Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (Bakalavr)

Ekolog

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Bakalavriat > Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (Bakalavr)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining maqsadi ekologik jarayonlar va tabiatdan oqilona foydalanish qonuniyatlarini chuqur o‘rganadigan, atrof-muhit holatini baholash, monitoring qilish, ekologik muammolarni aniqlash va ularning bartaraf etish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, iqlim o‘zgarishi sharoitida atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlash, bo‘yicha bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Bakalavr

Mutaxassislik

Ekolog

Jami kreditlar

240/7200 soat

Davomiyligi

4 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 7 770 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 647.5 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:TAE11210
Semestr:1.2
Modul rahbari:Zokirov Xolmat Xurramovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi (PhD), professor. Zayirova Donaxol Mamataliyevna, o‘qituvchi

Fanning maqsadi - erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Talabalarga tuproq xossalari, ekologik jarayonlar va agroekotizimlarning barqarorligini ta’minlash asoslarini o‘rgatish hamda tuproq resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Bilimlar jihatidan- Tuproqning kelib chiqishi, tarkibi, tuzilishi; Fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari; Tuproqning ekologik ahamiyati; Tuproq degradatsiyasi, eroziya, sho‘rlanish, ifloslanish jarayonlari; Agroekotizimlarning tuzilishi, funksiyalari hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini biladi.

Ko‘nikmalar jihatidan – Tuproq holatini baholash, tuproq xossalarini aniqlash; Ekologik jarayonlarni tahlil qilish; Tuproq muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar; Agroekotizimlarni baholash, ekologik xavfsiz dehqonchilik usullarini qo‘llash; Tuproq resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha malakalar shakllanadi.

Kompetensiyalar jihatidan - Tuproq va agroekologik ob’ektlarning xossalariga asoslanib tuproq tahlili va agroekologik monitoring usullarini tanlaydi, dala va laboratoriya sharoitida tadqiqot sxemasini tuzadi hamda ishlarni ketma-ket rejalashtiradi; Tuproqning fizik, kimyoviy va biologik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tuproq namunalari bilan ishlash, sho‘rlanish, eroziya va ifloslanish darajasini baholash bo‘yicha laboratoriya va dala tahlillarini mustaqil bajaradi; Agroekotizimlarda ekologik monitoring olib boradi, tuproq unumdorligi va ekologik holatini baholashda tizimli, tasodifiy va metodik xatoliklarni aniqlaydi hamda natijalarning ishonchliligini tahlil qiladi; Agroekologik jarayonlarda o‘g‘itlash tizimi, sug‘orish rejimi va ekologik boshqaruv bo‘yicha hisob-kitoblarni bajaradi, standart me’yorlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi; Ekologik dehqonchilik, organik o‘g‘itlar va agrotexnologik jarayonlarni ilmiy asosda tahlil qiladi hamda tuproq–o‘simlik–muhit tizimi bo‘yicha kompleks xulosalar chiqaradi; Laboratoriya va dala tadqiqotlari natijalarini statistik usullar bilan qayta ishlaydi, o‘rtacha qiymat, o‘zgaruvchanlik va aniqlik darajasini hisoblaydi hamda ekologik va agrotexnik jarayonlar bilan bog‘lab ilmiy asoslangan xulosa beradi.

Modul kodi:EKA1206
Semestr:2
Modul rahbari:Fan o‘qituvchisi: Abramatov Maxamadi Boykabulovich biologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.

Fanning maqsadi - erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Talabalarni tashqi muhit omillarininig tirik organizmlarga ta’siri, jamoada organizmlar, ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risida, jamoalar tuzilishi va dinamkasi, ekosistemalar hayotini belgilovchi qonuniyatlar va prinsiplari to‘g‘risida bilim berishdir.

Bilimlar jihatidan - Ekologiya faning asoslarini, populiyatsiya, ekosistema, biosferaning vazifalari, roli va o‘rni, inonning xo‘jalik faoliyatini tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Ekosistema komponentlarining abiotik va biotik omillar bilan bog‘liqligi, undagi ozuqa zanjiri va trofik aloqalarni; biosfera evalutsiyasi va biosferada modda almashinuvi; ekosistema barqarorligini ta’minlovchi mexanizmlar; ekosistemadagi jarayonlarni boshqarish imkoniyatlarini hamda ekologik qonun va qonuniyatlarni bilish va ulardan foydalanish bilishi va ulardan foydalana olishi;

Ko‘nikmalar jihatidan – Turli darajadagi ekologik muammolarni tahlil qila olish, tabiatdan foydalanishning ekologik prinsiplari, o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, tabiat muhofazasi bo‘yicha usullarni qo‘llash, tadbirlarni rejalashtira olish va amalga oshirish malakasiga ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; Ekosistemalarning asosiy komponentlarini aniqlab, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qila oladi; oddiy ekologik kuzatuv va monitoring usullarini qo‘llab, atrof-muhit holatini baholay oladi.

Kompetensiyalar jihatidan - Ekologik muammolarni aniqlab, barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan yechimlarni taklif eta oladi; Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni namoyon etadi.

Modul kodi:BIG1106
Semestr:1
Modul rahbari:Abramatov Maxamadi Boykabulovich, biologiya fanlari nomzodi (PhD), dotsent.

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Talabalarga biogeografik bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushuncha va qonuniyatlarini, organizmlarning geografik qobiq va uning turli hududiy birliklaridagi biologik hamda ekologik rolini ochib berish, yerning umumgeografik qonuniyatlari asosida organizmlarning tarqalishi va yashash xususiyatlari tamoyillarini o’rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.

Bilimlar jihatidan- Zamonaviy biogeografiyaning asosiy nazariy yondashuvlari va tamoyillari; asosiy biologik taksonlar areallarining shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, areallar tipologiyasi; quruqlikni biotik rayonlashtirishdagi asosiy printsiplar va yondashuvlar; biom turlarining tarkibiy va funktsional xususiyatlari; Yerdagi biologik xilma-xillikni tabaqalashtirish (differentsiallash) ning geografik qonuniyatlari haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak.

Ko‘nikmalar jihatidan – Biogeografik obyektlar va hodisalarni tahlil qilishning umumiy tamoyillarini biladi; biogeografik ob’ektlarga nisbatan qiyosiy geografik usullar, bioxilma-xillikni baholash va saqlashning asosiy printsiplari va yondashuvlari asosidagi ko’nikmalariga ega bo’ladi.

Malaka jihatidan - Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur anglash, tabiiy resurslarni to‘g‘ri baholash va ulardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini beradi; Flora va fauna turlarini aniqlash, ularning tarqalish qonuniyatlarini izohlash; Atrof-muhit monitoringi va ekologik xavflarni baholash.