Jaholatga qarshi ma’rifat: TerDUda yoshlar bilan uchrashuv

Yangiliklar 28-09-2026 9 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 16 SDG 16 Tinchlik va adolat

Termiz davlat universitetida talaba-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Imom Termiziy nomidagi islom instituti rektori Kamol Islamov, viloyat IIB mas’ul xodimi Ilyos Suyunov hamda TerDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Obidjon Shofiyev ishtirok etdi.

Kimyo fakulteti faollar zalida 400 nafar talaba ishtirokida o‘tgan tadbirda tinchlikni qadrlash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish hamda jaholatga qarshi bilim va ma’rifat bilan kurashish masalalari muhokama qilindi.