Muhandis-dasturchi
Dastur maqsadi: 60610400-Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun umumiy talablarni majmui ifodalaydi.
Diplom nomi
Bakalavr
Mutaxassislik
Jami kreditlar
240/7200 soat
Davomiyligi
4 yil
O'qish narxi
Mahalliy talabalar uchun — 8 150 000 UZS
Xorijlik talabalar uchun — 679.17 USD
Dasturning ta’limiy natijalari/kompetensiyalar:
asbiy faoliyatida fundamental va maxsus bilimlardan samarali foydalana oladi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy vositalardan kasbiy faoliyatda samarali foydalanadi, jamoada va mustaqil ishlash, samarali muloqot qilish hamda o'z faoliyatini rejalashtirish ko'nikmalariga ega bo'ladi, kasbiy faoliyatni amaldagi qonunchilik, kasbiy etika va ijtimoiy mas'uliyat tamoyillari asosida amalga oshiradi, o'zbek va xorijiy tillarda kasbiy muloqotni amalga oshirish hamda zamonaviy axborot manbalari bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Kasbiy faoliyat sohalari (Qaysi sohalarda ishlashi mumkin):
Davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturiy injiniring bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi,
Kasbiy faoliyat obyektlari: (Qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin):
Davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturiy injiniring bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
MUTAXASSISLIK FANLARI BO‘YICHA O‘QUV JARAYONI SHARHI
I Semestr. Ushbu bosqich bo‘lajak dasturiy injiniringi ta ‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mustahkam nazariy poydevor yaratishni maqsad qiladi. Unda dasturlash fanining maqsadi talabalarda algoritmik fikrlashni shakllantirish, dasturlashning nazariy asoslarini o‘rgatish hamda zamonaviy dasturlash tillari yordamida amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Bu semestr dasturlash bo’yicha boshlang‘ich nazariy va amaliy bilmlar beriladi, natijada keyingi murakkab fanlarni o‘zlashtirish uchun zamin hozirlaydi.
II Semestr. Ikkinchi semestrda ta’lim jarayoni yanada tahliliy tus oladi. Ushbu semestrda dasturlash fani davom etadi va u dasturlash sohasini to‘laqonli yoritib berishga xizmat qiladi. Asosiy e’tibor nazariyalarni amaliyotda qo‘llashga qaratiladi. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fani zamonoviy talablar asosida talabalarga raqamli dunyoda kompyuterlarni boshqarishda tizimli dasturlashdan foydalanish va ularda bo’ladigan muammolar yechimlarini topish yo’llari haqida bilim berishga asoslangan. Mazkur fanlar majmuasi mantiqiy tahlil ko‘nikmalarini rivojlantirib, murakkab dasturlash jarayonlarni sodda va aniq izohlash malakasini oshiradi. Natijada talaba keyingi bosqichlardagi chuqur tahliliy fanlarga tayyor bo‘ladi.
III Semestr. Uchinchi semestrda o’quv dasturi ma’lumotlar tahlili va kompyuter tarmolari tahlili bilan ishlashga o‘tadi. Ushbu semestrda o’tiladigan ma’lumotlar bazasi fani raqamli dunyoda ma’lumotlar bazasini yaratish va ularda bo‘ladigan muammolar yechimlarini topish yoʻllarini oʻrgatishdan iborat. Kompyuter tarmoqlari fani tarmoqlar va axborotni uzatish tizimlarining arxitekurasi, lokal va global kompyuter tarmoqlari, axborot hafvsizligi talablariga muvofiq tarmoqlardan va axborot tizimlaridan foydalanishning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Bu semestrda ma’lumotlarni to’plash va asosiy kompyuter tarmolarini o’rganib, keying semetrlarda kerakli bilmlarni chuqurroq egallashlari uchun zarur bo’lgan bilmlar bilan qurolanadi.
IV Semestr: To‘rtinchi semestr kiberxavfsizlik va sun’iy intelekt orqali tadqiq qilishga bag‘ishlanadi. Ushbu semestrdagi kiberxavfsizlik asoslari fani axborot tizimlari va axborot resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha masalalarni yechishda bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iborat. Sun’iy intelekt asoslari fani sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari, ularning rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy sohalarda qo‘llanilishi haqida chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Mazkur semestr talabalarni sun’iy intelekt texnologiyalariga tayanib fikrlashga o‘rgatib, keyingi bosqichlardagi yanada chuqurroq tahlillar uchun zarur bo‘lgan texnik ko‘nikmalar bilan qurollantiradi.
V Semestr. Beshinchi semestr dasturiy injiniring yo‘nalishida algoritmik fikrlash, zamonaviy dasturlash texnologiyalari hamda yuqori samaradorlikka ega dasturiy tizimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan fanlarni qamrab oladi. Algoritmlarni loyihalash fani asosiy masalani yеchish uchun tatbiq etilishi mumkin bo’lgan algoritmlar orasida eng samaralisini ajratib olish, yaratilgan yoki mavjud algoritmlarni murakkablik ko’rsatgichlarini baholash kabi bir qator nazariy va amaliy muammolar bo’yicha bilim va ko’nikmalarni hosil qiladi. Dasturiy injiniringga kirish fani dasturiy ta’minotni yaratish jarayonlari, dasturiy injiniring tamoyillari, dasturiy loyihalarni boshqarish, talablarni aniqlash, loyihalash, dasturlash, testlash va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari haqida fundamental bilimlarni beradi. Operatsion tizimlar fani zamonaviy operatsion tizimlar, fayl tizimlari va operativ xotirani boshqarish, tarmoqda ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar olish bo‘yicha amaliy saboqlarga ega bo‘lish. Shuningdek, matematik modellashtirish va matematik dasturlash fanlari raqamli dunyoda kompyuterlarni boshqarishda matematik modellashtirishdan foydalanish va ularda bo’ladigan muammolar yechimlarini topish yo’llari haqida bilim berishga asoslangan. Mobil ilova ishlab chiqish va parallel kompyuter arxitekturasi va dasturlash fanlari parallel hisoblash tizimlarining arxitekturasi, ishlash tamoyillari va parallel dasturlash texnologiyalari, mobil ilovalarni loyihalash, ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu bosqich talabalarda murakkab dasturiy tizimlarni tahlil qilish, zamonaviy platformalarda samarali dasturiy yechimlar yaratish hamda real ishlab chiqarish muhitida faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi.
VI Semestr. Oltinchi semestr dasturiy injiniring yo‘nalishida zamonaviy dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish va boshqarish bo‘yicha chuqur nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan fanlarni qamrab oladi. Dasturiy ta’minot tizimlarini loyihalash fani dasturiy ta’minot tizimlarini tahlil qilish, loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni o’rgatsa, Sonli usullar va Algoritmlar hamda Dasturiy ta’minot talablar tahlili fanlari murakkab hisoblash masalalarini algoritmik yondashuv asosida yechish, matematik modellarni qo‘llash va samarali dasturiy yechimlar yaratishga xizmat qiladi. Python dasturlash tili fani dasturlash sohasini, Hisoblash tafakkuri va dasturlashga kirish fani mantiqiy fikrlashga, BiData asoslari va ma'lumotlar taxlili fani katta ma’lumotlar bilan ishlash va ularni tahlil ilishni, R dasturlash tili fani ma’lumotlarni tahlil ilish va bosharishni, Dasturlash uslublari va paradigmalar fani dastur kodlarining mantiqiy tuzilishini va usullarini, Dasturiy ta’minot loyihalarni boshqarish fani zamonaviy muammolarni tahlil qilish va yechinini topishni, Amaliy dasturlar paketi fani matematik masalalarni va real hayotiy muamolarning dasturiy yechimini toppishni, Arduino dasturlash tili fani robototexnika sahasida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va amaliy loyihalarga qo’llashni o’rgatadi. Ushbu semestr yakunida talabalar zamonaviy dasturiy mahsulotlarni tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish, ma’lumotlarni samarali qayta ishlash hamda jamoaviy dasturiy loyihalarni boshqarish bo‘yicha fundamental bilmlarga ega bo‘ladi.
VII Semestr. Yettinchi semestr dasturiy injiniring yo‘nalishida innovatsion dasturiy texnologiyalarni o‘zlashtirish hamda intellektual tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan fanlarni qamrab oladi. Hisoblash matematikasining zamonaviy usullari va Kompyuter o'yinlarini ishlab chiqish fanlari mantiqiy va dasturiy mahsulotlarga aratilgan bo’lsa, Elektron taʻlim resurslarini yaratish va Kompyuter grafikasi fanlari yangi jarayonlarni hosil qilish, Mashinali oʻqitishga kirish va Robototexnika va intellektual tizimlar fanlari sun’iy intellect sohasini o’rganish, Web ilovalarni ishlab chiqish va Dasturiy ta'minot qurilmasi va evolutsiyasi fani dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish kabi jarayonlarni shakllantiradi. Bu bosqichda talabalar o‘z nazariy bazalarini amaliyotda sinab ko‘rish, real muammolarga innovatsion yechimlar topish va loyihalarni boshqarish mexanizmlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
VIII Semestr. Sakkizinchi semestr to‘liq malakaviy amaliyot va bitiruv oldi kasbiy tayyorgarligiga bag‘ishlanadi. Ushbu bosqichda talabalar oliy ta’lim muassasasida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini davlat tashkilotlari, IT kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari hamda boshqa axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi muassasalarda amaliyot orqali mustahkamlaydi. Shuningdek, ular jamoaviy ishlash, kasbiy muloqot, texnik hujjatlarni tayyorlash hamda real muammolarni innovatsion yondashuv asosida hal etish bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ladi. Mazkur semestr yakunida talabalar mustaqil ravishda dasturiy injiniring sohasidagi kasbiy vazifalarni bajarish, real loyihalarda samarali faoliyat yuritish hamda mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos mutaxassis sifatida shakllanish uchun zarur bo‘lgan amaliy bilmlarni egallaydi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: algoritmik fikrlashni shakllantirish, dasturlashning nazariy asoslarini o‘rgatish hamda zamonaviy dasturlash tillari yordamida amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: kompyuterlarni boshqarishda tizimli dasturlashdan foydalanish va ularda bo’ladigan muammolar yechimlarini topish yo’llari haqida bilim berishga asoslangan
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: ma’lumotlarni yigish, ishlov berish hamda bazasini yaratish va ularda bo‘ladigan muammolar yechimlarini topish yoʻllarini oʻrgatish
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: tarmoqlar va axborotni uzatish tizimlarining arxitekurasi, lokal va global kompyuter tarmoqlari, axborot hafvsizligi talablariga muvofiq tarmoqlardan va axborot tizimlaridan foydalanishning xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: axborot tizimlari va axborot resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha masalalarni yechishda bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari, ularning rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy sohalarda qo‘llanilishi haqida chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: asosiy masalani yеchish uchun tatbiq etilishi mumkin bo’lgan algoritmlar orasida eng samaralisini ajratib olish, yaratilgan yoki mavjud algoritmlarni murakkablik ko’rsatgichlarini baholash kabi bir qator nazariy va amaliy muammolar bo’yicha bilim va ko’nikmalarni hosil qiladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: dasturiy ta’minotni yaratish jarayonlari, dasturiy injiniring tamoyillari, dasturiy loyihalarni boshqarish, talablarni aniqlash, loyihalash, dasturlash, testlash va texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari haqida fundamental bilimlarni beradi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: zamonaviy operatsion tizimlar, fayl tizimlari va operativ xotirani boshqarish, tarmoqda ishlash bo‘yicha nazariy bilimlar olish bo‘yicha amaliy saboqlarga ega bo‘lish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: dasturiy ta’minot tizimlarini tahlil qilish, loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: dasturiy ta’minotni yaratish jarayonida talablarni aniqlash, tahlil qilish, modellashtirish, hujjatlashtirish va boshqarishning nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rganishga qaratilgan.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: algoritmik fikrlash, dasturlash masalalarini tahlil qilish, samarali algoritmlar ishlab chiqish va Python dasturlash tili yordamida dasturiy yechimlarni yaratish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: kompyuterlarni boshqarishda matematik modellashtirishdan foydalanish va ularda bo’ladigan muammolar yechimlarini topish yo’llari haqida bilim berishga asoslangan.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: matematik modellashtirish va optimallashtirish usullari asosida amaliy masalalarni yechish, resurslardan samarali foydalanish, optimal qarorlar qabul qilish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy vositalar yordamida optimallashtirish masalalarini yechish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: zamonaviy mobil ilovalarni loyihalash, ishlab chiqish, testlash va amaliyotga joriy etish bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, Flutter frameworki va Dart dasturlash tili yordamida Android va iOS platformalari uchun mobil ilovalarni yaratish, mobil dasturlashda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va vositalardan samarali foydalanish, mustaqil ravishda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: muammolarni tahlil qilish, yechimlarni loyihalash va dasturlash tillaridan foydalangan holda amalga oshirish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, boshqarish, qayta ishlash va tahlil qilish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish hamda turli sohalarda innovatsion yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va professional malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: dasturiy ta’minot ishlab chiqish, ma’lumotlarni qayta ishlash, statistik tahlil qilish, ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish hamda ilmiy va amaliy masalalarni yechishda R dasturlash tilidan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va professional malakalarni shakllantirishga qaratilgan.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: dasturiy loyihalarni rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va yakunlash jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: arduino dasturlash tili haqida asosiy bilimlarni o‘rgatish va ularni robototexnika sohasidagi zamonaviy texnologiyalarga qo‘llash jarayoni bo’yicha bilim va malaka berishdir
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: loyiha ustida individual ishlash, ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish hamda natijalarni ilmiy asosda izohlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: kelajakdagi kasbiy faoliyatida dasturiy ta’minot loyihalarini turli darajadagi testlash usullari yordamida sifatli, ishonchli va xavfsiz dasturiy mahsulotlar yaratish, dasturiy ta’minotdagi xatolar, nuqsonlar va zaifliklarni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zamonaviy bilim, amaliy ko‘nikma va professional malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: dasturiy tizimlarni loyihalash, tahlil qilish va rivojlantirishda qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot arxitekturasi tamoyillari, arxitekturaviy uslublar, sifat atributlari, arxitektura modellarini yaratish va baholash usullari bo‘yicha nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: matematik modellarni raqamli usullar yordamida yechish va kompyuterda amalga oshirish, algoritmlar va hisoblash usullarining aniqligi, barqarorligi va samaradorligini tahlil qilish, kompyuterda amalga oshiriladigan matematik hisob-kitoblarning ishonchliligini ta'minlash, shuningdek ilmiy va muhandislik masalalarini raqamli hisoblash orqali hal qilish uchun zarur matematik va dasturiy vositalarni rivojlantirishdir
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: innovatsiya va loyixalarni boshqarishning nazariy asoslarini, uning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, loyiha turlari va ularni ishlab chiqishni o’rgatish hamda amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: grafik axborotlarni yaratish, qayta ishlash, vizual taqdim etish hamda zamonaviy grafik texnologiyalar asosida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va professional kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: mashinal o‘qitish haqida asosiy bilimlarni o‘rgatish va ularni sun’iy intellekt sohasidagi zamonaviy texnologiyalarni tushunishga yordam berishdir
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: robototexnika va intellektual tizimlarning nazariy asoslarini, uning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, robot turlari va ularni ishlab chiqishni o’rgatish hamda amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Dasturiy ta'minot qurilmasi va evolutsiyasining nazariy asoslari, zamonaviy dasturiy resurslar, platformalar arxitekturasi, dasturiy taminot ishlab chiqishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, ishlab chiqish, testlash, optimallashtirish va joylashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Web ilovalarni ishlab chiqishning nazariy asoslari, zamonaviy Web platformalar arxitekturasi, Django frameworki va Python dasturlash tilidan foydalanib turli platformalar uchun Web ilovalarni loyihalash, ishlab chiqish, testlash, optimallashtirish va joylashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish