Arxeolog, tadqiqotchi-pedagog
Dastur maqsadi: Arxeologiya magistratura ta’lim dasturining maqsadi – arxeologiya sohasida chuqur nazariy bilim, ilmiy-tadqiqot va amaliy ko‘nikmalarga ega, zamonaviy arxeologik tadqiqot metodlarini qo‘llay oladigan, moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, o‘rganish, saqlash va ilmiy jihatdan tahlil qilish kompetensiyalariga ega bo‘lgan, mustaqil ilmiy izlanish olib boruvchi hamda oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va madaniy meros muassasalarida samarali faoliyat yurita oladigan yuqori malakali magistrlarni tayyorlashdan iborat.
Diplom nomi
Magistr
Mutaxassislik
Jami kreditlar
120/3600 soat
Davomiyligi
2 yil
O'qish narxi
Mahalliy talabalar uchun — 9 416 400 UZS
Xorijlik talabalar uchun — 792 USD
Dasturning ta’limiy natijalari/kompetensiyalar
Arxeologik, tarixiy, antropologik, numizmatik, epigrafik va boshqa
Kasbiy faoliyat sohalari (Qaysi sohalarda ishlashi mumkin):
Kasbiy faoliyat obyektlari: (Qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin):
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tashkilotlar.
MUTAXASSISLIK FANLARI BO‘YICHA O‘QUV JARAYONI SHARHI
I Semestr. Ushbu bosqich bo‘lajak arxeologlar uchun mustahkam nazariy poydevor yaratishni maqsad qiladi. Unda Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani ilmiy izlanishlarni samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot metodlari (nazariy, empirik, statistik va boshqalar)ni tanlash va qo‘llash, olingan natijalarni ilmiy jihatdan asoslash, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish, ishonchli natijalarga erishish va ularni ilmiy asosda isbotlashning nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rganadilar. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi-muayyan mutaxassislik fanlarini o‘qitishning qonuniyatlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini hamda ularni amaliyotga samarali tatbiq etish yo‘llarini o‘rganuvchi fan. Shu bilan birga, Tarixiy rekonstruksiya masalalari fani tarixiy manbalar va ilmiy metodlar asosida o‘tmishdagi voqea-hodisalar, moddiy madaniyat va tarixiy muhitni imkon qadar haqqoniy qayta tiklashning nazariyasi va metodikasini shakllantiradi. Paleoekologiya va svilizatsiya dinamikasi-qadimgi tabiiy muhit va ekologik jarayonlarning insoniyat hamda sivilizatsiyalar rivojiga ko‘rsatgan ta'sirini, ularning o‘zaro bog‘liqligi va tarixiy taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.Bu semestr nafaqat nazariy bilim beradi, balki talabada arxeologik voqelikka nisbatan tahliliy qarashni shakllantirib, keyingi murakkab fanlarni o‘zlashtirish uchun zamin hozirlaydi.
II Semestr. Ikkinchi semestrda ta’lim jarayoni yanada tahliliy tus oladi. Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari-arxeologik obyektlarni zamonaviy ilmiy va raqamli texnologiyalar yordamida aniqlash, o‘rganish, hujjatlashtirish, tahlil qilish va saqlash usullarini o‘rgatuvchi fandir. O‘rta Osiyo shaharlar tarixiy topografiyasi-O‘rta Osiyodagi tarixiy shaharlarning hududiy tuzilishi, joylashuvi, shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlarini arxeologik, tarixiy va geografik manbalar asosida o‘rganuvchi fandir. Qadimgi dinlar arxeologiyasi fani adimgi jamiyatlarning diniy e’tiqodlari, marosimlari, ibodat joylari, diniy inshootlari va moddiy madaniyat yodgorliklarini arxeologik manbalar asosida o‘rganishdan iborat. Markaziy Osiyoda savdo iqtisodiy munosabatlar- Markaziy Osiyoda savdo va iqtisodiy munosabatlarning tarixiy taraqqiyoti, ularning rivojlanish omillari hamda mintaqa sivilizatsiyasidagi o‘rni haqida ilmiy bilim va tahliliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi fandir. O‘rta Osiyo kulolchiligi- O‘rta Osiyo kulolchiligining tarixiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari, badiiy xususiyatlari va arxeologik tadqiqotlardagi ahamiyati haqida ilmiy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi fan.O‘rta Osiyo tog‘-kon metallurgiyasi-O‘rta Osiyoda tog‘-kon ishlari va metallurgiyaning tarixiy taraqqiyoti, texnologik xususiyatlari hamda arxeologik manbalar asosida ularni tadqiq etish usullari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiruvchi fan hisoblanadi. Asosiy e’tibor nazariyalarni amaliyotda qo‘llashga qaratiladi. Talabalar arxeologik modellarning real hayotdagi ishlash mexanizmlarini tushunib yetishga kirishadilar. Mazkur fanlar majmuasi mantiqiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirib, murakkab arxeologik vaziyatlarni sodda va aniq izohlash malakasini oshiradi. Natijada talaba keyingi bosqichlardagi chuqur tahliliy fanlarga tayyor bo‘ladi.
III Semestr. Uchinchi semestrda o‘quv dasturi raqamli tahlil va aniq modellar bilan ishlashga o‘tadi. Ushbu semestrda o‘tiladigan O‘zbekistonning qadimgi svilizatsiyasi va davlatchilikning dolzarb muoammolari fani O‘zbekiston hududida qadimgi sivilizatsiyalar va ilk davlatlarning shakllanishi, rivojlanishi, davlatchilik tarixining nazariy asoslari hamda ushbu sohadagi dolzarb ilmiy muammolarni arxeologik, tarixiy va yozma manbalar asosida o‘rganadi. Arxeologiyaning dolzarb muoammolari fani esa arxeologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy masalalar, arxeologik manbalarni tadqiq etish usullari, qadimgi jamiyatlar taraqqiyoti va madaniy merosni o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi. Sharq san’ati- Talabalarda Sharq xalqlari san’atining tarixiy rivojlanishi, badiiy xususiyatlari va madaniy merosdagi o‘rni haqida ilmiy bilimlarni shakllantirish hamda san’at namunalarini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi fandir.Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari arxeologiyasi- Qadimgi Sharq hududlarida shakllangan sivilizatsiyalarning moddiy madaniyati, arxeologik yodgorliklari, xo‘jalik hayoti, ijtimoiy-siyosiy tuzilishi va madaniy taraqqiyotini arxeologik manbalar asosida o‘rganuvchi fan. O‘zbekistonda islohotlar strategiyasining nazariy masalalari- O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy islohotlarning nazariy asoslari, tamoyillari, bosqichlari hamda taraqqiyot yo‘nalishlarini o‘rganadi. Toponomika- geografik joy nomlarining kelib chiqishi, ma’nosi, shakllanishi va tarixiy rivojlanishini, shuningdek, ularning xalq tarixi, tili va madaniyatini o‘rganishdagi ahamiyatini tadqiq etuvchi fan hisoblanadi. Antropologiya fani insonning kelib chiqishi, evolyutsiyasi, biologik xususiyatlari, jismoniy tuzilishi va turli xalqlarning antropologik shakllanish jarayonlarini o‘rganadi. Avesto arxitekturasi fani talabalarda “Avesto” davri madaniyati, qadimgi me’morchilik va shaharsozlik taraqqiyoti haqida ilmiy tasavvur hosil qilish, arxeologik va yozma manbalar asosida me’moriy yodgorliklarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Ushbu fanlar talabalarni arxeologik masalalarga ilmiy va dalillarga asoslangan yondashuv bilan yondashishga o‘rgatadi. Bu bosqichda egallangan ko‘nikmalar murakkab arxeologik hodisalarni statistik vositalar orqali o‘lchash va ularni obyektiv baholash imkonini beradi.
IV Semestr. Yakuniy bosqichda olingan barcha bilimlar strategik boshqaruvga yo‘naltiriladi.Ya’ni, magistrlar oxirgi semestrda quyidagi vazifalarni amalga oshirishadi:
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilishi:
- mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi;
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish,tadqiqot natijalarini tahlil qilish va aks ettirish,ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Ilmiy pedagogik ishlar:
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan,o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish o‘quvi va ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim.
Ilmiy amaliyot (tajriba ortirish):
- magistrlar tayyorlashda ilmiy amaliyot 4-semestrda o‘tkaziladi.Bunda soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish,nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish;
- fan,soha hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirish;
- sohaga tegishli amaliy,kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarni shakllantirish;
kasbga samarali moslashuv imkoniyatlarini ta’minlashi lozim.
Yakunda magistratura talabasi o‘quv jarayoni jadvalini individual grafik asosida bajarilishi ko‘zda tutiladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Tarixiy rekonstruksiya masalalari fanining maqsadi - tarixiy manbalar va ilmiy metodlar asosida o‘tmishdagi voqea-hodisalar, moddiy madaniyat va tarixiy muhitni qayta tiklash usullarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar tarixiy manbalarni tahlil qilish, rekonstruksiya usullaridan foydalanish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi fanining maqsadi - qadimgi tabiiy muhit, iqlim o‘zgarishlari va ekologik omillarning insoniyat hamda sivilizatsiyalar taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganishdir. Fan natijasida talabalar qadimgi ekologik sharoitlarni tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni ekologik omillar bilan bog‘lash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari fanining maqsadi - arxeologik obyektlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy ilmiy metodlar va texnologiyalarni o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, topilmalarni tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: O‘rta Osiyo shaharlar tarixiy topografiyasi fanining maqsadi - O‘rta Osiyodagi qadimgi va o‘rta asr shaharlarining shakllanishi, hududiy tuzilishi, rejalashtirilishi va rivojlanish xususiyatlarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar tarixiy manbalar asosida shaharlar topografiyasini tahlil qilish, arxeologik ma’lumotlardan foydalanish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi- mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitishning metodlari, vositalari, shakllari va zamonaviy pedagogik texnologiyalarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar o‘quv jarayonini loyihalash, dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, baholash va ta’lim metodlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: O‘rta Osiyo kulolchiligi fanining maqsadi - O‘rta Osiyoda kulolchilik hunarining shakllanishi, rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, badiiy xususiyatlari va sopol buyumlarning tarixiy-arxeologik ahamiyatini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar kulolchilik namunalarini tahlil qilish, tasniflash va ularning tarixiy o‘rnini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: O‘rta Osiyo kulolchiligi fanining maqsadi - O‘rta Osiyoda kulolchilik hunarining shakllanishi, rivojlanishi, ishlab chiqarish texnologiyasi, badiiy xususiyatlari va sopol buyumlarning tarixiy-arxeologik ahamiyatini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar kulolchilik namunalarini tahlil qilish, tasniflash va ularning tarixiy o‘rnini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: O‘rta Osiyo tog‘-kon metallurgiyasi fanining maqsadi - O‘rta Osiyoda tog‘-kon ishlari va metallurgiyaning shakllanishi, rivojlanishi, metall rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnologiyalarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar qadimgi metallurgik jarayonlarni tahlil qilish, arxeologik topilmalarni o‘rganish va ularning tarixiy ahamiyatini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Toponomika fanining maqsadi - geografik joy nomlarining kelib chiqishi, ma’nosi, shakllanishi va tarixiy rivojlanishini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar toponimlarni tarixiy, geografik va lingvistik jihatdan tahlil qilish, ularning xalq tarixi va madaniyatidagi o‘rnini baholash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: O‘zbekistonning qadimgi sivilizatsiyasi va davlatchilikning dolzarb muammolari fanining maqsadi -O‘zbekiston hududida qadimgi sivilizatsiyalar va ilk davlatlarning shakllanishi, rivojlanishi hamda davlatchilik tarixining dolzarb ilmiy masalalarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar tarixiy va arxeologik manbalar asosida qadimgi davlatchilik jarayonlarini tahlil qilish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Arxeologiyaning dolzarb muammolari fanining maqsadi - arxeologiya fanidagi zamonaviy ilmiy muammolar, tadqiqot metodlari, arxeologik manbalarni o‘rganish va qadimgi jamiyatlar taraqqiyotini tahlil qilish masalalarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar arxeologik manbalarni tahlil qilish, zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalanish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Sharq san’ati fanining maqsadi - Sharq xalqlari san’atining shakllanishi, rivojlanishi, badiiy xususiyatlari va jahon madaniyatidagi o‘rnini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar san’at namunalarini tarixiy va madaniy jihatdan tahlil qilish, ularning ahamiyatini baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari arxeologiyasi fanining maqsadi - Qadimgi Sharq hududlarida shakllangan sivilizatsiyalarning arxeologik yodgorliklari, moddiy madaniyati, xo‘jalik va ijtimoiy hayotini ilmiy asosda o‘rganishdir. Fan natijasida talabalar arxeologik manbalarni tahlil qilish, qadimgi sivilizatsiyalar taraqqiyotini baholash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: O‘zbekistonda islohotlar strategiyasining nazariy masalalari fanining maqsadi - mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy islohotlarning nazariy asoslari, tamoyillari va rivojlanish yo‘nalishlarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar islohotlar jarayonini tahlil qilish, ularning mazmun-mohiyatini anglash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Antropologiya fanining maqsadi - insonning kelib chiqishi, evolyutsiyasi, biologik xususiyatlari, jismoniy tuzilishi va turli xalqlarning antropologik shakllanish jarayonlarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar antropologik manbalarni tahlil qilish, inson taraqqiyoti jarayonlarini tushuntirish va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Avesto arxitekturasi fanining maqsadi - “Avesto” manbalari va arxeologik topilmalar asosida qadimgi O‘rta Osiyo me’morchiligi, shaharsozligi, diniy inshootlari va me’moriy an’analarini o‘rgatishdir. Fan natijasida talabalar qadimgi me’moriy yodgorliklarni tahlil qilish, ularning tarixiy ahamiyatini baholash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.