Fizika (Magistratura)

Fizik, o'qituvchi-tadqiqotchi

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Magistratura > Fizika (Magistratura)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 277-son buyrug'i bilan tasdiqlangan 70530501 – Fizika magistratura mutaxassisligi bo'yicha Milliy malaka talablariga muvofiq, ushbu dastur Milliy malakalar ramkasining 7-darajasida ilmiy-tadqiqot, pedagogik, loyihaviy-muhandislik va texnologik, tashkiliy-boshqaruv hamda ishlab chiqarish-xizmat ko'rsatish vazifalarini bajarishga qodir, yuqori malakali fizik-tadqiqotchi va o'qituvchi-tadqiqotchilarni tayyorlashni maqsad qiladi.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Magistr

Mutaxassislik

Fizik, o'qituvchi-tadqiqotchi

Jami kreditlar

120 kredit / 3600 soat

Davomiyligi

2 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 9 864 800 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 821,53 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:ILTM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Narbayev Azamat Baxramovich

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Talabalarning ilmiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mahoratini shakllantirish, ilmiy tadqiqot dasturini tuzishda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilishni o‘rgatishdan iborat.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ilmiy tadqiqot metodologiyasining nazariy asoslari, ilmiy tadqiqot metodlari, metodologik yondashuvlar hamda ilmiy faoliyatni tashkil etish tamoyillari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN2. O‘zbekistonda va xorijda ilmiy tadqiqotlarning rivojlanish bosqichlari, fan taraqqiyoti, ilmiy maktablar, Markaziy Osiyo olimlarining jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi hamda zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti haqida bilimga ega bo‘ladi.

TN3. Ilmiy tadqiqot faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, magistratura to‘g‘risidagi nizom hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN4. Ilmiy axborot manbalari, elektron kutubxonalar, bibliografik ma’lumotlar bazalari, Scopus, Web of Science, ScienceDirect va Mendeley platformalaridan foydalanish hamda ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qoidalari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN5. Magistrlik dissertatsiyasini rejalashtirish, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish, kalendar reja tuzish, ilmiy natijalarni rasmiylashtirish hamda ilmiy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN6. Fizik tadqiqot usullari, atom va molekulyar spektroskopiya, ultrabinafsha va ko‘rinuvchan soha spektroskopiyasi, mass-spektrometriya, rezonans magnit spektroskopiyasi, rentgen tahlil usullari hamda xromatografik tahlil metodlari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN7. Eksperimentlarni rejalashtirish, statistik tahlil, matematik modellashtirish, tajribalarni o‘tkazish metodikasi, sanitariya-gigiyena talablari, texnik shartlar va davlat standartlari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN8. Ilmiy muammoni aniqlash, tadqiqot mavzusini tanlash, ilmiy izlanishlarni rejalashtirish va ilmiy tadqiqot metodlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

TN9. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, ilmiy tadqiqot faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish hamda magistratura ilmiy faoliyatini rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

TN10. Ilmiy axborotlarni qidirish, saralash va tahlil qilish, elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, bibliografik ma’lumotlarni rasmiylashtirish hamda ilmiy maqola va dissertatsiyalarni tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

TN11. Scopus, Web of Science, ScienceDirect va Mendeley platformalaridan foydalanish, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

TN12. Spektroskopik, rentgen va xromatografik tahlil usullaridan foydalanish, tajribalarni tashkil etish, eksperimental natijalarga statistik ishlov berish hamda matematik modellashtirish usullarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

TN13. Laboratoriya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalari, texnika xavfsizligi talablari va davlat standartlariga rioya etgan holda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Kompetensiya jihatidan

TN14. Ilmiy tadqiqotlarni mustaqil rejalashtirish, ilmiy muammolarni aniqlash, zamonaviy ilmiy metodlardan foydalangan holda nazariy va amaliy masalalarni hal etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Ilmiy axborot resurslari, xalqaro ma’lumotlar bazalari, elektron kutubxonalar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN16. Magistrlik dissertatsiyasi va boshqa ilmiy ishlarni xalqaro va milliy talablar asosida tayyorlash, ilmiy natijalarni rasmiylashtirish va taqdim etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN17. Spektroskopik, rentgen, xromatografik hamda boshqa zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarini ilmiy tadqiqotlarda qo‘llash, olingan natijalarni statistik tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN18. Ilmiy faoliyatni amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish, akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, mehnat muhofazasi, sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizligi talablariga amal qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN19. Ilmiy jamoalarda samarali faoliyat yuritish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish hamda uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:MFOM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Tursunov Alisher Isoqovich

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Maxsus fanlar bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning yo‘l va vositalari bilan tanishtirish, ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirish, bo‘lajak magistrlarga mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasidan bilim berish, fizika fani bilan maxsus kurs integratsiyasini amalga oshirish va ularda ushbu kursni o‘zlashtirishga kerakli malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jiharidan:

TN1. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, uning maqsad va vazifalari, metod va metodologiya, ta’lim mazmuni, davlat ta’lim standartlari hamda oliy ta’limni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN2. Pedagogning umumkasbiy kompetensiyalari, oliy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari (ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari) hamda ularni loyihalash metodikasi bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN3. Fizika o‘qitishda eksperimentlardan foydalanish, ta’lim vositalari, o‘quv adabiyotlari, didaktik materiallar, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari hamda pedagogik eksperiment asoslari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN4. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, pedagogik dasturiy vositalar, modul texnologiyasi, HEMIS axborot tizimi, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish hamda bilimlarni nazorat qilish va baholash metodikasi bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. O‘quv-me’yoriy hujjatlar va malaka talablari asosida fan dasturi, mashg‘ulot mazmuni hamda o‘quv jarayonini rejalashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida loyihalash, tashkil etish va o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN7. Fizik eksperimentlarni tashkil etish, ta’lim vositalari, didaktik materiallar, pedagogik dasturiy vositalar va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN8. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish, bilimlarni nazorat qilish va baholash vositalarini ishlab chiqish, o‘quv jarayonini tahlil qilish hamda takomillashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan:

TN9. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida loyihalash va amalga oshirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN10. Ta’lim jarayonini davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida samarali tashkil etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Innovatsion pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik dasturiy vositalar va HEMIS axborot tizimidan ta’lim jarayonida samarali foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim metodlari, fizik eksperimentlar va mustaqil ta’limni samarali tashkil etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Ta’lim natijalarini xolis baholash, nazorat vositalarini ishlab chiqish, o‘quv jarayonini monitoring qilish va sifatini uzluksiz takomillashtirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Pedagogik faoliyatda kasbiy etika, kommunikativ madaniyat, pedagogik refleksiya va uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillariga amal qilgan holda ta’lim jarayonini samarali boshqarish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:FZTU1106
Semestr:1
Modul rahbari:Turayev Ergash Yuldashevich

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Magistrantlarga fizikaning zamonaviy tadqiqot usullari turlari, tavsiflari, tasniflari va ularni turli tadqiqot obyektlari va jarayonlarini o‘rganishda amaliy qo‘llash prinsiplari va metodikalari bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jiharidan:

TN1. Zamonaviy fizik tadqiqot usullari, ularning nazariy asoslari, gaz xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya, Raman spektroskopiyasi, Fure-spektroskopiyasi, spektral ellipsometriya va skanlovchi zondli mikroskopiya usullari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN2. Nanomateriallarni olishning fizik-kimyoviy usullari, atom qatlamlab o‘stirish texnologiyasi, elektron mikroskopiya, optik, infraqizil, konfokal, rentgen va yaqin maydon mikroskopiyasi usullarining ishlash prinsiplari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN3. Atom-kuch mikroskopiyasi, shaffof elektron mikroskopiyasi, ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinuvchi soha spektroskopiyasi, fluoressent spektroskopiya, molekulyar spektroskopiya hamda elektromagnit to‘lqinlar shkalasi asoslari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

TN4. Nochiziqli spektroskopiya, ko‘p fotonli yutilish, garmonikalar generatsiyasi, Raman sochilishi, xromatografik tahlil usullari, ellipsometriya va zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalarini ilmiy maqolalarda aks ettirish metodlari bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Zamonaviy fizik tadqiqot qurilmalarining ishlash prinsiplarini tahlil qilish, tajriba usullarini tanlash, namunalarni tayyorlash va o‘lchash jarayonlarini tashkil etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Elektron mikroskopiya, atom-kuch mikroskopiyasi, skanlovchi zondli mikroskopiya, optik va lazerli mikroskopiya usullari yordamida olingan natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN7. Spektroskopik usullar (Infraqizil, Raman, fluoressent, Fure-spektroskopiya), xromatografik tahlil va ellipsometriya natijalarini interpretatsiya qilish hamda fizik xususiyatlarni aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN8. Ilmiy maqolalarni tahlil qilish, zamonaviy tadqiqot usullari yordamida olingan natijalarni baholash, eksperimental ma’lumotlarni grafik va ilmiy shaklda taqdim etish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan:

TN9. Zamonaviy fizik tadqiqot usullaridan foydalanib, fizik jarayonlar va materiallarning tuzilishi hamda xossalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN10. Nanomateriallar, yupqa qatlamlar va nanoo‘lchamli strukturalarni tadqiq qilishda atom qatlamlab o‘stirish, mikroskopiya va spektroskopiya usullarini samarali qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Eksperimental qurilmalar (elektron mikroskop, atom-kuch mikroskopi, Raman spektrometri, Fure-spektrometri, ellipsometr va xromatograf) imkoniyatlarini baholash hamda ilmiy masalalarni yechishda ulardan foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Spektroskopik va tahliliy usullar orqali olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, ilmiy xulosalar chiqarish va natijalarni zamonaviy ilmiy talablar asosida rasmiylashtirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Ilmiy maqolalar, tadqiqot hisobotlari va ilmiy ishlarda zamonaviy tadqiqot usullaridan olingan natijalarni tahlil qilish, taqdim etish va ilmiy muhokama qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Fizikaning zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari, innovatsion texnologiyalar va tahliliy usullardan foydalanib, mustaqil ilmiy izlanish olib borish, yangi ilmiy muammolarni aniqlash va yechimlarini ishlab chiqish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:NTTN1106
Semestr:1
Modul rahbari:Kholmorodov Makhmatkarim Pattayevich, Associate Professor

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Nochiziqli dinamik tizimlarda yuz beradigan tebranish va to‘lqin jarayonlarining nazariy asoslarini, matematik modellarini hamda ularni tadqiq etish usullarini o‘rgatish, shuningdek, fizik tizimlardagi murakkab jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, qo‘llanilish sohalari hamda nochiziqli dinamik sistemalarning matematik asoslarini tushuntirish bilimga ega bo‘ladi.

TN2. Bir o‘lchamli konservativ va dissipativ sistemalar, muvozanat holatlari, fazoviy portretlar va barqarorlik nazariyasining fizik mohiyatini izohlash bilimga ega bo‘ladi.

TN3. Duffing, Van der Pol va Rayleigh osillyatorlari, avtotebranishlar, nochiziqli rezonanslar, separatrisa va bifurkatsiya hodisalarining nazariy asoslarini tavsiflash bilimga ega bo‘ladi.

TN4. KdV, sine-Gordon va Boussinesq tenglamalari, solitonlar nazariyasi, g‘alayonlar nazariyasi, WKB yaqinlashuvi hamda nochiziqli jarayonlarning zamonaviy tatbiqlarini tushuntirish bilimga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Nochiziqli differensial tenglamalarni fazoviy tasvirlash, muvozanat nuqtalarini aniqlash va barqarorlik tahlilini amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Kuchsiz nochiziqli sistemalarni kichik parametrlar usuli, ko‘p masshtabli usul va o‘rtachalash metodi yordamida tahlil qilish hamda yaqinlashgan yechimlarni topish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN7. Majburiy tebranishlar, asosiy, parametrik va kombinatsion rezonanslarni tahlil qilish, rezonans amplitudasi va fazaviy trayektoriyalarni hisoblash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN8. Runge–Kutta, chekli ayirmalar va iteratsion algoritmlar yordamida analitik yechilmaydigan differensial tenglamalar sistemasini sonli usullar bilan yechish va natijalarni kompyuterda modellashtirish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Nochiziqli dinamik sistemalarning matematik modellari asosida fizik jarayonlarni tahlil qilish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN10. Gamilton sistemalari, integral invariantlar va kanonik almashtirishlardan foydalanib murakkab fazoviy dinamika masalalarini yechish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Xaos elementlari, attraktorlar va Lyapunov ko‘rsatkichlari yordamida dinamik sistemalarda tartibsizlik va barqarorlikni baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Nochiziqli to‘lqin tenglamalarini mexanika, optika va plazma fizikasi jarayonlariga tatbiq etish hamda solitonlarning fizik xossalarini tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Sochilishning teskari masalasi metodi, qaytarmaydigan potensiallar va g‘alayonlar nazariyasidan foydalanib nochiziqli tenglamalarni zamonaviy usullar bilan tadqiq qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Katta parametrli tenglamalar, asimptotik metodlar va WKB yaqinlashuvi yordamida murakkab fizik sistemalarning yaqinlashgan yechimlarini qurish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Nochiziqli tebranishlar va to‘lqinlar nazariyasining nanotexnologiya, fotonika, kvant tizimlari, biologik va muhandislik sistemalaridagi zamonaviy tatbiqlarini ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:ENMT1206
Semestr:2
Modul rahbari:Turayev Ergash Yuldashevich - professor.

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Elektromagnit nurlanishining turli muhitlarda tarqalishida kuzatiladigan qonuniyatlar va ularning nazariyasini oʻrganish boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmani shakllantirish iborat.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan ta'sirlashuvi fanining predmeti, vazifalari, tadqiqot usullari, elektromagnit to'lqinlarning fizik tabiati, spektr diapazonlari, energiyasi va impulsining asosiy qonuniyatlarini tushuntirish bilimiga ega bo'ladi.

TN2. Dielektrik, magnit va o'tkazuvchan muhitlarning elektromagnit xossalari, Maksvell tenglamalarining moddiy muhitlardagi ifodasi, elektromagnit to'lqinlarning tarqalishi, sindirish, qaytish, yutilish, sochilish va dispersiya hodisalarini izohlash bilimiga ega bo'ladi.

TN3. Elektromagnit nurlanishlarning atomlar, molekulalar, eksitonlar, plazmonlar, yarimo'tkazgichlar, metallar, gazlar va suyuqliklar bilan o'zaro ta'sirlashuvining fizik asoslarini hamda optik jarayonlarni tavsiflash bilimiga ega bo'ladi.

TN4. Optik tolalar, nochiziqli optik hodisalar, lazer nurlanishi, zamonaviy spektroskopik usullar, nanotuzilmalar, metamateriallar va elektromagnit nurlanishlarning optoelektronika, fotonika, telekommunikatsiya hamda tibbiyotdagi qo'llanilishini tushuntirish bilimiga ega bo'ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Elektromagnit to'lqinlarning turli muhitlarda tarqalish parametrlarini aniqlash, optik konstantalarni hisoblash, yutilish, qaytish va sochilish jarayonlarini eksperimental hamda nazariy jihatdan tahlil qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

TN6. Fotoreflektans, elektroreflektans, piezospektroskopiya, IQ, UB, Raman va lyuminessensiya spektroskopiyasi usullaridan foydalanish, olingan natijalarni qayta ishlash va ilmiy tahlil qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

TN7. Yarimo'tkazgichlar, metallar, gazlar, suyuqliklar va optik tolalarda elektromagnit nurlanishlarning o'zaro ta'sirini modellashtirish, optik xossalarini aniqlash va fizik parametrlarini baholash ko'nikmasiga ega bo'ladi.

TN8. Nochiziqli optik hodisalar, lazer induksiyalangan jarayonlar, plazmon rezonansi va fotogeneratsiya jarayonlarini zamonaviy hisoblash usullari hamda dasturiy vositalar yordamida tahlil qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Elektromagnit nurlanishlarning turli muhitlar bilan o'zaro ta'sirlashuvini fizik qonunlar asosida tahlil qilish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN10. Maksvell nazariyasi, kvant optikasi va elektromagnit maydon nazariyasi asosida murakkab fizik jarayonlarni modellashtirish hamda amaliy masalalarni yechish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN11. Eksitonlar, plazmonlar, yarimo'tkazgichlar va nanostrukturalarda kechadigan optik jarayonlarni tadqiq qilish hamda ularning fizik xossalarini baholash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN12. Optik tolalar, lazer tizimlari, spektroskopik qurilmalar va zamonaviy optoelektronika elementlarining ishlash prinsiplarini ilmiy va muhandislik masalalarida qo'llash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN13. Nanotuzilmalar va metamateriallarning elektromagnit xossalarini tahlil qilish, ularning zamonaviy fotonik va sensor tizimlaridagi qo'llanilishini baholash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN14. Zamonaviy eksperimental usullar, kompyuter modellashtirish va raqamli hisoblash vositalaridan foydalanib elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan o'zaro ta'sirlashuviga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN15. Elektromagnit nurlanishlarning optoelektronika, fotonika, telekommunikatsiya, tibbiyot, sensor texnologiyalari va innovatsion qurilmalarni yaratishdagi qo'llanilishini kasbiy va ilmiy faoliyatda samarali tatbiq etish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

Modul kodi:KDMF1206
Semestr:2
Modul rahbari:Turayev Ergash Yuldashevich - professor.

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Materialshunoslik va materiallar texnologiyasida kondensirlangan muhitlar fizikasining oʻrni, qattiq, yumshoq va suyuq muhitlar tavsiflari va xususiyatlarini tizimli tarzda oʻrgatish, ilmiy tadqiqotlar va ta’lim jarayonlarida amaliy qoʻllash boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Kondensirlangan muhitlarning tasnifi, asosiy tushunchalari, agregat holatlari hamda zamonaviy materialshunoslikdagi o'rnini tushuntirish bilimga ega bo'ladi.

TN2. Atom va molekulalararo ta'sirlashish kuchlari, dispers muhitlar va dispers fazalarning fizik mohiyatini hamda ularning kondensirlangan muhitlar xossalariga ta'sirini izohlash bilimga ega bo'ladi.

TN3. Qattiq, suyuq va yumshoq kondensirlangan muhitlarning tuzilishi, fizik xossalari, fazaviy holatlari va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflash bilimga ega bo'ladi.

TN4. Qattiq, suyuq va yumshoq kondensirlangan muhitlarning mexanik, termik, elektr, optik, magnit va relaksatsion xossalarini hamda yarimo'tkazgichli kondensirlangan muhitlarning fizik asoslarini tushuntirish bilimga ega bo'ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Kondensirlangan muhitlarning mexanik, termik, elektr va optik xossalarini tajriba natijalari asosida aniqlash, fizik parametrlarini hisoblash va tahlil qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

TN6. Kondensirlangan muhitlarning optik va spektroskopik tahlil usullaridan foydalanish, eksperimental natijalarni qayta ishlash va ilmiy xulosalar chiqarish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

TN7. Kompozitsion materiallarning olinishi, tuzilishi va fizik xossalarini tadqiq qilish, termomexanik jarayonlarni hamda to'ldiruvchilarning o'tkazuvchanlikka ta'sirini baholash ko'nikmasiga ega bo'ladi.

TN8. Suyuq muhitlarning reologik xossalari, qovushoqligi, sirt tarangligi, fizik gellarning strukturaviy o'zgarishlari hamda lyuminessensiya hodisalarini eksperimental usullar yordamida o'rganish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Kondensirlangan muhitlarning fizik xossalarini ilmiy asosda tahlil qilish va ularni materialshunoslik hamda zamonaviy texnologiyalar masalalariga tatbiq etish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN10. Qattiq, suyuq va yumshoq kondensirlangan muhitlarning fizik parametrlarini aniqlash, ularni taqqoslash va amaliy masalalarni yechishda qo'llash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN11. Yarimo'tkazgichli, kompozitsion va funksional materiallarning fizik xossalarini baholash hamda ularni elektronika, nanoelektronika va energetika sohalarida qo'llash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN12. Anizotropik materiallar, dispers tizimlar va relaksatsion jarayonlarni zamonaviy nazariy hamda eksperimental usullar asosida tadqiq qilish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN13. Lazer texnologiyalari, optik va spektroskopik usullarni kondensirlangan muhitlar fizikasi hamda materiallar diagnostikasida qo'llash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN14. Zamonaviy o'lchash asboblari, kompyuter modellashtirish vositalari va dasturiy paketlardan foydalanib kondensirlangan muhitlarning fizik jarayonlarini tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo'ladi.

TN15. Kondensirlangan muhitlar fizikasi sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, olingan natijalarni tahlil qilish, ilmiy hisobot va loyihalarni tayyorlash hamda kasbiy faoliyatda samarali qo'llash kompetensiyasiga ega bo'ladi.

Tanlov moduli (tanlov fanlari asosida)
Modul kodi:KEM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Yuldoshov Boysori Abdixoliqovich “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Kvant mexanikasi qonuniyatlariga asoslangan holda yorug‘lik va moddalar o‘zaro ta’sirini o‘rganish, induksiyalangan nurlanish jarayonlarini tahlil qilish va ularni amaliyotda qo‘llash hamda kogerent nurlanish hosil bo‘lishining nazariy asoslarini tushuntirishdan iboratdir.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Kvant elektronikasining asosiy tushunchalari, kvant o‘tishlar, Eynshteyn koeffitsientlari, kvant kuchaytirgichlari va generatorlarining ishlash prinsiplari hamda kvant nurlanishining fizik asoslarini tushuntirish bilimiga ega bo‘ladi.

TN2. Spektr chiziqlarining tabiiy, gomogen va nogomogen kengayish mexanizmlari, «energiya–vaqt» noaniqliklar munosabati, spontan nurlanish va yorug‘likning kuchayish jarayonlarini izohlash bilimiga ega bo‘ladi.

TN3. Lazerlarning ishlash prinsipi, damlash usullari, lazer generatsiyasi nazariyasi, modalarni sinxronlash va generatsiya spektrining xususiyatlarini tavsiflash bilimiga ega bo‘ladi.

TN4. Lazerlarning yaratilish tarixi, asosiy turlari, golografiya, aktiv va passiv sinxronlash usullari hamda lazerlarning ilm-fan va texnikadagi qo‘llanilish sohalarini tushuntirish bilimiga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Kvant o‘tishlari, Eynshteyn koeffitsientlari va lazer generatsiyasi parametrlarini nazariy hisoblash hamda ularni fizik jihatdan tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Lazer-kuchaytirgichlar va kvant generatorlarining ishlash rejimlarini tahlil qilish, rezonator parametrlarini aniqlash va lazer nurlanishining xususiyatlarini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN7. Spektr chiziqlarining kengayishini, modalarni sinxronlash jarayonlarini hamda generatsiya spektrining xususiyatlarini zamonaviy hisoblash usullari yordamida tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN8. Golografik tasvirlarni hosil qilish, lazer tizimlarining asosiy parametrlarini aniqlash va eksperimental natijalarni qayta ishlash hamda kompyuter modellashtirish usullaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Kvant elektronikasining nazariy asoslarini lazer fizikasi va zamonaviy optik tizimlarni tahlil qilishda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN10. Turli tipdagi lazerlarning fizik xossalarini baholash, ularning samaradorligini aniqlash va ilmiy-amaliy masalalarni yechishda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Lazer nurlanishining moddalar bilan o‘zaro ta’sirini tahlil qilish, lazer texnologiyalarini ilmiy tadqiqotlar va sanoat jarayonlarida qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Golografiya, optik axborotni qayta ishlash va yuqori aniqlikdagi optik o‘lchash tizimlarini loyihalash hamda ulardan foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Aktiv va passiv modalarni sinxronlash usullarini zamonaviy lazer tizimlarida qo‘llash, ultraqisqa impulslar hosil qilish va ularning parametrlarini baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Kvant elektronikasiga oid tajribalarni rejalashtirish, eksperimental natijalarni qayta ishlash, zamonaviy dasturiy vositalar yordamida modellashtirish va ilmiy xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Kvant elektronikasining yutuqlarini fotonika, optoelektronika, telekommunikatsiya, tibbiyot, metrologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sohalarida samarali qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:OAM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Tursunov Mamasobir Ochildiyevich, Associate Professor

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Tadqiqotchilarga optik (yorugʻlik) va elektron jarayonlarning oʻzaro taʼsirini, shuningdek, ushbu hodisalar asosida ishlaydigan yarimoʻtkazgichli asboblarning fizik prinsiplarini chuqur oʻrgatishdan iboratdir.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Optoelektronika fanining predmeti, rivojlanish tarixi, zamonaviy yo‘nalishlari hamda optoelektronik qurilmalarning ishlash prinsiplari to‘g‘risida bilimiga ega bo‘ladi.

TN2. Yarimo‘tkazgichlarning zonalar nazariyasi, optik xossalari, nurlanishli va nurlanishsiz o‘tishlar hamda zaryad tashuvchilarning rekombinatsiya jarayonlarini tushuntirish bilimiga ega bo‘ladi.

TN3. Yorug‘lik diodlari, yarimo‘tkazgichli lazerlar, fotodiodlar, fototranzistorlar va fotoelektrik o‘zgartirgichlarning tuzilishi, ishlash prinsipi hamda asosiy tavsiflarini izohlash bilimiga ega bo‘ladi.

TN4. Quyosh elementlari, optik signallarni modulyatsiya qilish usullari, optojuftlar, tolali-optik aloqa tizimlari, displey texnologiyalari, nano-optoelektronika va integrallashgan optoelektronikaning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini tushuntirish bilimiga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Yarimo‘tkazgichli optoelektronik elementlarning elektr va optik parametrlarini aniqlash, ularning tavsifnomalarini tahlil qilish va samaradorligini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Fotodiodlar, fototranzistorlar, yorug‘lik diodlari va yarimo‘tkazgichli lazerlarning ishlash rejimlarini tadqiq qilish, tajriba natijalarini qayta ishlash hamda fizik xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN7. Quyosh elementlarining volt-amper tavsiflarini aniqlash, foydali ish koeffitsientini hisoblash va samaradorligini oshirish usullarini amaliy qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN8. Tolali-optik aloqa tizimlari, optik modulyatorlar va zamonaviy optoelektronik qurilmalarni kompyuter modellashtirish hamda ularning parametrlarini tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Optoelektronik qurilmalarning fizik asoslarini tahlil qilish va ularning ishlash samaradorligini ilmiy asosda baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN10. Yarimo‘tkazgichli yorug‘lik manbalari, lazerlar va fotodetektorlarni tanlash hamda ularni optik va elektron tizimlarda samarali qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Quyosh fotoelektrik o‘zgartirgichlari va energiya tejovchi optoelektronik texnologiyalarni loyihalash, tahlil qilish hamda ularning samaradorligini oshirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Tolali-optik aloqa tizimlari, optik modulyatsiya usullari va optojuftlardan zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratishda foydalanish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Suyuq kristalli, elektrolyuminessent displeylar hamda nano-optoelektronik qurilmalarning ishlash xususiyatlarini baholash va ularni amaliy masalalarda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Zamonaviy eksperimental usullar, o‘lchash qurilmalari va kompyuter modellashtirish vositalaridan foydalanib optoelektronik tizimlarni tadqiq qilish va optimallashtirish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Optoelektronika, fotonika, telekommunikatsiya, nanoelektronika va qayta tiklanuvchi energetika sohalarida innovatsion optoelektronik texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ilmiy-amaliy faoliyatda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:YUEFM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Narbayev Azamat Baxramovich “Fizika” kafedrasi mudiri, PhD, dotsent

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: “Yuqori energiyalar fizikasi va astrofizika” fanining maqsadi magistratura talabalarda yuqori energiyali fizik jarayonlar, koinotdagi ekstremal sharoitlarda sodir bo‘ladigan hodisalar hamda astrofizik obyektlarning tuzilishi va evolyutsiyasi haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fan doirasida rentgen va gamma diapazonidagi nurlanishlar, nurlanish mexanizmlari, modda va energiyaning o‘zaro ta’siri, kompakt obyektlar (oq mitti yulduzlar, neytron yulduzlari, qora tuynuklar), supernova qoldiqlari hamda galaktik va galaktikadan tashqari yuqori energiyali jarayonlarni o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, talabalarda kuzatuv natijalarini tahlil qilish, ilmiy tadqiqot olib borish va zamonaviy astrofizik usullardan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsad qilinadi.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Yuqori energiyalar fizikasi va astrofizika fanining predmeti, maqsadi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlarini biladi.

TN2. Astrofizik obyektlarda energiya hosil bo‘lish mexanizmlari, gravitatsion, termoyadro va akkretsion energiya manbalarining fizik asoslarini biladi.

TN3. Rentgen va gamma diapazonidagi elektromagnit nurlanishning xususiyatlari, yuqori energiyali osmon obyektlari va ularni kuzatish usullarini biladi.

TN4. Rentgen va gamma detektorlari (proporsional hisoblagich, ssintillyatsion detektor, MCP va Si detektorlar) hamda teleskoplarning ishlash prinsiplarini biladi.

TN5. Astrofizik nurlanish jarayonlari (mutlaq qora jism, bremsstrahlung, sinxrotron, Kompton sochilishi) va modda bilan o‘zaro ta’sir qonuniyatlarini biladi.

TN6. Akkretsiya jarayonlari, zarba to‘lqinlari, jetlar va kompakt obyektlarning fizik tabiatini biladi.

TN7. Neytron yulduzlari, pulsarlar, qora tuynuklar va supernova qoldiqlarining tuzilishi hamda evolyutsion xususiyatlarini biladi.

TN8. Faol galaktika yadrolari, galaktikalar to‘dalari, kosmik rentgen foni va yuqori energiyali o‘tkinchi hodisalar nazariyasini biladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN9. Yuqori energiyali astrofizik kattaliklar, birliklar va foton energiyasi, chastota hamda to‘lqin uzunligi orasidagi bog‘lanishlarni hisoblash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN10. Astrofizik obyektlarda energiya ajralishi jarayonlarini modellashtirish va energiya manbalarini taqqoslash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN11. Rentgen va gamma diapazonidagi kuzatuv ma’lumotlarini qayta ishlash, obyektlarni aniqlash va tasniflash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN12. Rentgen va gamma detektorlarining samaradorligini baholash hamda teleskop tizimlari parametrlarini tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN13. Astrofizik nurlanish spektrlarini hisoblash, modda bilan o‘zaro ta’sir jarayonlarini tahlil qilish va fizik interpretatsiya qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN14. Akkretsion disklar, kompakt obyektlar, qora tuynuklar va supernova qoldiqlarining fizik parametrlarini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN15. Vaqtga bog‘liq yuqori energiyali hodisalarni, gamma-chaqnashlar va light curve ma’lumotlarini tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN16. Yuqori energiyalar fizikasi va astrofizika nazariyalarini zamonaviy ilmiy masalalarni hal etishda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN17. Rentgen va gamma diapazonidagi eksperimental hamda kuzatuv ma’lumotlarini ilmiy asosda tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN18. Zamonaviy detektorlar, teleskoplar va kosmik observatoriyalar ma’lumotlari bilan ishlash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN19. Astrofizik obyektlarning fizik modellarini yaratish va hisoblash natijalarini interpretatsiya qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN20. Kompakt obyektlar, qora tuynuklar va yuqori energiyali jarayonlarni matematik va kompyuter modellashtirish asosida tadqiq etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN21. Yuqori energiyali nurlanish jarayonlarini tavsiflash va ularning fizik mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN22. Astrofizik kuzatuv natijalarini statistik qayta ishlash va ilmiy xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN23. Kosmik obyektlarning evolyutsiyasi va energetik xususiyatlarini zamonaviy nazariyalar asosida baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN24. Yuqori energiyali astrofizika bo‘yicha mustaqil loyiha va ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish hamda natijalarni taqdim etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

Modul kodi:PFM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Kosimov Asroriddin Sadiyevich, Professor

Fanning maqsadi haqida qisqacha ma'lumot: Tadqiqotchi talabalarga polimerlarning molekulyar tuzilishi va polimerlanish turlari haqidagi zamonaviy ma’lumotlarni berish, makromolekulalarning fizik xossalari, jumladan, massa tavsiflarini, polimer kompozitlari va nanotizimlarning xususiyatlarini oʻrgatish va ularni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.

Erishiladigan ta'limiy natijalar (TN):

Bilim jihatidan:

TN1. Polimerlar fizikasi fanining predmeti, vazifalari, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy materialshunoslikdagi o‘rnini tushuntirish bilimiga ega bo‘ladi.

TN2. Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi, konfiguratsiyasi, konformatsiyasi, zanjir arxitekturasi, molekulyar-massaviy tavsiflari va statistik xossalarini izohlash bilimiga ega bo‘ladi.

TN3. Polimerlarning amorf va kristall holati, fazaviy o‘tishlari, termik xossalari, eritmalari hamda gidrodinamik va reologik xususiyatlarini tushuntirish bilimiga ega bo‘ladi.

TN4. Polimer kompozitlar, nanokompozitlar, elektr o‘tkazuvchan va funksional polimerlar, ularni tadqiq etishning zamonaviy eksperimental usullari hamda fan va texnikadagi qo‘llanilish sohalarini tavsiflash bilimiga ega bo‘ladi.

Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5. Polimerlarning molekulyar-massaviy tavsiflarini aniqlash, makromolekulalarning fizik parametrlarini hisoblash va ularning tuzilish–xossa bog‘liqligini tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN6. Polimerlarning shishalanish, kristallanish va erish jarayonlarini eksperimental ma’lumotlar asosida tahlil qilish, termik hamda relaksatsion xossalarini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN7. Polimer eritmalari, reologik xossalari, viskozligi va oquvchanligini aniqlash, Nyuton va non-Nyuton tizimlarini solishtirish hamda fizik xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

TN8. Rentgen difraksiyasi, kalorimetriya, elektron mikroskopiya, atom-kuch mikroskopiyasi va spektroskopik usullar yordamida polimer materiallarning tuzilishi va fizik xossalarini tadqiq qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Kompetensiyalar jihatidan

TN9. Polimer materiallarning tuzilishi va fizik xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy asosda tahlil qilish hamda ularning amaliy qo‘llanilishini baholash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN10. Polimerlarning fazaviy o‘tishlari, relaksatsion jarayonlari va reologik xossalarini materiallarni loyihalash hamda texnologik jarayonlarni optimallashtirishda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN11. Polimer kompozitlar, nanokompozitlar va funksional polimerlarning fizik xossalarini baholash hamda ularni yuqori texnologiyali materiallar yaratishda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN12. Elektr o‘tkazuvchan polimerlar, optoelektronik va sensor materiallarning ishlash prinsiplarini tahlil qilish hamda zamonaviy elektron qurilmalarda qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN13. Zamonaviy eksperimental usullar va kompyuter modellashtirish vositalaridan foydalanib polimer materiallarning tuzilishi va xossalarini ilmiy tadqiq qilish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN14. Polimer materiallardan energetika, biotibbiyot, mikroelektronika, fotonika va ekologik texnologiyalarda foydalanishning ilmiy va muhandislik asoslarini amaliyotga tatbiq etish kompetensiyasiga ega bo‘ladi.

TN15. Polimerlar fizikasi sohasida innovatsion materiallarni yaratish, ularning fizik xossalarini optimallashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va olingan natijalarni kasbiy faoliyatda samarali qo‘llash kompetensiyasiga ega bo‘ladi.