2026-yil 13-noyabr kuni Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.12.04 raqamli ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tadi:
📝KUN TARTIBI:
1. 14:00 da Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi Xudoyberdiyeva Oyjamol Muzaffarovnaning 10.00.13 - "Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik" ixtisosligidan “Ingliz va o‘zbek tillaridagi raqsga oid terminlarning chog‘ishtirma tadqiqi (leksik-semantik va lingvomadaniy tahlili asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti. 🔸 Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Qodirova Mukaddas Tog‘ayevna. Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor Bekpo‘lat Umurqulov hamda filologiya fanlari doktori, dotsent Xursanov Nurislom Iskandarovich. Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti