Tarix (Magistr)

Tarixchi, pedagog-tadqiqotchi

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Magistratura > Tarix (Magistr)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi:

Tarix fanining zamonaviy metodologiyasi va ilmiy yondashuvlarini chuqur egallagan, tarixiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni milliy va global kontekstda ilmiy baholash hamda mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib borishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Dastur magistrlarda tarixshunoslik, manbashunoslik, tarixiy tahlil, ilmiy-pedagogik faoliyat va fanlararo tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish bilan birga, tarixiy bilimlarni zamonaviy ta’lim, ilmiy-tadqiqot, madaniy merosni muhofaza qilish, arxiv va muzeyshunoslik, ekspert-tahliliy hamda davlat va jamoat boshqaruvi faoliyatida samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Dastur ta’lim jarayonini natijaga yo‘naltirilgan ta’lim (Outcome-Based Education), akademik halollik, innovatsion va fanlararo yondashuv hamda uzluksiz sifatni ta’minlash tamoyillari asosida tashkil etish orqali bitiruvchilarning milliy va xalqaro ilmiy-ta’lim makoni hamda mehnat bozorida raqobatbardosh, yuksak kasbiy kompetensiyalarga ega magistr sifatida shakllanishini ta’minlaydi.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Magistr

Mutaxassislik

Tarixchi, pedagog-tadqiqotchi

Jami kreditlar

120/3600 soat

Davomiyligi

2 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — Stipendiyali: - 16 700 840 UZS - 1 386 $ USD

Xorijlik talabalar uchun — Stipendiyasiz: - 9 864 000 UZS - 818 $ USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:UESM1206
Semestr:2
Modul rahbari:Bokiyev Anvar Ahmedovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “O‘zbekistonda yer va suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha)” fani orqali magistratura talabalari O‘zbekiston hududida yer va suv munosabatlarining tarixiy taraqqiyoti, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini ilmiy manbalar asosida tahlil qilish, tarixiy jarayonlarni tanqidiy baholash hamda tarixiy tadqiqotlar, oliy ta’lim, ekspert-tahliliy faoliyat hamda agrar tarix, tarixiy geografiya va tarixiy-huquqiy tadqiqotlar sohasida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Modul kodi:ILTM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Xolmuminov Xusan Eshmuminovich tarix fanlari doktori (DSc), professor

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani orqali magistratura talabalari ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish, zamonaviy tadqiqot metodlarini tanlash va qo‘llash, ilmiy natijalarni akademik talablar asosida rasmiylashtirish hamda mustaqil ilmiy tadqiqot, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va ilmiy-pedagogik faoliyat sohalarida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Modul kodi:PSD1106
Semestr:1
Modul rahbari:Raximov Bahodir Saidmusaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi” fani orqali magistratura talabalari tabiiy muhit, iqlim o‘zgarishlari va sivilizatsiyalar taraqqiyoti o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni geologik, geografik va arxeologik manbalar asosida ilmiy tahlil qilish, baholash hamda paleoekologik tadqiqotlar, arxeologik izlanishlar va tarixiy-ekologik tahlil sohalarida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Modul kodi:MFOM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Xolmuminov Xusan Eshmuminovich tarix fanlari doktori (DSc), professor

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani orqali magistratura talabalari tarix fanlarini oliy ta’limda o‘qitishning zamonaviy metodlari va texnologiyalarini qo‘llash, ta’lim jarayonini loyihalash va tashkil etish, o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish hamda oliy ta’limda pedagogik, o‘quv-uslubiy va ilmiy-pedagogik faoliyatni samarali amalga oshirish kompetensiyalarini egallaydilar.

Modul kodi:TRM1106
Semestr:1
Modul rahbari:Mirzayev Jaloliddin Zayniyevich tarix fanlari nomzodi, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Tarixiy rekonstruksiya masalalari” fani orqali magistratura talabalari tarixiy voqea va jarayonlarni yozma, arxeologik hamda boshqa tarixiy manbalar asosida rekonstruksiya qilish, tarixiy ma’lumotlarni tanqidiy tahlil va umumlashtirish hamda tarixiy tadqiqotlar, tarixiy rekonstruksiya va madaniy merosni ilmiy o‘rganish sohalarida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Modul kodi:GMHM1206
Semestr:2
Modul rahbari:Abdulloyev Shuxratjon Boboismoilovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), v.b.dotsent.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Globallashuv sharoitida O‘zbekiston va jahon mamlakatlari hamkorligi” fani orqali magistratura talabalari O‘zbekistonning jahon mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi, tashqi siyosatining rivojlanish bosqichlari hamda global jarayonlardagi strategik o‘rnini ilmiy manbalar va rasmiy hujjatlar asosida tahlil qilish, tashqi siyosatni baholash hamda muataxassislik doirasida xalqaro munosabatlar va strategik tahlil sohasida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Tanlov moduli (tanlov fanlari asosida)
Modul kodi:YSJTZT1204
Semestr:2
Modul rahbari:Ikromov Nozim Muzrapovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “XX asrda Yevrosiyodagi siyosiy jarayonlar: tarix va zamonaviy tendensiyalar” fani orqali magistratura talabalari XX asrda Yevrosiyo hududida kechgan siyosiy jarayonlar, davlatlar taraqqiyoti va zamonaviy geosiyosiy tendensiyalarni ilmiy tahlil qilish, qiyosiy baholash hamda xalqaro munosabatlar, geosiyosiy tahlil va tarixiy-siyosiy tadqiqotlar sohasida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Modul kodi:QSHTM205
Semestr:2
Modul rahbari:Xolmanova Feruza Uralovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Qadimgi Sharq tarixi manbalari va tarixshunosligi” fani orqali magistratura talabalari Qadimgi Sharq tarixiga oid yozma va moddiy manbalarni hamda tarixshunoslik yondashuvlarini ilmiy asosda tahlil qilish, tarixiy konsepsiyalarni tanqidiy baholash hamda manbashunoslik, tarixshunoslik va Qadimgi Sharq tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar sohalarida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar

Modul kodi:YSTM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Xolmanova Feruza Uralovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “Yevropa sivilizatsiyalari tarixi” fani orqali magistratura talabalari Yevropa sivilizatsiyalarining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish xususiyatlarini zamonaviy tarixshunoslik yondashuvlari asosida tahlil qilish, qiyosiy baholash hamda Yevropa tarixi, sivilizatsion tadqiqotlar va qiyosiy tarixiy tahlil sohalarida kasbiy kompetensiyalarni egallaydilar.

Modul kodi:O‘MMM1204
Semestr:2
Modul rahbari:Ikromov Nozim Muzrapovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik” fani orqali magistratura talabalari O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik siyosatining tarixiy-huquqiy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarini o‘rganib, millatlararo munosabatlar va tolerantlik siyosatini ilmiy tahlil qilish va baholash hamda ijtimoiy barqarorlik, davlat siyosati va fuqarolik jamiyati sohasida tahliliy kompetensiyalarni egallaydilar.