Arxeolog, pedagog - tadqiqotchi
Dastur maqsadi: 60220400 – Arxeologiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi dasturining maqsadi – Milliy malaka ramkasining 6-malaka darajasiga muvofiq, kredit-modul tizimi asosida arxeologiya sohasida fundamental nazariy bilim, amaliy ko'nikma va zamonaviy tadqiqot usullarini egallagan raqobatbardosh arxeolog-tadqiqotchilarni tayyorlashdan iborat.
Dastur quyidagi vazifalarni amalga oshirishga yo'naltirilgan:
– inson evolyutsiyasi va old tarix, O'rta Osiyo arxeologiyasi, jahon arxeologiyasi, geoarxeologiya, landshaft arxeologiyasi, etnoarxeologiya hamda O'zbekiston davlatchiligi tarixi bo'yicha fundamental umumkasbiy bilimlarni shakllantirish;
– arxeologik dala tadqiqot usullari, topilmalarga ishlov berish, raqamli arxeologiya va geografik axborot tizimlarini qo'llash bo'yicha amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish;
– talabalarda arxeologik manbalardan ma’lumot olish, ilmiy-texnikaviy ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va tizimlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot jamoasi tarkibida kasbiy masalalarni yechish qobiliyatini tarbiyalash;
– tarixiy-madaniy meros obyektlarini o'rganish, saqlash va muhofaza qilish, arxeologik topilmalarni muzeylashtirish hamda ulardan turizm va ma'rifiy maqsadlarda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish;
– bitiruvchilarning Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, muzeylar, tarixiy-arxeologik parklar, turizm tashkilotlari va madaniy meros muassasalarida ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv hamda ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishlari uchun zamin yaratish;
– talabalarni magistratura bosqichida ta'limni davom ettirishga ongli munosabatda bo'lishga tayyorlash.
Diplom nomi
Bakalavr
Mutaxassislik
Jami kreditlar
240/7200 soat
Davomiyligi
4 yil
O'qish narxi
Mahalliy talabalar uchun — 7770000 UZS
Xorijlik talabalar uchun — 643 USD
Dasturning ta’limiy natijalari kompetensiyalar: davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, to'g'ri xulosa chiqarish, ilmiy madaniyatni shakllantirish;
xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, tabiiy ilmiy fanlar bo'yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo'lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilish;
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo‘llay bilishi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zarurati to‘g‘risida tassavvurga ega bo‘lish.
Inson evolyusiyasi va old tarix, arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish, raqamli arxeologiya, O‘rta Osiyo arxeologiyasi, jahon arxeologiyasi fanlarini o‘rganish bilan arxeologiya bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi;
bilimlarni yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliyotdagi qobiliyat va yangiliklarni shakllantirish;
arxeologiya ta’lim sohasi yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun
zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi;
umumkasbiy fanlar o‘zlashtirishni ta’minlash, arxeologiya fani sohalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lish va qayta ishlash metodlaridan zaruriy bilimga ega bo‘lish;
arxeologiya ta’lim yo‘nalishida olingan ma’lumot va natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi;
arxeologiya ta’lim sohasidagi talabalarining kasbiy faoliyatiga muvofiq butun jahon va mamlakatimizda sohadagi mavjud muammolar, erishilgan yutuqlar va sohani rivojlantirish istiqbollari haqida tassavur hosil qilishi;
arxeologik manbalardan unumli foydalanish, ulardan arxeologik tadqiqotlarda foydalana olish bo‘yicha muhim bilimlar olishni ta’minlash;
arxeologiya ta’lim sohasidagi talabaning muayyan magistratura mutaxasisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi;
o‘qitish jarayoni, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari;
ta’limda ilmiylik, izchillik, muvofiqlik, ijodiylik va boshqa prinsiplar; ta’lim jarayonida motivatsiya;
ta’lim metodlari, vositalari va texnologiyalari; umumiy va xususiy metodlar; ta’lim va aqliy taraqqiyot;
tarbiya metodlari va formalari; bo‘lg‘usi arxeolog shaxsi sifatlari; arxeologik qobiliyat: nazariya va amaliyot haqida bilim berishi borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy faoliyat sohalari (Qaysi sohalarda ishlashi mumkin):
ilmiy-tadqiqot;
tashkiliy-boshqaruv;
ma'naviy – ma'rifiy faoliyat.
Kasbiy faoliyat obyektlari: (Qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin):
kichik ilmiy xodim va yordamchi lavozimlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishi;
ilmiy-uslubiy va boshqa texnik ishlarini bajarish;
ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish jamoasi tarkibida (ta’lim yo‘nalishi xususiyatlariga mos ravishda) kasbiy faoliyat masalalarini yechish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarni tashkil etish hamda ilmiy, tahliliy ommabop nashrlarda maqolalar bilan qatnashish;
ilmiy va ilmiy-uslubiy faoliyat turlari bo‘yicha axborot-resurs kataloglarini tuzish va ulardan foydalanish;
mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish va olingan malumotlarni tizimlashtirishda ishtirok etish;
arxeologiya fanlariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda ilg‘or ilmiy-tadqiqot natijalarni va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishda qatnashish bo‘yicha faoliyat olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
fuqarolik jamiyatining dolzarb masalalarini bilishi, O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
dunyoqarash bilan bog‘liq falsafiy bilimlarga tizimli ega bo‘lishi, mustaqil tahlil qila olishi, kasbiy faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;
Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
xorijiy tillardan birida kasbiy faoliyatiga oid xujjatlar va ishlar mohiyatini tushunishi, ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasbiy faoliyatida foydalana bilishi;
axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasbiy faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;
tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;
sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tashkil etish;
ijrochilar jamoasi ishini tashkil qilish;
fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda boshqaruv qarorini qabul qilish;
nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash;
bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishning natijalarini baholash;
mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha metodika va tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
jamoada ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish;
ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslarini rejalashtirish;
nodavlat va notijorat tashkilotlarda, xususiy tadbirkorlik subyektlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha menedjer sifatida faoliyat yuritish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
I semester. Ushbu bosqich bo‘lajak arxeolog mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning dastlabki va muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur semestrda talabalar arxeologiya fanining nazariy asoslari, insoniyatning ilk taraqqiyot bosqichlari, qadimgi madaniyatlarning badiiy merosi hamda arxeologik tadqiqotlarda tabiiy fanlarning o‘rnini o‘rganadilar. Arxeologiyaga kirish fani orqali arxeologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari, tadqiqot metodlari hamda arxeologik manbalar bilan ishlashning asosiy tamoyillari o‘zlashtiriladi. Talabada arxeologik bilim, tajriba, va yutuqlarni o’zlashrishda ko’nikma hosil qiladi. Geoarxeologiya fani arxeologik yodgorliklarning shakllanish jarayonlari, geologik va geomorfologik omillarning madaniy qatlamlarga ta’siri hamda tabiiy muhitni arxeologik nuqtai nazardan tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi, hamda insonning tabiatga antropogenetik ta’sirini o’rgatadi. Inson evolyutsiyasi va old tarix fanida insonning biologik va sorsial - madaniy evolyutsiyasi, paleolit davri taraqqiyoti hamda ilk jamiyatlarning shakllanish jarayonlari ilmiy asosda o‘rganiladi. O‘rta Osiyoning ornamenti va tasviriy san’ati fani esa qadimgi va o‘rta asrlarga oid bezak san’ati, tasviriy ifoda vositalari, ularning ramziy mazmuni hamda madaniy-tarixiy ahamiyatini tahlil qilishga yo‘naltirilgan. Mazkur semestr davomida egallangan nazariy bilim va dastlabki amaliy ko‘nikmalar talabalarda arxeologik tafakkurni shakllantirib, keyingi semestrlarda o‘tiladigan mutaxassislik fanlarini chuqur o‘zlashtirish uchun mustahkam ilmiy poydevor yaratadi.
II semester. Ushbu bosqichda talabalarning arxeologik tadqiqotlarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida olib borish bo‘yicha nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari yanada rivojlantiriladi. Mazkur semestr mutaxassislarni arxeologik yodgorliklarni aniqlash, dala tadqiqotlarini tashkil etish, topilmalarni ilmiy qayta ishlash hamda raqamli texnologiyalar asosida tahlil qilishga tayyorlashga xizmat qiladi. Landshaft arxeologiyasi fanida arxeologik yodgorliklarning tabiiy geografik muhit bilan o‘zaro bog‘liqligi, madaniy landshaftlarning shakllanishi va qadimgi aholi joylashuv tizimlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Arxeologiyada geografik axborot tizimlari (GAT) fani orqali fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, raqamli xaritalarni yaratish, geoma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda arxeologik obyektlarni GIS texnologiyalari yordamida tahlil qilish bo‘yicha zamonaviy ko‘nikmalar hosil qilinadi. Shuningdek mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik yodgorliklarni xaritalashtirish va katalogini yaratishda talabalarda bilim va konikmalarni shakllantiradi. Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish fanida arxeologik qidiruv va qazishmalarni tashkil etish metodikasi, topilmalarni qayd etish, konservatsiya qilish, laboratoriya sharoitida dastlabki ishlov berish va ilmiy hujjatlashtirish jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, yodgorliklarning turlari va ularni arxeologik tadqiq etishning zamonaviy usullarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Etnoarxeologiya fanida esa zamonaviy an’anaviy jamiyatlarning moddiy madaniyati va turmush tarzini arxeologik ma’lumotlarni talqin etishda qo‘llash usullari, etnografik analogiyalar hamda madaniy jarayonlarni rekonstruksiya qilishning nazariy asoslari yoritiladi. Ushbu semestr davomida shakllangan bilim va amaliy kompetensiyalar talabalarning arxeologik tadqiqotlarni zamonaviy metodologiya asosida tashkil etish, ilmiy natijalarni kompleks tahlil qilish va keyingi mutaxassislik fanlarini puxta o‘zlashtirishlari uchun muhim poydevor vazifasini bajaradi.
III semester. Ushbu bosqichda talabalarning arxeologik tadqiqotlarni zamonaviy metodologiya va raqamli texnologiyalar asosida olib borish bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalari yanada takomillashtiriladi. Arxeologiyada geografik axborot tizimlari fanida GIS texnologiyalari yordamida arxeologik yodgorliklarni xaritalash, fazoviy tahlil qilish va geoma’lumotlar bilan ishlash usullari o‘rgatiladi. Arxeologik yodgorliklarni o’rganishda va ularni ilmiy tahlil etishda zamonaviy axborot tizimidan foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish fanida qazishma ishlarini ilmiy tashkil etish, topilmalarni qayd etish, konservatsiya qilish va dastlabki ilmiy tahlil metodlari, dala sharoitida talaba ega bo’lgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash imkonini yaratadi. Etnoarxeologiya fani etnografik ma’lumotlardan arxeologik materiallarni talqin qilish va qadimgi jamiyatlarni rekonstruksiya etishning nazariy asoslarini yoritadi. Ayniqsa, arxeologik tadqiqotlar jarayonida etnografik ma’lumotlarni ilmiy tahlil qilishni o’rgatadi. Jahon arxeologiyasi fanida esa jahon sivilizatsiyalarining rivojlanish bosqichlari, asosiy arxeologik madaniyatlar hamda ularning tarixiy taraqqiyotdagi o‘rni qiyosiy tahlil qilinadi. Ushbu semestrda egallangan bilim va ko‘nikmalar talabalarning mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda keyingi mutaxassislik fanlarini chuqur o‘zlashtirishlari uchun muhim ilmiy poydevor yaratadi.
IV semester. Ushbu bosqichda talabalarning arxeologik manbalarni kompleks o‘rganish, raqamli texnologiyalarni ilmiy tadqiqotlarga tatbiq etish hamda mintaqaviy va jahon arxeologiyasini qiyosiy tahlil qilish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalari rivojlantiriladi. Jahon arxeologiyasi fanida jahon sivilizatsiyalari va ularning moddiy hamda ma’naviy ilmiy asoslarining arxeologik taraqqiyoti va asosiy madaniyatlari o‘rganiladi. Raqamli arxeologiya fanida 3D modellashtirish, masofadan zondlash va raqamli hujjatlashtirish texnologiyalarining arxeologik tadqiqotlardagi qo‘llanilish jarayonlari o’rganiladi. Numizmatika va epigrafiya fanida tangalar hamda yozma yodgorliklar tarixiy manba sifatida tahlil qilinib, davlatlar, sulolar va tarixiy shaxslar va ularning hukmronlik davrlari, savdo va iqtisodiy aloqalari, hamda siyosiy tarixni yoritishdagi ahamiyati o‘rganiladi. O‘rta Osiyo arxeologiyasi fanida esa mintaqaning qadimgi va o‘rta asrlar arxeologik madaniyatlari, ularning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mazkur semestr davomida egallangan bilim va ko‘nikmalar talabalarning arxeologik manbalarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilish hamda mustaqil tadqiqot olib borish kompetensiyalarini yanada mustahkamlaydi.
V Semestr. Beshinchi semestrda O‘rta Osiyo arxeologiyasi fani orqali talabalar arxeologiya bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini egallashi; bilimlarni yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy qobiliyat va innovatsion yondashuvlarni shakllantirishi; semestr davomida Jaxon arxeologiyasi fani arxeologiya ta’lim sohasi talabalarining kasbiy faoliyatiga muvofiq butun jahon va mamlakatimizda sohadagi mavjud muammolar, erishilgan yutuqlar hamda sohani rivojlantirish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi; arxeologik manbalardan unumli foydalanish va ulardan arxeologik tadqiqotlarda foydalanish bo‘yicha muhim bilimlarni egallashi; O‘rta Osiyo hududining moddiy madaniy merosi hamda antik davr sivilizatsiyalarining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. O‘rta Osiyoning me’moriy yodgorliklari fani mintaqadagi tarixiy me’morchilik an’analari, monumental inshootlar, mudofaa va diniy-me’moriy majmualarning qurilish xususiyatlari, ularning tarixiy-madaniy ahamiyati hamda saqlash va muhofaza qilish tamoyillarini o‘rgatadi. Antik davr arxeologiyasi fani esa antik davr jamiyatlari, shahar madaniyati, moddiy madaniyat yodgorliklari, arxeologik manbalar va ularni tadqiq etish metodlarini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. Semestr davomida talabalar me’moriy va arxeologik ob’ektlarni ilmiy tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni moddiy manbalar asosida izohlash, madaniy meros obyektlarining tarixiy qiymatini baholash hamda ularni muhofaza qilishning zamonaviy yondashuvlarini qo‘llash ko‘nikmalarini egallaydilar.
VI Semestr. Oltinchi semestrda talabalarda O‘rta Osiyo arxeologiyasi, jahon arxeologiyasi fanlarini o‘rganish bilan arxeologiya bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi; bilimlarni yo‘naltirishda muhim hisoblangan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliyotdagi qobiliyat va yangiliklarni shakllantirishi; arxeologiya ta’lim sohasi yo‘nalishidagi ixtisoslik fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishi; umumkasbiy fanlarni o‘zlashtirishni ta’minlashi, arxeologiya fani sohalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishi va qayta ishlash metodlaridan zaruriy bilimlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan. Jahon arxeologiyasi fani insoniyat taraqqiyotining asosiy bosqichlari, turli sivilizatsiyalarning vujudga kelishi va rivojlanish qonuniyatlarini qiyosiy yondashuv asosida o‘rgatadi va sohaga oid innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tashkil etishda muhim rol o'ynaydi. O‘rta Osiyo arxeologiyasi fani mintaqaning qadimgi madaniyatlari, arxeologik yodgorliklari hamda tarixiy taraqqiyot bosqichlarini ilmiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida tahlil qilish imkonini beradi, Vatan tarixini bilishi, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi; O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asrlar urbanizatsiyasi fani esa ilk shaharlarning shakllanishi, shaharsozlik an’analari, savdo yo‘llari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari va urbanistik markazlarning tarixiy ahamiyatini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. Ushbu semestr davomida talabalar arxeologik ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish, urbanizatsiya jarayonlarini ilmiy asosda baholash hamda mintaqaviy taraqqiyotni jahon sivilizatsiyasi kontekstida izohlash kompetensiyalarini egallaydilar. Natijada ular arxeologik merosni ilmiy tadqiq etish, tarixiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mustahkam kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar.
VII Semestr. Ushbu semestr ta’limi talabalarning O‘rta Osiyo hududining boy arxeologik merosini ilmiy asosda o‘rganish hamda arxeologik topilmalarni saqlash, tadqiq etish va keng jamoatchilikka taqdim etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. O‘rta Osiyo arxeologiyasi fani mintaqadagi qadimgi madaniyatlar, tarixiy taraqqiyot bosqichlari, arxeologik yodgorliklarning xronologiyasi va ularni o‘rganishning zamonaviy ilmiy yondashuvlarni va mintaqaning qadimgi madaniyatlari, arxeologik yodgorliklari hamda tarixiy taraqqiyot bosqichlarini ilmiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida tahlil qilish imkonini beradi, Vatan tarixini bilishi, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi; o‘z ichiga oladi. Arxeologik topilmalarni muzeylashtirish fani esa qazishmalar natijasida aniqlangan ashyolarni ilmiy hujjatlashtirish, konservatsiya va restavratsiya qilishning asosiy tamoyillari, muzey fondlarini shakllantirish, ekspozitsiyalarni tashkil etish hamda madaniy merosni ommalashtirish usullarini o‘rgatadi. Semestr davomida talabalar arxeologik materiallarni ilmiy tahlil qilish, ularni muzey amaliyoti talablariga muvofiq saqlash va namoyish etish, shuningdek, tarixiy-madaniy merosni asrash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash ko‘nikmalarini egallaydilar. Natijada ular arxeologik merosni muhofaza qilish, muzey faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish hamda madaniy boyliklarni kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha zarur kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar.
VIII Semestr. Ushbu semestrda talabalar O‘rta Osiyo hududining boy arxeologik merosini ilmiy asosda o‘rganish bilan birga sakkiz haftalik arxeologiya dala amaliyotiga chiqadilar. Bu jarayonda nazariy olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llaydilar.
Amaliyotdan so‘ng bitiruv malakaviy ishlarini himoyasi bilan bog‘liq amaliy ishlarni bajaradilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:
“Geoarxeologiya” fani talabalarga arxeologik tadqiqotlarda tabiiy fanlar, xususan, geologiya, geomorfologiya, geografiya va tuproqshunoslik ma’lumotlaridan foydalanish asoslarini o‘rgatishga qaratilgan. Fan orqali insoniyatning qadimgi yashash joylari, arxeologik yodgorliklarning shakllanish jarayonlari, tabiiy muhitning qadimgi jamiyatlar hayotiga ta’siri hamda madaniy qatlamlarning hosil bo‘lish xususiyatlari o‘rganiladi.
Mazkur fan doirasida talabalar geologik jarayonlar, landshaftlarning tarixiy rivojlanishi, qadimgi aholi manzilgohlarini tanlash omillari, arxeologik obyektlarning tabiiy sharoit bilan bog‘liqligi, stratigrafiya va geoarxeologik tahlil usullari haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, geomorfologik kuzatuvlar, tuproq tahlillari, tabiiy-ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanib arxeologik manbalarni chuqur o‘rganish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar:
· geoarxeologiyaning asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalarini biladilar;
· arxeologik yodgorliklarning shakllanishida tabiiy-geografik omillarning rolini tushuntira oladilar;
· stratigrafik qatlamlarni tahlil qilish va arxeologik obyektlarning yoshini aniqlash usullarini o‘rganadilar;
· geologik, geomorfologik va ekologik ma’lumotlardan arxeologik tadqiqotlarda foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
· qadimgi inson faoliyati va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ilmiy asosda tahlil qila oladilar.
Fan yakunida talabalar arxeologik tadqiqotlarda tabiiy fanlar yondashuvlarini qo‘llash, qadimgi jamiyatlarning yashash muhiti va xo‘jalik faoliyatini geoarxeologik ma’lumotlar asosida baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.
Mazkur fan talabalarda tarixiy jarayonlar, arxeologik manbalar va ilmiy tadqiqot usullari haqida chuqur nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan doirasida tarixiy voqea va jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganish, moddiy va yozma manbalarni tahlil qilish, arxeologik yodgorliklarning tarixiy ahamiyatini aniqlash hamda ularni kompleks tadqiq etish masalalari yoritiladi.
Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabalar tarixiy-arxeologik tadqiqotlarning asosiy tamoyillari, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, manbashunoslik va tadqiqot metodlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tarixiy-madaniy meros obyektlarini o‘rganish, ularning rivojlanish bosqichlarini aniqlash va ilmiy xulosalar chiqarish malakalari shakllanadi.
· tarixiy va arxeologik manbalarni tahlil qilish usullarini biladilar;
· tadqiqot jarayonida ilmiy metodlardan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
· tarixiy-madaniy yodgorliklarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini baholay oladilar;
· mustaqil ilmiy izlanish olib borish va xulosalar chiqarish kompetensiyalarini shakllantiradilar;
· arxeologiya va tarix fanining zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini rivojlantiradilar.
Fan yakunida talabalar tarixiy jarayonlarni ilmiy asosda tahlil qilish, arxeologik va tarixiy manbalardan foydalanish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Mazkur fan talabalarda arxeologik tadqiqotlarda geografik axborot tizimlari (GIS)ning nazariy asoslari, fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish usullari bo‘yicha bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida arxeologik yodgorliklarni xaritalash, masofadan zondlash (Remote Sensing), GPS, raqamli relyef modellari (DEM), fazoviy tahlil usullari va geoma’lumotlar bazalaridan foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari o‘rganiladi.
Erishiladigan ta’limiy natijalar: geografik axborot tizimlarining (GIS) nazariy asoslari, tuzilishi va arxeologiyadagi ahamiyatini tushuntira oladi;
· arxeologik yodgorliklarga oid fazoviy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va boshqarish tamoyillarini biladi;
· GPS, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanib arxeologik obyektlarni aniqlash hamda xaritalashni amalga oshira oladi;
· GIS dasturlari yordamida fazoviy tahlillar, tematik xaritalar va raqamli modellarni yaratish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· arxeologik tadqiqotlarda GIS natijalarini tarixiy, ekologik va madaniy ma’lumotlar bilan integratsiyalashni amalga oshira oladi;
arxeologik yodgorliklarni monitoring qilish, madaniy merosni muhofaza etish va ilmiy tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion texnologiyalarni qo‘llash kompetensiyasini egallaydi.
Fanning maqsadi, Mazkur fan talabalarda insonning kelib chiqishi, biologik va madaniy evolyutsiyasi, antropogenez jarayonlari hamda insoniyatning yozuv paydo bo‘lishigacha bo‘lgan (old tarix) taraqqiyot bosqichlari haqida tizimli bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida qadimgi gomininlar, tosh davri madaniyatlari, paleoantropologik topilmalar, insonning tabiiy muhitga moslashuvi, ilk mehnat qurollari va xo‘jalik shakllarining rivojlanishi zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganiladi.
Erishiladigan ta’limiy natijalar: Fan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgandan so‘ng talaba:
· inson evolyutsiyasi va old tarix fanining predmeti, maqsadi, vazifalari hamda boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushuntira oladi;
· antropogenezning asosiy nazariyalari va inson evolyutsiyasining bosqichlarini ilmiy asosda tavsiflay oladi;
· australopiteklar, Homo habilis, Homo erectus, neandertallar va Homo sapiensning biologik hamda madaniy xususiyatlarini tahlil qila oladi;
· paleolit, mezolit va neolit davrlarida insoniyat taraqqiyoti, xo‘jalik faoliyati va ijtimoiy munosabatlarning shakllanishini baholay oladi;
· paleoantropologik va arxeologik manbalarni tahlil qilish, ularni tarixiy jarayonlarni yoritishda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· zamonaviy ilmiy metodlar, jumladan radiometrik sanalash, paleogenetika va bioarxeologik tadqiqotlarning inson evolyutsiyasini o‘rganishdagi ahamiyatini tushuntira oladi;
Mazkur fan talabalarda landshaft arxeologiyasining nazariy va metodologik asoslari, inson va tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tarixiy rivojlanishi hamda arxeologik landshaftlarni aniqlash, tahlil qilish va muhofaza etish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida tabiiy geografik omillarning qadimgi aholi joylashuvi, xo‘jalik faoliyati va madaniy taraqqiyotiga ta’siri, shuningdek, GIS, masofadan zondlash (Remote Sensing), LiDAR, aerokosmik suratlar va boshqa zamonaviy geoinformatsion texnologiyalarning arxeologik tadqiqotlardagi qo‘llanilishi o‘rganiladi.
· landshaft arxeologiyasining predmeti, maqsadi, vazifalari va ilmiy rivojlanish bosqichlarini tushuntira oladi;
· tabiiy muhit va inson faoliyati o‘rtasidagi tarixiy o‘zaro bog‘liqlikni arxeologik manbalar asosida tahlil qila oladi;
· arxeologik landshaftlarni aniqlash, tavsiflash va baholashning zamonaviy usullarini qo‘llay oladi;
· GIS, GPS, masofadan zondlash, LiDAR va raqamli relyef modellari (DEM) asosida fazoviy tahlillarni amalga oshira oladi;
· qadimgi aholi manzilgohlari, kommunikatsiya yo‘llari va xo‘jalik tizimlarining landshaft bilan bog‘liqligini ilmiy asosda izohlay oladi;
· landshaft arxeologiyasida dala tadqiqotlari, xaritalash va geoma’lumotlar bazalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
arxeologik landshaftlarni muhofaza qilish, monitoring qilish va ularni barqaror boshqarish bo‘yicha milliy hamda xalqaro yondashuvlarni amaliy faoliyatda qo‘llash kompetensiyalarini egallaydi.
“Oʻrta Osiyoning ornamenti va tasviriy san’ati” fani talabalarda O‘rta Osiyo hududida shakllangan qadimgi va o‘rta asrlar san’ati, bezak an’analari, amaliy san’at turlari hamda tasviriy san’at namunalarining rivojlanish jarayonlari haqida chuqur ilmiy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan doirasida O‘rta Osiyo xalqlarining estetik qarashlari, ramziy ifoda vositalari, naqsh va bezaklarning mazmun-mohiyati, ularning tarixiy-madaniy taraqqiyotdagi o‘rni o‘rganiladi. Mazkur fan orqali talabalar qadimgi davr yodgorliklari, arxeologik topilmalar, me’moriy inshootlar bezaklari, devoriy rangtasvir namunalari, kulolchilik, zargarlik, to‘qimachilik va boshqa amaliy san’at turlarining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishadilar. Shuningdek, O‘rta Osiyo san’atining Sharq xalqlari madaniyati bilan o‘zaro aloqalari, san’at rivojida turli tarixiy davrlarning ta’siri haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar: O‘rta Osiyo ornament va tasviriy san’atining asosiy rivojlanish bosqichlarini biladilar; qadimgi va o‘rta asr san’at namunalarini tarixiy hamda badiiy jihatdan tahlil qila oladilar; ornamentlarning shakllanishi, mazmuni va ramziy ma’nolarini tushuntirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar; arxeologik va tarixiy manbalar asosida san’at yodgorliklarini o‘rganish usullarini egallaydilar; milliy madaniy meros namunalarini asrash va ilmiy baholash bo‘yicha kompetensiyalarni shakllantiradilar.
Mazkur fan Mazkur fan talabalarda arxeologik dala tadqiqotlarini tashkil etish va olib borishning nazariy hamda amaliy asoslari, arxeologik qidiruv va qazishma metodikasi, topilmalarni aniqlash, hujjatlashtirish, konservatsiya qilish va ilmiy qayta ishlash bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida arxeologik yodgorliklarni aniqlash va xaritalash, stratigrafik kuzatuvlar, topilmalarni inventarlashtirish, fotofiksatsiya, grafik hujjatlashtirish, laboratoriya tahlillari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni dala tadqiqotlarida qo‘llash masalalari o‘rganiladi.
· Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Etnoarxeologiya” fani talabalarga arxeologik manbalarni o‘rganishda etnografik ma’lumotlardan foydalanish, qadimgi jamiyatlarning turmush tarzi, xo‘jalik faoliyati, madaniy an’analari va ijtimoiy munosabatlarini tahlil qilish usullarini o‘rgatishga qaratilgan. Fan doirasida zamonaviy va an’anaviy jamiyatlarning moddiy madaniyati namunalarini o‘rganish orqali qadimgi arxeologik yodgorliklarni ilmiy talqin qilish imkoniyatlari yoritiladi. Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabalar etnoarxeologiyaning shakllanish tarixi, nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, arxeologik va etnografik manbalarni qiyosiy tahlil qilish tamoyillari haqida bilimlarga ega bo‘ladilar. Shuningdek, xalq amaliy san’ati, hunarmandchilik, uy-joy qurilishi, mehnat qurollari, marosimlar va an’anaviy xo‘jalik shakllarining tarixiy taraqqiyotini o‘rganadilar.
· etnoarxeologiyaning asosiy tushunchalari, maqsad va vazifalarini biladilar;
· arxeologik va etnografik manbalarni kompleks tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
· qadimgi aholining xo‘jaligi, maishiy hayoti va madaniy an’analarini tiklash usullarini o‘rganadilar;
· moddiy madaniyat yodgorliklarini etnologik yondashuv asosida izohlash malakasiga ega bo‘ladilar;
· arxeologik tadqiqotlarda zamonaviy etnoarxeologik usullardan foydalanish kompetensiyalarini shakllantiradilar.
Fan yakunida talabalar qadimgi jamiyatlar tarixini chuqurroq anglash, arxeologik topilmalarni ilmiy asosda sharhlash hamda tarixiy-madaniy jarayonlarni etnoarxeologik yondashuv orqali tahlil qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari - talabalarda arxeologik tadqiqotlarda GIS, masofadan zondlash, fotogrammetriya, 3D modellashtirish va boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanish, arxeologik ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, vizuallashtirish hamda madaniy meros obyektlarini ilmiy tadqiq etish va muhofaza qilish bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Mazkur fan talabalarda Oʻrta Osiyo hududida eng qadimgi davrlardan o‘rta asrlargacha kechgan tarixiy-madaniy jarayonlar, arxeologik madaniyatlar, qadimgi davlatlar va sivilizatsiyalarning shakllanishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida Oʻrta Osiyoning arxeologik yodgorliklari, moddiy madaniyati, xo‘jalik tizimi, urbanizatsiya jarayonlari, xalqaro madaniy aloqalari va zamonaviy arxeologik tadqiqot metodlari o‘rganiladi. Shuningdek, talabalarda arxeologik manbalarni ilmiy tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni baholash va madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar rivojlantiriladi.
· Oʻrta Osiyo arxeologiyasining predmeti, maqsadi, vazifalari va ilmiy rivojlanish bosqichlarini tushuntira oladi;
· paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza, temir davri hamda antik va o‘rta asrlar arxeologik madaniyatlarini tavsiflay oladi;
· Baqtriya, Soʻgʻd, Xorazm, Margʻiyona, Fargʻona va Choch kabi tarixiy-madaniy hududlarning arxeologik yodgorliklari hamda ularning tarixiy ahamiyatini tahlil qiladi;
· Oʻrta Osiyoda ilk dehqonchilik, chorvachilik, shaharsozlik, hunarmandchilik va davlatlilikning shakllanish jarayonlarini ilmiy asosda baholay oladi;
· arxeologik qazishmalar natijalari, moddiy madaniyat namunalarini hamda yozma manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari, GIS, masofadan zondlash va laboratoriya tahlillarining arxeologiyadagi ahamiyatini tushuntira oladi;
Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo madaniy merosini muhofaza qilishning milliy hamda xalqaro tamoyillarini amaliy faoliyatda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.
· geografik axborot tizimlarining (GIS) nazariy asoslari, tuzilishi va arxeologiyadagi ahamiyatini tushuntira oladi;
· arxeologik yodgorliklarni monitoring qilish, madaniy merosni muhofaza etish va ilmiy tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion texnologiyalarni qo‘llash kompetensiyasini egallaydi.
· Mazkur fan talabalarda arxeologik dala tadqiqotlarini tashkil etish va olib borishning nazariy hamda amaliy asoslari, arxeologik qidiruv va qazishma metodikasi, topilmalarni aniqlash, hujjatlashtirish, konservatsiya qilish va ilmiy qayta ishlash bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida arxeologik yodgorliklarni aniqlash va xaritalash, stratigrafik kuzatuvlar, topilmalarni inventarlashtirish, fotofiksatsiya, grafik hujjatlashtirish, laboratoriya tahlillari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni dala tadqiqotlarida qo‘llash masalalari o‘rganiladi.
· arxeologik dala tadqiqotlarining maqsadi, vazifalari va ilmiy-metodik asoslarini tushuntira oladi;
· arxeologik qidiruv va qazishma ishlarini amaldagi metodik talablar asosida tashkil eta oladi;
· stratigrafik qatlamlarni aniqlash, dala kuzatuvlarini olib borish va qazishma hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtira oladi;
· arxeologik topilmalarni aniqlash, inventarlashtirish, fotofiksatsiya qilish, chizmachilik hujjatlarini tayyorlash va kataloglashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· topilmalarni dastlabki konservatsiya qilish, qadoqlash, saqlash va laboratoriya tahliliga tayyorlash usullarini qo‘llay oladi;
· GIS, GPS, dron, 3D modellashtirish va boshqa zamonaviy raqamli texnologiyalardan arxeologik dala tadqiqotlarida foydalanish kompetensiyasini egallaydi;
· arxeologik tadqiqotlarda ilmiy etika, madaniy merosni muhofaza qilish talablari va amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilgan holda kasbiy faoliyat yurita oladi.
“Jahon arxeologiyasi” fani talabalarga insoniyatning qadimgi davrdan o‘rta asrlargacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyot jarayonlarini arxeologik manbalar asosida o‘rganish, jahon hududlarida shakllangan qadimgi sivilizatsiyalar, moddiy madaniyat yodgorliklari va arxeologik tadqiqotlar natijalari haqida chuqur bilim berishga qaratilgan.
Fan doirasida Yaqin Sharq, Misr, Yunoniston, Rim, Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va boshqa hududlardagi qadimgi sivilizatsiyalarning shakllanishi, rivojlanishi hamda ularning jahon tarixidagi o‘rni o‘rganiladi. Talabalar arxeologik davrlashtirish, qazishma ishlari metodikasi, moddiy manbalarni tahlil qilish, qadimgi shaharlar, me’moriy obidalar, dafn inshootlari, mehnat qurollari va san’at namunalarini o‘rganish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
· jahon arxeologiyasining asosiy rivojlanish bosqichlari va ilmiy yo‘nalishlarini biladilar;
· turli hududlardagi qadimgi sivilizatsiyalar arxeologik yodgorliklarini tahlil qila oladilar;
· arxeologik manbalarni tarixiy jarayonlarni tiklashdagi ahamiyatini tushunadilar;
· qadimgi jamiyatlarning xo‘jaligi, madaniyati, diniy qarashlari va ijtimoiy tuzilishini arxeologik dalillar asosida o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar;
· xalqaro arxeologik tadqiqot metodlari va zamonaviy yondashuvlardan foydalanish malakasini shakllantiradilar.
Numizmatika va epigrafiya fanida tangalar hamda yozma yodgorliklar tarixiy manba sifatida tahlil qilinib, davlatlar, sulolar va tarixiy shaxslar va ularning hukmronlik davrlari, savdo va iqtisodiy aloqalari, hamda siyosiy tarixni yoritishdagi ahamiyati o‘rganiladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Mazkur fan talabalarda antropozoologiyaning nazariy asoslari, inson va hayvonlar o‘rtasidagi tarixiy-ekologik munosabatlar, hayvon qoldiqlarining arxeologik tadqiqotlardagi o‘rni hamda ularni ilmiy tahlil qilish usullari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida uy hayvonlarining xonakilashtirilishi, ovchilik va chorvachilikning rivojlanishi, qadimgi xo‘jalik tizimlari, paleoekologik muhitni tiklash hamda zooarxeologik materiallarni zamonaviy ilmiy metodlar asosida o‘rganish masalalari yoritiladi. Erishiladigan ta’limiy natijalar: Fan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgandan so‘ng talaba:
· antropozoologiyaning predmeti, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushuntira oladi;
· arxeologik qazishmalardan topilgan hayvon suyaklari va boshqa zoologik qoldiqlarni dastlabki tasniflay oladi;
· hayvonlarning xonakilashtirilishi, ovchilik va chorvachilikning shakllanish hamda rivojlanish bosqichlarini ilmiy asosda tavsiflay oladi;
· zooarxeologik materiallar asosida qadimgi aholining xo‘jaligi, oziqlanishi va tabiiy muhitini tahlil qila oladi;
· osteologik, morfologik va tafonomik tahlil usullarining mazmuni hamda qo‘llanilish sohalarini tushuntira oladi;
· antropozoologik ma’lumotlarni arxeologik va tarixiy manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· biologik xilma-xillikni, madaniy merosni va arxeologik topilmalarni saqlash hamda ulardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish tamoyillarini amaliy faoliyatda qo‘llay oladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot Mazkur fan talabalarda antropologiya fanining nazariy asoslari, insonning biologik va ijtimoiy evolyutsiyasi, irqlarning shakllanishi, antropogenez jarayonlari hamda zamonaviy antropologik tadqiqot usullari bo‘yicha tizimli bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida insonning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari, morfologik va biologik xususiyatlari, qadimgi aholi qoldiqlarini o‘rganish metodlari hamda antropologiyaning arxeologiya, tarix, biologiya va genetika fanlari bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi.
Fan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgandan so‘ng talaba:
· antropologiyaning predmeti, maqsadi, vazifalari va ilmiy yo‘nalishlarini tushuntira oladi;
· inson evolyutsiyasining asosiy bosqichlari va antropogenez nazariyalarini ilmiy asosda tavsiflay oladi;
· qadimgi odam qoldiqlari, skelet materiallari va antropologik topilmalarni tahlil qilishning asosiy usullarini biladi;
· insonning biologik, morfologik va populyatsion xususiyatlarini ilmiy jihatdan baholay oladi;
· antropologik ma’lumotlarni arxeologik, tarixiy va genetik manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· antropologik tadqiqotlarda zamonaviy ilmiy metodlar va axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy kompetensiyalarni egallaydi;
· antropologik merosni ilmiy o‘rganish, saqlash va etik tamoyillarga rioya etgan holda kasbiy faoliyatda qo‘llay oladi.
Talabalarda O‘zbekiston hududidagi me’moriy yodgorliklarning vujudga kelishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari, me’morchilik uslublari, konstruktiv va badiiy xususiyatlari, madaniy-tarixiy ahamiyati hamda ularni saqlash, restavratsiya qilish va muhofaza etish tamoyillari haqida ilmiy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, fan milliy me’moriy merosni xalqaro standartlar asosida o‘rganish, tahlil qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishni, tarixiy-madaniy merosni asrashga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalashni ham maqsad qiladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Mazkur fan talabalarda jahon arxeologiyasining nazariy va metodologik asoslari, insoniyat tarixining ibtidoiy davridan ilk sivilizatsiyalar va antik dunyo taraqqiyotigacha bo‘lgan arxeologik jarayonlar, dunyoning turli mintaqalaridagi arxeologik madaniyatlar hamda ularning tarixiy rivojlanish qonuniyatlari haqida tizimli bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida talabalarda arxeologik manbalarni ilmiy tahlil qilish, madaniyatlararo aloqalarni baholash, zamonaviy arxeologik tadqiqot usullaridan foydalanish va jahon madaniy merosini asrash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar rivojlantiriladi.
· jahon arxeologiyasining predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish bosqichlarini izohlay oladi;
· paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va temir davrlariga oid asosiy arxeologik madaniyatlarni tavsiflay oladi;
· Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hind vodiysi, Xitoy, Egey, Yunon-Rim, Mesoamerika va And sivilizatsiyalarining arxeologik yodgorliklarini ilmiy tahlil qiladi;
· arxeologik davrlashtirish, stratigrafiya, tipologiya, xronologiya va zamonaviy tadqiqot usullarini amaliyotda qo‘llay oladi;
· arxeologik topilmalarni tarixiy manba sifatida baholaydi hamda ilmiy xulosalar chiqaradi;
· xalqaro tajriba va UNESCOning madaniy merosni muhofaza qilish tamoyillarini tushuntira oladi;
Mazkur fan talabalarda Oʻrta Osiyoda qadimgi va o‘rta asrlarda urbanizatsiya jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishi, ilk shaharlarning vujudga kelishi, shaharsozlik an’analari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, davlatlilikning rivojlanishi hamda urbanistik markazlarning arxeologik jihatdan o‘rganilishi bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Marg‘iyona, Farg‘ona va Choch hududlaridagi qadimgi va o‘rta asr shaharlarining taraqqiyoti, shahar infratuzilmasi, mudofaa tizimlari, hunarmandchilik, savdo va Buyuk Ipak yo‘lining urbanizatsiya jarayonlariga ta’siri zamonaviy arxeologik tadqiqotlar asosida o‘rganiladi.
· Oʻrta Osiyoda urbanizatsiya jarayonlarining nazariy asoslari, bosqichlari va rivojlanish omillarini tushuntira oladi;
· qadimgi va o‘rta asr shaharlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hududiy xususiyatlarini ilmiy asosda tavsiflay oladi;
· Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Marg‘iyona, Farg‘ona va Chochning yirik shahar markazlari hamda ularning arxeologik yodgorliklarini tahlil qila oladi;
· shaharlarning rejalashtirilishi, mudofaa inshootlari, turar joylari, ibodat maskanlari va ishlab chiqarish obyektlarini arxeologik manbalar asosida baholay oladi;
· urbanizatsiya jarayonlarida hunarmandchilik, savdo, sug‘orma dehqonchilik va Buyuk Ipak yo‘lining o‘rnini ilmiy jihatdan izohlay oladi;
· arxeologik topilmalar, yozma manbalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida urbanizatsiya tarixiga oid mustaqil ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
· Oʻrta Osiyoning tarixiy shaharlarini o‘rganish, ularni muhofaza qilish va madaniy meros obyektlari sifatida ilmiy-amaliy faoliyatda qo‘llash kompetensiyalarini egallaydi.
Fan haqida qisqacha
Antik davr arxeologiyasi — miloddan avvalgi I ming yillik va milodiy dastlabki asrlarda mavjud bo'lgan qadimgi sivilizatsiyalarning (Yunoniston, Rim, Ellinizm dunyosi, shuningdek O'rta Osiyodagi Baqtriya, So'g'diyona, Xorazm, Parfiya, Kushon davlati) moddiy madaniyat yodgorliklarini o'rganuvchi tarix va arxeologiya fanining bo'limi.
Fanning maqsadi
Talabalarda antik davr moddiy madaniyati va sivilizatsiyalari haqida tizimli bilim shakllantirish. Xususan:
Antik davr arxeologik yodgorliklarining tipologiyasi va xronologiyasini o'rgatish
Qadimgi shaharsozlik, me'morchilik, hunarmandchilik va san'at namunalarini tahlil qilishga o'rgatish
Yunon-Rim dunyosi bilan O'rta Osiyo o'rtasidagi madaniy aloqalarni ochib berish Arxeologik manbalar asosida tarixiy jarayonlarni qayta tiklash malakasini shakllantirish
Vatan tarixining antik bosqichi (Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Qang', Kushonlar) haqida ilmiy tasavvur berish
Madaniy meros va yodgorliklarni asrash mas'uliyatini tarbiyalash
Erishiladigan ta'limiy natijalar
Fanni o'zlashtirgan talaba:
Bilim jihatidan:
Antik davrning davriylashtirilishi va asosiy xronologik bosqichlarini biladi
Yirik arxeologik yodgorliklar (Afrosiyob, Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Tuproqqal'a, Nisa, Ay-Xonim va boshqalar) haqida ma'lumotga ega bo'ladi
Antik davr moddiy madaniyati — sopol, tanga, terrakota, haykaltaroshlik va me'morchilik namunalarini tavsiflay oladi
Fanning ilmiy tadqiqot tarixi va yetakchi olimlar hissasini biladi.
Ko'nikma jihatidan:
Arxeologik ashyolarni tasniflash va sanasini aniqlash usullarini qo'llay oladi
Arxeologik manbalarni yozma manbalar bilan qiyoslab tahlil qila oladi
Qazishma hisobotlari va ilmiy adabiyot bilan mustaqil ishlay oladi
Kompetensiya jihatidan:
Antik davr sivilizatsiyalarining jahon madaniyatiga qo'shgan hissasini baholay oladi
Ilmiy-tadqiqot va ekspeditsiya faoliyatida ishtirok etishga tayyor bo'ladi
Madaniy merosni muhofaza qilish sohasida faol pozitsiyaga ega bo'ladi
Talabalarda O‘rta Osiyo hududida qadim zamonlardan to hozirgi davrgacha shakllangan diniy e'tiqodlar, dinlarning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, o‘zaro ta'siri va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida ilmiy, tarixiy va tanqidiy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fan O‘rta Osiyo xalqlarining diniy-madaniy merosi, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, xristianlik, islom va boshqa diniy oqimlarning tarixiy taraqqiyoti hamda ularning moddiy va nomoddiy madaniyatga ta'sirini arxeologik, tarixiy, yozma manbalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida o‘rganishni nazarda tutadi.
Shuningdek, fan talabalarda:
Mazkur fan tarix, arxeologiya, antropologiya, dinshunoslik, madaniyatshunoslik va manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda diniy merosni asrash va targ‘ib etish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Mazkur fan talabalarda Oʻrta Osiyo hududida eng qadimgi davrlardan o‘rta asrlargacha kechgan tarixiy-madaniy jarayonlar, arxeologik madaniyatlar, qadimgi davlatlar va sivilizatsiyalarning shakllanishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida chuqur nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida Oʻrta Osiyoning arxeologik yodgorliklari, moddiy madaniyati, xo‘jalik tizimi, urbanizatsiya jarayonlari, xalqaro madaniy aloqalari va zamonaviy arxeologik tadqiqot metodlari o‘rganiladi. Shuningdek, talabalarda arxeologik manbalarni ilmiy tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni baholash va madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar rivojlantiriladi. Erishiladigan ta’limiy natijalar: Fan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgandan so‘ng talaba:
· Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo madaniy merosini muhofaza qilishning milliy hamda xalqaro tamoyillarini amaliy faoliyatda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.
Arxeologik topilmalarni muzeylashtirish fanining asosiy maqsadi — talabalarga arxeologik qazishmalar natijasida topilgan moddiy madaniyat namunalarini ilmiy hujjatlashtirish, konservatsiya va restavratsiya qilish, muzey fondlariga qabul qilish hamda ekspozitsiyalarda namoyish etish jarayonlarining nazariy asoslari va amaliy usullari bo'yicha chuqur bilim va ko'nikmalar berishdir. Fan arxeologik topilmaning dala sharoitida qayd etilishidan boshlab, laboratoriya tadqiqotlari, ilmiy pasportlashtirish, saqlash rejimlarini ta'minlash va muzey ekspozitsiyasida tomoshabinga taqdim etilishigacha bo'lgan to'liq jarayonni kompleks o'rganishga qaratilgan. Shuningdek, fan ochiq osmon ostidagi muzeylar, muzey-qo'riqxonalar (masalan, Ichan-Qal'a, Afrosiyob muzeyi) faoliyati hamda arxeologik merosni muzeylashtirish sohasidagi qonunchilik va xalqaro tajriba bilan tanishtirishni ham maqsad qiladi.
Fanning vazifalari
Fanning vazifalariga arxeologik topilmalarni dala sharoitida to'g'ri olish, tozalash, qadoqlash va tashish qoidalarini o'rgatish, topilmalarni ilmiy inventarizatsiya qilish va muzey hujjatlarini yuritish tartibini yoritish, turli materiallardan (sopol, metall, shisha, suyak, yog'och, to'qimachilik) yasalgan buyumlarning konservatsiya va restavratsiya usullarini ochib berish, muzey fondlarida saqlash rejimlari (harorat, namlik, yoritish)ni tahlil qilish hamda arxeologik ekspozitsiya va ko'rgazmalarni ilmiy asosda tashkil etish tamoyillarini o'rgatish kiradi.
Erishiladigan ta'limiynatijalarFanni o'zlashtirgan talaba quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladi:
Bilim: muzeylashtirish tushunchasi, uning bosqichlari va ilmiy asoslarini; arxeologik topilmalarni hujjatlashtirish, inventarizatsiya va pasportlashtirish tartibini; turli materiallardan yasalgan buyumlarni konservatsiya va saqlash usullarini; muzey ekspozitsiyasini yaratish tamoyillari hamda madaniy merosni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni biladi.
Ko'nikma: arxeologik topilmalarni dala va laboratoriya sharoitida ilmiy qayd etish; buyumlarni tasniflash, tavsiflash va ilmiy pasport tuzish; topilmalarning saqlanish holatini baholash va tegishli saqlash rejimini belgilash; ekspozitsiya rejasini ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Malaka: muzey fondlari bilan ishlash va hisob-kitob hujjatlarini yuritish; arxeologik ko'rgazma va ekspozitsiyalarni tashkil etishda ishtirok etish; oddiy konservatsiya ishlarini bajarish; olingan bilimlarni muzeyshunoslik, arxeologiya va madaniy merosni muhofaza qilish sohalarida qo'llash malakalarini egallaydi.
Umuman olganda, fan talabada arxeologik merosni ilmiy asosda saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish mas'uliyatini shakllantirib, muzey ishi orqali xalqimizning boy tarixini keng jamoatchilikka targ'ib qilish ko'nikmasini tarbiyalashga xizmat qiladi.