Ekologiya (Magistratura)

Ekolog, pedagog-tadqiqotchi

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Magistratura > Ekologiya (Magistratura)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: Ekologiya magistratura mutaxassisligi dasturining maqsadi ekologik jarayonlar va tabiatdan oqilona foydalanish qonuniyatlarini chuqur o‘rganadigan, atrof-muhit holatini baholash, monitoring qilish, ekologik muammolarni aniqlash va ularning bartaraf etish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan kasbiy, ilmiy va pedagogik faoliyatni samarali amalga oshirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlash, bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Magistr

Mutaxassislik

Ekolog, pedagog-tadqiqotchi

Jami kreditlar

120/3600 soat

Davomiyligi

2 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 9 416 400 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 785 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:EKMA1106
Semestr:1
Modul rahbari:Ochildiyev Otrabek Shodiyevich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad magistr talabalarga ekologik menejment va audit fani ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan ekologik menejment va auditni huquqiy tartibga solishning nazariy asoslari bilish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, shu bilan birga ekologik menejment va audit bo‘yicha bilimlarni o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etishni o‘z ichiga oladi.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – Ekologik menejment va audit sohasidagi nazariy masalalar qo‘llash usullari, respublikada olib borilayotgan ekologik siyosat, qonunosti normativ hujjatlarining ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.

Koʻnikma jihatidan – Ekologik menejment va audit qo‘llash usullari asosiy qonunlari va ularni qo‘llash, ekologik-huquqiy normalarni tahlil qilish kabi bilimlarni bilishi va ulardan foydalana olishi; Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi muammolar va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalda qo‘llay olish, global iqlim о‘zgarishlari sharitida ushbu fanning nechog‘lik ahamiyati bо‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Malaka jihatidan – aniq mavzuga asoslangan mavzular, guruhda ishlash va guruhda ishlash: taqsimlash; muvofiqlashtirish; ariza va taqdimot; Amaliyot boshlash bo‘yicha individual tadqiqotlar; Sohadagi yangi ishlanmalarni tan olish va baholash.

Modul kodi:BROF1106
Semestr:1
Modul rahbari:Abramatov Maxamadi Boykabulovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi - Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad magistr talabalarga fanning amaliyot bilan bog‘liq asosiy masalalari bilan tanishtirish, ularda bioxilma-xillik muammolarini hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, biologik turlarning o‘ziga xos tuzilishi va yashash muhitiga moslashish xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – Biologik resurslardan oqilona foydalanish sohasida olgan bilimlari asosida flora va faunadan foydalanishning nazariy masalalari va ularni amalda qo‘llash, tahlil qilish va tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Tabiiy hududlarning ekologik jihatlari, flora va faunani muhofaza qilish sohasidagi nazariy masalalar qo‘llash usullarini, biologik resurslardan oqilona foydalanishda tabiiy hududlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy usul va vositalarini, shu soha bo`yicha amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklarni to‘g‘risidagi muhim ma'lumotlarni kabi bilimlarni bilishi va ulardan foydalana olishi.

Ko‘nikmalar jihatidan – “Biologik resurslardan oqilona foydalanish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: biologik resurslardan oqilona foydalanish yo`nalishida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish sohasidagi muammo va masalalarni tahlil etish; biologik resurslardan oqilona foydalanish faoliyati bilan bog‘liq joriy muammolarni tahlil etish va baholash o`simlik va hayvonot dunyosi kadastri, monitoringi va nazorati bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Modul kodi:OʻEAN1206
Semestr:2
Modul rahbari:Abramatov Maxamadi Boykabulovich – biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi - Fanni o‘qitishdan asosiy maqsad magistr talabalarga o‘simliklar ekologik anatomiyasi fanining mazmun mohiyatini tushuntirish, turli ekologik sharoitlarda o‘simlik organlarining o‘ziga xos tuzilishi va yashash muhitiga moslashish xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – O‘simliklar ekologik anatomiyasining asosiy nazariy yondoshuvlari va tamoyillari; o‘simliklarning tadrijiy rivojlanishida tabiat qonuniyatlarining ahamiyati, muhit ta’siri ostida vegetativ va generativ organlarining morfologik hamda anatomik tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etishi kabi tasavvurga ega bo‘lishi; o‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasining muhit omillari ta’siri natijasida shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishida ekologik omillarining kompleks ta’siri ostida bo‘lishi kabi bilimlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

Ko‘nikmalar jihatidan – “O‘simliklar ekologik anatomiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: o‘simliklar ekologik anatomiyasi fanini mukammal bilishi, ushbu fanning muammolari, global iqlim о‘zgarishlari sharitida ushbu fanning nechog‘lik ahamiyati bо‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Modul kodi:EKXA1206
Semestr:2
Modul rahbari:Ochildiyev Otabek Shodiyevich, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Magistr talabalarga ekologik xavflarning nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarni, insonlarning tabiatga ta’sirining hozirgi xolati, bugungi kundagi ilmiy texnik revolyusiya va global ekologik inqirozlar sabablarini o‘rgatish hamda tabiatni muhofaza qilishga doir bilimlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi.

Bilimlar jihatidan – Ekologik xavflar nazariy asoslari, davlatlarning ekologik imkoniyatlari; tabiiy resurslarni tejashda milliy energiya manbalaridan foydalanish tadqiqot uslublari; tabiiy resurslarini muhofaza qilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari to‘g‘risida; Dunyoning barcha shahar va sanoat hududlarida ekologik xavflarni ilmiy asosda tahlil qilishni va ularni hal qilishni, tabiatni va bioxilma-xillikni saqlash muammolarini sharhlay olish, hozirgi zamon ekologik havflarini tahlil qilish va turli ekologik ko‘rsatkichlarning ahamiyatini baholashni kabi bilimlarni bilishi va ulardan foydalana olishi.

Ko‘nikmalar jihatidan – Ekologik xavflar fani nazariy asoslarini mukammal bilishi, ushbu fanning muammolari, global iqlim о‘zgarishlari sharitida ushbu fanning nechog‘lik ahamiyati bо‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Tanlov moduli (tanlov fanlari asosida)
Modul kodi:XZEM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Zokirov Xolmat Xurramovich – qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi (PhD), professor.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi, Talabalarga hozirgi zamonning ekologik muammolarining nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarini, insonlarning tabiatga ta’sirining hozirgi holati, bugungi kundagi ilmiy texnik revolyutsiya va global ekologik inqirozlar sabablarini o’rgatish hamda tabiatni muhofaza qilishga doir bilimlarni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – Hozirgi zamonning ekologik muammolari nazariy asoslari. davlatlarning energetik imkoniyatlari; tabiiy resurslarni tejashda milliy energiya manbalaridan foydalanish tadkikot uslublari; tiklanadigan va kayta tiklanmaydigan energiya resurslarini muxofaza kilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari tugrisida tasavvur va bilimga ega bo’lishi; Dunyoning barcha shaxar va sanoat rayonlarida ekologik muammolarni ilmiy asosda tahlil qilishni va ularni hal qilishni, tabiiy sharoitlar va muhit omillari bilan o’zaro bog’liqligini taxlil qila olish, tabiatni boshkarish va bioxilma-xillikni saklash muammolarini sharxlay olish, hozirgi zamon ekologik muammolarini taxlil qilish va turli ekologik ko’rsatkichlarning ahamiyatini baholashni bilishi va ulardan foydalana olishi;

Ko‘nikmalar jihatidan – Ekologik ob’ektlar va hodisalarni tahlil qilishning umumiytamoyillari, ekologik muammolar va ularning tahlili, antropogen omillar ta’sirida yuzaga kelgan okibatlar, bioxilma-xillikni baxolash va saklashning asosiy printsiplari va yondashuvlari asosidagi ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Modul kodi:TFIQ1204
Semestr:2
Modul rahbari:Zokirov Xolmat Xurramovich – qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi (PhD), professor.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi, Fanning maqsadi-tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fani magistrantlarda tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishning iqtisodiy asoslarini oʻrgatish, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi faoliyatlarni iqtisodiy baholash, shuningdek tabiatdan foydalanish va tabiat muhofazasi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy mexanizmlardan foydalanish boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish.

Fanni vazifalari, Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy tamoyillari va nazariy asoslarini oʻrganish. Atrof-muhitga taʼsir etuvchi ishlab chiqarish faoliyatini iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini oʻzlashtirish. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini baholash metodlarini oʻrganish. Energiya va tabiiy resurslardan tejamkor foydalanish boʻyicha amaliy tadbirlarni ishlab chiqish koʻnikmalarini rivojlantirish. Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida iqtisodiy qarorlar qabul qilish malakasini shakllantirish.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy nazariyalari va barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosiy tamoyillarini; Tabiiy resurslardan (suv, tuproq, havo, oʻrmon, biologik xilma-xillik) oqilona foydalanishning iqtisodiy asoslarini; Atrof-muhitga taʼsir etuvchi faoliyatlarni iqtisodiy baholash metodologiyasini; Ekologik menejment tizimida iqtisodiy mexanizmlar va asboblar (soliqlar, kvotalar, subsidiyalar, jarimalar) qoʻllanilishini; Sanoat korxonalari va tashkilotlarda tabiiy va energiya resurslaridan foydalanish monitoring tizimlarini; Xalqaro va milliy tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilik va meʻoriy-huquqiy hujjatlarni.

Ko‘nikmalar jihatidan – Tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini iqtisodiy koʻrsatkichlar asosida tahlil qilish va baholash; Sanoat korxonalari va tashkilotlarda tabiiy va energiya resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etish; Ishlab chiqarish faoliyati natijalari boʻyicha maʻlumotlarni qayta ishlash hamda iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikni baholash; Loyihalarning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini baholash; Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida ishlab chiqarish jarayonlari monitoringini amalga oshirish; Sohaga oid matematik va imitatsion modellarni ishlab chiqish va qoʻllanish.

Modul kodi:IEKO1204
Semestr:2
Modul rahbari:Zokirov Xolmat Xurramovich – qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi (PhD), professor.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi, Fanni o’qitishdan maqsad-ijtimoiy ekologiya milliy boshqaruv tizimida o’z o’rni va salohiyatiga ega bo’lgan sohasi hisoblanadi. O’z tartibga solayotgan ijyimoiy munosabatlarning kengligi, murakkabligi, xilma-xilligi va o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa huquq sihalaridan ajralib turadi. Ijtimoiy ekologiya-tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy omonidan tartibga solishni o‘rganadi.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – Insonning tabiatdan foydalanish jarayonida tabiatga ta’sirning ortib borayotganligi va ularning oldini olish haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar insonning tabiatga ko’rsatadigan ta’siri va bu haqida zamonaviy bilm va ko’nikmalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

Ko‘nikmalar jihatidan –“Ijtimoiy ekologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: biologik resurslardan oqilona foydalanish yo`nalishida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish sohasidagi muammo va masalalarni tahlil etish; biologik resurslardan oqilona foydalanish faoliyati bilan bog‘liq joriy muammolarni tahlil etish va baholash o`simlik va hayvonot dunyosi kadastri, monitoringi va nazorati bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Modul kodi:EKO1204
Semestr:2
Modul rahbari:Nurgaliyev Najmiddin Abdumajitovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchi.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi, Tabiiy va sun’iy ekotizimlarning tuzilishi, tarkibi, faoliyati, barqarorligi hamda ularda kechadigan ekologik jarayonlarni o‘rganish, tirik organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tahlil qilish, ekotizimlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi,Ekotizimlarning tuzilishi, tarkibi va funksional xususiyatlari, tirik organizmlar va muhit omillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni tahlil qilish. Ekotizimlarning biologik xilma-xilligi va barqarorligini saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi bilimlarni shakllantirishdan iborat.

Ta’limiy natijalari:

Bilimlar jihatidan – Biologik xilma-xillikni saqlash va ekotizimlarni muhofaza qilish tamoyillarini bilishi; Ekotizimlar ekologiyasining nazariy asoslari va asosiy tushunchalarini bilish; Ekotizimlarda energiya oqimi va moddalarning biogeokimyoviy aylanish jarayonlarini o‘rganish; Populyatsiya, biotsenoz va ekotizimlarning rivojlanish qonuniyatlari, tabiiy va antropogen omillarning ekotizimlarga ta’siri hamda ulardan foydalana olishi;

Ko‘nikmalar jihatidan – Turli darajadagi ekotizimlarni muhofaza qilish va tiklash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Kompetensiyalar jihatidan - Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish kompetensiyalariga ega bo‘ladi.