Geograf. Geografiya fani o‘qituvchisi.
Dastur maqsadi:
Fan, ta’lim va ishlab chiqarish sohalari uchun yuqori malakali geografiya mutaxassislarni tayyorlash
Diplom nomi
Bakalavr
Mutaxassislik
Jami kreditlar
240/7200 soat
Davomiyligi
4 yil
O'qish narxi
Mahalliy talabalar uchun — 7 400 000 UZS
Xorijlik talabalar uchun — 615 USD
Dasturning ta’limiy natijalari/kompetensiyalar
davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, to‘g‘ri xulosa chiqarish, ilmiy madaniyatni shakllantirish;
ta’lim yo‘nalishi ixtisoslik fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
ta’lim yo‘nalishiga muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish;
tabiatda va inson xo‘jalik faoliyatida bo‘layotgan hodisa va jarayonlar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lish, ularni kuzatish, tahlil qilish va kartaga olishda zamonaviy jihozlar va GAT texnologiyalari va dasturlardan foydalana olish;
tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikga ega bo‘lish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida geografiya fanlari bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
pedagogik va tashkiliy ishlarda ijodiy yondashishi, kasbga oid tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalariga ishlov berish, baholash va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish borasida ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Kasbiy faoliyat sohalari (Qaysi sohalarda ishlashi mumkin):
Fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat tashkilotlarida kompleks masalalar bilan bog‘liq kasbiy sohalar;
umumiy oʻrta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim
tashkilotsini boshqarish;
umumiy oʻrta ta’lim maktabi, professional ta’lim tashkilotlari, oliy ta’limda laborant, kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi
Kasbiy faoliyat obyektlari: (Qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin):
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim davlat va nodavlat tashkilotlari;
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralar;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari;
davlat boshqaruv organlari;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari;
tabiiy resurslarni baholash, davlat kadastrlarini yuritish va ulardan foydalanish tashkilotlari;
qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar;
rekreatsiya va turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tashkilotlar;
geoaxborot tizimlari va geofazoviy tahlil, kartografiya sohalari bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot institutlari, korxona va tashkilotlar;
hududlarni kompleks tahlil qilish, rivojlantirish hamda tabiatdan foydalanish reja va loyihalarni ishlab chiqish tashkilotlari;
turli mulkchilik shaklidagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari.
MUTAXASSISLIK FANLARI BO‘YICHA O‘QUV JARAYONI SHARHI
I Semestr. Ushbu bosqich geografiya ta’limi yo‘nalishi talabalari uchun tabiiy geografiya fanlarining nazariy asoslarini shakllantirishga xizmat qiladi. Iqlimshunoslik va gidrologiya fani orqali talabalar atmosferaning tarkibiy tuzilishi, Quyosh energiyasining atmosfera va yer yuzasida taqsimlanishi, atmosfera issiqlik rejimining shakllanishi, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim prognozi hamda gidrosfera va uning tarkibiy qismlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar. Umumiy tabiiy geografiya fani esa geografik qobiqning tuzilishi, rivojlanishi, tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro ta’siri haqida bilim beradi. Mazkur fanlar talabalarda tabiiy geografik tafakkurni shakllantirib, keyingi geografik fanlarni puxta o‘zlashtirish uchun mustahkam nazariy zamin yaratadi.
II Semestr. Ikkinchi semestrda talabalarning tabiiy va ijtimoiy geografiya sohasidagi nazariy bilimlari yanada chuqurlashtiriladi hamda ularni amaliyot bilan bog‘lashga alohida e’tibor qaratiladi. Iqlimshunoslik va gidrologiya hamda Umumiy tabiiy geografiya fanlari orqali atmosfera, gidrosfera, litosfera, biosfera va Yerning ichki tuzilishida kechadigan tabiiy jarayonlar hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi chuqur o‘rganiladi. Tuproqlar geografiyasi fani talabalarda tuproq hosil bo‘lish jarayonlari, tuproqlarning geografik tarqalishi, ularni muhofaza qilish va yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani esa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning nazariy-metodologik asoslari, hududiy rivojlanish qonuniyatlari hamda jamiyat va tabiat o‘rtasidagi geografik aloqadorlikni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, Malakaviy (dala) amaliyoti davomida talabalar nazariy bilimlarini tabiiy sharoitda mustahkamlab, geografik kuzatishlar olib borish, ma'lumotlarni tahlil qilish va amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha dastlabki kasbiy ko‘nikmalarni egallaydilar.
III Semestr. Uchinchi semestrda ta’lim jarayoni talabalarning tabiiy geografik jarayonlarni hududiy jihatdan tahlil qilish, xaritalash va amaliy tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Geomorfologiya va geologiya asoslari fani orqali Yerning geologik tuzilishi, relyefning shakllanish qonuniyatlari hamda geologik va geomorfologik jarayonlarning amaliy ahamiyati o‘rganiladi. O‘zbekiston geografiyasi fani talabalarda mamlakatimizning tabiiy geografik sharoiti, tabiiy resurslari, hududiy tafovutlari va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha tizimli bilimlarni shakllantiradi. Topografiya, kartografiya va GAT fani topografik xaritalar yordamida turli masalalarni yеchish, joyda burchak, chiziq uzunligi va nisbiy balandliklarni o‘lchash, geodezik asboblar teodolit, nivelir bilan o‘lchashlarni bajarish, plan olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Jahon geografiyasi fani esa materik va okeanlarning tabiiy geografik xususiyatlari, geotizimlari hamda ularda sodir bo‘ladigan tabiiy jarayonlarni kompleks o‘rganish imkonini beradi. Bu bosqichda talabalar geografik hodisa va jarayonlarni xaritalar asosida tahlil qilish, hududiy tafovutlarni baholash hamda geografik tadqiqot usullarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar shakllanadi.
IV Semestr. To‘rtinchi semestrda ta’lim jarayoni talabalarning iqtisodiy va ijtimoiy geografik jarayonlarni hududiy jihatdan tahlil qilish, zamonaviy kartografik usullarni qo‘llash hamda geografik axborotlardan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston geografiyasi fani orqali talabalar mamlakatimizning iqtisodiy va siyosiy geografik o‘rni, tabiiy resurslari, aholi, milliy iqtisodiyot tarmoqlari, hududiy rivojlanish xususiyatlari hamda iqtisodiy geografik rayonlashtirishning ilmiy-amaliy asoslarini o‘rganadilar. Topografiya, kartografiya va GAT fani geografik xarita va atlaslarni tahlil qilish, baholash hamda geografik axborot tizimlari yordamida mavzuli xaritalarni yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Jahon geografiyasi fani esa jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari, aholi va urbanizatsiya jarayonlari, xo‘jalik tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi hamda jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuv jarayonlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Shuningdek, Malakaviy (dala) amaliyoti davomida talabalar nazariy bilimlarini mustahkamlab, geografik kuzatuvlar, xaritalash va hududiy tahlil usullarini amaliyotda qo‘llash tajribasini egallaydilar.
V Semestr. Beshinchi semestrda ta’lim jarayoni talabalarning tabiiy va ijtimoiy geografik jarayonlarni kompleks tahlil qilish, hududiy tafovutlarni baholash hamda geografik qonuniyatlarni ilmiy asosda tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Jahon geografiyasi fani orqali talabalar O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproq va o‘simlik qoplami, hayvonot olami hamda tabiiy geografik rayonlashtirish masalalarini o‘rganadilar. Landshaftshunoslik fani landshaft qobig‘ining yaxlitligi, geotizimlarning shakllanish qonuniyatlari, komponentlar o‘rtasidagi modda va energiya almashinuvi hamda landshaftlarning hududiy xususiyatlari bo‘yicha nazariy bilimlarni shakllantiradi. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari hamda Jahon xo‘jaligi geografiyasi fanlari esa aholining hududiy joylashuvi, demografik jarayonlar, jahon xo‘jaligining tarkibi, tabiiy resurslardan foydalanish va mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rnini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bu bosqich talabaga tabiiy va ijtimoiy geografik jarayonlarni o‘zaro bog‘liq holda baholash, hududiy rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish hamda geografik bilimlarni amaliy masalalarni hal etishda qo‘llash bo‘yicha zarur kompetensiyalar shakllanadi.
VI Semestr. Oltinchi semestrda ta’lim jarayoni talabalarning hududiy rivojlanish jarayonlarini kompleks tahlil qilish, geoekologik muammolarni baholash hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning amaliy yo‘nalishlarini chuqur o‘rganishga qaratiladi. Jahon geografiyasi fani orqali talabalar O‘rta Osiyo davlatlarining tabiiy resurs salohiyati, aholisi, milliy iqtisodiyoti, mintaqaviy integratsiya jarayonlari hamda geosiyosiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganadilar. Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari, Geoekologiya va landshaft ekologiyasi hamda Sanoat geografiyasi fanlari shaharlarning rivojlanish qonuniyatlari, geoekologik jarayonlar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va sanoat tarmoqlarining hududiy tashkil etilishi bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantiradi. Toponimika, Turizm va rekreatsiya geografiyasi hamda Sotsial-iqtisodiy kartografiya fanlari esa geografik nomlarning kelib chiqishi, turizm va rekreatsiya resurslarini baholash, shuningdek, zamonaviy kartografik usullar asosida hududiy ma’lumotlarni tahlil qilish va tasvirlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Malakaviy amaliyot nazariy ta’lim berish jarayonida talabalarning olingan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishdan iborat.
VII Semestr. Yettinchi semestrda ta’lim jarayoni talabalarning geografik bilimlarini ta’lim amaliyoti, hududiy tadqiqotlar va zamonaviy geografik usullar bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltiriladi. Tabiiy fanlar va geografiya o‘qitish metodikasi fani geografiya ta’limini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Surxondaryo geografiyasi, Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari, Transport geografiyasi hamda Qishloq xo‘jaligi geografiyasi fanlari hududlarning tabiiy va iqtisodiy salohiyati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, transport tizimlari va qishloq xo‘jaligining hududiy tashkil etilishi bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni rivojlantiradi. Geografik o‘lkashunoslik, Geografik tadqiqotlarda aerokosmik metodlar, Geografiyada mashq va masalalar yechish hamda Amaliy geografiya fanlari esa geografik tadqiqotlarni tashkil etish, aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish, xaritalar va statistik ma’lumotlarni tahlil qilish hamda geografik bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Bu bosqichda talabalar geografik tadqiqotlarni mustaqil olib borish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ta’lim va amaliyotda uchraydigan geografik masalalarni ilmiy asosda hal etish bo‘yicha zarur kasbiy kompetensiyalar shakllanadi.
VIII Semestr. Yakuniy bosqichda talabalar ta’lim jarayonida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini pedagogik amaliyot jarayonida mustahkamlaydilar. Pedagogik amaliyot davomida ular geografiya fanini o‘qitishning zamonaviy metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va interfaol usullardan foydalanish, darslarni rejalashtirish va tashkil etish hamda o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba orttiradilar. Malakaviy amaliyot davomida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirib, ularni geografiya fani o‘qituvchisi sifatidagi mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning nazariy-uslubiy va amaliy asoslari (tushunchalari, qonuniyatlari, tadqiqot usullari va boshqalar) toʻgʻrisidagi bilimlarini, ularni amaliyotda qoʻllay olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Umumiy tabiiy geografiyaning nazariy-uslubiy va amaliy asoslari (tushunchalari, qonuniyatlari, tadqiqot usullari va boshqalar) to’g’risidagi bilimlarini, ularni amaliyotda qo’llay olish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda atmosferaning tarkibiy tuzilishi, atmosfera va yer sirtida quyosh energiyasining o‘zgarishlari, atmosfera issiqlik rejimining shakllanishi, iqlim tarixi, uni shakllantiruvchi omillar va jarayonlar, iqlim prognozi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Umumiy tabiiy geografik qonuniyatlar, ularning mohiyati, geografik qobiqning tuzilishi, tarkibiy qismlari, litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera hamda ularning xususiyatlari, geografik qobiqning hududiy tabaqalanishi, inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslarini o’rgatish va ularda tabiatdan foydalanishda geografik bilimlarni qo’llay olish bo’yicha malaka va tajriba hosil qilishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda “Tuproqlar geografiyasi” faning maqsad va vazifasi, tuproqlar tasnifi, turoqlarni o‘rganish tarixi, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari, Yer resurslarini o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda topografik xaritalar yordamida turli masalalarni yеchish; joyda burchak, chiziq uzunligi va nisbiy balandliklarni o‘lchash; geodezik asboblar teodolit, nivelir bilan o‘lchashlarni bajarish; plan olish ishlarini bajarish bo‘yicha bilim berish, ularni amaliyotda qo’llay olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda Yer sayyorasi va uning Quyosh sistemasida tutgan o‘rni; geografik qobiqning tuzilishi, tarkibi, chegaralari va rivojlanish xususiyatlari; Yerning geosferalari; Yerda Quyosh radiatsiyasining taqsimlanishi: radiatsiya va issiqlik balansi; Yer yuzasining iqlimi va iqlim mintaqalari, tabiat zonalarining hosil bo‘lishi; materik va okeanlarning tabiiy geografik xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda O’zbekiston geografiyasining asosiy tushunchalari: hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy-geografik joylashuvi, iqtisodiy rayon, O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy geografik o‘rni, tabiiy va mineral xomashyo salohiyati, ularning xo‘jalik ahamiyati, demografik rivojlanishi haqida bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda fanning nazariy-uslubiy va amaliy asoslari (tushunchalari, qonuniyatlari, tadqiqot usullari va boshqalar) to’g’risidagi bilimlarini, ularni amaliyotda qo’llay olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda geografik xarita va atlaslarni o‘qish, tahlil qilish va baholash, geografik axborot tizimlarida mavzuli xaritalarni tayyorlash bo‘yicha bilim berish, ularni amaliyotda qo’llay olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda O‘zbekiston tabiatini shakllantiruvchi eng muhim omillar, tabiiy geografik o‘rni, tabiatining muhim xususiyatlari, O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirish kabi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda jahon mintaqalari va alohida mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni, aholi soni, aholisining tabiiy va mexanik harakati, urbanizatsiyasining tavsifi, xo‘jaligining tarmoqlar tarkibi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda aholi geografiyasining nazariy masalalari, aholi takror barpo bo‘lishi jarayonlari va qonuniyatlarini o‘rganish, tabiat bilan uzviy bog‘liqligini tadqiq etish, aholi joylashuvi va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni shakllantirish haqida o‘rgatish va ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda jahon xo‘jaligi tizimlarining rivojlanishi, tabiiy resurs salohiyati va jahon iqtisodiyoti tarmoqlarining joylashishi, alohida mamlakatlarning jahon xo‘jaligi tarmoqlaridagi o‘rnini aniqlash va qiyosiy ustunliklarini topish haqida nazariy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda O‘rta Osiyo davlatlarining umumjahon va regional miqyosda mehnat taqsimotida tutgan o‘rnini baholash, mintaqa geosiyosiy vaziyati, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy rivojlanish muammolari, mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari va ularni boshqarish masalalariga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: – talabalarda shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslarining bosh tushuncha va kategoriyalarini, nazariy asoslarini, mamlakat va uning ichki qismlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida shaharlarning ahamiyatiga oid nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda geoekologik indikatorlarni aniqlash, geoekologik muammolar va ularning yechimi, geoekologik muammolarni baholash, ularning monitoringni olib borish va rivojlanishini prognozlash, geoekologik kartalashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining tabiiy sharoiti, relyefi, iqlimi va ichki suvlari, o’simlik va hayvonot olami, tabiiy geografik tafovutlari, landshaftlari, tabiiy geografik rayonlari, tabiiy geografik muammolari, ularning sabab-oqibatlarini aniqlash, tegishli xulosalar chiqara olish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda landshaftshunoslikning rivojlanishi, asosiy tushunchalari, dinamikasi va evolyutsiyasi, amaliy landshaftshunoslik, landshaftlarni baholash va prognozlash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda sanoat geografiyasining asosiy tushunchalari, g’oyalari va nazariyalari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning elementlari, geografik tuzilmalar va geografik jarayonlar o’rtasidagi farqlar, sanoat geografiyasiga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirish.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda fan bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalar yechimini topishda qo‘llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda ijtimoiy geografik fan sifatida geografiya yo‘nalishida joy nomlarining kelib chiqishida uning hududiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini o’rgatishi haqida malaka va ko‘nikma hosil qilishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda turizmning geografik xususiyatlari, o‘rganish tarixi va uning mintaqalardagi hududiy tarkibi, yuksalish bosqichlari hamda xalqaro turizm geografiyasi va O‘zbekistonda turizm geografiyasini talabalarga tushuntirishdan va kelgusida ilmiy yo‘nalish berishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda tabiiy fanlar va geografiya ta’limining jarayon qismlari, didaktik vositalar, dars berish to‘g‘risida ma’lumotlar, tabiiy fanlar va geografiya fanidan dars o‘tishda texnika vositalaridan foydalanish, noan’anaviy va interfaol darslar bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda aeokosmik va kosmik suratlardan foydalanib tadqiqotlar o’tkazish, mavzuli va topografik xaritalarni tuzishda aerokosmik materiallardan foydalanish, qishloq xo’jaligi, landshaft tahlili, geologik va geomorfologik tadqiqotlar, gidrografik tadqiqotlarda aerokosmik suratlardan foydalanish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda geografiyaga oid mashq va masalalarni yechish usullari bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi, amaliy mashg’ulotlarni bajarishda didaktik vositalardan foydalanish, o’quvchilarga geografiya faniga oid mashqlar va masalalarni yechish usullarini o’rgata olish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda amaliy geografiyaning asosiy yo’nalishlari va tadqiqot uslublari, aholi va xo’jalik tuzilishini to’g’ri tashkil etish maqsadlarida olib boriladigan tadqiqotarning ilmiy asoslari, muhandis-geografik va shaharsozlik yo’nalishlarida amaliy geografiyaning usul va uslublarini qo’llay olish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda viloyatning tabiati va tabiiy sharoiti, orografiyasi, iqlimi, ichki suvlari, tuproq va o’simlik qoplami, hayvonot olami, viloyatning iqtisodiy geografiyasi haqida ma’lumotlarni tahlil qilish, baholash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda fanning tadqiqot usullari, inson-tabiat-jamiyat munosabatlarini hozirgi holati, insonning tabiatga ta’siri, geoekologik omillar va ularning tasniflanishi, muayyan hududlar tabiiy resurslarini baholash, tabiiy resurslardan foydalanganda yuz beradigan oqibatlar prognozini ishlab chiqish haqida malaka va ko‘nikmalar shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda o‘lkashunoslik ishlarini tashkil etish, uyushtirish, o‘z o‘lkasi tabiati va xo‘jaligini o‘rganish usullari va shakllari, maktab geografiya darslari jarayonida va maktabdan tashqari o‘lkashunoslik ishlarini tashkil etish masalalariga doir bilim va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda qishloq xo’jaligi geografiyasi fanining ilmiy-nazariy asoslari, xo’jalik tarmog’i sifatida qishloq xo’jaligi tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi, jahon xo’jaligi rivojlanishida qishloq xo’jaligining ahamiyatini baholashga doir bilim va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarda transport geografiyasi fanining ilmiy-nazariy asoslari, mintaqalarning rivojlanishida transport infratuzilmasining ahamiyati, transport tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilim va malakalarni shakllantirishdan iborat.