Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov raisligida navbatdagi apparat yiğilişi bölib ötdi. Unda prorektorlar, boşqarma va bölim boşliqlari hamda fakultet dekanlari onlayn şaklda iştirok etdi. Yiğilişda talabalar davomati, öquv jarayonining taşkil etilişi, yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida xavfsizlikni ta’minlaş, tölov-kontrakt mablağlari tuşumi hamda ijro intizomi bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Şuningdek, universitet hududiga avtotransport vositalarining kiriş-çiqişini zamonaviy texnologiyalar asosida tartibga soliş, ilmiy faoliyat va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, talabalarni haq tölanadigan amaliyotlarga jalb etiş hamda bitiruvçilar bandligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar körib çiqildi.
Universitet huzurida spin-off korxonalar faoliyatini yölga qöyiş, Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy ilmiy va öquv adabiyotlari bilan boyitiş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yiğiliş yakunida mas’ullarning axborotlari tinglanib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, belgilangan vazifalar ijrosini jadallaştiriş hamda har bir yönalişda natijadorlikni oşiriş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi.