DAVLAT BAYROG‘I — MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR TIMSOLI!

Yangiliklar 19-11-2026 22

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi Yoshlar kengashi a’zolari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.

Intellektual bellashuvda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali jamoasi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Bizning sahifalarimiz: