Termiz davlat universiteti Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Jiangsu University bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni izchil rivojlantirib kelmoqda. Jiangsu University Jiangsu provinsiyasining Zhenjiang shahrida joylashgan bo‘lib, xalqaro ta’lim, ilmiy tadqiqotlar hamda xorijiy universitetlar bilan hamkorlik yo‘nalishlarida katta tajribaga ega.
Ikki universitet o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvlari asosida magistratura bosqichida 1+1 qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilgan. 2026/2027-o‘quv yilida dastur 70230101 — Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha amalga oshiriladi. Talabalar ta’limning bir yilini Termiz davlat universitetida, keyingi bir yilini Jiangsu Universityda davom ettiradilar. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi, qabul kvotasi 25 nafarni tashkil etadi.
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi TerDU talabalariga xalqaro akademik muhitda tahsil olish, xorijiy professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish, ilmiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Kontrakt miqdori
70230101 – Lingvistika: ingliz tili
TerDU: 11 155 000 so‘m
Hamkor universitet: 3 400 AQSh dollari (grant asosida qoplanadi)
Jiangsu University rasmiy sayti: https://eng.ujs.edu.cn/