Termiz davlat universiteti talabasi, iste’dodli dzyudoçi Nizomiddinxöja Toşpölatov xalqaro sport maydonida yana bir bor öz mahorati, maqsad sari intilişi va yuksak irodasini namoyon etib, oltin medalni qölga kiritdi!
13–23-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva şahri va Moskva viloyatida ötkazilayotgan «ŞHT Oçiq kubogi» xalqaro musobaqasida Özbekiston terma jamoasi safida iştirok etgan Nizomiddinxöja Toşpölatov (-73 kg vazn toifasida) barça raqiblaridan ustun kelib, musobaqaning oltin medaliga sazovor böldi.
Uşbu yutuq sportçimizning tinimsiz mehnati, qat’iyati va matonati, şuningdek, Termiz davlat universitetida talaba-yoşlarning salohiyatini röyobga çiqariş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida yaratilayotgan imkoniyatlarning yorqin samarasidir.
Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan Nizomiddinxöja Toşpölatovni uşbu yuksak ğalaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi marralar va yorqin ğalabalar tilaymiz!