Termiz davlat universiteti Malayziyaning nufuzli davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri — Universiti Utara Malaysia (UUM) bilan ta’lim, ilm-fan va akademik mobillik yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirib kelmoqda.
UUM 1984-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Malayziyaning oltinchi davlat universiteti hisoblanadi. Universitetning asosiy kampusi Kedah shtatining Sintok hududida joylashgan.
UUM boshqaruv, iqtisodiyot, biznes, axborot texnologiyalari va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda xalqaro miqyosda tan olingan oliy ta’lim muassasasidir.
Ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bakalavriat bosqichida 1,5+2,5 modeli asosida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilgan. 2026/2027-o‘quv yilida dastur 60610300 — Kompyuter injiniringi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Talabalar 1,5 yil Termiz davlat universitetida, keyingi 2,5 yil esa Universiti Utara Malaysiada tahsil oladilar. Ta’lim kunduzgi shaklda va ingliz tilida olib boriladi, qabul kvotasi 25 nafarni tashkil etadi.
TerDU va UUM o‘rtasidagi hamkorlik faqat qo‘shma ta’lim bilan cheklanmay, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvi, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda qo‘shma ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini ham qamrab oladi. 2025-yilda ikki universitet rahbariyati o‘rtasida ushbu yo‘nalishlarni yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilgan.
Kontrakt miqdori:
Qabul kvotasi: 25 nafar
Universiti Utara Malaysia rasmiy sayti: https://www.uum.edu.my/