Moliya
Dastur maqsadi: Moliya magistratura mutaxassisligining maqsadi magistr talabalarda davlat moliyasini boshqarish, moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, budjet-soliq siyosati, mahalliy budjetlarni boshqarish mexanizmini samarali tashkil etish, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari faoliyatini tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjet smetalarini tuzishda ishtirok etish. Xalqaro darajadagi moliya tashkilotlari, investitsiya institutlari, davlat, tijorat, notijorat tashkilotlari, moliya-kredit tashkilotlari, qo'shma korxonalar, sug'urta tashkilotlari faoliyati, shuningdek, moliyani rivojlantirish, uning samaradorligini ta'minlash, istiqbolini belgilash, kasbiy ko'nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarini o’rganish bo’yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Diplom nomi
Magistr
Mutaxassislik
Jami kreditlar
120/3600 soat
Davomiyligi
2 yil
O'qish narxi
Mahalliy talabalar uchun — 14 400 000 UZS
Xorijlik talabalar uchun — 1200.0 USD
Dasturning ta’limiy natijalari/kompetensiyalar:
Davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
Mantiqiy fikrlashlarni rivojlantirish, to'g'ri xulosa chiqarish, matematik madaniyatni shakllantirish;
xorijiy tillarning kamida birida kasbiy faoliyatiga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunish, iqtisodiy fanlar bo'yicha kasbiy faoliyati doirasida zaruriy bilimlarga ega bo'lish hamda ulardan zamonaviy ilmiy asosda kasb faoliyatida foydalana bilish;
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qo'llay bilish, axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo'lish, faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish; yangi bilimlarni mustaqil egallay bilish, o'z ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
Ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlarni tashkil etish, o'tkazish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'lish;
Pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish;
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashish; Ilmiy faoliyati natijalari bo'yicha mahalliy va xorijiy grantlarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash ko'nikmalariga ega bo'lish;
Davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e'lon qilingan loyihalarda ishtirok etish va loyiha tayyorlash malakalariga ega bo'lish;
Davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda korxonalarida moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish tartib-tamoyillarini bilish;
Davlatning ichki va tashqi qarzi munosabatlarida moliyaviy risklarni boshqarishning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini bilish;
Davlat moliyaviy resurslarini boshqarish va rejalashtirishda, loyihalarni boshqarishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan risklarni tahlil qilish ko'nikmalariga ega bo'lish; Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy instrumentlari va usłublaridan foydalana olish;
Fiskal siyosatning o'zaro mutanosibligini ta'minlash ko'nikmalariga ega bo'lish;
Budjet daromadlari va xarajatlarining optimalligini ta'minlash tartib-taomillarini bilish;
Budjet daromadlarini oshirishning samarali yo'llarini ishlab chiqish ko'nikmalariga ega bo'lish;
Budjet xarajatlarining natijadorligini ta'minlash tamoyillarini bilish;
Soliq yuklamasini taqsimlashning zamonaviy nazariyalarini bilishi va ulami fiskal siyosatini ishlab chiqishda tatbiq etish ko'nikmalariga ega bo'lish;
Fiskal siyosatning zamonaviy muammolarini va ulami hal etish yo'llarini bilish;
Tijorat banklari, sug'urta hamda lizing kompaniyalarida moliyani samarali boshqarish tamoyillarini bilish;
Xalqaro moliya tizimini va undagi operatsiyalarni amalga oshirish tartib-taomillarini bilish;
Xalqaro moliya munosabatlarida moliyaviy risklarni boshqarishning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini tadqiq etish;
Xalqaro moliya institutlari, xalqaro korporatsiyalar faoliyatini tahlil etish;
Moliyaviy markazlarning rivojlanishini tahlil qilish va xalqaro tajribalarni milliy iqtisodiyotga tadbiqi yuzasidan amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish;
Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarni tahlil qilish va rivojlanish tendensiyalarini aniqlash;
Bajarilayotgan xalqaro moliyaviy operatsiyalar yuzasidan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo'yicha xavfsiz matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tatbiq etish ko'nikmalariga ega bo'lish;
Xalqaro loyihalarning moliyaviy samaradorligini baholash, tarmoqlar va sohalar bo'yicha moliyaviy va statistik hisobotlarni tuzish hamda ulami sharhlash ko'nikmalariga ega bo'lish;
Tarmoqlar va sohalar bo'yicha xalqaro moliyaviy xavfsizlikni ta'minlash, xalqaro moliyaviy operatsiyalardagi risklarni bartaraf etish, ushbu operatsiyalar samaradorligini oshirish, ularga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash bo'yicha
tadqiqotlar o'tkazishni va tahliliy ishlarni bajarishni bilish;
Tarmoqlar va sohalar bo'yicha moliyaviy, iqtisodiy, strategik rejalarni ishlab chiqish, xalqaro moliya sohasida yechilayotgan ilmiy muammolarning konseptual hamda nazariy modellarini ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot natijalari bo'yicha tavsiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tatbiq eta olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Kasbiy faoliyat sohalari:
70410501 - Moliya — biznes va boshqaruv ta'lim sohasidagi mutaxassislik bo'lib, barcha ta'lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o'qitish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, davlat moliyasini boshqarish, moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, budjet-soliq siyosati, mahalliy budjetlarni boshqarish mexanizmini samarali tashkil etish, iqtisodiyot va moliya boshqarmalari faoliyatini tartibga solish, O'zbekiston Respublikasi budjet tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjet smetalarini tuzishda ishtirok etish. Xalqaro darajadagi moliya tashkilotlari, investitsiya institutlari, davlat, tijorat, notijorat tashkilotlari, moliya-kredit tashkilotlari, qo'shma korxonalar, sug'urta tashkilotlari faoliyati, shuningdek, moliyani rivojlantirish, uning samaradorligini ta'minlash, istiqbolini belgilash, kasbiy ko'nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyat obyektlari: (Qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin):
Oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, uning tarkibiy va hududiy bo'linmalari;
Davlat moliyaviy resurslarini boshqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar;
Moliyaviy faoliyat bilan shug'ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlari;
Moliyaviy nazoratni olib boruvchi davlat organlari;
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari;
Sug'urta va lizing kompaniyalari;
Investitsiya faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilot, muassasalar;
Budjet tashkilotlari;
Budjetdan mablag' oluvchi tashkilotlar;
Davlat maqsadli jamg'armalari;
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi;
Pul muomalasi faoliyatini tashkil etuvchi soha va tarmoqlar;
Kassa, hisob-kitob faoliyati bilan shug'ullanuvchi bo'limlar;
Moliya bozorini tartibga soluvchi davlat organlari;
Moliya bozori infratuzilmasiga mansub professional ishtirokchilar;
Turli mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yurituvchi valyuta birjalari, xalqaro kompaniyalar, xalqaro moliya institutlari va ularning hududiy bo'linmalari;
Xalqaro moliyaviy operatsiyalar bilan shug'ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar.
70410501 — Moliya mutaxassisligi bo'yicha magistrlar fan sohasida magistratura mutaxassisligini tamomlagandan so'ng oliy ta'lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta'limi muassasalarida mutaxassislik fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan hołda dars berish, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan bog'liq kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo'ladi.
MUTAXASSISLIK FANLARI BO‘YICHA O‘QUV JARAYONI SHARHI
I Semestr: Birinchi semesterda boʻlajak moliyachi magistrantlar ilmiy tadqiqot metodlarini, o‘qitish usullarini o‘rganib, korxona va tashkilotlarda moliyaviy boshqaruv, moliyaviy risklarni aniqlash, baholash va boshqarish, shuningdek moliya sohasidagi strategik qarorlar qabul qilish va zamonaviy moliyaviy mexanizmlarni chuqur o‘zlashtiradilar. Ular moliyaviy tahlil, investitsiyaviy loyihalarni baholash, xatarlarni kamaytirish hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani birinchi kurs magistr talabalariga ilmiy bilimning asosiy tamoyillari va qonuniyatlarini, ilmiy tadqiqot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, muammoni to‘g‘ri qo‘yish va shakllantirish usullarini, tadqiqot jarayonini tashkil etish, ma’lumotlar bilan ishlash, ularni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar ilmiy tadqiqotning axloqiy me’yorlarini, natijalarni rasmiylashtirish, nashr etish va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash, himoya qilish jarayonlarini chuqur o‘zlashtiradilar. Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi fani magistr talabalarga oliy ta’limda ixtisoslik fanlarini o‘qitishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari, tamoyillari va usullarini, darslarni loyihalash va rejalashtirish, o‘quv materiallarini yaratish, talabalar bilimini baholash vositalarini ishlab chiqish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar interaktiv va innovatsion o‘qitish texnologiyalarini, talabaga yo‘naltirilgan usullarni, o‘quv jarayonida didaktik vositalardan foydalanishni, o‘quv natijalarini monitoring qilish va baholash metodlarini chuqur o‘zlashtiradilar. Boshqaruv moliyasi fani magistr talabalariga korxona va tashkilotlarda moliyaviy boshqaruv tamoyillari, moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, pulning vaqt qiymati, xatar va daromad munosabatlari, kapital byudjetlash usullarini o‘rgatadi. Moliyaviy risklarni boshqarish fani magistr talabalarga moliyaviy risklarning iqtisodiy mohiyati, turlari va sabablarini, ularni baholash va tasniflash usullarini, xatarlarni boshqarish tizimi va bosqichlarini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar aktsiyaviy bozor, bank, kredit, valyuta, foiz, inflyatsiya, bozor va operatsion risklarini aniqlash, tahlil qilish hamda kamaytirishning zamonaviy metodlari (VaR, Monte Karlo, diversifikatsiya va boshqalar), korxonalarda moliyaviy mustaqillikni saqlash va xalqaro tajribani qo‘llash ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtiradilar.
II Semestr: Ikkinchi semestrda moliya mutaxassisligi magistr talabalari budjet va soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari, davlat moliyasini boshqarish mexanizmlari, moliyaviy hisobotlarni chuqur tahlil qilish usullarini o‘rganadilar. Byudjet-soliq siyosati fani magistr talabalariga byudjet va soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati, vazifalari va tamoyillarini, davlat moliyasini rejalashtirish va boshqarishning strategik yo‘nalishlarini, byudjet taqchilligini kamaytirish, soliq yukini optimallashtirish va soliq imtiyozlarini samarali qo‘llash mexanizmlarini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar byudjet-soliq siyosatini makro va mikro darajada tahlil qilish, uning iqtisodiy o‘sishdagi rolini, xalqaro tajribani va O‘zbekistonda byudjet-soliq siyosatini takomillashtirish yo‘llarini chuqur o‘zlashtiradilar. Barqaror moliya fani magistr talabalarga barqaror moliya tamoyillari va xususiyatlarini, ESG (atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv) risklarini baholash, ularning kapital qiymati va portfel daromadiga ta’sirini, ESG reyting agentliklari va korporativ boshqaruvdagi rolini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar iqlim o‘zgarishining moliyaviy barqarorlikka ta’sirini tahlil qilish, yashil moliyalashtirish, investitsiyaviy mas’uliyat, ijtimoiy mas’uliyat asosidagi moliyalashtirish, ekologik tamoyillarga asoslangan investitsiya portfelini shakllantirish va islom moliyasining barqaror rivojlanish modelini chuqur o‘zlashtiradilar. Iqtisodiy fanlarni oʻqitish konsepsiyasi fani talaba tanlovi fani sifatida o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan magistr talabalarga iqtisodiy fanlarni o‘qitishning nazariy asoslari, tamoyillari va maqsadlarini, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, o‘qitish usullari va texnologiyalarini, darslarni rejalashtirish, o‘quv materiallarini tayyorlash, talabalar bilimini baholash hamda iqtisodiy fikrlashni rivojlantirish usullarini o‘rgatadi. Shuningdek, magistr talabalar iqtisodiy fanlarni o‘qitishda interaktiv, loyiha va kreativ metodlardan foydalanish, mustaqil ishni tashkil etish va ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtiradilar. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliya bozori 2 fani o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan magistr talabalarga moliya bozorlarining tuzilishi, qarz kapitali asoslari, qarz olish yondashuvlari, moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va prognozlash, kapitalni baholash hamda investitsiya qarorlarini qabul qilish mexanizmlarini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar derivativlar, muqobil aktivlar, islom moliya bozorlari va xalqaro moliya bozorlarining xususiyatlari, risklarni boshqarish va moliya bozorlarining iqtisodiy rivojlanishdagi rolini chuqur o‘zlashtiradilar. Davlat moliyasini boshqarish fani talaba tanlovi fani sifatida o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan magistr talabalarga davlat moliyasining mohiyati, tarkibi va boshqarish tamoyillarini, budjet tuzilishi va budjet jarayonini, respublika va mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishni o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar davlat korxonalari moliyaviy resurslarini shakllantirish va ishlatish, davlat qarzi va krediti boshqaruvini, byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning roli va samaradorligini, moliyaviy tahlil va prognozlash usullarini hamda xalqaro tajribaga asoslangan davlat moliyasini takomillashtirish yo‘llarini chuqur o‘zlashtiradilar. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliyaviy hisobot tahlili fani o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan magistr talabalarga moliyaviy hisobotlarning nazariy asoslari, tahlil usullari va texnikalarini (oddiy an’anaviy va iqtisodiy-matematik usullar), korxona moliyaviy holatini baholash, balans tahlili, debitor va kreditor qarzlar dinamikasi, moliyaviy natijalar, rentabellik ko‘rsatkichlari, pul oqimlari va o‘z kapitalini chuqur tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘rgatadi. Shuningdek, talabalar moliyaviy hisobotlar asosida moliyaviy xatarlarni aniqlash, imkoniyatlarni baholash va korxona faoliyatini samarali boshqarish uchun asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradilar.
III Semestr: Uchinchi semestrda moliya mutaxassisligi magistr talabalari davlat qarz siyosati, xulq-atvor moliyasi asoslarini, xalqaro moliya munosabatlari va xalqaro moliya bozorlarini tahlil qilishni, investitsiya loyihalarini boshqarish va xalqaro moliyaviy markazlar faoliyatini chuqur o‘rganadilar. Shuningdek, ular byudjet va korporativ buyurtmachilar xaridlarini tashkil etish, davlat moliyaviy nazorati mexanizmlarini o‘zlashtirib, moliyaviy qarorlar qabul qilishda xalqaro tajriba, xatarlarni baholash va global moliyaviy jarayonlarni hisobga olish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Davlat qarz siyosati fani talaba tanlovi fani sifatida o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan davlat qarzini boshqarishning nazariy-amaliy asoslarini, budjet kamomadi va uni moliyalashtirish mexanizmlarini, shuningdek, ichki va tashqi qarzlar shakllanishiga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qilishni o'rgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Xulq-atvor moliyasi fani o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan psixologik, ijtimoiy va emotsional omillarning insonlar hamda investorlarning moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta'sirini o'rgatadi. Shuningdek, talabalar noaniqlik sharoitida tavakkalchilikni baholash, iste'molchilar va korporatsiyalarning moliyaviy xulq-atvorini o'rganish hamda inson omilini hisobga olgan holda real iqtisodiy vaziyatlarda samarali moliyaviy strategiyalar va tavsiyalar ishlab chiqish ko'nikmalarini egallaydilar. Xalqaro moliya munosabatlari fani talaba tanlovi fani sifatida o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan global moliya tizimining shakllanish qonuniyatlarini, xalqaro valyuta-kredit operatsiyalari hamda jahon moliya bozorlarining ishlash mexanizmlarini o'rgatadi. Mazkur fan doirasida xalqaro kapital harakati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, global moliyaviy inqirozlarning sabab va oqibatlari hamda xalqaro moliya institutlarining jahon iqtisodiyotidagi o'rni tahlil qilinadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Xalqaro moliya bozori tahlili fani o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan global moliya tizimida xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, shakllanish bosqichlari va rivojlanish modellarini o'rgatadi. Ushbu fan doirasida talabalar pul, kapital, qimmatli qog'ozlar, derivativlar hamda ipoteka va kriptovalyuta bozorlarining o'ziga xos xususiyatlari va ishlash mexanizmlarini tahlil qilishni o'rganadilar. Investisiya loyihalarini boshqarish fani talaba tanlovi fani sifatida o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan investitsiya loyihalarini rejalashtirish, baholash, moliyalashtirish va amalga oshirishning nazariy hamda amaliy asoslarini o'rgatadi. Ushbu fan doirasida talabalar loyihalarning hayotiylik sikli bosqichlarini, investitsiya strategiyasini shakllantirishni, biznes-reja tuzishni va loyiha marketingini yuritishni o'zlashtiradilar. Shuningdek, fanda kapital budjetini ishlab chiqish, loyiha xatarlari, sifati va jamoasini samarali boshqarish, moliyaviy-iqtisodiy tahlillar o'tkazish hamda milliy va xalqaro biznes muhitida asoslangan investitsion qarorlar qabul qilish ko'nikmalari shakllantiriladi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Xalqaro moliyaviy markazlar fani o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan global iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy markazlarning tabiati, tarkibiy tuzilishi, funksiyalari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rgatadi. Ushbu fan doirasida talabalar global moliya bozorlari, xalqaro kapital harakati, transmilliy moliyaviy institutlar faoliyati hamda yetakchi moliya markazlarining raqobatbardoshligini belgilovchi omillar va tartibga solish tizimlarini tahlil qilishni o'rganadilar. Byudjet va korporativ buyurtmachilarining xaridlari fani talaba tanlovi fani sifatida o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan byudjet va korporativ tashkilotlarning xarid faoliyatini huquqiy, iqtisodiy hamda tashkiliy jihatdan samarali boshqarish asoslarini o'rgatadi. Mazkur fan doirasida talabalar davlat xaridlarining turlari va shakllarini, elektron do'kon, auksion hamda tender kabi tanlov mexanizmlaridan unumli foydalanishni, shuningdek, shartnomalar tuzish va ularni ijro etish tartiblarini o'zlashtiradilar. Bundan tashqari, fanda xaridlar jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, korrupsion xavflarni kamaytirish, xarid tartib-taomillarini nazorat qilish hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalarini milliy tizimga tatbiq etish strategiyalari o'rgatiladi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Davlat moliyaviy nazorati fani o’tilishi rejalashtirilgan bo’lib, mazkur fan davlat nazorati tizimining huquqiy va tashkiliy asoslarini, uning turlari, shakllari hamda amalga oshirish metodlarini o'rgatadi. Ushbu fan doirasida talabalar Respublika miqyosidagi nazorat organlari, Hisob palatasi, moliya, soliq, bojxona va bank tizimlarida tekshirish hamda taftish ishlarini to'g'ri tashkil etishni o'rganadilar. Shuningdek, fanda byudjet jarayoni va byudjet tashkilotlarining moliya-xo'jalik faoliyati ustidan nazorat o'rnatish, xarajatlar smetalarini rejalashtirish hamda davlat mablag'laridan oqilona foydalanishda audit tekshiruvlaridan samarali foydalanish bo'yicha amaliy ko'nikmalar shakllantiriladi.
IV Semestr: Magistratura bosqichining 4-semestrida magistrlar bor e'tiborlarini amaliy tajriba orttirish va yakuniy tadqiqotni yakunlashga qaratadilar. Ushbu davrda ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti orqali bo‘lg‘usi mutaxassislarning pedagogik mahorati, dars berish ko‘nikmalari hamda ishlab chiqarish sohasidagi amaliy tajribasi mustahkamlanadi. Parallel ravishda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari magistrlik dissertatsiyasini tizimlashtirish, tahliliy ma’lumotlarni umumlashtirish va yakuniy ilmiy xulosalar shakllantirishga xizmat qiladi.
Fan maqsadi: ilmiy tadqiqotning mohiyati va tamoyillari haqidagi tasavvurlami shakllantirishdan iborat, ilmiy tadqiqot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurlar shakllantirish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tamoyillari va ular ustida ishlashning asosiy bosqichlari to‘g‘risida bilimlarni tizimlashtirish, ilmiy referatlash va iqtibos keltirishning asosiy tamoyillari haqida bilimlar berish, ilmiy tadqiqot ishini aprobatsiya (sinov)dan o‘tkazish va uning natijalarini e’lon qilish haqida tasavvurlarni shakllantirish, magistrlik dissertatsiyasini himoyaga tayyorlash, himoya qilish va tugallangan dissertatsiya tadqiqotlari natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish haqida bilimlar berishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr: ilmiy bilimlarning metodologik asoslari, fanda muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodikasi, ilmiy tadqiqot vositalari va metodlari, ilmiy izlanishlaming fazalari va bosqichlari, ilmiy tadqiqot uchun zarur bo‘ladigan axborotning hujjatli manbalari, tadqiqot natijalarini e’lon qilish tartibi, magistrlik dissertatsiyasi va uning belgilari haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak (bilim).
Ko‘nikmalar jihatidan: Ilm-fanning o‘zaro bog‘liq xususiyatli belgilari, fanlarning tasnifi, ilmiy muammolarni tanlash va shakllantirish, ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning umumiy tartibi, ilmiy tadqiqot usullari, tadqiqot turlarini ularning yo‘nalishlari bo‘yicha tasniflanishi, ma’lumot-axborot faoliyatini tashkil etish, magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak (ko‘nikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Yangi ilmiy muammolami to‘g‘ri qo‘yish va aniq shakllantirish, tadqiqot gipotezasi va kontseptsiyalarini ishlab chiqish, tadqiqot materiallarini adabiyotli rasmiylashtirish, ilmiy tadqiqot vositalarini to‘g‘ri tanlash, tadqiqotni tarkiblashtirish, axborotning hujjatli manbalarini qidirish, ma’ruza tezisi va ilmiy maqola tayyorlash, muammoni kompleks hal qilish, original muammo kontseptsiyasini ishlab chiqish, muammoni hal qilishning ustuvorligini aniqlash, ilmiy tadqiqotlarda anglashning ilmiy metodlaridan samarali foydalanish, ilmiy tadqiqot vositalari va metodlarini unumli qo‘llay olish, ilmiy tadqiqotni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, ilmiy tadqiqot uchun axborotlarni qidirish, xalqaro iqtibos tizimiga kiruvchi jurnallarda tadqiqot natijalarini e’lon qilish, magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish, dastlabki va rasmiy himoyani o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim (malaka).
Fan maqsadi: Talabalarda maxsus fanlari bo'yicha rejalashtirilgan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishning yo'l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirish: maxsus fanlami o'qitishning asosiy nazariyalari tushuntirish, maxsus fanlaming didaktik ta'minotini aniqlash, maxsus fanlarini o'qitishda asosiy o'quv me'yoriy hujjatlami tavsiflash, iqtisodiy bilimlami amaliyotga tatbiq etishning holatini bilish, iqtisodiy fanlami o'qitish metodikasi fanining xususiyatlari va vazifalarini hisobga olgan holda o'quv materialini tahlil qilish, loyihalash, loyihalashning didaktik asoslarini o'rgatish, maxsus fanlarini o'qitishda ta'lim maqsadlarini belgilash va muhokama qilish, maxsus fanlarni o'qitishda ko'rgazmali qurol va texnik vositalardan foydalanish, oliy ta'lim tizimida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishni bilishi, shaxsiy pedagogik faoliyat samaradorligini baholash qobiliyatini shakllantirish.
Bilimlar jihatidan: Maxsus fanlami o'qitish metodikasi nima ekanligini tushunib oladi, asosiy ta'lim paradigmalarini tushunadi va tahlil qiladi, ta'limda interaktiv metodlar nima ekanligini anglaydi, ta'lim jarayonida didaktik vositalaridan foydalanish haqida tasavvur va bilimga ega bo’ladi.
Ko‘nikmalar jihatidan: Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablami tavsiflaydi, maxsus fanlami o'qitishda talabalar bilimini baholashni biladi, maxsus fanlar bo'yicha darslarini loyihalashtirish tasvirlab beradi.
Kompetensiyalar jihatidan: Ta'limning zamonaviy tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishni biladi, kasbiy va pedagogik vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega bo’ladi, mavjud muammolar bo’yicha echimlar qabul qilish bo’yicha malakasiga ega bo’ladi.
Fan maqsadi: Talabalarda riskning mazmuni, risk-menejment va uning mohiyati, moliya bozori risklari: turlari va tabiati, fond bozori risklarini boshqarish, bank risklari, kredit risklarini boshqarish, valyuta risklarini boshqarish, foiz risklarini boshqarish, inflyatsiya risklarini boshqarish, investitsiya risklarini boshqarish to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Talaba moliyaviy risklarning iqtisodiy mohiyati va uni boshqarishning zarurligi, risk tushunchasi va uning turlari, risk-menejment tushunchasi va uni amaliyotda qoʻllash hamda moliyaviy risklarni baholash usullari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Ko‘nikmalar jihatidan: Moliyaviy risklarni baholash metodlari, moliyaviy risklar klassifikatsiyasi, risk-menejmentni tashkil etish bosqichlari hamda risklarni boshqarishning asosiy usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Kompetensiyalar jihatidan: Boshqaruv vazifalari yuzasidan qarorlar qabul qilish, risklarni boshqarishda strategik usullarni tanlash qoidalari, moliyaviy risklarni pasaytirish yuzasidan ilgʻor xorij tajribasi va uni Oʻzbekistonda qoʻllash xususiyatlari hamda korxonalar moliyaviy mustaqilligini yoʻqotish riskini boshqarish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarda fan bo'yicha rejalashtirilgan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishning yo'l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirish: Kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‘lib yetishadigan magistrantlar uchun davlat moliyasini rejalashtirish istiqbollari haqida, Byudjet-soliq siyosatining strategik va taktik vazifalari haqida nazariy bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi Byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Budjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati, zaruriyati va vazifalarini; O‘zbekiston Respublikasi fiskal siyosatining asosiy oʼzgarishlarini;
Budjet vazifalarining jahon tajribasini, xorijiy davlatlar budjet tizimida budjet- soliq siyosatining rolini;Budjet-soliq siyosatining yagonaligini taʼminlashni;
Ko‘nikmalar jihatidan: Makro va mikro darajada byudjet va soliq siyosati yoʼnalishlarini taxlil qilishi; Budjet soliq siyosatining kontseptualь asoslarini tadqiqi qilishi; Fiskal siyosatning uyg'unligini tahlil qilish usullarini bilishi; Iqtisodiyotni rivojlantirishda soliq-byudjet siyosatining barqarorligini ta'minlash usullari bilishi.
Kompetensiyalar jihatidan: Makro va mikro darajada byudjet va soliq siyosati yoʼnalishlarini vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega bo’ladi, Iqtisodiyotni rivojlantirishda soliq-byudjet siyosatining barqarorligini ta'minlash bo’yicha mavjud muammolar va ularga echimlar topish bo’yicha malakasiga ega bo’ladi.
Fan maqsadi: Talabalarda barqaror moliya bo'yicha rejalashtirilgan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishning yo'l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirish: barqaror moliya tamoyillari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirish; barqaror moliyada esg ekotizimi haqida ma’lumot berish; barqaror moliyani ta’minlashda esg risklarining nazariy asoslari bilan tanishtirish; esg tamoyillarining kapital bahosi va portfel daromadliligiga ta'sirini baholash; barqaror moliyada moliyaviy infratuzilma va moliyaviy instrumentlardan foydalanish; korporativ tuzilmalarda moliyaviy menejer va aksiyadorlarning esg tamoyillari asosidagi boshqaruvi; barqarorlik ko'rsatkichlarini aniqlashda esg reyting agentliklarning rolini o’rganish; барқарор ривожланишга қаратилган корпоратив ҳисоботлар bilan tanishtirish; iqlim o’zgarishining moliyaviy barqarorlikka ta’sirining ilmiy asoslari bilan tanishtirish;
iqlim o’zgarishi bilan bog’liq risklarni baholash; yashil moliyalashtirish va investitsion javobgarlikni o’rganish; barqaror rivojlanish dasturlarini moliyalashtirishda ijtimoiy javobgarlikni tushunish; ekologik tamoyillar asosida investitsion portfelni shakllantirishni anglash; islom moliyasi barqaror rivojlanish modeli sifatida tanishish; iqtisodchi mutaxassis uchun talab qilinadigan umumiy va kasbiy ko‘nikmalar bilan talabalarni tanishtirish.
Bilimlar jihatidan: Barqaror moliya va uning tamoyillari haqida tushunchaga ega bo’ladi. Kompaniyalarga ESG tamoyillarini joriy qilishni jarayonini o’rganadi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda moliyaviy vositalaridan foydalanishni biladi. Suveren va korporativ ESG ma’lumotlari to’plash va shakllantirish to’g’risida bilimlarga ega bo’ladi. Barqaror moliya va uning tamoyillari haqida tushunchaga ega bo’ladi.
Ko‘nikmalar jihatidan: ESG reyting agentliklari bilan ishlash bo’yicha bilimlarga ega bo’ladi. Barqarorlik ko’rsatkichlari, turlari va ulardan foydalanish ko’nikmalari shakllanadi. Barqaror moliyaviy rivojlanishda islom moliyasi borasidagi bilim va ko’nikmalar shakllanadi.
Kompetensiyalar jihatidan: Ta'limning zamonaviy tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishni biladi; kasbiy va pedagogik vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega bo’ladi; mavjud muammolar bo’yicha echimlar qabul qilish bo’yicha malakasiga ega bo’ladi.
Fan maqsadi: talabalarda rejalashtirilgan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishning yo'l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirish. Talabalami nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalaIar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba: iqtisodiy bilim asoslari, bozor iqtisodiyoti sub’ektlari, iqtisodiy kategoriyalar to‘glrisida tasavvurga ega bo‘fishi, iqtisodiyot nazariyasi asoslarini, iqtisodiy qonunlar, tushunchalar, kategoriyalami, iqtisodiy jarayonlaming xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlami tahlil qilish usullarini qo‘Hash, iqtisodiy muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Bilimlar jihatidan: Iqtisodiy fanlarni o‘qitish konseptsiyasi va uning tamoyillari haqida tushunchaga ega bo’ladi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish konseptsiyasi tamoyillarini joriy qilishni jarayonini o’rganadi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish konseptsiyasi ma’lumotlarini to’plash va shakllantirish to’g’risida bilimlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish konseptsiyasi va uning tamoyillari haqida tushunchaga ega bo’ladi.
Ko‘nikmalar jihatidan: Iqtisodiy fanlarni o‘qitish bilan ishlash bo’yicha bilimlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish ko’rsatkichlari, turlari va ulardan foydalanish. Ko’nikmalari shakllanadi. Iqtisodiy fanlarni o‘qitish konseptsiyasi borasidagi bilim va ko’nikmalar shakllanadi.
Fan maqsadi: Moliya bozorlarining maqsadi talabalarga moliyaviy bozorlarning nazariy va amaliy asoslarini, jumladan, ularning tuzilishi, funktsiyalari, ishtirokchilari va vositalarini o'rgatishdir. Modul talabalarning zamonaviy moliyaviy tizimlarda va moliyaviy qarorlarni qabul qilishda samarali ishtirok etish uchun zarur bo'lgan analitik fikrlash va professional ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bilimlar jihatidan: bozorlarning shakllanishi va funktsiyalari, institutlar hamda bozor ishtirokchilarining roli, yuksalish imkoniyatlari, kapitalni safarbar etish va taqsimlash jarayonlari bilan tanishadi. Ushbu pul moduli, kapital bozorlari, valyuta bozorlari va hosilaviy (derivativ) bozorlar haqida bilim berish bilan birga, investitsiya ishlab chiqarish bilan, risklarni boshqarish, bozor tartibga solinishi hamda bozorlarning iqtisodiy iqtisodiy ta'sirini oladi. Modulning maqsadlariga erishish bozor ishtirokchilari, taʼminlash institutlari hamda taʼminlash bozor boshqaruvchi normativ-huquqiy baza togʻridan-toʻgʻri bilimlarni rivojlantirishdan iborat.
Ko‘nikmalar jihatidan: Moliyaviy vositalar, jumladan, aksiyalar, obligatsiyalar, derivativlar va pul bozori vositalarining xususiyatlari, funktsiyalari va baholash tamoyillarini bilishi kerak; Moliya bozorlarining kapitalni shakllantirish, investitsiyalarni taqsimlash, risklarni boshqarish va iqtisodiy rivojlanishdagi rolini bilishi kerak. Bugungi kunda davlat moliya siyosatini, zamonaviy moliya bozorlarining o'ziga xos xususiyatlarini, moliya bozorlaridagi xavfsizlik muammolarini, tahlil qilish uchun moliya bozorlarining xalqaro tajribalarini bilishi va tushunishi kerak. Globallashuvning moliya bozorlariga ta'sirini, mamlakatimizdagi qimmatli qog'ozlar bozorini, aksiyadorlik jamiyatlarini, ular o'rtasidagi raqobat tizimini va dividendlarning hozirgi holatini bilishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Moliyaviy bozorlardagi risklarni, mamlakatdagi inflyatsiya omillari hamda mavjud foiz stavkalarining iqtisodiyotga ta'sirini bilish shart. Xalqaro va milliy valyuta bozorlarini, ulardagi o'zgarishlar va bog'liqliklarni tahlil qila olishi lozim.
Fan maqsadi: Davlat moliyasini boshqarish – bu mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning birinchi yalpi taqsimotidan so‘ng taqsimlanish jarayonini muvofiqlashtiruvchi asosiy soha bo‘lib, u ishlab chiqarish jarayonining organik davomi sanaladi. Ushbu fanni o‘rganish, tahlil va tadqiq qilish maqsadi – davlat byudjeti, byudjetdan tashqari davlat jamg‘armalari va davlat korxonalarining moliyasini samarali tashkil etish, mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini samarali taqsimlash masalalari yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni oqilona tashkil etish va samarali boshqarish sanaladi.
Bilimlar jihatidan: Talaba davlat moliyasining ahamiyati, faoliyati va sohalari tarkibini oʻrganish, mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarini oʻrganish, byudjet tashkilotlari smetalarini rejalashtirishni oʻrganish, byudjet taqchilligi va unga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish, byudjet-soliq siyosatining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, moliyaviy siyosatning mazmuni, maqsadi va printsiplari hamda davlat moliyasining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilmasi va namoyon boʻlish shakllari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Ko‘nikmalar jihatidan: Talaba byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondoshuv va uning darajasini kamaytirish chora-tadbirlarining asosiy yoʻnalishlari hamda davlat moliyasini boshqarishning asosiy printsiplari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, u byudjet tizimi boʻgʻinlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari tahlilini, byudjet tizimi boʻgʻinlari salohiyatini baholashni, byudjet tizimi boʻgʻinlari faoliyatida resurslardan samarali foydalanishni baholash usullarini hamda byudjet tizimi va davlat moliyasi tizimi boʻgʻinlari xarajatlarini maqsadli boshqarish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Kompetensiyalar jihatidan: Davlat byudjetini operativ, joriy va istiqbolli rejalashtirishni tashkil etish va byudjet loyihasini tayyorlash, respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlar moliyaviy holatini tahlil etish, davlat moliyasi tizimi boʻgʻinlari xarajatlari va daromadlarini baholash, davlat moliyasini samarali boshqarish va byudjet amaliyotining xalqaro tizimini bilish hamda davlat moliyasi, davlat byudjeti va korporatsiyalar rivojlanish istiqbollarini belgilash va boshqarish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarga moliyaviy hisobot tahlilining nazariy asoslari, metodi va usullari boʻyicha chuqur bilim berish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati va faoliyat natijalarini kompleks tahlil qilish koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. Fan davomida talabalar mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmini, asosiy vositalar, moddiy hamda mehnat resurslari bilan taʼminlanganlikni, buxgalteriya balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari, moliyaviy natijalar va rentabellik, pul oqimlari hamda xususiy kapitalni tahlil qilish usullarini oʻrganadi va ulardan amaliyotda foydalanish, tahlil natijalari asosida asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyatiga ega boʻladilar.
Bilimlar jihatidan: Talaba moliyaviy hisobot tahlilining nazariy asoslari, predmeti, obyekti va metodologiyasini oʻrganish, moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan koʻrsatkichlarni tahlil qilish usullarini egallash, buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi asosida korxona moliyaviy holatini baholash, debitorlik va kreditorlik qarzlari dinamikasi va aylanuvchanligini tahlil qilish, moliyaviy natijalar va rentabellik koʻrsatkichlari boʻyicha omillar tahlilini oʻtkazish hamda pul oqimlari va xususiy kapital oʻzgarishlarini tahlil etish metodlari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Ko‘nikmalar jihatidan: Talaba moliyaviy hisobot tahlilining taqqoslash, oʻrtacha va nisbiy koʻrsatkichlarni hisoblash, guruhlashtirish hamda balansli bogʻlanish kabi oddiy-anʼanaviy usullaridan va integral, korrelyatsion hamda regressiya tahlili kabi iqtisodiy-matematik usullaridan foydalana olishi lozim.
Kompetensiyalar jihatidan: Talaba mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlilini tashkil etish va marketing faoliyatini tahlil qilish, asosiy vositalar, moddiy va mehnat resurslari bilan taʼminlanganlik hamda ulardan foydalanish samaradorligini baholash, mahsulot tannarxi va davr xarajatlari tarkibi hamda dinamikasini tahlil qilish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini, likvidlilik va toʻlov layoqatliligi koʻrsatkichlarini tahlil etish hamda moliyaviy natijalar tahlili asosida boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur xulosalar ishlab chiqish malakasiga ega boʻlishi talab etiladi.
Fan maqsadi: Davlat qarz siyosati nazariyasi va amaliyotini hamda moliya tizimi va uning bo‘g‘inlariga xos statistik materiallarni miqdoriy tahlil qilishga o‘rgatish; mamlakatning moliyaviy holatini ta’minlashda davlat qarzlarini boshqarishning iqtisodiy mexanizmlarini bilishga, mamlakatning tashqi va ichki qarzdorlik holatini vujudga kelishda byudjet-soliq, pul-kredit siyosatining samaradorligi va mamlakatning moliyaviy holati darajasini baholay olish borasidagi profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Davlat qarzlarini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bera olishi, mamlakatning moliyaviy holatini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishi, Byudjet-soliq tizimi, banklar va tashqi iqtisodiy faoliyatda qarzdorlikni tavsiflovchi indikatorlarni bilishi va baholay olishi, davlat qarzlarini vujudga kelishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf etish va barqaror faoliyat yuritishiga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqa olishi va ulardan foydalinishi lozim
Ko‘nikmalar jihatidan:Davlat qarzlarini vujudga kelish sabablari va holatini tahlil qilgan holda uni moliya tizimi barqarorligidagi ahamiyatini, davlat qarzlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar va mezonlarini tasvirlab beradi, davlat qarzlarini boshqarish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Davlat qarzlarini boshqarish asoslarini, iqtisodiy qonunlar, tushunchalar, kategoriyalarni, iqtisodiy jarayonlarning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalanishni, davlat qarz siyosatini amalga oshirishning samarali usullarini izlab topib, davlat qarzlaridan samarali foydalanishni ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Davlatning ichki va tashqi qarzlarini samarali boshqarishda uning asosiy jihatlarini tahlil qiladi va baholaydi. Davlat qarzlarini boshqarishning makro va mikro aspektlari bo‘yicha ilmiy dunyo qarashini shakllantiradi Davlat qarzlarini boshqarishda tashqi iqtisodiy faoliyatning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini o‘rganadi.
Fan maqsadi: Xalqaro moliya tizimining shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari, xalqaro moliyaviy munosabatlarning nazariy va amaliy asoslari, jahon moliya bozorlari faoliyati, xalqaro kapital oqimlari, valyuta-kredit operatsiyalari hamda xalqaro moliya institutlari faoliyati bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Xalqaro moliya munosabatlarining nazariy asoslari, shakllanish bosqichlari va rivojlanish qonuniyatlarini bilish, jahon moliya tizimi, xalqaro valyuta tizimi va global moliya bozorlarining tuzilishi hamda faoliyat mexanizmlarini tushunish, xalqaro kapital oqimlari, xorijiy investitsiyalar, xalqaro kredit munosabatlari va moliyaviy operatsiyalarning mazmun-mohiyatini bilish, xalqaro moliya institutlari faoliyati va ularning jahon iqtisodiyotidagi rolini tahlil qilish, xalqaro moliyaviy inqirozlar sabablari, oqibatlari va ularni boshqarish mexanizmlarini tushunish, valyuta kurslari, xalqaro hisob-kitoblar va to‘lov balansining shakllanish tamoyillarini bilish lozim.
Ko‘nikmalar jihatidan: Xalqaro moliyaviy jarayonlarni tahlil qilish va baholash, xalqaro moliya bozorlari holatini o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish, xalqaro investitsiya loyihalarini moliyaviy jihatdan baholash, valyuta va moliyaviy risklarni aniqlash hamda boshqarish usullaridan foydalanish, xalqaro moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda xalqaro moliyaviy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Global moliyaviy muhitdagi o‘zgarishlarni mustaqil tahlil qilish kompetensiyasiga ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasidagi muammolarni aniqlash va ilmiy-amaliy yechimlar ishlab chiqish, xalqaro moliya institutlari va moliyaviy tashkilotlar faoliyatini baholay olish, milliy iqtisodiyotning jahon moliya tizimiga integratsiyalashuvi jarayonlarini tahlil qila olish asoslarini o‘rganadi.
Fan maqsadi: Xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va modellari, pul bozori xususiyatlari va xalqaro moliya bozori shakllanishidagi ahamiyati, aksiyalar bozorining oʻziga xos xususiyatlari va amal qilish mexanizmi, obligatsiyalar bozorining oʻziga xos xususiyatlari va savdo mexanizmi, davlat qimmatli qogʻozlar bozori amal qilish shart-sharoitlari, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozorining moliya bozori boshqa sektorlari bilan bogʻliqligi, va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar bo’yicha yo’nalishga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Bilimlar jihatidan: Xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari va modellari haqida tushunchaga ega bo‘ladi Pul bozori xususiyatlari, xalqaro moliya bozori shakllanishining iqtisodiy mohiyati va aksiyalar bozorining oʻziga xos xususiyatlari hamda amal qilish mexanizmi, tartiblari to’g’risida tasavvur hosil qiladi. Obligatsiyalar bozorining oʻziga xos xususiyatlari va savdo mexanizmi haqida tushunchaga ega bo‘ladi.
Ko‘nikmalar jihatidan: Jahon iqtisodiyotida xalqaro moliya bozorining ahamiyati va uning xususiyatlarini shakllantiradi. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish evolutsiyasi va zamonaviy tendentsiyalari va xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozorining mohiyati, tarkibiy tuzilishi va uning ishtirokchilarining xususiyatlari haqida, xalqaro moliya bozori, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar, eksport, import, fond birjalari, evrokreditlar, valyuta kursi, iqtisodiy integratsiya jarayonlari, jahon iqtisodiyotida global muammolarning keskinlashuviga oid ko‘nikmalariga ega bo‘ladi
Kompetensiyalar jihatidan: Ipoteka qimmatli qogʻozlar bozori muomalasi tartibini, kriptovayutalarlar bozorining ishlash mexanizmi, qimmatbaho metallar va toshlar bozori xususiyatlarini, fond birjalari va fond bozori ishtirokchilari faoliyat mexanizmlarini, aktivlar sekyuritizatsiyasi vositalarining xalqaro bozori va hosila moliyaviy vositalarning xalqaro bozorini tahlil qilish asoslarini o‘rganadi.
Fan maqsadi: Investitsiya loyihalarini boshqarishga doir amaliy bilimlar bilan birga, investitsiya loyihalarining mohiyati, belgilari, obyektiv zarurligi, boshqarish usullari, investitsiya risklari, loyihalarini boshqarish jarayonlari, investitsiya nazariyalari, investitsiya loyihalarini tuzish va taqdim etish tartiblari haqidagi tushunchalarni chuqur oʻrgatishga qaratilgan. Ushbu kursda investitsiya loyihalarini boshqarishga oid munosabatlar va investitsiyalarni jalb etish metodologiyasiga alohida eʼtibor berilgan holda investitsoin amaliyot oʻrganiladi. Kursning maqsadi talabalarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini boshqarish tartibi va mexanizmlarini o‘rgatish, investitsiyani tashkil etishda davlat apparatini rolini belgilash bo’yicha tahliliy ma’lumotlar hamda ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: “Investitsiya loyihalarini boshqarish” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar: Investitsiya loyihalarini boshqarishning turi va shaklining tuzilishi va vazifalarini, investitsiya loyihalarini boshqarishning tarkibi va guruhlanishini, investitsiya loyihalari tizimi, ularning amal qilish xususiyatlarini, respublikamiz investitsiya loyihalaridagi ustuvor yo‘nalishlar va bosh vazifalarini, loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari va salmogʻini, “loyihani boshqarish” tushunchasini, loyihani boshqarishni, investitsiyalarni boshqarishni va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligini, investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyatini, loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlarini, loyiha bo’yicha investitsiyalash maqsadi va strategik yo’nalishlarini, loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlarini va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishni, loyihaning hayotiylik siklini investitsiya oldi, investitsion ekspluatatsiya fazasini bilishi lozim.
Ko‘nikmalar jihatidan: Loyihaning innovatsion faoliyat xususiyatlari va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqish, investitsion sikl va loyihasini ishlab chiqishi, loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish, loyihaning investitsion g’oyasini shakllantirish, loyihaning hayotiylik siklini hisobga olish, investitsiya oldi va investitsion ekspluatatsiya fazasini qo‘llash, loyiha sikli bosqichlarini belgilash, loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish, loyihaning investitsion g’oyasini shakllantirish, loyihaning dastlabki rejasini tuzish, investitsiya oldi tadqiqotlarini o‘tkazish va loyihani hayotiyligini baholash, loyihani ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarlik, loyihaqidiruv va qurilish bosqichlarini hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar monitoringiniamalga oshirish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (ko‘nikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Investirsiya biznesini rejalashtirishning mohiyati va vazifalarini tahlil qilish, biznes-rejaning funksiyasi va tarkibiy tuzilishini belgilash, biznes-rejaning umumiy ma’lumotlari va rezyumesini ishlab chiqish, investirsion biznes rejaning asosiy bo’limlarini baholash, investitsion loyihalashtirishda biznesrejaning xususiyatlarini ajratish, investitsion bozorni tadqiq qilishning zamonaviy konsepsiyasi mohiyatini bilish, loyiha marketingi dasturini va byudjetini tuzish, loyihani amalga oshirish jarayonida marketingni boshqarish, investitsiya mamurchiligini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish va investitsiya faoliyatida halollik, mas’uliyat, iqtisodiy madaniyat va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish (malaka).
Fan maqsadi: Xalqaro moliyaviy markazlarga doir amaliy bilimlar bilan birga, xalqaro moliyaviy markazlarning asosiy faoliyati, mohiyati, xususiyatlari, obyektiv zarurligi, boshqarish usullari, xalqaro moliyaviy risklar, xalqaro moliyaviy jarayonlari, xalqaro moliyaviy nazariyalar, xalqaro moliyaviy markazlarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazsh tartiblari haqidagi tushunchalarni chuqur bilishlari zarur. Ushbu kursda xalqaro moliyaviy markazlarga oid munosabatlar va xalqaro moliyaviy markazlarni ish faoliyatig oid jarayonlarga eʼtibor berilgan holda xalqaro moliyaviy amaliyot oʻrganiladi. Kursning maqsadi talabalarda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy markazlarning tartibi va mexanizmlarini o‘rgatish, xalqaro moliyaviy markazlarni tashkil etishda davlat apparatini va tadbirkorlik subʻektlarini rolini belgilash bo’yicha tahliliy ma’lumotlar hamda ko’nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: “Xalqaro moliyaviy markazlar” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar: “Xalqaro moliyaviy markazlar” tushunchasini, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyatining turi va shaklining tuzilishi hamda vazifalarini, xalqaro moliyaviy markazlarning tarkibi va guruhlanishini, xalqaro moliyaviy markazlar tizimi, ularning amal qilish xususiyatlarini, respublikamizda xalqaro moliyaviy markazlar siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar va bosh vazifalarni, xalqaro moliyaviy markazlarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari va salmogʻini, xalqaro moliyaviy markazlarni tashkil etish va boshqarishni hamda funksional menejmentining o’zaro bog’liq jihatlarini, xalqaro moliyaviy markazlar tushunchasi va uning ahamiyatini, xalqaro moliyaviy markazlar bo’yicha strategiyani ishlab chiqish tamoyillari va bosqichlarini, xalqaro moliyaviy markazlarning maqsadi va strategik yo’nalishlarini, moliyaviy markazlarning innovatsion faoliyati xususiyatlarini va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishni, xalqaro moliyaviy markazlarning hayotiylik siklini: xalqaro moliyaviy faoliyatlarning ish faoliyatini tashkil etish fazasini bilishi lozim.
Ko‘nikmalar jihatidan: Xalqaro moliyaviy markazlarning faoliyatlari va innovatsiya strategiyasini ishlab chiqishi, xalqaro moliyaviy markazlar klasifikatsiyasini ishlab chiqishi, xalqaro moliyaviy markazlarni baholash mexanizmini qoʻllash, moliyaviy markazlarda xalqaro kapital oqimini tahlil qilishi, investitsional tuzilmasini shakllantirishi, xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishda suveren kredit reytingi ahamiyatini baholashi, xalqaro moliyaviy markazlar tuzilmasini bilishi va qo‘llashi, xalqaro moliyaviy markazlarda soliq, valyuta va sugʻutta rejimlarini amalga oshirish koʻnikmalariga ega boʻlishi, Oʻzbekistonda xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirish, amalga oshirish va boshqarish faoliyatini tashkil etish, xalqaro moliyaviy markazlarning dastlabki ish rejasini tuzish, xalqaro moliyaviy markazlarga oldi tadqiqotlarini o‘tkazish, xalqaro moliyaviy markazlarni hayotiyligini baholash, moliyaviy markazlarga tayyorgarlik, boshqarish hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar monitoringini amalga oshirish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (ko‘nikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Xalqaro moliyaviy markazlarni rejalashtirishning mohiyati va vazifalarini tahlil qilish, xalqaro moliyaviy markazlarning funksiyasi va tarkibiy tuzilishini belgilash, xalqaro moliyaviy markazlarni biznes-rejasining umumiy ma’lumotlari va rezyumesini ishlab chiqish, moliyaviy markazlarni biznes rejasining asosiy faoliyatini baholash, xalqaro moliyaviy markazlarning xususiyatlarini ajratish, xalqaro moliyaviy markazlar bozorini tadqiq qilishning zamonaviy metodologiyasini bilish, xalqaro moliyaviy markazlar marketingi dasturini va byudjetini tuzish, xalqaro moliyaviy markazlarni amalga oshirish marketingni boshqarish, xalqaro moliyaviy markazlar maʻmurchiligini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish va xalqaro moliyaviy markazlar faoliyatida halollik, mas’uliyat, iqtisodiy madaniyat va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish (malaka).
Fan maqsadi: Davlat va korporativ buyurtmachilarning xarid faoliyatini tashkil etish, uning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatdan samarali boshqarish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Shuningdek, talabalarni davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion xatarlarni kamaytirish, milliy va xalqaro tender mexanizmlaridan oqilona foydalanish, korporativ buyurtmachilar ehtiyojlarini optimal qondirish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Magistr davlat va korporativ buyurtmachilarning xarid faoliyatini tashkil etish, davlat xaridi tushunchasi va uning turlari, davlat xaridini amalga oshirish shakllari va uni amaliyotda qoʻllash hamda byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini tashkil etish modellari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Ko‘nikmalar jihatidan: Byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlari yuzasidan qarorlar qabul qilish, byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlari shartnomalarini tuzish va ijro etish, byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini nazorat tizimi, byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini boshqarishda strategik usullarni tanlash hamda xorijiy davlatlarda davlat xaridlarini tashkil etish tajribalari va ularning ilgʻor tajribalaridan mamlakatimiz davlat xaridi tizimida qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Oʻzbekiston Respublikasida byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini tashkil etish jarayoni va mexanizmi, byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini rejalashtirish, davlat xaridini tashkil etish bosqichlari hamda byudjet va korporativ buyurtmachilarning xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Fan maqsadi: Davlat moliyaviy nazoratining mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uni tashkil etishning nazariy hamda huquqiy asoslari va uning turlari, shakllari va usullari boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdir. Shuningdek, u umumdavlat nazorat organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda moliya, soliq, bojxona va bank tizimlarida moliyaviy nazoratni tashkil etish, byudjet jarayoni va byudjet tashkilotlari faoliyati ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish hamda auditorlik nazoratidan oqilona foydalanish boʻyicha amaliy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishni maqsad qiladi.
Bilimlar jihatidan: Magistr davlat moliyaviy nazoratining mohiyati va ahamiyati, davlat moliyaviy nazoratining tasnifi va tavsifi, davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari hamda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning turlari, shakllari va usullari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Ko‘nikmalar jihatidan: Magistr byudjet nazoratini tashkil etish, byudjetni tuzish va ijro etish jarayonini nazorat qilish, byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini rejalashtirish va byudjet moliyalashtirishda moliyaviy nazorat hamda byudjet tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatida nazoratning ahamiyati boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi, shuningdek moliyaviy nazoratni amalga oshirishda auditorlik nazoratining ahamiyatini bilishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Magistr moliyaviy nazoratni tashkil etishda umumdavlat nazorat organlarining oʻrni, moliya organlari tomonidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish, soliq, bojxona va sugʻurta tashkilotlarida nazorat ishlarini tashkil etish hamda bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Fan maqsadi: Moliyaviy qarorlarni qabul qilish jarayonida insonlarning psixologik, ijtimoiy va hissiy omillari ta’sirini o‘rganish, an’anaviy moliyaviy nazariyalarda to‘liq izohlanmaydigan investorlar va iste’molchilarning xatti-harakatlarini tahlil qilish hamda samarali moliyaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Insonlarning moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir etuvchi psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni bilishi, moliyaviy qarorlar qabul qilishda kognitiv xatolar, stereotiplar va emotsional omillarning rolini tushunishi, investorlar xulq-atvori, bozor anomaliyalari va moliyaviy bozorlarning xatti-harakat xususiyatlari haqida bilimga ega bo‘lishi, riskni qabul qilish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish va moliyaviy rejalashtirish tamoyillarini bilishi va ularni amaliyotda qo’llay olishi kerak.
Ko‘nikmalar jihatidan: Moliyaviy qarorlarni tahlil qilishda inson omilini hisobga olish, investorlar va iste’molchilarning moliyaviy xatti-harakatlarini baholash, moliyaviy bozor jarayonlaridagi psixologik omillarni aniqlash va tahlil qilish, moliyaviy xatarlarni baholashda xulq-atvor yondashuvlaridan foydalanish, real iqtisodiy vaziyatlarda xulq-atvor modellarini qo‘llash, moliyaviy qarorlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, statistik va analitik usullar yordamida moliyaviy xatti-harakatlarni tadqiq qilishga oid ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Moliyaviy boshqaruv va investitsion qarorlarni qabul qilishda xulq-atvor omillarini hisobga olish, shaxsiy va korporativ moliyaviy qarorlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va tadqiqot usullaridan foydalangan holda xulq-atvor moliyasi masalalarini hal qilish, moliyaviy bozorlardagi irratsional xatti-harakatlarni aniqlash va tahlil qilish asoslarini o‘rganadi.