Kompyuter injiniring (Bakalavr)

Kompyuter tizimlari muhandisi

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Bakalavriat > Kompyuter injiniring (Bakalavr)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: kompyuter tizimlari, dasturiy ta’minot, apparat vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli tizimlar bilan ishlay oladigan, ularni loyihalash, yaratish, sozlash va amaliyotga joriy etish ko‘nikmalariga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Bakalavr

Mutaxassislik

Kompyuter tizimlari muhandisi

Jami kreditlar

240/7200 soat

Davomiyligi

4 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 8 965 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 750 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:DAS1110
Semestr:1
Modul rahbari:o‘qt. Norqobilov Sobir

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi - talabalarda dasturlash, algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalarining asosiy tushunchalari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirish, dasturlash tillari yordamida masalalarni yechish, dasturiy mahsulotlarni yaratish, sinash va xatolarini tuzatish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar algoritmlarni tuzish va ularning samaradorligini tahlil qilish, dasturlash tilining asosiy operatorlari va boshqaruv konstruksiyalaridan foydalanish, chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash, amaliy masalalar uchun samarali dasturiy yechimlar ishlab chiqish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.

Modul kodi:DAS1110
Semestr:2
Modul rahbari:o‘qt. Norqobilov Sobir

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi - talabalarning dasturlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini rivojlantirish, funksiyalar, ma’lumotlar tuzilmalari, massivlar, satrlar, fayllar va Python kutubxonalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar oddiy, ko‘p qiymat qaytaruvchi, rekursiv va lambda funksiyalarni qo‘llash, ro‘yxat, kortej, lug‘at, to‘plam hamda bir va ikki o‘lchamli massivlardan foydalanish, matn va fayllardagi ma’lumotlarni qayta ishlash, dasturiy xatolarni aniqlash va tuzatish, shuningdek, Python dasturlash tilida grafik va uch o‘lchamli vizualizatsiyalar yaratish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.

Modul kodi:MTA1204
Semestr:2
Modul rahbari:o‘qt. Ibragimova Mohigul

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot Fanning maqsadi - talabalarga ma’lumotlarni kompyuter xotirasida samarali tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini o‘rgatish, shuningdek, massivlar, bog‘langan ro‘yxatlar, steklar, navbatlar, daraxtlar, graflar va xesh-jadvallar kabi ma’lumotlar tuzilmalarini tanlash hamda ular asosida samarali algoritmlar yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar ma’lumotlar tuzilmalarini tahlil qilish va amaliy masalalarga mos ravishda tanlash, qidirish, saralash, xeshlash va rekursiv algoritmlarni tuzish, algoritmlarning vaqt va xotira murakkabligini baholash, zamonaviy dasturlash tillarida dasturiy yechimlarni yaratish, sinash va takomillashtirish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.

Tanlov moduli (tanlov fanlari asosida)
Modul kodi:KTMB405
Semestr:7
Modul rahbari:o‘qt. Shaymanov Farxod

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Fanning maqsadi - talabalarda kompyuter tarmoqlarini tashkil etish, sozlash, boshqarish va ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Fan doirasida lokal, global va korporativ tarmoqlarni boshqarish, router, switch va server kabi tarmoq qurilmalarini sozlash, tarmoq xizmatlarini o‘rnatish va boshqarish, tarmoq monitoringi, diagnostikasi, xavfsizlikni ta’minlash hamda nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish masalalari o‘rganiladi. Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar kompyuter tarmoqlarining asosiy turlari, arxitekturasi va ishlash prinsiplarini tushunish, tarmoq qurilmalarini sozlash, IP manzillash, IPv4/IPv6, subnetting va tarmoq protokollari bilan ishlash, tarmoq infratuzilmasini loyihalash, server xizmatlarini boshqarish, foydalanuvchilar va guruhlarni administratsiya qilish, tarmoq xavfsizligini ta’minlash, monitoring olib borish va tarmoq samaradorligini optimallashtirish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.