“Jayhun” folklor xalq ansambli haqida anotatsiya “Jayhun” folklor xalq ansambli — Termiz davlat universiteti qoshida faoliyat yurituvchi ijodiy jamoa bo‘lib, u xalqning boy madaniy va ma’naviy merosini asrab-avaylash, hamda yosh avlod orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan. 2012 yilda “Jayhun” jamoasiga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi yig’ilishi qarori bilan “Jayhun” folklor-etnografik havaskorlik xalq ansambli” unvoni berildi.
Ansambl o‘z faoliyatida Surxondaryo vohasining o‘ziga xos folklor an’analariga tayanadi. Unda milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar, urf-odatlar va bayram marosimlariga xos elementlar jonli ijroda namoyish etiladi. “Jayhun” ansamblining ijrochilari asosan universitet talabalari va o‘qituvchilaridan iborat bo‘lib, ular xalq ijodiyotining turli janrlarini zamonaviy sahna talablariga mos holda ijro etadilar.