Biologiya (Magistr)

Biolog tadqiqotchi-pedagog

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Magistratura > Biologiya (Magistr)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: Biologiya magistratura ta’lim yo‘nalishining maqsadi — biologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy bilimlar va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalariga ega bo‘lgan, biologik jarayonlarni molekulyar, hujayraviy, organizm va ekotizim darajasida tahlil qila oladigan, innovatsion tadqiqot usullarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Dastur biologik fanlarning zamonaviy yutuqlarini o‘zlashtirish, mustaqil ilmiy izlanish olib borish, biologik muammolarni hal qilish va amaliy sohalarga tatbiq etish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Magistr

Mutaxassislik

Biolog tadqiqotchi-pedagog

Jami kreditlar

120/3600 soat

Davomiyligi

2 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 9 864 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 780 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:ILTM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Xurramov Shukur Xurramovich b.f.d., professor

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi: Talabalarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishning nazariy va metodologik asoslari, tadqiqot usullarini tanlash, ilmiy muammolarni aniqlash, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ilmiy natijalarni rasmiylashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish. Fan magistrantlarni mustaqil ilmiy izlanish olib borish, zamonaviy tadqiqot metodlaridan samarali foydalanish hamda ilmiy faoliyatni rejalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:
Fan yakunida talaba:

ilmiy tadqiqot metodologiyasining asosiy tamoyillari, bosqichlari va ilmiy yondashuvlarini tushuntira oladi;

ilmiy muammoni shakllantirish, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;

biologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan zamonaviy usullarni tanlash va ulardan foydalanishni biladi;

tajriba natijalarini qayta ishlash, tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega bo‘ladi;

ilmiy maqola, hisobot, tezis va dissertatsiya ishlarini tayyorlash talablarini amaliyotda qo‘llay oladi;

ilmiy axborot manbalaridan samarali foydalanish, ilmiy izlanishlarni mustaqil tashkil etish va natijalarni taqdim etish kompetensiyalarini egallaydi

Modul kodi:BDMM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Abdulazizova Shoira Karimovna b.f.f.d., dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda zamonaviy biologiya fanining asosiy yo‘nalishlari, dolzarb ilmiy muammolari va ularni hal etishning nazariy hamda amaliy jihatlari to‘g‘risida chuqurlashtirilgan bilimlarni shakllantirish. Fan biologik jarayonlarni molekulyar, hujayraviy, organizm va ekotizim darajasida tahlil qilish, zamonaviy biologik tadqiqot yutuqlarini o‘rganish hamda ilmiy muammolarga kompleks yondashuv asosida yechim topish kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:
Fan yakunida talaba:

zamonaviy biologiyaning asosiy muammolari va rivojlanish istiqbollarini tushuntira oladi;

biologiyaning molekulyar biologiya, genetika, genomika, biotexnologiya, ekologiya va boshqa yo‘nalishlaridagi dolzarb masalalarni tahlil qila oladi;

biologik jarayonlarni zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida baholash va muammolarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;

ilmiy manbalarni tahlil qilish, biologik ma’lumotlarni umumlashtirish va asoslangan xulosalar chiqarish qobiliyatini namoyon etadi;

biologiyaning dolzarb muammolarini hal etishda zamonaviy tadqiqot usullari va innovatsion texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalariga ega bo‘ladi

Modul kodi:BXXM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Allayarov Sirojiddin Kamolovich b.f.f.d., (PhD)

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda biologik xilma-xillikning shakllanishi, tuzilishi, darajalari, ekologik va evolyutsion ahamiyati, uni saqlash hamda undan oqilona foydalanishning ilmiy asoslari to‘g‘risida chuqurlashtirilgan bilimlarni shakllantirish. Fan tirik organizmlar xilma-xilligini o‘rganish, biologik resurslarni baholash, monitoring qilish va muhofaza etish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:
Fan yakunida talaba:

biologik xilma-xillik tushunchasi, uning genetik, tur va ekotizim darajalarini tushuntira oladi;

biologik xilma-xillikning shakllanishi va kamayishiga ta’sir etuvchi ekologik, evolyutsion va antropogen omillarni tahlil qila oladi;

turli biologik obyektlarning xilma-xilligini baholash va monitoring qilish usullaridan foydalana oladi;

noyob va yo‘qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish, biologik resurslardan oqilona foydalanish masalalarini ilmiy asosda baholay oladi;

bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha zamonaviy ekologik yondashuvlar va tadqiqot usullarini amaliy faoliyatda qo‘llay oladi.

Modul kodi:MFOM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Sulliyeva Sulluv Xurramovna q.x.f.n., dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda biologiya yo‘nalishidagi maxsus fanlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi, o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etish, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar hamda raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar

Fan yakunida talaba:

maxsus fanlarni o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, didaktik tamoyillari va zamonaviy yondashuvlarini tushuntiradi;

maxsus fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida rejalashtiradi hamda loyihalashtiradi;

interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish va raqamli ta’lim texnologiyalarini amaliyotda qo‘llaydi;

laboratoriya, amaliy va dala mashg‘ulotlarini samarali tashkil etadi hamda o‘quv-uslubiy materiallarni ishlab chiqadi;

talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholashning zamonaviy mezonlari va usullaridan foydalanadi;

Modul kodi:BSTM1206
Semestr:2
Modul rahbari:Begmatov Abdusamat Mamatqulovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda biologik va ekologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan statistik usullar, tajribalarni rejalashtirish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish bo‘yicha zamonaviy bilim, ko‘nikma hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar

Fan yakunida talaba:

biostatistikaning nazariy asoslari, asosiy tushunchalari va biologik tadqiqotlardagi ahamiyatini tushuntiradi;

biologik va ekologik ma’lumotlarni yig‘ish, guruhlash hamda statistik qayta ishlash usullarini qo‘llaydi;

biologik tajribalarni rejalashtiradi, olingan natijalarning ishonchliligi va statistik ahamiyatini baholaydi;

statistik dasturlar va elektron jadvallar yordamida ma’lumotlarni tahlil qiladi, jadval va grafiklar tuzadi;

biostatistika bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni biologiya, ekologiya, biotexnologiya, tibbiyot va ilmiy-tadqiqot faoliyatida samarali qo‘llaydi.

Modul kodi:OSIM2106
Semestr:2
Modul rahbari:Begmatov Abdusamat Mamatqulovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda o‘simliklar introduksiyasining nazariy asoslari, yangi o‘simlik turlarini introduksiya qilish tamoyillari, introduksion sinovlar, iqlimlashtirish, bioekologik baholash hamda o‘simlik genofondini saqlash va boyitish bo‘yicha zamonaviy ilmiy bilimlarni shakllantirish, introduksion tadqiqot usullarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar

Fan yakunida talaba:

o‘simliklar introduksiyasining nazariy asoslari, maqsadi va asosiy tamoyillarini tushuntiradi;

introduksiya qilinadigan o‘simlik turlarining biologik va bioekologik xususiyatlarini tahlil qiladi;

introduksion sinovlar, iqlimlashtirish va moslashuv jarayonlarini ilmiy asosda baholaydi;

introduksiya jarayonida dala va laboratoriya tadqiqot usullarini qo‘llaydi hamda olingan natijalarni tahlil qiladi;

noyob, endemik va xo‘jalik ahamiyatiga ega o‘simliklarni introduksiya qilish, saqlash va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqadi;

o‘simliklar introduksiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni botanika, ekologiya, bioresurslarni boshqarish, tabiatni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot faoliyatida samarali qo‘llaydi.

Tanlov moduli (tanlov fanlari asosida)
Modul kodi:XEM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Eshnazarov Karim XXX b.f.n., dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda hasharotlarning alohida sistematik guruhlari, ularning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi va amaliy ahamiyati to‘g‘risida chuqurlashtirilgan bilimlarni shakllantirish, hasharotlarni aniqlash, o‘rganish va ular bilan bog‘liq biologik jarayonlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Fan hasharotlarning foydali va zararli turlarini o‘rganish, ularning ekotizimlardagi o‘rni hamda amaliy sohalardagi ahamiyatini baholashga yo‘naltiriladi.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:
Fan yakunida talaba:

hasharotlarning asosiy sistematik guruhlari, biologik xususiyatlari va ekologik o‘rnini tushuntira oladi;

hasharot turlarini morfologik va biologik belgilariga ko‘ra aniqlash hamda tasniflash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;

hasharotlarning rivojlanish sikli, ko‘payishi, tarqalishi va yashash muhiti bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qila oladi;

entomologik tadqiqot usullari, namunalar yig‘ish, kolleksiya tayyorlash va laboratoriya tahlillarini amalga oshira oladi;

hasharotlarning qishloq xo‘jaligi, ekologiya, biologik kurash va boshqa amaliy sohalardagi ahamiyatini baholay oladi.

Modul kodi:OORFI2104
Semestr:2
Modul rahbari:Sulliyeva Suluv Xurramovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi: Talabalarda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishining fiziologik hamda biokimyoviy asoslari, fitogormonlar, hujayra bo‘linishi va differensiallanishi, ontogenez bosqichlari, tashqi muhit omillarining o‘sish va rivojlanishga ta’siri hamda ushbu jarayonlarni boshqarishning zamonaviy ilmiy asoslari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar

Fan yakunida talaba:

o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishining fiziologik hamda biokimyoviy asoslarini tushuntiradi;

hujayra bo‘linishi, cho‘zilishi, differensiallanishi va organogenez jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qiladi;

fitogormonlarning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va morfogenezidagi rolini baholaydi;

urug‘ning unishi, vegetativ va generativ rivojlanish bosqichlarini hamda qarish jarayonlarini izohlaydi;

tashqi muhit omillarining o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sirini tahlil qiladi hamda fiziologik moslanish mexanizmlarini baholaydi;