Termiz davlat universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalar beruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda TerDU rektori, mazkur ilmiy kengash raisi Abduqodir Toshqulov hamda ilmiy kengash a'zolari ishtirok etdi.
Termiz davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Dilfuza Ismoilova “Sog‘liqni saqlash tizimida rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.
Tadqiqotchini ushbu muhim ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!