TERDU REKTORI MAGISTRANTLAR BILAN OÇIQ MULOQOT ÖTKAZDI

Yangiliklar 10-11-2026 19

Talabalikka_bağişlov 12

Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov magistrantlar bilan uçraşib, magistratura ta’limi sifati, ilmiy izlanişlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoş tadqiqotçilar oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan muloqot ötkazdi.

Bugungi kunda universitet magistraturasida 846 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 489 nafari 1-bosqiç, 357 nafari 2-bosqiç magistrantlaridir. Joriy öquv yilidan Tarix, Psixologiya va Iqtisodiyot mutaxassisliklarida masofaviy ta’lim yölga qöyildi. Belarus, Xitoy va Indoneziya bilan hamkorlikdagi qöşma ta’lim dasturlarida esa 134 nafar magistrant tahsil olmoqda

Uçraşuvda magistratura ta’limini taşkil etişga doir yangi normativ talablar, magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy saviyasini oşiriş, akademik halollikni ta’minlaş, xalqaro ilmiy naşrlarda maqolalar çop etiş va tadqiqotlarning amaliy natijadorligini kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Rektor magistraturani şunçaki ta’limning navbatdagi bosqiçi emas, balki mustaqil ilmiy tafakkur şakllanadigan, tadqiqotçi sifatida kamol topiladigan muhim davr ekanini ta’kidladi.

Ayniqsa, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi şaroitda xorijiy tillarni biliş, jahon ilm-fani yutuqlaridan xabardor böliş, zamonaviy tadqiqot usullarini egallaş va yangiça fikrlaş har bir magistrant uçun zaruratga aylangani qayd etildi.

Şuningdek, magistrantlar uçun ilmiy muhitni yanada yaxşilaş, maxsus auditoriyalar taşkil etiş, xorijiy professor-öqituvçilar iştirokini kengaytiriş, qöşma ta’lim dasturlarini rivojlantiriş hamda dars jadvallarini takomillaştiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

Oçiq muloqot davomida magistrantlarning taklif va murojaatlari tinglanib, kötarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegişli vazifalar belgilandi.

Zero, magistraturaning haqiqiy natijasi diplom bilan emas, mustaqil fikrlay oladigan, ilmda öz sözi va yönalişiga ega tadqiqotçilarning yetişib çiqişi bilan belgilanadi.