Termiz davlat universiteti Belarus Respublikasining Yevfrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti bilan ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.
Universitet Belarusning yirik davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, gumanitar, iqtisodiy, yuridik, muhandislik, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet xalqaro hamkorlik, akademik mobillik hamda qo‘shma ta’lim loyihalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
Ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bakalavriat va magistratura bosqichlarida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan. 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriatning 60410100 — Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2+2 modeli amalga oshiriladi: talabalar 2 yil Termiz davlat universitetida va keyingi 2 yil Polotsk davlat universitetida tahsil oladilar. Ta’lim kunduzgi shaklda rus tilida olib boriladi, qabul kvotasi 25 nafar etib belgilangan.
Magistratura bosqichida esa 1+1 modeli asosida 70310101 — Iqtisodiyot hamda 70230104 — Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur modelga muvofiq magistrantlar 1 yil Termiz davlat universitetida va 1 yil Polotsk davlat universitetida ta’lim oladilar.
Mazkur hamkorlik TerDU talabalariga xalqaro akademik muhitda bilim olish, xorijiy ta’lim tajribasini o‘zlashtirish, kasbiy va til kompetensiyalarini rivojlantirish hamda akademik mobillik imkoniyatlaridan foydalanish uchun keng sharoit yaratadi.
Bakalavr uchun kontrakt miqdori:
Qabul kvotasi: 25 nafar
Magistratura uchun kontrakt miqdori
70310101 – Iqtisodiyot
70230104 – Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti
Polotsk davlat universiteti rasmiy sayti: https://www.psu.by/ru/