TerDU vakili “Kelajak muhandislari” tanlovida sovrindor bo‘ldi

Yangiliklar 28-09-2026 8

🟢 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi loyiha” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

🟢Quvonarlisi, Termiz davlat universiteti professori-o‘qituvchisi Bozorov Yoqubjon professor-o‘qituvchilar kategoriyasida 2-o‘rinni egalladi.

🟢Ustozimiz tanlovda “Mahalliy xomashyolar asosida suvlarni tozalovchi gibrid membranalar yaratish” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etdi.

🟢Loyiha mahalliy xomashyolar asosida samarali suv tozalash texnologiyasini yaratishga qaratilgan.

🟢Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan Yoqubjon Bozorovni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz!