Fizika (Bakalavriat)

Fizik, fizika va astronomiya o'qituvchisi

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Bakalavriat > Fizika (Bakalavriat)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug'i bilan tasdiqlangan 60530500 – Fizika ta'lim yo'nalishi bo'yicha Malaka talablariga muvofiq, ushbu dastur Milliy malaka ramkasining 6-darajasi hamda bakalavr kasbiy faoliyatining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hamda pedagogik (umumiy o'rta va professional ta'lim muassasalarida) faoliyat turlarini bajarishga qodir bo'lgan, raqobatbardosh fizik va fizika-astronomiya o'qituvchisi mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qiladi.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Bakalavr

Mutaxassislik

Fizik, fizika va astronomiya o'qituvchisi

Jami kreditlar

240 kredit / 7200 soat

Davomiyligi

4 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 7 400 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 616 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:ME1106
Semestr:1
Modul rahbari:Narbayev Azamat Baxramovich, Rahmonov Ikrom Abdukarimovich

-Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Fanni o‘qitishning maqsadi - “Mexanika” fanining maqsadi jismlar va jismlar sistemasining harakatini bilgan holda moddaning hossa va xususiyatlarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Uning vazifasi tabiatda bo‘ladigan mexanikaviy va issiqliq hodisalardan boshlab texnika sistemalarda bo‘ladigan murakkab harakatlarni va holat o‘zgarishlari o‘rganishdan, asosiy fizik qonunlarning mazmuni, ma’nosi va ularni qo‘llanishini o‘rganishdn iboratdir.00000-

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Texnikada va turmushda bo‘ladigan masalalarni yechishda qo‘llanilishini, fizik tajribalar asosida mexanika qonunlarini o‘rganish, mexanik kattaliklarni SI va SGS o‘lchov sistemalarida ifodalash va taqqoslashni o‘rgatishdan iboratdir

TN2. Mexanik harakatlar kinematika, dinamika va statika masalalarini yechish ular haqida tasavur hosil qilish va olgan bilimlarni tajriba darslarida sinab ko‘rish

TN3. Mexanik qonuniyatlarni bilish ularni texnika va odatiy hayotda qo‘llay olish qobiliyatini shakillantirsh

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN4. Harakat tenglamalarini tuzish, tezlik va tezlanish koordinatalarini vaqt bo‘yicha grafik tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN5. Normal va tangensial tezlanish vektorlarini hisoblash, jismlarning egri chiziqli trayektoriyadagi dinamik parametrlarini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Matematik va prujinali mayatniklarning tebranish davrini, tebranishlarni qo‘shish natijalarini hisoblash va rezonans shartini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi

TN7. Murakkab shaklli jismlarning inersiya momentini Shteyner teoremasi yordamida hisoblash va aylanma harakat kinetik energiyasini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN8. Talaba mexanikaning asosiy qonunlari va nazariyalaridan foydalanib, moddiy nuqta, qattiq jism hamda mexanik tizimlarning harakatini tahlil qila oladi, fizik jarayonlarning matematik modellarini tuzadi va natijalarni ilmiy asosda izohlay oladi.

TN9. Talaba klassik mexanikaning kinematika, dinamika, statika, impuls va energiya saqlanish qonunlariga oid masalalarni yechish usullarini qo‘llay oladi, hisoblash natijalarini tahlil qiladi hamda amaliy vaziyatlarda ulardan samarali foydalanadi.

TN10. Talaba mexanik jarayonlarga oid laboratoriya tajribalarini o‘tkaza oladi, o‘lchash vositalaridan foydalanadi, eksperimental ma’lumotlarni statistik va grafik usullar yordamida qayta ishlaydi hamda xulosalar chiqaradi.

TN11. Turli kinematik jarayonlarni matematik modellashtirish va harakat parametrlarini qiyosiy baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Tabiat va texnikadagi dinamik jarayonlarni Nyuton mexanikasi tamoyillari asosida tahlil qilish hamda baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Tizimlarning energetik balansini tahlil qilish hamda zarbali va impulsli texnologik jarayonlarni loyihalash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Gravitatsion maydonlardagi harakat trayektoriyalarini tahlil qilish va kosmik navigatsiya prinsiplarini baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Turli elastik muhitlarda to‘lqinlarning tarqalish jarayonlarini diagnostika qilish va energetik xarakteristikalarini tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN16. Sanoat va tibbiyotda ultratovush texnologiyalaridan (defektoskopiya, ultratovushli diagnostika) hamda akustik o‘lchov tizimlaridan foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:FP112345626
Semestr:1/2/3/4/5/6
Modul rahbari:Kosimov Asroriddin Sadiyevich Xolmurodov Maxmatkarim Pattayevich Chariyev Muhammadi Muminovich, Aminov Shodibek Yo‘ldoshevich, Raxmonov Ikrom Abdukarimovich, Muhammadiyev Bexro‘z Hafizovich Muminov, Baxriddin Saidumarovich

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Talabalarning mexanika, molekulyar fizika, optika, elektr va magnetizm, atom va atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi bo‘limiga oid nazariy bilimlarini mustahkamlash, laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida fizik jarayonlar, hodisalar, ularning qonuni va qonuniyatlarini chuqurroq o‘rgatish. Fizik kattaliklarni o‘lchash va aniqlash, ularning o‘lchashdagi xatoliklarni hisoblash, laboratoriya qurulmalarida hamda kompyuter texnikasini eksperimentda qo‘llash bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qilishni o‘rgatish.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilimlar jihatidan

TN1. Fizikaning asosiy qonunlari, nazariyalari, fizik kattaliklar va ularning matematik ifodalarini biladi hamda tushuntira oladi.

TN2. Mexanika, molekulyar fizika, termodinamika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi bo‘yicha fizik jarayonlarning mazmuni va qonuniyatlarini tahlil qila oladi.

TN3. Fizik hodisalarni grafiklar, formulalar va eksperimental natijalar asosida izohlash hamda xulosalar chiqarish bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN4. Fizik o‘lchash usullari, tajriba qurilmalari va laboratoriya jihozlarining ishlash prinsiplari haqida bilimga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan

TN5. Fizik laboratoriya qurilmalari bilan ishlash, tajribalarni o‘tkazish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Fizik kattaliklarni o‘lchash, eksperimental ma’lumotlarni qayta ishlash va hisoblash usullarini amalda qo‘llay oladi.

TN7. Mexanik, issiqlik, elektr, magnit va optik jarayonlarni tajribalar orqali kuzatish va natijalarini tahlil qilish ko‘nikmasini egallaydi.

TN8. Olingan natijalar asosida laboratoriya hisobotlarini tayyorlash va ilmiy xulosalar chiqarishni biladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Jismlarning harakat tezligi, tezlanishi, ishqalanish koeffitsiyenti, qattiq jismlarning inersiya momentini turli usullarda aniqlash kompetensiyalariga ega bo‘ladi.

TN10. Impuls va energiyaning saqlanish qonunlarini absolyut elastik va noelastik toʻqnashuvlar misolida tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Suyuqliklarning qovushqoqlik koeffitsiyentini va sirt taranglik koeffitsiyentini oʻlchash, qattiq jismlarning chiziqli kengayish koeffitsiyentini aniqlash kompetensiyalariga ega bo‘ladi.

TN12. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok zanjirlarini chizmalar asosida yigʻish, zanjir elementlarini toʻgʻri ulash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Om, Kirxgof qonunlarini tekshirish, koʻp funksiyali raqamli multimetrlar, Uitson koʻprigi yordamida EYK hamda qarshiliklarni yuqori aniqlikda oʻlchash kompetensiyalariga ega bo‘ladi.

TN14. Nyuton halqalari yoki Yung tirqishi yordamida yorugʻlik interferensiyasini, difraksiya panjarasi yordamida yorugʻlik toʻlqin uzunligini aniqlash, mikroskop va spektrometrlarning ajrata olish qobiliyatini baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN16. Prizmadan oʻtayotgan yorugʻlikning sinish koeffitsiyentini dispersiya qonuniyatlariga koʻra oʻlchash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN17. Fotoeffekt hodisasini oʻrganish va Plank doimiysini aniqlash, Frank-Gers tajribasi orqali atomlarning energetik sathlari diskretligini isbotlash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN18. Vodorod atomi spektrini oʻrganish va Ridberg doimiysini hisoblash kompetensiyalariga ega bo‘ladi.

TN19. Geyger-Muller hisoblagichi, ssintillyatsion detektorlar va dozimetrik asboblar bilan ishlash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN20. Radioaktiv manbalarning nurlanish intensivligini oʻlchash, yarim yemirilish davrini statistik hisoblash, nurlanishlarning moddalar tomonidan yutilish koeffitsiyentini aniqlash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:MF1206
Semestr:2
Modul rahbari:Muhammadiyev Behro‘z Hafizovich Raxmonov Ikrom Abdukarimovich Jiyanova Sayyora Ibragimovna

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Fanni o‘qitishning maqsadi - talabalar ko‘z o‘ngida fizik hodisalarni ilmiy bilish usullarini termodinamika va molekulyar fizika asosini o’rganish chegarasida ochib berish. Fanni o’qitishdan maqsad, insoniyat foydasi uchun qo’llash mumkin bulgan tabiatning obyektiv qonunlarini ochish va tekshirishlar natijalarini amaliyot va texnikada qo’llashdir. Fizika qonuniyatlarini o’rganish texnikani rivojiga olib keladi.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilimlar jihatidan

TN1. Modda tuzilishining mumtoz va kvant-mexanik modellari o‘rtasidagi farqlarni hamda MKNning asosiy prinsiplari va ideal gaz modelining chegaralarini biladi;

TN2. Mikroskopik va makroskopik parametrlarni o‘zaro bog‘lovchi MKNning asosiy tenglamasini hamda tashqi potensial maydondagi gazlar holatini belgilovchi Boltsman taqsimoti va barometrik formulani biladi;

TN3. Statistik fizika asoslarini: tasodifiy miqdorlar, binomial, Gauss (normal), Puasson hamda molekulalarning tezliklar bo‘yicha Maksvell taqsimotlarining fizik mohiyatini biladi;

TN4. Termodinamikaning nolinchi, birinchi va ikkinchi qonunlarini, qaytar va qaytmas jarayonlarni, entropiya va termodinamik potensiallarning statistik hamda makroskopik ma’nolarini biladi;

TN5. Suyuqliklar va real gazlarning xossalarini, Van-der-Vaals tenglamasini, fazaviy o‘tishlarni, Joul-Tomson effekti hamda suyuqliklardagi sirt hodisalari (sirt taranglik, kapillyarlik) qonuniyatlarini biladi.

Ko‘nikmalar jihatidan

TN6. Molekulyar-kinetik xarakteristikalarni (molekulalarning o‘rtacha erkin yugurish yo‘li, to‘qnashuvlar chastotasi) va gazlardagi ko‘chish hodisalarini (diffuziya, issiqlik o‘tkazuvchanlik, ichki ishqalanish) analitik hisoblash hamda ularning ko‘chish koeffitsientlarini aniqlash ko’nikmasiga ega bo’ladi;

TN7. Maksvell taqsimoti funksiyalaridan foydalanib, molekulalarning eng ehtimolli, o‘rtacha arifmetik va o‘rtacha kvadratik tezliklarini matematik hisoblash, taqsimot grafiklarini tahlil qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi;

TN8. Ideal va real gazlarda kechadigan turli izojarayonlar, siklik jarayonlar (Karno sikli va b.) hamda Joul-Tomson effekti uchun issiqlik miqdori, bajarilgan ish, ichki energiya o‘zgarishi, foydali ish koeffitsienti (FIK) va entropiya o‘zgarishini (ΔS) hisoblash ko’nikmasiga ega bo’ladi;

TN9. Ideal gaz holat tenglamasi va statistik taqsimotlarni raqamli yoki virtual laboratoriya modellarida (simulyatsiyalar yordamida) tekshirish, olingan natijalarning xatoliklarini ehtimollar nazariyasi usullari bilan baholash ko’nikmasiga ega bo’ladi;

Kompetensiyalar jihatidan

TN10. Molekulyar fizika va termodinamika qonuniyatlarini makro- va mikrodunyodagi real tabiat hodisalari, zamonaviy texnologik jarayonlar (masalan, kriyogen texnikalar, detanderlar, quyosh energetikasi qurilmalari va issiqlik mashinalari) samaradorligini tahlil qilish va optimallashtirishda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo’ladi;

TN11. Fizik jarayonlarni o‘rganishda statistik (ehtimollik) va termodinamik (makroskopik) yondashuvlarni o‘zaro integratsiya qila olish, mikroskopik xarakteristikalar asosida tizimning makroskopik holati haqida prognozlar qilish kompetensiyasiga ega bo’ladi;

TN12. Virtual laboratoriyalar, interaktiv simulyatsiyalar (masalan, PhET) va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda molekulyar fizika bo‘limlarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik metodikalarini amaliyotga tatbiq etish kompetensiyasiga ega bo’ladi;

TN13. Ilmiy tadqiqotlarda fundamental fizik qonuniyatlar (masalan, barometrik taqsimot yoki ko‘chish hodisalari) va normativ hujjatlar prinsiplaridan foydalanib, ekologik va radiologik xavfsizlik muammolarini (masalan, rondon gazining tarqalishi yoki sizot suvlari harakati) modellashtirish hamda tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo’ladi.

TN14. Ideal va real gazlar, issiqlik sig‘imi, termodinamik sikllar, entropiya, Joul–Tomson effekti hamda fazaviy o‘tish jarayonlari asosida issiqlik va energiya almashinuvi hodisalarini tahlil qilish, ularning amaliy qurilmalardagi samaradorligini baholash va optimallashtirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Molekulyar-kinetik nazariya, statistik taqsimotlar (binomial, Puasson, Gauss, Maksvell), transport hodisalari va molekulyar xarakteristikalardan foydalanib fizik tizimlarning holatini matematik modellashtirish hamda hisoblash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN16. Virtual laboratoriyalar, raqamli ta’lim vositalari va eksperimental usullardan foydalangan holda molekulyar fizika va termodinamika bo‘yicha tajribalarni rejalashtirish, o‘tkazish, natijalarni qayta ishlash va ilmiy xulosa chiqarish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN17. Suyuqliklar va qattiq jismlarning fizik xossalari (sirt taranglik, kapillarlik, namlanish, agregat holat o‘zgarishlari)ni tahlil qilish hamda ularning texnika, energetika va zamonaviy materialshunoslikdagi qo‘llanilishini baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.