TerDU va viloyat prokuraturasi o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha memorandum imzolandi

Yangiliklar 06-11-2026 17

Surxondaryo viloyati prokuraturasi hamda Termiz davlat universiteti örtasida korrupsiyaning oldini oliş, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş va yoşlarning huquqiy faolligini oşirişga qaratilgan ijtimoiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum doirasida viloyatda “Antikorrupsiya volontyorlari” loyihasini amalga oşiriş közda tutilgan bölib, unda TerDU Yuridik fakulteti talaba-volontyorlari faol iştirok etadi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — yoşlar va keng jamoatçilik örtasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida huquqiy tuşunçalarni kengaytiriş, halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlaş, şuningdek, korrupsiyaning oldini olişda jamoatçilik iştirokini kengaytirişdan iborat.

Tadbirda viloyat prokurori B. Babajanov yoşlar bilan muloqot qilib, korrupsiyaga qarşi kuraşişda jamoatçilik, ayniqsa, yoşlarning örni va mas’uliyati haqida alohida töxtaldi.

Şuningdek, yoşlar bilan har haftaning payşanba kuni oçiq muloqotlar taşkil etiş, ularning taklif va taşabbuslarini örganiş hamda korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan amaliy yeçimlarni birgalikda işlab çiqiş rejalaştirilgan.

Mazkur hamkorlik yoşlarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi, huquqiy madaniyat va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirişga xizmat qiladi.

🌐 Boş prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo böling

Manba: Termiz davlat universitetining rasmiy Telegram kanali.