Konferensiya materiali

Bo‘lajak informatika o‘qituvchilariga sun'iy intellekt asoslarini o‘rgatishda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasini qo‘llash

 Hamid A'zamovich CHORIYEV HAMID A'ZAMOVICH 22.06.2022 7 Ko'rishlar 0 Yuklab olishlar

Annotatsiya

Sun'iy intellekt hozirgi vaqtda bilimlarni taqdim etish, ekspert tizimlarini ishlab chiqish, mashinani ko'rish vositalaridan intellektual o'yinlar va robototexnika vositalarini ishlab chiqishgacha bo'lgan turli sohalarda tobora ko'proq foydalanilmoqda. Sun'iy intellekt zamonaviy informatikaning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Uning savollari umumta’lim maktabining o‘quv jarayoniga faol joriy etilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qarori 5-ilovasida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab grant asosida “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bosqichma-bosqich boshlanadigan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar ro’yxati tasdiqlandi va mana 1 yildirki mutaxassislar shu yo’nalishda ilm olib kelishmoqda.