Tarix (Bakalavriat)

Tarixchi. Tarix fani oʻqituvchisi

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Bakalavriat > Tarix (Bakalavriat)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: tarix fanining nazariy asoslari, zamonaviy metodologiyasi va tarixiy tadqiqot usullarini puxta egallagan, O‘zbekiston va jahon tarixini ilmiy hamda tanqidiy yondashuv asosida tahlil qila oladigan, tarixiy manbalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydigan hamda tarix fanini zamonaviy pedagogik va raqamli ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishga tayyor, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, madaniy merosni muhofaza qilish, arxiv, muzey, turizm va davlat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yurita oladigan raqobatbardosh bakalavrlarni tayyorlashdan iborat. Dastur talabalarda tarixiy tafakkur, tanqidiy fikrlash, akademik halollik, kommunikativ, raqamli va fanlararo yondashuv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonini natijaga yo‘naltirilgan ta’lim (Outcome-Based Education) va uzluksiz sifatni ta’minlash tamoyillari asosida tashkil etish orqali bitiruvchilarning milliy va xalqaro ilmiy-ta’lim makoni hamda mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Bakalavr

Mutaxassislik

Tarixchi. Tarix fani oʻqituvchisi

Jami kreditlar

240/7200 soat

Davomiyligi

4 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — Stipendiyali: - 14 976 040 UZS Stipendiyasiz: - 8 140 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — Stipendiyali: - 1 242 $ USD Stipendiyasiz: - 675 $ USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:TG1105
Semestr:1
Modul rahbari:Turopova Mohidil Turdiyevna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Talabalarda tarixiy geografiyaning nazariy asoslari, tarixiy hududlar va davlatlar taraqqiyotini geografik omillar bilan bog‘liq holda tahlil qilish, tarixiy xaritalar hamda tarixiy-geografik manbalardan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish.

Modul kodi:UZ1128
Semestr:2
Modul rahbari:Sh.B. Abdullayev, falsafa fanlari bo‘yicha fan doktori (PhD), katta o‘qituvchi.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Mazkur fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda O‘zbekiston hududida ilk o‘rta asrlardan Xorazmshohlar davrigacha bo‘lgan jamiyat va davlatchilik taraqqiyoti to‘g‘risida tizimli bilimlarni shakllantirish, tarixiy jarayonlar va nazariyalarni tanqidiy tahlil qilish, tarixiy manbalarni talqin etish hamda tarixiy taraqqiyotni ilmiy tadqiqotlarga asoslangan yondashuvlar orqali baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Modul kodi:JT1128
Semestr:2
Modul rahbari:Xolmuminov Xusan Eshmo‘minovich, tarix fanlari doktori, professor

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Talabalarda Qadimgi Yunoniston va Rim sivilizatsiyalarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti hamda ularning jahon tarixidagi o‘rnini tahlil qilish, tarixiy manbalarni tanqidiy baholash va antik sivilizatsiyalarni qiyosiy o‘rganish kompetensiyalarini shakllantirish.

Modul kodi:ET1204
Semestr:2
Modul rahbari:Axmedova Gulchehra O‘skinovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Talabalarda etnologiyaning nazariy asoslari, etnik jarayonlar va xalqlarning etnomadaniy taraqqiyotini tahlil qilish, etnologik manbalarni baholash hamda etnologik bilimlarni ilmiy va kasbiy faoliyatda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirish.

Modul kodi:SH1204
Semestr:2
Modul rahbari:Tursunov Saypulla Narzullayevich, tarix fanlari doktori, professor

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Talabalarda Sharq allomalarining ilmiy merosi, ularning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini tahlil qilish, ilmiy manbalarni baholash hamda tarixiy-ilmiy merosni ilmiy va kasbiy faoliyatda qo‘llash kompetensiyalarini shakllantirish.