TERDU REKTORI “DUNYO 2050-YILDA” XALQARO SIMPOZIUMIDA IŞTIROK ETDI

Yangiliklar 20-11-2026 35

🟢TISU taşabbusi bilan universitetning Cambridge xalqaro maktabida bölib ötayotgan “Dunyo 2050-yilda” xalqaro simpoziumida Termiz davlat universiteti rektori, professor Abduqodir Toşqulov iştirok etib, kelajak ilmi, zamonaviy ta’lim va xalqaro akademik hamkorlik istiqbollari yuzasidan nutq sözladi.

🟢Rektor oliy ta’limning asosiy vazifasi talabalarga tayyor bilim beriş bilangina çeklanmay, ularda mustaqil fikrlaş, ilmiy izlaniş va innovatsion yeçimlar yaratiş könikmalarini şakllantiriş ekanini ta’kidladi.

🟢Nutqda sun’iy intellekt, biologiya, kvant fizikasi va axborot texnologiyalari integratsiyasining kelajak ilm-fanidagi örni, şuningdek, Termizni Markaziy va Janubiy Osiyoni boğlovçi xalqaro ilmiy-ta’lim xabiga aylantiriş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Şu maqsadda uçta muhim taşabbus ilgari surildi:
🟢 “Kelajak ilmlari” universitetlararo tadqiqot platformasini yaratiş;
🟢Termizda yoş tadqiqotçilarning xalqaro akademik tarmoğini şakllantiriş;
🟢“Surxondaryo muammolari – global yeçimlar” fanlararo tadqiqot dasturini yölga qöyiş. “Sun’iy intellektdan foydalaning, lekin mustaqil fikrlaşni unga topşirmang”, – deya yoş tadqiqotçilarga murojaat qildi rektor.

🟢Mazkur xalqaro simpozium ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, istiqbolli taşabbuslarni ilgari suriş va yoş olimlarning global ilmiy jarayonlardagi iştirokini kuçaytirişda muhim muloqot maydoni bölib xizmat qilmoqda.