🟢Termiz davlat universiteti Tarix fakultetida Xitoy Xalq Respublikasining Şimoli-ğarbiy universiteti (Northwest University) olimlari iştirokida xalqaro master-klass maşğulotlari taşkil etildi.
🟢Maşğulotlarda universitet dotsentlari Liu Xiang va Wasima Talati tarix va arxeologiyaning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qildilar. 🟢Liu Xiang “Xitoyda topilgan Seyma–Turbino madaniyati yodgorliklari” mavzusida ma’ruza qilib, arxeologik topilmalar, ularning tarixiy ahamiyati va sönggi ilmiy tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi. 🟢Wasima Talati esa “Buyuk ipak yöli böyidagi qadimiy şaharlar” mavzusida qadimiy şaharlarning şakllanişi, xalqaro savdo yöllari hamda sivilizatsiyalararo madaniy aloqalardagi örniga töxtaldi.
🟢Master-klasslar davomida talabalar va professor-öqituvçilar xorijiy olimlar bilan ilmiy muloqot olib borib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🟢Mazkur ilmiy uçraşuv talabalarning tarixiy tafakkurini boyitiş, xalqaro ilmiy tajriba almaşinuvini kengaytiriş hamda Termiz davlat universitetining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik hamkorligini mustahkamlaşga xizmat qildi.