Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi tayanch doktoranti Hayitova Shohida Erkin qizi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik" ixtisosligidan “Parents/ota-ona konseptini ifodalovchi leksik birliklarning chogʻishtirma tadqiqi (Ingliz va oʻzbek tillari misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Shohida Erkin qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimaga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!