Biologiya (turlari bo’yicha) Bakalavr

Biolog, pedagog

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Bakalavriat > Biologiya (turlari bo’yicha) Bakalavr

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi:

Biologiya ta’lim yo‘nalishining maqsadi — talabalarda tirik organizmlarning tuzilishi, funksiyasi, rivojlanishi, irsiyati, ekologiyasi va evolyutsiyasi bo‘yicha fundamental hamda amaliy bilimlarni shakllantirish, zamonaviy biologik tadqiqot usullarini egallash, biologik jarayonlarni ilmiy asosda tahlil qilish va ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda amaliy sohalarda faoliyat yurita oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Bakalavr

Mutaxassislik

Biolog, pedagog

Jami kreditlar

240/7200 soat

Davomiyligi

4 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 8 140 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 650 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:SITB106
Semestr:1
Modul rahbari:Eshnazarov Karim XXX, b.f.n., dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot:

Fanning maqsadi:Talabalarda hujayraning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, funksiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi haqidagi zamonaviy nazariy bilimlarni shakllantirish, hujayrada kechadigan biologik jarayonlarni molekulyar va hujayraviy darajada tushunish hamda sitologik tadqiqot usullarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:Fan yakunida talaba:

hujayraning tuzilishi, organoidlari va ularning vazifalarini tushuntira oladi;

hujayrada kechadigan asosiy biologik jarayonlarni (moddalar almashinuvi, hujayra sikli, bo‘linish va differensiyalanish) ilmiy asosda tahlil qila oladi;

yorug‘lik mikroskopi va sitologik preparatlar bilan ishlashning asosiy usullarini qo‘llay oladi;

sitologik kuzatuv va tajriba natijalarini tahlil qilib, ilmiy xulosalar chiqaradi;

hujayra biologiyasiga oid bilimlarni genetika, gistologiya, embriologiya, fiziologiya va biotexnologiya kabi fanlar bilan bog‘lay oladi hamda kasbiy faoliyatda qo‘llaydi.

Modul kodi:BOTB112
Semestr:1
Modul rahbari:Begmatov Abdusamat Mamatqulovich, b.f.n., dotsent

Fanning maqsadi: Talabalarda o‘simliklar olamining kelib chiqishi, tuzilishi, hayotiy jarayonlari, sistematikasi, evolyutsiyasi va ekologik xususiyatlari to‘g‘risida zamonaviy ilmiy bilimlarni shakllantirish hamda botanika fanining nazariy asoslarini amaliy faoliyatda qo‘llash, o‘simliklarni aniqlash, tavsiflash va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha zarur kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:Fan yakunida talaba:

· o‘simlik hujayrasi, to‘qimalari, vegetativ va generativ organlarining anatomik hamda morfologik tuzilishini tushuntiradi;

· o‘simlik organlarining tuzilishi, rivojlanishi va funksional xususiyatlarini tahlil qiladi;

· o‘simliklarning anatomik va morfologik belgilariga asoslanib ularni tavsiflaydi hamda taqqoslaydi;

· mikroskopik preparatlar tayyorlaydi, anatomik tuzilmalarni aniqlaydi va tahlil qiladi;

· laboratoriya jihozlari va zamonaviy tadqiqot usullaridan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotlarni bajaradi;

· botanika terminologiyasidan to‘g‘ri foydalanadi hamda kuzatish va tadqiqot natijalarini ilmiy jihatdan rasmiylashtiradi;

· o‘simliklarning anatomik va morfologik xususiyatlarini ularning sistematik o‘rni, ekologik moslanishi va amaliy ahamiyati bilan bog‘lab izohlay oladi.

Modul kodi:BOTB112
Semestr:2
Modul rahbari:Begmatov Abdusamat Mamatqulovich, b.f.n., dotsent

Fanning maqsadi: Talabalarda yuksak o‘simliklarning sistematikasi, filogeniyasi, taksonomik birliklari, morfologik va biologik xususiyatlari, geografik tarqalishi hamda evolyutsion rivojlanishi to‘g‘risida zamonaviy ilmiy bilimlarni shakllantirish, o‘simliklarni aniqlash, tavsiflash va tasniflash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar:Fan yakunida talaba:

• yuksak o‘simliklarning asosiy bo‘limlari, sinflari, oilalari va turkumlarining o‘ziga xos belgilarini tavsiflaydi;

• zamonaviy taksonomik tamoyillar va botanik nomenklatura qoidalarini amaliyotda qo‘llaydi;

• yuksak o‘simliklarning filogenetik qarindoshligi, evolyutsiyasi va geografik tarqalishini tahlil qiladi;

• aniqlagichlar (kalitlar), gerbariy materiallari va ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda o‘simlik turlarini identifikatsiya qiladi;

• O‘zbekiston florasi tarkibidagi muhim o‘simlik turlarining bioekologik va xo‘jalik ahamiyatini baholaydi;

• biologik xilma-xillikni saqlash, noyob va endemik o‘simliklarni muhofaza qilishning ilmiy asoslarini tushuntira oladi.

Modul kodi:GVEB204
Semestr:2
Modul rahbari:Xurramov Alisher Shukurovich, b.f.d., professor

Fanning maqsadi:Talabalarda to‘qimalarning mikroskopik tuzilishi, funksional xususiyatlari, regeneratsiyasi hamda organizmning embrional rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida zamonaviy nazariy bilimlarni shakllantirish, to‘qima va embrional rivojlanish jarayonlarini ilmiy asosda tahlil qilish hamda gistologik va embriologik tadqiqot usullarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Erishiladigan ta’limiy natijalar: Fan yakunida talaba:

organizm to‘qimalarining tuzilishi, tasnifi va funksional xususiyatlarini izohlay oladi;

embrional rivojlanishning asosiy bosqichlari va qonuniyatlarini tushuntira oladi;

gistologik preparatlar bilan ishlash, mikroskopik tahlil qilish va to‘qimalarni farqlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;

to‘qimalar va embrional rivojlanishdagi biologik jarayonlarni tahlil qilib, ilmiy xulosalar chiqaradi;

gistologiya va embriologiya bo‘yicha olingan bilimlarni biologiya, tibbiyot, biotexnologiya hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘llay oladi.