarini TerDUdagi maşğulotlarga jalb etiş, qisqa muddatli taşriflar va onlayn ma’ruzalarni yölga qöyiş;
🔹 Talabalarning Indoneziyada tahsil oliş davrini amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq onlayn yoki aralaş ta’lim şaklida taşkil etiş imkoniyatlarini körib çiqiş;
🔹 Qöşma ta’lim dasturlari talabalari uçun kontrakt tölovida imtiyozlar va akademik natijalarga asoslangan stipendiyalar joriy etiş;
🔹 Hamkorlik dasturlarini ingliz tilini öqitiş, boşlanğiç ta’lim va maxsus ta’lim yönalişlari bilan kengaytiriş, UPI tajribasidagi “Lesson Study” metodikasini joriy etiş;
🔹 TerDU yoş professor-öqituvçilari uçun UPIda doktorantura, ilmiy stajirovka va malaka oşiriş imkoniyatlarini yaratiş;
🔹 Qöşma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar taşkil etiş hamda Scopus va Web of Science bazalaridagi nufuzli jurnallarda hamkorlikdagi ilmiy maqolalarni çop etiş;
🔹 Talabalar va professor-öqituvçilar akademik mobilligini rivojlantiriş, “Buyuk Ipak yöli” yozgi maktabini taşkil etiş, TerDUda Indoneziya tili va madaniyati markazi hamda UPIda TerDU burçagini oçiş.

Hamkorlikning keyingi bosqiçi uçun aniq mexanizmlar ham taklif etildi. Jumladan, ikki universitet xalqaro bölimlari iştirokida qöşma işçi guruh tuziş, 2027–2030-yillarga möljallangan aniq körsatkiç va muddatlarni qamrab oluvçi “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş hamda uni 2027-yilning birinçi yarmida imzolaş taşabbusi ilgari surildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyatni mustahkamlaş va xalqaro akademik aloqalarni rivojlantiriş borasida birgalikda harakat qilişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Zero, Termiz va Bandung örtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlik ikki universitet taraqqiyoti bilan birga, Özbekiston va Indoneziya örtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.