Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Dastur maqsadi:
Moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishining maqsadi talabalarda davlat moliyasi, korporativ moliya, uy xoʻjaligi moliyasi, davlat budjeti, mahalliy boshqaruv organlari moliyasi, ijtimoiy ta ʻminot, budjetdan moliyalashtirish, gʻaznachilik, davlat xaridlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy nazorat, moliya bozoridagi operatsiyalar, moliyaviy risklarni boshqarish, moliya-sanoat guruhlari va transmilliy korporatsiyalar faoliyat mexanizmi, qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatni tashkil etish, oʻzaro hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish, moliyaviy vositachilar moliyaviy faoliyatini boshqarish, moliyaviy texnologiyalar asoslari, xalqaro moliya, sugʻurta faoliyati, baholash ishi, investitsiya loyihalariga xizmat koʻrsatish va moliyalashtirish bilan bogʻliq kompleks masalalar bilan bogʻliq kasbiy faoliyat sohalari boʻyicha bilim, koʻnikma va kompetensiyalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Diplom nomi
Bakalavr
Mutaxassislik
Jami kreditlar
240/7200 soat
Davomiyligi
4 yil
O'qish narxi
Mahalliy talabalar uchun — 12 890 000 UZS
Xorijlik talabalar uchun — 1,074.1 USD
Dasturning taʻlimiy natijalari/kompetensiyalar:
Davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; xorijiy tillardan kamida birida kasbiy faoliyatga oid hujjatlar va ishlar mohiyatini tushunish, iqtisodiy-gumanitar ilmiy fanlar boʻyicha kasbiy faoliyat doirasida zaruriy bilimlarga ega boʻlish hamda ulardan zamonaviy kasb faoliyatida foydalana bilish; axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatida qoʻllay bilish, axborotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan boʻlish, oʻz faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish;
matematikaning chiziqli algebra, matematik analiz, differensial va integral hisob hamda differensial va chekli ayirmali tenglamalar yordamida ijtimoiy-iqtisodiy sohada qoʻllanilayotgan modellarni tizimli oʻrganishni tahlil qilish va baholash; ixtisoslik fanlari boʻyicha yangi bilimlarni mustaqil egallay bilish, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qiła olish; iqtisodiy kategoriya va qonunlar, iqtisodiy jarayon va hodisalar mohiyatini tushunish, iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish mexanizmlarini bilish; makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, ulami hisoblash orqali pul-kredit, budjet-soliq va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yuzasidan koʻnikmalarini shakllantirish; moliyaning mazmun-mohiyati, moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etishning nazariy-amaliy jihatlari va ulami boshqarish usullarini bilish; budjetdan moliyalashtirish asoslarini bilish, funksiya, usul va tamoyillarini oʻrganish, moliyaviy qarorlarni qabul qilish va ular ijrosi nazoratini olib borish; iqtisodiy obektlar va jarayonlarning miqdoriy oʻzaro bogʻliqligini matematik va statistik metodlar hamda modellar yordamida oʻrganish; moliyaviy jarayonlarni modellashtirish, moliyaviy va ijtimoiy sharoitlarini baholash, yangi bozor imkoniyatlarini aniqlash va yangi moliyaviy modellarni shakllantirishni bilish; iqtisodiyot
subektlarining moliyaviy holatini tahlil qilish hamda moliyaviy koʻrsatkichlarini aniqlash; moliyaviy risklarning mazmun-mohiyati, turlari, moliyaviy risklarni boshqarish, moliyaviy risklarni baholash boʻyicha moliyaviy subektlari faoliyatining nazariy va amaliy jihatlarini bilish; uy xoʻjaligining muhim moliyaviy qarorlari haqidagi tushunchaga ega boʻlish, tegishli nazariy tushunchalar bilan tanishish, haqiqiy hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishini oʻrganish va keyin bu individual qarorlar jamiyat uchun qanchalik muhimligini muhokama qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi; davlat xaridlari tizimini tadrijiy rivojlanishi, xaridlarni amalga oshirish tartib-taomillari, xaridlarni amalga oshirish shakllari va davlat xaridlarini tashkil etish mexanizmlarini bilish; moliya bozorida moliyaviy texnologiyalar qoʻllanilishining nazariy, amaliy asoslarini bilish, resurslarni jalb qilish va ulami joylashtirish, raqamli moliyaviy texnologiyalar xizmatlarini joriy eta olish va koʻrsata olish;
investisiyalar nazariyasi, investisiya qarorlari qabul qilish, investision maqsad va strategiyalarni shakllantirish, investisiya muhiti va investision konseptual boshqaruv istiqbollari ishlab chiqish boʻyicha bilimlarni bilish;
moliyaviy tizim ishtirokchilari, jumladan moliyaviy bozorlar va institutlarni real iqtisodiyot bilan oʻzaro aloqalari, ularning iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish, shuningdek, moliyaviy inqirozlarni bartaraf etishdagi rolini bilish;
xalqaro moliya munosabatlari, spot va forvard ayirboshlash kurslari, umumiy valyuta tizimlarining ishlashi, xalqaro moliya institutlari, biznesni boshqarishning xalqaro tajribalariga oid bilimlarga ega boʻlish;
moliyaviy va boshqaruv hisobi boʻyicha maʻlumotlarni tahlil qilish, moliyaviy qarorlar qabul qilish, moliyaviy faoliyatni nazorat qilish va korporativ samaradorlikni boshqarish bilan bogʻliq hołda korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish koʻnikmalariga ega boʻlish; korporativ moliyaning asosiy qonuniyatlari, korporativ moliyaviy siyosat, moliyaviy qarorlarni tanqidiy baholash, kapitał tuzilishi, korporativ soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, bankrotlik va firmaning moliyaviy qarorlariga assimetrik maʻlumotlarning taʻsirini aniqlash boʻyicha amaliy va nazariy bilimlarni bilish; elektron toʻlov tizimlaridan foydalanish va xizmat koʻrsatish, elektron pul oʻtkazmalari tizimidan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish, fond birjasi va birjadan tashqari bozorlarda elektron savdo tizimlari orqali qimmatli qogʻozlar savdolarida ishtirok etish va savdolarni amalga oshirish, elektron savdo tizimlarida savdolarni yoʻlga qoʻyish, depozitariylarda elektron xizmatlarni koʻrsatish, elektron investision vositachilik xizmatlarini koʻrsatish, valyuta birjasida elektron tarzda valyuta savdolarini amalga oshirish, tovar-xom ashyo birjasida onlayn xaridlar va sotuvlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini bilish;
moliya sohasiga oid meʻyoriy-huquqiy hujjatlarni izlash, tahlil qilish va ulardan kasbiy faoliyatda foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Kasbiy faoliyat sohalari:
Davlat moliyasi, korporativ moliya, uy xoʻjaligi moliyasi, davlat budjeti, mahalliy boshqaruv organlari moliyasi, ijtimoiy ta ʻminot, budjetdan moliyalashtirish, gʻaznachilik, davlat xaridlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, moliyaviy
rejalashtirish, moliyaviy nazorat, moliya bozoridagi operatsiyalar, moliyaviy risklarni boshqarish, moliya-sanoat guruhlari va transmilliy korporatsiyalar faoliyat mexanizmi, qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyatni tashkil etish, oʻzaro hisob-kitoblarni tashkil etish, korporativ tuzilmalar moliyaviy resurslarini boshqarish, moliyaviy vositachilar moliyaviy faoliyatini boshqarish, moliyaviy texnologiyalar asoslari, xalqaro moliya, sugʻurta faoliyati, baholash ishi, investitsiya loyihalariga xizmat koʻrsatish va moliyalashtirish bilan bogʻliq kompleks masalalar bilan bogʻliq kasbiy faoliyat sohalari majmuasini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyat obyektlari: (Qaysi tashkilotlarda ishlashi mumkin):
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, davlat moliyaviy resurslarini boshqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, moliyaviy faoliyat bilan shugʻullanuvchi va nazorat qiluvchi davlat va nodavlat tashkilotlari, budjet tashkilotlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, investitsiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot, muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatuvchi nobank tashkilotlar, pul muomalasi, kassa, hisob-kitob faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, davlat korxonalari, baholovchi tashkilotlari, moliyaviy texnologiyalar bilan
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, davlat moliyaviy resurslarini boshqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, moliyaviy faoliyat bilan shugʻullanuvchi va nazorat qiluvchi davlat va nodavlat tashkilotlari, budjet tashkilotlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, investitsiya faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilot, muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar koʻrsatuvchi nobank tashkilotlar, pul muomalasi, kassa, hisob-kitob faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar, davlat korxonalari, baholovchi tashkilotlari, moliyaviy texnologiyalar bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar, sugʻurta kompaniyalari, elektron toʻlov tizimlari, elektron tijorat subyektlari, lizing kompaniyalari, fond birjasi va birjadan tashqari bozorlar, investitsiya fondlari va kompaniyalari, depozitariylar, investitsion vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi kompaniyalar, valyuta birjasi, tovar-xom ashyo birjasi, moliya-sanoat guruhlari, qoʻshma korxonalar, xalqaro moliya tashkilotlari, transmilliy korporatsiyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, savdo tashkilotlari, reyting agentliklari, moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar, moliya bozorini tartibga soluvchi davlat organlari, moliyaviy masłahat bilan shugʻullanuvchi firmalar hamda boshqa moliyaviy-iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi korxona, tashkilot va muassasalar.
MUTAXASSISLIK FANLARI BOʻYICHA OʻQUV JARAYONI SHARHI
I Semestr: Birinchi semestr boʻlajak moliyachilar uchun umumilmiy va tabiiy-ilmiy poydevor yaratishga qaratilgan. Akademik koʻnikmalar va kasbiy kompetentlik fani talabalarning oʻqishga moslashuvini tezlashtiradi, keyingi mutaxassislik fanlarini oʻzlashtirishni osonlashtiradi va kelajakda bank, moliya kompaniyalari, investisiya fondlarida ishlashga tayyorlaydi. U tanqidiy fikrlash, mustaqillik va raqamli savodxonlikni rivojlantirishga katta eʻtibor qaratadi.
Qisqacha aytganda, bu fan nafaqat bilim beradi, balki haqiqiy professional boʻlish uchun zaruriy dastlabki koʻnikmalarni shakllantiradi..
II Semestr: Ikkinchi semestrda moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi talabalari uchun umumkasbiy fanlar oʻtilishi rejalashtirilgan.
III Semestr: Uchinchi semestrda moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi talabalari moliya bozorlari, investitsiyalar va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganishga oʻtadilar. Moliyaviy tizimlar va inqirozlar fani moliya tizimining barqarorligini taʻminlash, inqirozlarni bashorat qilish va ulardan chiqish yoʻllarini oʻrgatadi. Bu zamonaviy moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi mutaxassisi uchun eng zarur fanlardan biri hisoblanadi. Moliya asoslari 1,2 fani III va IV semestrlarda oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, III semestrda talabalar moliyaning nazariy asoslarini oʻrganadilar. Ular moliyaning mohiyati, funktsiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizim va boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish, nazorat, davlat byudjeti, sugʻurta, uy xoʻjaliklari moliyasi hamda xalqaro moliya munosabatlari kabi asosiy nazariy masalalarni tahlil qiladilar. Bu semestrda asosan moliya fanining ilmiy va huquqiy asoslari, davlat moliyasi tuzilmalari shakllantirilishi oʻrganiladi.
IV Semestr: Toʻrtinchi semestrda moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi talabalari shaxsiy moliya boshqaruvi, risklarni baholash, investitsiya strategiyalarini shakllantirish va moliyaviy tizimlarning real iqtisodiyotdagi oʻrni haqida toʻliqroq tasavvurga ega boʻladilar hamda ular kelajakdagi professional faoliyatga yanada puxta tayyor boʻla boshlaydilar. Moliya asoslari 1,2 fani IV semestrda ham davom etadi va IV semestrda talabalar moliyaviy amaliyot va vositalarga eʻtibor qaratadilar. Pulning vaqt qiymati, qimmatli qogʻozlarni (obligatsiya va aksiyalar) baholash, moliya bozorlari, risk va daromad munosabati, kapitalni byudjetlashtirish, dividend siyosati, aylanma kapital boshqaruvi, Islom moliyasi va xalqaro biznes moliyasi mavzularini amaliy jihatdan oʻrganadilar. Bu bosqichda moliyaviy qarorlar qabul qilish, investitsiya tahlili va risklarni boshqarish koʻnikmalari rivojlantiriladi. Personal moliya fani talabalarga shaxsiy moliyaviy qarorlar qabul qilishning nazariy asoslarini, budjet tuzish, daromad va xarajatlar boshqaruvi, jamgʻarma va investitsiyalar, qarzlar, sugʻurta, ipoteka, pensiya va boshqa moliyaviy vositalar haqida bilim va amaliy koʻnikmalarni beradi. Investitsiyalar fani talabalarga investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiya siyosati, investitsiya loyihalarini baholash, investitsiya risklarini boshqarish va investitsiya faoliyatining moliyaviy mexanizmlari boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi. U investitsiya bozorlarining ishlash tamoyillari, investitsiya vositalari (qimmatli qogʻozlar, loyihalar, koʻchmas mulk va boshqalar), investitsiya qarorlarini qabul qilish usullari, portfel boshqaruvi, davlat va xususiy investitsiyalarning oʻzaro taʻsiri hamda innovatsion investitsiyalarni moliyalashtirish masalalarini oʻrgatadi. Portfel nazariyasi va moliyaviy bozorlar fani talabalarga moliyaviy bozorlarning tuzilishi, ishlash mexanizmlari, investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarishning nazariy asoslarini oʻrgatadi. Bojxona ishi fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, talabalarga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona tizimi, uning tarixi, huquqiy asoslari, bojxona nazorati va rasmiylashtiruv jarayonlarini oʻrgatadi. U bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish tartiblari, bojxona rejimlari, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullari, bojxona siyosati va xalqaro savdo aloqalaridagi roli haqida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantiradi. Talabalar bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik, bojxona organlarining faoliyati, bojxona nazoratining tamoyillari va shakllari bilan tanishib, mamlakat iqtisodiyotini bozor tamoyillari asosida rivojlantirishda bojxona tizimining ahamiyatini anglaydilar. Natijada talabalar bojxona sohasida professional faoliyat yurita oladigan, xalqaro standartlarga mos keladigan malakali mutaxassis sifatida tayyorlanadilar. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Raqamli moliya fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarda raqamli moliya sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarni shakllantiradi. Ular bank va fintech tizimlarini solishtirish, raqamli toʻlov vositalari, elektron tijorat, blokcheyn va kriptovalyutalar, sunʻiy intellektning moliyadagi qoʻllanilishi, fintech startaplari, raqamli aktivlar, investitsiya platformalari, kriptografiya, shifrlash va kiberxavfsizlik masalalarini oʻrganadilar. Mazkur fan orqali talabalar raqamli toʻlov tizimlaridan foydalanish, moliyaviy maʻlumotlarni tahlil qilish, raqamli moliya xizmatlarini yaratish va shaxsiy moliyaviy maʻlumotlarini himoya qilish koʻnikmalarini egallaydilar.
V Semestr: Beshinchi semestrda moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi talabalari korporativ moliya boshqaruvi, soliq siyosati va soliqqa tortish mexanizmlari, xalqaro moliya munosabatlari, davlat moliyasi tizimi, moliyaviy institutlar faoliyati hamda pul-kredit va bank tizimining ishlash tamoyillarini oʻrganadilar. Bu semestr talabalarga moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, xalqaro moliya bozorlaridagi jarayonlarni tahlil qilish, davlat byudjeti va soliq tizimining iqtisodiy rivojlanishdagi oʻrnini anglash, korporativ moliyaviy qarorlar qabul qilish va moliyaviy institutlar orqali resurslarni jalb qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Natijada talabalar moliyaviy tizimning turli darajalarida (davlat, korporativ va xalqaro) professional faoliyat yuritishga puxta tayyorlanadilar. Korporativ moliya fani talabalarga korporativ tuzilmalar moliyasining iqtisodiy mazmuni, korporativ boshqaruv tamoyillari, moliyaviy siyosat, kapital tuzilmasi va uning bahosini oʻrgatadi. Soliqlar va soliqqa tortish fani talabalarga soliq munosabatlarining mohiyati, soliq tizimining tuzilishi, soliq siyosati, soliq turlari va ularni qoʻllash tartibini oʻrgatadi. Davlat moliyasi 1,2 V va VI semestrlarda oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, V semestrda talabalar davlat moliyasining nazariy asoslarini chuqur oʻrganadilar. Ular davlat moliyasining mohiyati, vazifalari, davlat moliya tizimi, moliyaviy siyosat, davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar, davlat moliyasini boshqarish va huquqiy asoslari kabi mavzularni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qiladilar. Bu semestrda byudjet tizimining tuzilishi, daromad va xarajatlar shakllanishi hamda davlat moliyaviy siyosatining asosiy prinsiplari shakllantirilishi oʻrganiladi. Xalqaro moliya institutlari fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga xalqaro moliya institutlarining turlari, maqsadlari, faoliyati va milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi rolini oʻrgatadi. Ular Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki guruhi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa rekonstruksiya va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Islom taraqqiyot banki kabi institutlarning vazifalari, boshqaruv mexanizmlari, moliyaviy resurslari, kredit va grantlar berish tartibi hamda Oʻzbekiston bilan hamkorligini oʻrganadilar. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliya huquqi fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga moliya sohasidagi huquqiy munosabatlarni oʻrgatadi. Ular moliya huquqining tizimi, predmeti, usullari, moliyaviy-huquqiy normalar va munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy nazorat va javobgarlik, byudjet huquqi, soliq qonunchiligi, bank faoliyati va pul aylanishining huquqiy asoslari, sugʻurta, valyuta munosabatlari, investitsiya va davlat krediti faoliyatining huquqiy tartibga solinishi kabi masalalarni oʻrganadilar. Pul va banklar fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga pulning mohiyati, funksiyalari, pul aylanishi va pul massasining shakllanishi, pul-kredit siyosati, markaziy bankning roli va tijorat banklarining faoliyatini oʻrgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Biznes moliyasi fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga korxona va tadbirkorlik subyektlarida moliyaviy resurslarni boshqarish, samarali taqsimlash va foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Ular moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, investitsiya va moliyalashtirish qarorlarini qabul qilish, byudjetlashtirish, pul oqimlarini boshqarish, kapital tuzilmasi, dividend siyosati, moliyaviy risklarni baholash, korporativ moliya vositalari hamda FinTech va raqamli transformatsiya orqali biznes moliyasini rivojlantirish koʻnikmalarini egallaydilar.
VI Semestr: Oltinchi semestrda moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi talabalari davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish, innovatsion moliyaviy vositalarni qoʻllash, risklarni minimallashtirish, islomiy moliya modellarini tahlil qilish va global moliyaviy hamkorlik mexanizmlarini oʻzlashtirish koʻnikmalarini rivojlantiradilar. Davlat moliyasi 1,2 fani VI semestrda ham davom etadi va VI semestrda talabalar amaliy va dolzarb masalalarga eʻtibor qaratadilar. Davlat krediti va qarzlarni boshqarish, mahalliy moliyalar, davlat korxonalari moliyasi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlat moliyasining roli, investitsiya jarayonlariga taʻsiri, ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʻminot, Oʻzbekistonda davlat moliya tizimini isloh qilish yoʻnalishlari kabi mavzular oʻrganiladi. Bu semestrda byudjet munosabatlarini tashkil etish, moliyaviy tahlil va davlat moliyasining jamiyat taraqqiyotidagi amaliy ahamiyati koʻnikmalarini oʻrganish rivojlantiriladi. Gʻaznachilik fani talabalarga davlat gʻaznachilik tizimining mohiyati, vazifalari, byudjet mablagʻlarini boshqarish mexanizmlari, gʻazna hisob-kitoblari, byudjetdan tashqari fondlar, davlat qarzini boshqarish va moliyaviy nazoratni oʻrgatadi. Moliyaviy texnologiyalar fani talabalarga raqamli moliya (FinTech) sohasining asosiy tushunchalari, innovatsion moliyaviy vositalar, blokcheyn texnologiyalari, sunʻiy intellekt asosidagi moliyaviy xizmatlar, elektron toʻlov tizimlari, raqamli banking, kriptovalyutalar va moliyaviy texnologiyalarning iqtisodiyotdagi rolini oʻrgatadi. Moliyaviy risklar fani talabalarga moliyaviy risklarning mohiyati, turlari (kredit, bozor, likvidlik, operatsion va boshqalar), risklarni aniqlash, baholash va boshqarish usullarini oʻrgatadi. Islomiy moliya fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan shariat tamoyillari, yaʻni Islom huquqi asosida pul, investitsiya, bank va savdo munosabatlarini tashkil etish hamda boshqarishni oʻrgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Islomiy sugʻurta ishi fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga islomiy moliya tamoyillariga asoslangan sugʻurta tizimini oʻrgatadi. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan xalqaro valyuta va kredit tizimining nazariy hamda amaliy asoslarini, jahon moliya bozorlaridagi zamonaviy jarayonlar va mexanizmlarni oʻrgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Yashil moliya fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan moliyaviy mexanizmlar, yashil investitsiyalar va ekologik loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni beradi. Ular yashil moliyaning mohiyati, ESG (Atrof-muhit, Ijtimoiy va Boshqaruv) tamoyillari, yashil obligatsiyalar, uglerod bozorlari, iqlim oʻzgarishi va ekologik risklarni baholash, qayta tiklanadigan energiya loyihalarini moliyalashtirish, bank tizimidagi yashil moliya hamda xalqaro tajribalarni oʻrganadilar.
VII Semestr. Yettinchi semestrda moliya va moliyaviy texnologiyalar taʻlim yoʻnalishi talabalari zamonaviy bank tizimini boshqarish hamda moliya muassasalarida ichki hisob-kitoblarni toʻgʻri yuritish mexanizmlarini oʻrganadilar. Ular moliya dunyosida global miqyosda qoʻllaniladigan yagona hisobot qoidalari hamda xalqaro andozalar asosida hisobdorlikni shakllantirish koʻnikmalariga ega boʻladilar. Bank ishi fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan bank tizimining shakllanishi, faoliyat yuritishi hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan zamonaviy moliyaviy xizmatlarni boshqarish qonuniyatlarini oʻrgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliyaviy menejment fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga korxonalarda moliyaviy resurslarni samarali boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini oʻrgatadi. Fan korxonalarning moliyaviy barqarorligini taʻminlash va samarali moliyaviy strategiya ishlab chiqish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan korxona va tashkilotlarda xalqaro talablar hamda ACCA tizimi darajasida moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishning nazariy hamda amaliy asoslarini oʻrgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliyaviy xavfsizlik fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga davlat, hudud, korxona va shaxs darajasida moliya tizimining barqaror hamda ishonchli faoliyat yuritishini taʻminlashning nazariy va amaliy asoslarini oʻrgatadi. Banklarda buxgalteriya hisobi fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan moliya-kredit muassasalarining oʻziga xos faoliyati doirasida barcha moliya-xoʻjalik operatsiyalarini tizimli qayd etish, hujjatlashtirish va nazorat qilish qonuniyatlarini oʻrgatadi. Ushbu fan doirasida talabalarga tijorat banklarining maxsus hisobvaraqlar rejasi, koʻp valyutali tizim asosida analitik va sintetik hisobni (Bosh va Yordamchi kitoblarni) yuritish mexanizmlari oʻrgatiladi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliyaviy tahlil fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga korxonalarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun zarur koʻnikmalarni shakllantiradi. Ular moliyaviy hisobotlarni oʻqish va talqin qilish, likvidlilik, toʻlov qobiliyati, rentabellik va moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlarini hisoblash, moliyaviy nisbati tahlili, pul oqimlarini baholash, debitor va kreditor qarzlarni tahlil qilish, bankrotlik xavfini aniqlash hamda inflyatsiya sharoitida moliyaviy tahlil usullarini oʻrganadilar. Xalqaro hisob-kitoblar fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni oʻrgatadi. Ular moliyaviy hisobotlarning tuzilishi, aktivlar, kapital, majburiyatlar, moliyaviy natijalar hisobi, kompaniyalar birlashishi, investitsiyalar, moliyaviy vositalar, ijara, daromad va xarajatlar, naqd pul oqimlari hisoboti kabi mavzularni chuqur oʻrganadilar. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Byudjet hisobi va hisoboti fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan davlat byudjeti mablagʻlarining shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda hisobdorlikni yuritish qonuniyatlarini oʻrgatadi. Davlat xaridlari fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan davlat ehtiyojlari uchun tovarlar, ishlash va xizmatlarni sotib olish jarayonlarini qonuniy, shaffof va iqtisodiy jihatdan samarali tashkil etish prinsiplarini oʻrgatadi. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliyaning dolzarb muammolari fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga Oʻzbekiston moliya tizimining zamonaviy muammolari va rivojlanish yoʻnalishlarini oʻrgatadi. Ular “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi doirasida moliyaviy siyosat, moliya bozorini takomillashtirish, investitsiya iqlimini yaxshilash, korporativ moliya, islom moliyasi, raqamli moliya va kriptoaktivlar, moliyaviy globallashuvning milliy moliya tizimiga taʻsiri kabi dolzarb masalalarni chuqur tahlil qiladilar. Xalqaro iqtisodiy integratsiya fani talaba tanlovi fani sifatida oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan talabalarga xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, nazariy asoslari, shakllari va dunyo iqtisodiyotidagi oʻrnini oʻrgatadi. Ular Yevropa Ittifoqi, Shimoliy Amerika, MDH, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kabi mintaqaviy integratsiya jarayonlari, xalqaro tashkilotlar (BMT, XTB, XVF, Jahon banki) faoliyati, integratsiyaning milliy iqtisodiyotga taʻsiri va Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv yoʻnalishlarini chuqur tahlil qiladilar. Ikkinchi talaba tanlovi fani sifatida Moliyaviy nazorat fani oʻtilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur fan davlat mablagʻlari, korxonalar va moliya muassasalarining pul resurslaridan qonuniy, maqsadli hamda samarali foydalanilishini tekshirish tizimi va uslublarini oʻrgatadi.
VIII Semestr. Yakuniy sakizinchi semestrda talabalar egallagan barcha bilim va koʻnikmalarni tizimlashtirib, kasbiy faoliyatga toʻliq tayyorlanadilar. Bitiruv oldi malakaviy amaliyotini oʻtash, tegishli amaliy koʻnikmalar, kompetensiyalar va malakalarni shakllantirish hamda bitiruv malakaviy ishi himoyasiga tayyorlanish maqsadlari koʻzlangan.
Fan maqsadi: Talabalarda maxsus fanlari boʻyicha rejalashtirilgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishning yoʻl va vositalari bilan tanishtirish va ulardan oʻquv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirish: Akademik koʻnikmalar va kasbiy kompetentlikning mohiyati va nazariy-uslubiy asoslarini tushuntirish. Shaxsiy akademik faoliyat va uni samarali tashkil etish boʻyicha tushunchalar berish. Akademik koʻnikmalar va ularni shakllantirish jarayonining oʻziga xos jihatlarini yoritib berish. Talabalarga akademik koʻnikmalarni rivojlantirish yoʻllari yuzasidan tavsiyalar berish. Talabalarda oʻz-oʻzini boshqarish va samaradorlik uchun javobgarlik hissini uygʻotish. Talabalarda mustaqil taʻlim olish jarayonini samarali tashkil etish koʻnikmalarini shakllantirish. Talabalarning jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashish. Taʻlim olish va kasbiy faoliyatni rivojlantirishda kreativ fikrlashning oʻrni haqida fikr yuritish. Iqtisodchi mutaxassis uchun talab qilinadigan umumiy va kasbiy koʻnikmalar bilan talabalarni tanishtirish.
Bilimlar jihatidan: Akademik koʻnikmaar va kasbiy kompitentlik nima ekanligini tushunib oladi. Asosiy taʻlim paradigmalarini tushunadi va tahlil qiladi. Taʻlimda interaktiv metodlar nima ekanligini anglaydi. Taʻlim jarayonida didaktik vositalaridan foydalanish haqida tasavvur va bilimga ega boʻladi.
Koʻnikmalar jihatidan: Zamonaviy taʻlimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablami tavsiflaydi. Akademik koʻnikmaar va kasbiy kompitentlik fanini oʻqitishda talabalar bilimini baholashni biladi. Akademik koʻnikmalar va kasbiy kompitentlik fani boʻyicha darslarini loyihalashtirish tasvirlab beradi.
Kompetensiyalar jihatidan: Taʻlimning zamonaviy tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishni biladi. Kasbiy va pedagogik vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega boʻladi. Mavjud muammolar boʻyicha echimlar qabul qilish boʻyicha malakasiga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotdagi asosiy tushuncha va kategoriyalarni, iqtisodiy qonunlar va prinsiplarni oʻrgatish hamda amaliyotda ularni qoʻllay olish xususiyatlari haqida bilim berishdan iborat.
Koʻnikmalar jihatidan: Iqtisodiy tushunchalar, nazariyalarni bilishi va tushunishini namoyish etish, iqtisodiy terminologiyadan foydalanish, milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini, iqtisodiy muammolarni aniqlash va misollar keltirish: Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, isteʻmol jarayonlari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni taxlil qilish, tartibga solish va sharhlash, iqtisodiy hodisa va jarayonlardan munosabatlarni va aloqalarni aniqlash uchun foydalanish, iqtisodiy muammolar va vaziyatlarni tahlil qilish, aloqalarni aniqlash va rivojlantirish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini bilgan holda samarali qoʻllash, iqtisodiy maʻlumotlarni yozma, raqamli, diagramma va grafik taxlillarda qoʻllash. Iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarning) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlarini bilishi, iqtisodiy muammolar boʻyicha yechimlar qabul qilish. Iqtisodiy maʻlumotlar va koʻrsatkichlarni baholash, iqtisodiy tahlil va asossiz koʻrsatkichlarni farqlash, iqtisodiy qarorlar va hodisalar natijalarining noaniqliklarini bilish, iqtisodiy tafakkurni mantiqiy tarzda yetkazish.
Koʻnikmalar jihatidan: Iqtisodiy atamalar, konsepsiya va nazariyalarni biladi va tushuntira oladi. Iqtisodiy maʻlumotlarni qayta ishlash jarayonida asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalana oladi. Iqtisodiy gʻoyalarni yozma ravishda mantiqiy va aniq tasvirlashni biladi.Iqtisodiy tadqiqot olib borishda iqtisodiy konsepsiyalarni qoʻllay oladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Mustaqil taʻlim olish jarayonini samarali tashkil etish koʻnikmalari rivojlanadi. Kreativ fikrlash va uni rivojlantirish yoʻllarini bilib oladi. Iqtisodiyot mutaxassis uchun talab qilinadigan umumiy koʻnikmalarni bilib oladi.
Fan maqsadi: Talabalarda investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga, investitsiyalarni jalb qilish shakllariga, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalariga, davlat rivojlanish dasturini shakllantirishga, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga va ularning samaradorligini baholashga mos keladigan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: “Investitsiyalar” modulini oʻrganish davomida bajariladigan topshiriqlar doirasida talabalar quyidagilarni oʻrganadilar:
investitsiya turlari va shakllari, investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish usullari, investorlarning huquq va majburiyatlari, investitsiya muhiti va unga taʼsir qiluvchi omillar, innovatsiya va innovatsion faoliyat haqida tasavvurga ega boʻlish, investitsiya dasturini shakllantirish va nazorat qilish tartibi, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi, byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish shartlari, investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, turlari, funktsiyalari, obyektlari va subyektlarini bilishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Investitsiya faoliyatining huquqiy va meʻyoriy asoslari; investitsiyalarni moliyalashtirish usullari, byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish, kreditlash, lizingga berish, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish, kapital qurilish va "qurilish sanoati" haqida, mamlakatning innovatsion faoliyatini baholash, investitsiya xavflari va ularni boshqarish usullari haqida koʻnikmalarga ega boʻladi.
Kompetensiyalar jihatidan: lizing operatsiyalarini tashkil etish va lizing toʻlovlari miqdorini aniqlash; investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ularning samaradorligini baholash; investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish, investitsiya tavakkalchiligini boshqarish va ulardan foydalanish kabi kompetensiyalarni shakllantiradi.
Fan maqsadi: Talabalarda statistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy oʻquv malakasini shakllantirishdir.
Bilimlar jihatidan: statistika predmeti va uning oʻziga xos xususiyatlari, ommaviy hodisa, uning muhim belgilari, statistika usuli, statistik tadqiqot va uning bosqichlari, hozirgi zamon Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistikasi va xalqaro statistika, statistik kuzatishning mohiyati va ahamiyati, statistik kuzatishni tashkil etish tamoyillari haqida tasavvurga ega boʻlishi, variatsiya koʻrsatkichlarini hisoblashni, asimmetriya koeffitsienti va uni aniqlash tartibini, taqsimot ekstsessi, uning mohiyati va darajasini miqdoriy baholashni, tanlanma kuzatish, uning mazmuni, qoʻllanish sabablari va afzalliklarini, tanlanma reprezentativligini taʻminlovchi tanlash usullarini, korrelyatsion-regression tahlil usullarini qoʻllash shart-sharoitlarini bilishi va ulardan foydalana olishi, statistika amaliyotida qoʻllaniladigan iqtisodiy indekslarni hisoblash, YAIM deflyatori va jismoniy hajm indeksidan foydalanish isteʻmol baholari indeksini tuzish.
Koʻnikmalar jihatidan: Milliy hisoblar tizimi (MHT) - iqtisodiy statistikaning asosiy uslubidan foydalanish, MHT mohiyati, ahamiyati va funktsiyalarini aniqlash, MHT ning asosiy kategoriyalari va tushunchalarini tahlil etish. MHTni asosiy hisoblamalari va ularning koʻrsatkichlarini hisoblash.
Kompetensiyalar jihatidan: Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda statistik koʻrsatkichlarni qoʻllash, statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish, statistik koʻrsatkichlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini statistik baholash, statistik maʻlumotlar natijalarini prognoz qilish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarda milliy iqtisodiyotning umumiy faoliyat mexanizmlari, asosiy makroiqtisodiy tushunchalar va koʻrsatkichlar haqida fundamental bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fan doirasida yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, isteʻmol, jamgʻarma, investitsiya, bandlik va ishsizlik kabi makroiqtisodiy jarayonlarning mazmuni oʻrganiladi.
Talaba makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblash va tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlar oʻrtasidagi bogʻliqliklarni tushunish, milliy iqtisodiyot holatini baholash hamda asosiy iqtisodiy muammolar boʻyicha xulosalar chiqarish koʻnikmalariga ega boʻladi.
Bilimlar jihatidan: Makroiqtisodiy barqarorlikni taʻminlash va iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishdan iborat. Fan doirasida davlatning fiskal va monetar siyosati, iqtisodiy oʻsish, inflyatsiya jarayonlari, xalqaro iqtisodiy aloqalar hamda makroiqtisodiy muvozanat masalalari oʻrganiladi.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba makroiqtisodiy jarayonlarni kompleks tahlil qilish, davlat iqtisodiy siyosatining natijalarini baholash, iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini prognozlash va turli makroiqtisodiy vaziyatlar boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqish qobiliyatiga ega boʻladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Fan yakunida talabalarda milliy iqtisodiyotning rivojlanish omillarini baholash, iqtisodiy muammolarni aniqlash, barqaror iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan qarorlarni asoslash va makroiqtisodiy tahlil usullaridan foydalanish boʻyicha kasbiy kompetensiyalar shakllanadi.
Fanning maqsadi: Ushbu modulning maqsadi talabalarga buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, tamoyillari va usullarini toʻliq tushunish, ularning analitik va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat. Modul talabalarni buxgalteriya hisobi tushunchalarini amalda qoʻllash uchun zarur boʻlgan bilim va malakalar bilan qurollantirish va ularni tanlagan sohalarida malakali va professional mutaxassislar boʻlishga tayyorlashga qaratilgan.
Bilimlar jihatidan: Ushbu modulni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng, talabalar buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, tamoyillari va usullarini chuqur tushunadilar. Ular biznes bitimlarini aniqlash, tasniflash va qayd etish, buxgalteriya hisobi tushunchalari va texnikasini amaliy vaziyatlarda qoʻllash, asosiy moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va sharhlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, talabalar analitik va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantiradilar va samarali buxgalteriya amaliyoti va tanlagan sohalarida kelajakdagi martaba rivojlanishi uchun zarur boʻlgan professional kompetentsiyalarga ega boʻladilar.
Koʻnikmalar jihatidan: Ushbu modul oxirida talabalar biznes subʻektining kapital tuzilishi va moliyalashtirish manbalarini tushuntira oladilar;
Talabalar buxgalteriya hisobi tizimini tashkil qilish va yuritish qobiliyatini namoyish eta oladilar;
Talabalar buxgalteriya hisobi tamoyillarini xorijiy valyutada ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish va oʻlchashda qoʻllay oladilar;
Talabalar buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq qarz olish xarajatlari va qarz bilan bogʻliq xarajatlarni qayd eta oladilar va hisobot bera oladilar.
Kompetensiyalar jihatidan: Moliyaviy buxgalteriya faoliyati bilan bogʻliq moliyaviy va statistik hisobotlarni tayyorlash va tahlil qilish qobiliyati. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tamoyillarini va moliyaviy hisobotlarni IFRSga muvofiq oʻzgartirishni tushunish.
Fan maqsadi: Talabalarni 1636-yilgi "Lola inqirozi"dan (Tulip Crisis) boshlab 2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozigacha boʻlgan davr misolida moliyaviy inqirozlarning evolutsiyasi, sabablari va oqibatlari bilan tarixiy nuqtayi nazardan tanishtirishdir. Tarixiy voqealarning tanqidiy muhokamasi orqali kurs talabalarda moliyaviy beqarorliklarning tub mexanizmlarini anglash, tarixiy xulosalarni zamonaviy iqtisodiy muammolarga samarali tatbiq etish hamda mamlakat moliyaviy tizimini boshqaruvchi asosiy qonuniyatlar va operatsion prinsiplarni mukammal egallash tahliliy koʻnikmalarini shakllantirishni maqsad qilgan.
Bilimlar jihatidan: Moliyaviy inqirozlarning tarixiy rivojlanishi va asosiy bosqichlarini, 1636-yilgi Lola inqirozidan boshlab 2008-yilgi global moliyaviy inqirozgacha boʻlgan davr misolida tushuntirib bera olishi, tarixiy va zamonaviy moliyaviy beqarorliklarning tub sabablari, turtki boʻlgan omillari (trigerlari) va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tanqidiy tahlil qila olishi, hozirgi tizimli xavf-xatarlarni baholash hamda ularni yumshatish strategiyalarini ishlab chiqishda tarixiy xulosalar va empirik tajribalardan samarali foydalana olishi, inqirozlarni boshqarish va bartaraf etishda yirik iqtisodiy tanazzullar davrida amalga oshirilgan monetar va fiskal siyosatning samaradorligini baholay olishidan iborat.
Koʻnikmalar jihatidan: Murakkab moliyaviy hodisalarni batafsil tahlil qilish, ilk ogohlantiruvchi belgilarni (koʻpiklar, likvidlik tanqisligi) aniqlash va tarixiy iqtisodiy maʼlumotlarni tanqidiy baholash qobiliyati, moliyaviy institutlar va bozorlardagi zamonaviy tizimli xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va yumshatish uchun tarixiy tajribalarni tatbiq eta olish imkoniyati, moliyaviy inqirozlar davrida joriy etilgan makroiqtisodiy choralar (monetar va fiskal siyosat) hamda tarkibiy islohotlarni baholash koʻnikmasi, bozorning ehtimoliy beqarorliklarini prognoz qilish va institutlarning strategik choralarini ishlab chiqishda moliyaviy koʻrsatkichlar hamda tarixiy xronologiyadan foydalanish boʻyicha kompetensiya, beqaror iqtisodiy sharoitlarda tartibga solish talablariga rioya etilishini va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash uchun milliy moliyaviy tizimning operatsion qonuniyatlarini mukammal boshqara olish mahorati.
Kompetensiyalar jihatidan: Milliy va xalqaro moliyaviy tizimlardagi tizimli xavf-xatarlar, moliyaviy koʻpiklar va bozor zaifliklarini aniqlash, monitoring qilish va tahlil etish kompetensiyasi, ayniqsa yuqori beqarorlik (volatillik) davrida moliyaviy bozorlar, korporativ tuzilmalar va makroiqtisodiy siyosat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni baholash imkoniyati, sinalgan tarixiy tajribalarga tayangan holda favqulodda moliyaviy strategiyalar, stress-test sinovlari va tartibga solish choralarini ishlab chiqish boʻyicha bilim va tayyorgarlik.
Fan maqsadi: Talabalarda moliya, moliyaviy siyosat, moliyaviy munosabatlar, moliyaviy boshqaruv, moliya nazariyalari, moliyaviy infratuzilma, moliyaviy yangiliklar, pul oqimlari harakati, pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili, moliyaviy hisobotlar, davlat va nodavlat moliyaviy muassasalarning moliyaviy faoliyati, moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, sugʻurta, xalqaro moliya munosabatlari va boshqa shu kabi moliyaviy tushunchalar boʻyicha yoʻnalishga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish orqali fanning inson hayotidagi va jamiyatdagi oʻrni hamda ahamiyatini ochib berish.
Bilimlar jihatidan: Moliya asoslari fani nima ekanligini tushunib oladi, asosiy taʻlim paradigmalarini tushunadi va tahlil qiladi, taʻlimda interaktiv metodlar nima ekanligini anglaydi, taʻlim jarayonida didaktik vositalaridan foydalanish haqida tasavvur va bilimga ega boʻladi, moliyaning mohiyati va vazifalari, moliyaviy tizim, moliyaviy siyosat, uy xoʻjaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat, xalqaro moliya munosabatlari, davlat byudjeti, davlat krediti, sugʻurta munosabatlari, moliyaviy nazariyalar haqida tasavvur va bilimga ega boʻladi.
Koʻnikmalar jihatidan: Zamonaviy taʻlimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablami tavsiflaydi, fanni oʻqitishda talabalar bilimini baholashni biladi, fan boʻyicha darslarini loyihalashtirish tasvirlab beradi, taʻlimning zamonaviy tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishni biladi, kasbiy va pedagogik vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega boʻladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Mavjud muammolar boʻyicha echimlar qabul qilish boʻyicha malakasiga ega boʻladi. Moliyaviy qarorlar, moliyaviy yangiliklar va moliyaviy bozorlar moliyaviy risklar, kichik biznes moliyasi, startaplarni moliyalashtirish, moliyaviy vositachilar, moliyaviy hisobot: mazmuni, vazifalari va turlari, moliyaviy muassasalarda moliyaviy faoliyat jarayoni, moliya va investitsion portfelni shakllantirish, pulning davriy qiymati va pul oqimlariningdiskontli tahlili, inson hayotida moliyaviy rejalashtirishni bilish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻladi. Oʻquv jarayonlarini amaliyotda moliyaviy natijalarni tahlil qilish usullarini qoʻllash, moliyaviy muammolar boʻyicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Boʻlajak moliya mutaxassislarini zamonaviy FinTech (moliyaviy texnologiyalar) yechimlaridan foydalanish va joriy raqamli bank ekotizimlarida xavfsiz faoliyat yuritish bilan bir qatorda, asoslangan shaxsiy moliyaviy qarorlarni qabul qilish (jumladan, byudjetlashtirish, kapital jamgʻarish, qarz majburiyatlarini boshqarish, shaxsiy soliqqa tortish mexanizmlarini anglash, sugʻurta va uzoq muddatli pensiya taʻminotini rejalashtirish) uchun zarur boʻlgan nazariy asoslar va amaliy koʻnikmalar bilan taʻminlashdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Shaxsiy moliyaviy qarorlar qabul qilishning nazariy asoslarini bilishi, daromad, xarajat, jamgʻarma va investitsiya tushunchalarining mohiyatini anglashi, byudjetlashtirish, qarz majburiyatlarini boshqarish, sugʻurta, soliqlar, pensiya taʻminoti va boshqa moliyaviy vositalar toʻgʻrisida bilimlarga ega boʻlishi kerak (bilim).
Koʻnikmalar jihatidan: Shaxsiy moliyaviy byudjetni shakllantirish va tahlil qilishni oʻrganishi, moliyaviy xatarlarni (risklarni) aniqlash hamda boshqarishni amalda qoʻllashi, moliya muassasalari va ularning xizmatlaridan oqilona foydalanish haqida koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (koʻnikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy maqsadlarni belgilash hamda ularga erishish yoʻnalishlarini ishlab chiqish, moliyaviy mustaqillik va barqarorlikka erishish maqsadida asoslangan oqilona qarorlar qabul qilish amaliyotini qoʻllay olish, jamgʻarish, investitsiya kiritish va qarz majburiyatlarini boshqarishga nisbatan strategik yondashuvni shakllantirish haqida kompetensiyalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Taʻlim yoʻnalishidagi talabalarga bozor munosabatlari sharoitida milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarni ekonometrik modellashtirish asoslarini oʻrgatishdan, oʻrganilayotgan jarayonlarga iqtisodiy-statistik va ekonometrik usullarni qoʻllashni, iqtisodiy dinamikani oʻrganishda turli xil funktsiyalar, ekonometrik modellarni kompyuter dasturlari yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil qilish boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yoʻnalish profiliga mos bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmini, bozor iqtisodiyotining tavakkalchilik va noaniqlik elementlarga ega boʻlishini, iqtisodiy koʻrsatkichlarning doimiy oʻzgarishda boʻlishini, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilishda axborotlardan foydalanishni ekonometrik modellashtirish tamoyillarini, ekonometrik modellar tuzishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni, iqtisodiy tizimlarning faoliyat koʻrsatish samaradorligi va unga taʻsir qiluvchi omillarni, raqobat va tavakkalchilik sharoitida optimal boshqaruv qaror qabul qilish usullarini bilishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Murakkab iqtisodiy tizimning statistik maʻlumotlari asosida ular holatini tahlil qilish va xulosalar chiqarish, ishlab chiqarish jarayonlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlar asosida turli xil matematik funktsiyalarni tuzish va ular asosida firmalar, tarmoqlar va korxonalar holatini tahlil va bashorat qilish. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida iqtisodiy tizimlar rivojlanishining koʻp variantli yechimlarini olish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, zamonaviy bashoratlash usullarini bilishlari va amalda qoʻllashlari boʻyicha hamda xulosalar chiqarish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. Iqtisodiy jarayonlarning murakkab tuzilishga ega ekanligi, zamonaviy bozor iqtisodiyoti faoliyat koʻrsatish mexanizmining nazariy asoslarini, iqtisodiy jarayonlarning tasodifiy xarakterga ekanligini, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika asoslarini, murakkab iqtisodiy tizimlarning ekonometrik modellarini tuzish tamoyillarini, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib ekonometrik modellarni tuzishni va tahlil qilishni, ekonometrik modellarni aniq iqtisodiy tizim va jarayonlarga qoʻllay olishni, makro- va mikro jarayonlarni tahlil qilish; talab va taklif funktsiyalari, ular asosida bozor sigʻimini hamda muvozanat baholarni hisoblash.
Kompetensiyalar jihatidan: Ishlab chiqarish jarayonlarini ekonometrik tahlil qilish; ishlab chiqarish funktsiyalari yordamida asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar holatini tahlil qilish. Ekonometrik modellashtirishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish. Zamonaviy biznes subʻektlarining faoliyati va unga taʻsir qiluvchi omillarni tahlil qilish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Boʻlajak moliya mutaxassislarini portfelni boshqarish nazariyalari va anʻanaviy moliya bozorlari dinamikasi toʻgʻrisida chuqur tushunchalar bilan taʻminlash hamda shu bilan birga, investitsiya strategiyalarini optimallashtirish va anʻanaviy tizimlardan raqamli moliyaga oʻtish jarayonini boshqarish maqsadida zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni (FinTech) integratsiya qilishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Portfel nazariyasining nazariy asoslari, aktivlarni baholash modellari hamda xatar va daromadlilik oʻrtasidagi bogʻliqlikni bilishi, moliya bozorlarining iqtisodiy tabiati, ularning funksiyalari, ishtirokchilari hamda anʻanaviy tizimlardan zamonaviy raqamli platformalarga operatsion oʻtish jarayonini anglashi, anʻanaviy qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar) va hosila vositalarni (derivativlarni) baholashi hamda ularning bozor qiymatini shakllantiruvchi omillarni tushunishi, investitsion qarorlar qabul qilishda qoʻllaniladigan zamonaviy yondashuvlar va FinTechga asoslangan usullar (masalan, algoritmik savdo, Robo-maslahatchilar) toʻgʻrisida bilimlarga ega boʻlishi kerak (bilim).
Koʻnikmalar jihatidan: Portfel xatarini hisoblash, diversifikatsiya darajasini aniqlash hamda Oʻrtacha qiymat-variatsiya (Mean-Variance) va indeks modellaridan foydalangan holda optimal portfelni shakllantirishni oʻrganishi, investitsion qarorlarni asoslash uchun hisoblash vositalaridan foydalangan holda moliya bozorlaridagi empirik maʻlumotlarni tahlil qilishi, narx shakllanishi, talab va taklif mexanizmlari, shuningdek, xulq-atvor (bixevioristik) moliyasining bozor samaradorligiga taʻsirini tahlil qilish koʻnikmalarini egallashi, investitsiya portfelini shakllantirish, boshqarish va qayta muvozanatlash (rebalancing) boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlishi kerak (koʻnikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Investitsiya faoliyatida xatar va daromadlilikni muvozanatlash orqali strategik qarorlar qabul qila olishi, moliya bozorlarida investorlar, emitentlar va moliyaviy vositachilarning faoliyatini tahlil qilishi, turli investitsiya loyihalarini baholashi va portfel nazariyasidan foydalangan holda eng maqbulini tanlay olishi, moliya bozori maʻlumotlari asosida mustaqil qarorlar qabul qilish hamda oʻz faoliyatini investor sifatida yoʻnaltirish haqida kompetensiyalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarga bojxona tizimi, uning tarixi, bojxona nazorati va uni amalga oshirish, bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish tartiblari hamda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlariga erishish, ulardan samarali foydalanish, shuningdek mamlakat bojxona tizimini amal qilish qonuniyatlarini oʻrgatishdir. “Bojxona ishi” fanini oʻqitish, mamlakatimizda bojxona tizimining rivojlanish qonuniyatlarini bilishga va ularning amal qilishiga ongli munosabatda boʻlishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishga va iqtisodiy jarayonlarda, bojxona tizimimi faoliyati toʻgʻrisida talablarda koʻnikmalar hosil qilishdan koʻmaklashishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi iqtisodiy rivojlanishi, xalqaro hamjamiyat bilan oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarini kengayishi sharoitida bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish jarayonlarini xalqaro bojxona huquqi meʻyorlari talablariga mos ravishda takomillashtirishning zarurligi toʻgʻrisida magistrantlarda ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqish uygʻotishdan iborat.
“Bojxona ishi” fanining predmeti, obʻyekti, usullari va boshqa fanlar bilan aloqadorligini; Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari va ularning kadrlar siyosatini; Bojxona tizimi faoliyatida axborot-kommunikatsion texnologiyalarning oʻrnini; Bojxona sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yoʻllarini; Bojxona ishining mohiyati va vazifalarini; Bojxona tizimi va bojxona siyosatini toʻliq oʻrganishga koʻmaklashadi. jihatidan: Bojxona tizimi tarixini va hozirgi holatini, bojxona tizimini joriy qilish tartiblari va huquqiy asoslarini, Bojxona Qoʻmitasining ish faoliyati va vazifalarini, bojxona rejimlarini oʻziga xos xususiyatlaridan foydalanishni, bojxona nazoratini tashkil etish tartiblarini hamda bojxona nazorati shakllarini, bojxona tariflari va toʻlovlarining belgilanish jihatlarini hosil qiladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Oʻzbekiston Respublikasi bojxona tizimining ish faoliyati haqida maʻlumotlarga ega boʻlish, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona tizimida faoliyat yurita oladigan kadr sifatida tayyorlanadi.
Fanning maqsadi: Jismoniy shaxslarning moliyaviy munosabatlariga oid nazariy va amaliy bilimlarni oʻrganish, personal moliyaning konsepsiyalari, funksiyalari, moliyaviy savodxonlik va rejalashtirish asoslari yoritiladi. Shuningdek, moliyaviy qarorlar, byudjet tuzish, daromad va xarajatlarni boshqarish masalalari tahlil qilishni. Hisob-kitob va toʻlovlar, jamgʻarma va investitsiyalar, kreditlash, sugʻurtalash va soliqqa tortish tizimlari oʻrganiladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlari, moliyaviy risklar va shaxsiy moliyaviy xavfsizlik masalalari ham oʻrganiladi.
Bilimlar jihatidan: Raqamli moliya asosiy tamoyillari, tushunchalari va sohalari bilan tanishadi, turli raqamli toʻlov vositalari va platformalarini solishtirish va baholash koʻnikmasini egallaydilar; kriptovalyutalar va blokcheyn texnologiyasini tushunish: blokcheynning asosiy printsiplari, kriptovalyutalar xususiyatlari va ularning moliyaviy tizimdagi rolini, raqamli moliya tizimlarida xavfsizlik choralari, shifrlash usullari va kiberxavfsizlikka oid asosiy bilimlarni, innovatsion moliyaviy xizmatlar, fintech startaplari va raqamli moliya mahsulotlarini yaratish jarayonlarini oʻrganadilar.
Koʻnikmalar jihatdan: Raqamli toʻlov tizimlaridan samarali foydalanishni, talabalarning turli raqamli toʻlov platformalarini (mobil ilovalar, elektron hamyonlar, internet-banking) mustaqil ravishda ishlata olish hamda, blokcheyn va kripto valyutalar bilan amaliy ishlashda blokcheyn texnologiyasiga asoslangan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, kriptovalyutalar bilan savdo qilish yoki tranzaksiyalarni boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantiradilar.
Kompetentsiyalar jihatidan: Moliyaviy maʻlumotlarni raqamli vositalar yordamida tahlil qilishni, Excel, moliyaviy dasturlar yoki maxsus fintech ilovalari yordamida moliyaviy maʻlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishni, raqamli moliya xavfsizligi va shaxsiy maʻlumotlarni himoya qilish malakalariga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Ushbu modulning asosiy maqsadi boʻlajak yuqori malakali iqtisodchilarda korporativ tuzilmalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va kapitalni optimallashtirish boʻyicha tizimli tushunchalarni shakllantirishdir. Kurs pulning vaqtinchalik qiymatidan foydalanish, ichki va qarzga asoslangan moliyalashtirish manbalarini baholash hamda optimal kapital tarkibini aniqlash boʻyicha fundamental va ilgʻor koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Talabalar sof keltirilgan qiymat (NPV) konsepsiyasi yordamida investitsiya loyihalarini baholash, korporativ xavf-xatar va rentabellikni muvozanatlash hamda dividendlar taqsimoti, soliq rejalashtirishi, korporativ qoʻshilish va yutilishlar (M&A) kabi strategik moliyaviy amaliyotlarni bajarish metodologiyasini mukammal egallaydilar. Yakuniy bosqichda ushbu modul talabalarni moliyaviy bozorlarda toʻgʻri yoʻnalish ola biladigan va korporatsiyaning uzoq muddatli qiymatini maksimal darajaga koʻtarishga qodir boʻlgan strategik moliyaviy menejerlar sifatida tayyorlaydi
Bilimlar jihatidan: Moliyaviy menejerning asosiy vazifalari, korporativ moliyaning tashkil etilishi hamda korporatsiyalar va moliyaviy bozorlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tushuntirib bera olish, pulning vaqtinchalik qiymati (TVM) konsepsiyasini pul oqimlarini baholash, foiz stavkalarini aniqlash hamda korporativ optsionlar va qimmatli qogʻozlarni qiymatlash uchun tatbiq eta olish, optimal kapital tarkibini aniqlash uchun ichki moliyalashtirish, qarz orqali moliyalashtirish va xorijiy kapital bilan bogʻliq afzalliklar, xarajatlar va xavf-xatarlarni tanqidiy baholashof keltirilgan qiymat (NPV) va boshqa kapital byudjetlashtirish usullaridan foydalanib, xavf (risk) va daromadlilik muvozanatiga koʻra investitsiya qarorlarini qabul qilish, dividend siyosati, soliqni rejalashtirish hamda kompaniyalarni qoʻshib yuborish va yutib yuborish (M&A) boʻyicha strategik qarorlar tuza olishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Pul oqimlarini diskontlash, investitsiyalarni mukammallashtirish (murakkab foizlarni hisoblash) hamda korporativ moliyaviy optsionlarning haqiqiy (adolatli) qiymatini aniqlash uchun pulning vaqtinchalik qiymatini hisoblash mahorati, rentabelli korporativ investitsiya loyihalarini tanqidiy baholash va tanlashda sof keltirilgan qiymat, riskka moslashtirilgan daromadlilik koʻrsatkichlari va ehtimollik modellaridan foydalanish boʻyicha ilgʻor koʻnikma, institutning moliyalashtirish xarajatlarini minimallashtirish uchun alohida moliyalashtirish manbalari (xususiy kapital, qarz va xorijiy kapital) qiymatini oʻlchash hamda kapitalning oʻrtacha tortilgan qiymatini hisoblash kompetensiyasi, qonunchilik talablariga rioya qilgan holda aksiyadorlar boyligini maksimal darajaga koʻtarish uchun maʼlumotlarga asoslangan korporativ dividend taqsimoti tizimini loyihalash va soliqni rejalashtirish strategiyalarini ishlab chiqish qobiliyati, korporativ qoʻshilish va yutilishlarning (M&A) sinergiyasi va moliyaviy natijalarini baholash, risk-daromad profillarini koʻrib chiqish hamda moliyaviy tahlil oʻtkazish boʻyicha tahliliy koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Ilgʻor NPV va risk-daromad modellaridan foydalangan holda loyihalarni baholash, kapitalni toʻliq byudjetlashtirish hamda korporativ investitsiya portfellarini boshqarish kompetensiyasi, kapital qiymatini minimallashtirish uchun ichki kapital, qarz leveraji (moliyaviy tanaffus) va tashqi kapitalni muvozanatlash orqali korporatsiya kapitali tarkibini tizimli loyihalash va optimallashtirish imkoniyati, qiymatni oshirishga qaratilgan dividend siyosati hamda samarali korporativ soliq rejalashtirishini qamrab oluvchi yuqori darajadagi korporativ moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqish boʻyicha ilgʻor koʻnikma, kapitalni samarali jalb qilishni taʼminlash va tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani toʻgʻri yoʻnaltirish orqali korporatsiyani moliyaviy bozorlarda strategik jihatdan toʻgʻri joylashtira olish qobiliyati shakllanadi.
Fan maqsadi: Fanni oʻqitishdan koʻzlangan asosiy maqsad – soliqlar va soliqqa tortishga doir amaliy bilimlar bilan birga, soliqlarning mohiyati, belgilari, obyektiv zarurligi, soliq siyosati, soliq tizimi va soliqqa tortish nazariyalari haqidagi tushunchalarni chuqur bilishlari zarur. Ushbu kursda soliq munosabatlari va soliq tizimiga alohida eʼtibor berilgan holda soliq turlari va qoʻllanilishi oʻrganiladi. Kursning maqsadi talabalarda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va yigʻimlarni hisoblash va toʻlash tartibi, soliq tushumlari boʻyicha tahlili va nazorati, yuridik shaxslar faoliyatini tekshirish va kamchiliklarni aniqlash boʻyicha yoʻnalish profiliga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar: soliqlarning funksiyalari va vazifalarini, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning guruhlanishini, soliqlar va soliqqa tortish tizimi, ular amal qilish xususiyatlarini, Respublika soliq tizimida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi asoslarini, soliq stavkalarining joriy etilishi va soliq imtiyozlarini, soliqlarning byudjet daromadlari tarkibida tutgan oʻrni va salmogʻini, jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar tarkibini, soliq toʻlovchi subyektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, soliq elementlari va ularning tarkibini, soliq subyektlari tarkibi va ularning guruhlanishini, soliq obyektlari va ularning tashkiliy tuzilishini, soliqqa tortiladigan baza va uni aniqlash usullarini, soliq stavkalari va ularning tabaqalanishini, soliq imtiyozlari va ularning guruhlanishini, soliqlar va majburiy toʻlovlarni hisoblash usullarini, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarni topshirish muddatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak (bilim).
Koʻnikmalar jihatidan: foyda soligʻini hisoblash, qoʻshilgan qiymat soligʻini undirish, aksiz soligʻini hisoblash, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni undirish, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblash, jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini hisoblash, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblash, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni undirish, mahalliy yigʻimlar va ularni undirish, ijtimoiy soliqni hisoblash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (koʻnikma).
Kompetensiyalar jihatidan: soliq tushumlari va soliq yukining iqtisodiy koʻrsatkichlarga taʻsirini tahlil qilish, soliq siyosati samaradorligini baholash, soliq statistikasi bilan ishlash, diagramma va jadvallar tuzish, soliqlar orqali iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlarini tushunish, soliq masalalarida mustaqil qaror qabul qilish va masʻuliyatni olish, soliq organlari va xoʻjalik yurituvchi subʻektlar oʻrtasida muloqot olib borish, soliq masalalarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish, halollik, masʻuliyat, iqtisodiy madaniyat va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlishi kerak (malaka).
Fan maqsadi: Globallashuv sharoitida xalqaro moliyaviy munosabatlar koʻlami kengayib bormoqda. Davlatlar oʻrtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning uzluksiz rivojlanib borishi, ilmiy texnik taraqqiyotining tezlashuvi, xalqaro moliya institutlari hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayib borishi sharoitida xalqaro moliya munosabatlarini qamraydi. Xalqaro moliya munosabatlari tizimi va uning tuzilishi haqida nazariy bilimlar berish, ularda hozirgi davrdagi xalqaro moliya institutlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tushunchalar hosil qilishdan va xalqaro moliya munosabatlari nazariyasi, xalqaro moliya institutlari, ularning tashkil etilishi va rivojlanishi xususiyatlarini hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish asoslarini oʻrgatishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Xalqaro moliyaning shakllanishi va rivojlanishi tendentsiyalarini, xalqaro moliya munosabatlari nazariyasi va xalqaro moliya institutlari faoliyati asoslarini ularning turlari, tuzilishi, faoliyati doirasini, xalqaro moliya institutlari xususiyatlari va faoliyati yoʻnalishlarini, muayyan sharoitlarda ular bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak (bilim).
Koʻnikmalar jihatidan: Davlatlar oʻrtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalarning uzluksizligini Ilmiy texnik taraqqiyotining tezlashuvi, xalqaro moliya institutlari hamda transmilliy korporatsiyalar faoliyatining kengayib borishini, xalqaro moliya munosabatlarini Oʻzbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti jahon moliya bozoriga integratsiyalashib borishi haqida koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (koʻnikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Xalqaro moliya tashkilotlarining tasniflanishi va umumiy tavsifi, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari, xalqaro moliyaviy xavfsizlikni taʻminlash borasida xalqaro hamkorlik aloqalari, Oʻzbekistonning xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarining rivojlanishi haqidagi kompetensiyalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Byudjet tizimining tuzilishi va byudjet munosabatlari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish va chuqurlashtirishdan, davlat moliyasi, byudjet munosabatlari va byudjet tizimi byudjetlari oʻrtasidagi munosabatlarni tashkil qilishdagi iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Davlat moliyasining mohiyati, zarurligi va funksiyalari, byudjet tizimi, byudjet tuzilishi, davlatning byudjet-soliq siyosatining mazmuni, vazifalari, rivojlanish bosqichlari, byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, xorijiy mamlakatlar byudjet tizimi va byudjet jarayoni, davlat byudjeti va maqsadli jamgʻarmalar daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi, davlat byudjeti va maqsadli jamgʻarmalar daromadlarining shakllanish manbalari, ular xarajatlarining tarkibi va tuzilishi, davlat byudjeti va maqsadli jamgʻarmalaroʻrtasidagi byudjetlararo munosabatlarning shakllari, byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida tasavvurga ega boʻlishi. Davlat moliyasi rivojlanishining qonuniyatlarini, davlat byudjeti holatini baholash va tahlil qilishni, byudjet istiqbollarini belgilash asoslarini, byudjet jarayonining tashkil etilishi va oʻziga xos xususiyatlarini, Oʻzbekiston Respublikasining moliya-byudjet qonunchiligi asoslarini, byudjetning gʻazna ijrosini tashkil etish nazariyasi va amaliyotini, byudjet tizimini tashkil etish tamoyillarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Koʻnikmalar jihatidan: davlat moliyasi koʻrsatkichlarining prognoz hisob-kitoblarini tuzish, byudjet ijrosi yakunlarini tahlil etish, byudjet tizimi va byudjet tuzilishi, byudjet nazorati, byudjet mablagʻlari oluvchilar va byudjet tashkilotlari majburiyatlarini bajarish, byudjet tizimi byudjetlari faoliyatini tartibga solish, byudjet ijrosi va byudjet tashkilotlari smetalari ijrosi boʻyicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Davlat moliyasi ijrosi boʻyicha hisobotlarni tuzish va tahlil etish, ijro natijalarini hisob-kitob qilish, byudjet munosabatlarini tashkil qilishda axborot tizimlaridan foydalanish, byudjet amaliyotiga oid huquqiy-meʻyoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, davlat byudjetining rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha kompetensiyalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Gʻaznzchilikning uslubiy jihatlari yuzasidan ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, davlat byudjeti ijrosi jarayonida moliya organlari, gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va byudjet tashkilotlarida gʻaznachilik ijrosini tashkil etishning uslubiy masalalari, davlat byudjeti gʻazna ijrosining amal qilish asoslarining nazariy jihatlarini oʻrgatishdan iboratdir.
Bilimlar jihatidan: Davlat byudjeti gʻazna ijrosining mohiyati, zarurligi, gʻaznachilik faoliyatining mazmuni, vazifalari, gʻaznachilik tizimini boshqarish va tartibga solish asoslari, davlat byudjeti gʻazna ijrosi sharoitida byudjet daromadlarining shakllanish manbalari va ishlatish yoʻnalishlari Gʻaznachilik tizimi sharoitida byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi kerak (bilim).
Koʻnikmalar jihatidan: Gʻaznachilik faoliyatining rivojlanish qonuniyatlarini, gʻaznachilik tizimida byudjet jarayonining tashkil etilishi va oʻziga xos xususiyatlarini, davlat byudjeti gʻazna ijrosini tashkil etish tamoyillarini, gʻaznachilik faoliyatining axborot tizimlarining holatini, gʻaznachilik tizimida byudjet tasnifining qoʻllanilishini, byudjet gʻazna ijrosini taʻminlashda “UzASBO” avtomatlashtirilgan tizimi xususiyatlari haqida koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (koʻnikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalarida gʻazna ijrosini amalga oshirish, gʻaznachilik tizimida byudjet mablagʻlari isteʻmolchilari majburiyatlarini bajarish, Davlat byudjetining gʻazna ijrosi yuzasidan hisobotlarni tuzish va tahlil etish, elektron jadval dasturlari bilan hamda kompyuterda ishlashi haqidagi kompetensiyalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Ushbu modul talabalarga texnologiyalarning moliya bozorlariga taʻsirini, xususan, bank va bankdan tashqari xizmatlarda yuz berayotgan raqamli transformatsiyalarni tushuntirish, shuningdek, anʻanaviy moliya muassasalari texnologik provayderlar va FinTech (moliyaviy texnologiyalar) kompaniyalari raqobatiga qanday moslashayotgani toʻgʻrisida chuqur tushuncha berishdan iborat. Bilimlar jihatidan: FinTech va TechFin oʻrtasidagi farqlarni, shuningdek, kriptografiya, shifrlash va raqamli imzolarning asoslarini bilishi, blokcheyn texnologiyasi (Bitcoin, Ethereum, markazlashtirilmagan ilovalar - DApps, aqlli shartnomalar - Smart Contracts) hamda Markazlashtirilmagan moliya (DeFi) arxitekturasini tushunishi kerak (bilim).
Koʻnikmalar jihatidan: Moliya sohasida Katta maʻlumotlar (Big Data), Sunʻiy intellekt (AI) va Mashinali oʻqitish (Machine Learning) algoritmlarini qiyosiy tahlil qilishi, Tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) hamda Robo-maslahatchilardan (Robo-advisors) foydalangan holda investitsion qarorlar qabul qilish haqida koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak (koʻnikma).
Kompetensiyalar jihatidan: Bank ishi, investitsiyalarni boshqarish va sugʻurta (InsureTech) sohalarida yangi moliyaviy texnologiya loyihalari uchun modellar ishlab chiqish malakasini egallashi, shuningdek, huquqiy tartibga solish mexanizmlari (RegTech) bilan ishlash haqida kompetensiyalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarda riskning mazmuni, moliya bozori risklari, turlari va tabiati, fond bozori risklarini boshqarish, bank risklari, kredit risklarini boshqarish, valyuta risklarini boshqarish, foiz risklarini boshqarish, inflyatsiya risklarini boshqarish, investitsiya risklarini boshqarish toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Risk tushunchasi, risklarni tasniflash, noaniqliklar tizimi, risklarni boshqarish jarayoni, moliyaviy riskning kamaytirish usullari va metodlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi moliyaviy risklarni baholash usullari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak. Bozorlarda faoliyat yuritish bilan bogʻliq risklarni hisobga olish va baholash, foiz riski turlari, foizlar bilan moliyaviya operatsiyalar, investitsiya risklari, moliyaviy bozor risklari, moliyaviy risklarni baholash metodlari, moliyaviy risklarini boshqarish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba korxona va tashkilotlar moliyaviy faoliyatiga taʼsir qiladigan moliyaviy risklarni aniqlash va baholash usullarini qoʻllash, moliyaviy risklarni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish va ularni boshqarishni tashkil etish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, u risklarni boshqarishda strategik usullarni tanlash qoidalarini, moliyaviy risklarni pasaytirish yuzasidan ilgʻor xorij tajribasini va uni Oʻzbekistonda qoʻllash xususiyatlarini bilishi lozim.
Kompetensiyalar jihatidan: Korxona va tashkilotlar moliyaviy faoliyatiga taʻsir qiladigan moliyaviy risklarni aniqlash va baholash yuzasidan olgan bilimlarini qoʻllay olish malakalariga ega boʻlishi kerak. Korxonalar moliyaviy mustaqilligini yoʻqotish riskini boshqarish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarga xalqaro moliya institutlarining turlari, ular faoliyatini tashkil etish va tartibga solish mexanizmi, xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini jalb etish shartlari, xalqaro moliya institutlari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish amaliyoti, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar oʻrgatishdir. Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarda xalqaro moliya bozorining zamonaviy tuzilishi, xalqaro moliya bozorini tahlil qilish va prognozlash usullari, milliy moliya bozorini xalqaro bozorga integratsiyasini kuchaytirish, xalqaro moliya institutlarining faoliyatini, ularning aʻzo mamlakatlar bilan moliyaviy munosabatlarini hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha yoʻnalishiga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.
Bilimlar jihatidan: Xalqaro moliya institutlarining turlari va turkumlanishi, ular faoliyatining maqsad va vazifalari, xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyaviy, hisob-kitob va valyuta-kredit faoliyatini tashkil etilishni, Xalqaro moliya institutlarining boshqaruvi va qaror qabul qilish jarayonlari, moliya institutlariga aʻzo boʻlish shartlari va aʻzo mamlakatlarning majburiyatlari, xalqaro moliya institutlarining hisobotlarini tuzish tartiblarini, Xalqaro moliya institutlarining moliyaviy resurslari va ularning manbalarini oʻrganadi.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba xalqaro valyuta, kredit va hisob-kitob operatsiyalarini oʻtkazish, tashqi qarzni boshqarish, qarz jalb qilishning tashqi manbalaridan foydalanish va bu jarayonda valyuta va foiz risklarini boshqarishni, Xalqaro moliya va kredit faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, xalqaro moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etish, xalqaro moliya institutlaridan jalb etilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazishni oʻrganadi.
Kompetensiyalar jihatidan: Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni tashkil etish, xalqaro kredit liniyalariga xizmat koʻrsatish, xalqaro moliya institutlaridan ajratiladigan kredit va grant mablagʻlaridan samarali foydalanish, xalqaro moliya institutlari talabi boʻyicha maʻlumotlar va hisobotlarni shakllantirish toʻgʻrisida malakalarga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Talabalarda moliyaviy huquq tizimi, predmeti, uslublari, manbalari va tamoyillari haqida, moliyaviy-huquqiy normalar va munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasida moliyaviy nazorat va moliyaviy javobgarlik haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasida byudjet huquqi, Oʻzbekiston Respublikasida soliq qonunchiligi hamda Oʻzbekiston Respublikasida bank faoliyati va pul muomilasining huquqiy asoslari haqida bilimga ega boʻlishlariga koʻmaklashadi. Moliyaviy huquqiy bilimlar, moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarning huquqlari, jamiyatdagi mikro va makro moliyaviy resurslarni shakllanishi va ishlatilishidagi huquqiy normalar haqidagi bilimlarni berish, davlat moliyaviy resurslarini shakllanishi va ishlatilishining huquqiy asoslari boʻyicha koʻnikma va malakalar shakllantirishdir.
Bilimlar jihatdan: Jamiyatdagi mikro va makro darajada moliyaviy resurslarni shakllanishi va ishlatilishi boʻyicha maʻlumotlarni tahlil qila olish, moliyaviy-huquqiy normalar va munosabatlar va moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarini huquqiy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladilar.
Koʻnikmalar jihatdan: Talabalarda oʻz-oʻzini boshqarish va samaradorlik uchun javobgarlik hissi shakllantirib, kreativ fikrlash va uni rivojlantirish va moliyaviy qarorlar qabul qilish yoʻllarini oʻrganadi.
Kompetentlik jihatdan: Talaba amaliyotda moliyaviy-huquqiy normalarga oid maʻlumotlarni tahlil qilish usullarini qoʻllash, moliyaviy qonunchilik bilan bogʻliq muammolar boʻyicha yechimlar qabul qilishni shaklantiradi.
Fan maqsadi: Talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning mohiyati va printsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimi va uning tarkibi, tijorat banklari operatsiyalari, nobank moliya kredit institutlari faoliyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni oʻrgatishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Pul va banklar fanining predmeti, obʻekti, usullari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi nima ekanligini tushunib oladi. Pul va banklar faniga doir bilimlarning nazariy va amaliy asoslarilarini tushunadi va tahlil qiladi. Pul va banklarning asosiy tushunchalari va kategoriyalari, taʻlimda interaktiv metodlar nima ekanligini anglaydi. Pul va banklar kategoriyalarining paydo boʻlishi va ularning evolyutsiyasi, pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, pul aylanmasi tushunchasining mohiyati, pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari, pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari, inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari, kredit tushunchasi va uning zarurligi, kredit munosabatlari yuzaga kelishining sabablari va shart-sharoitlari, banklarning dastlabki operatsiyalari, markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi, tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari, tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalari, nobank moliya-kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi, kredit tizimi va uning tarkibi, valyuta munosabatlari asoslari, xalqaro moliya institutlari faoliyati haqida tasavvurga ega boʻladi.
Koʻnikmalar jihatidan: Zamonaviy taʻlimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablami tavsiflaydi. Fanni oʻqitishda talabalar bilimini baholashni biladi. Darslarini loyihalashtirish tasvirlab beradi. Pul, kredit va banklarning shakllari va turlarini, pul nazariyalarining oʻziga xos xususiyatlarini, naqd va naqdsiz pul aylanmasini, pul agregatlari va ularning tarkibini, pul tizimining elementlari va uning rivojlanishini, inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini, kredit qonuniyatlari va munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini, kreditning turlari, shakllari va funktsiyalarini, banklarning turlari va bank tizimining elementlarini, Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini, tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini, tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarining tarkibini, nobank kredit tashkilotlari resurs bazasining shakllanishi va aktiv operatsiyalarini, kredit tizimining elementlari va turlarini, milliy valyuta tizimi va uning elementlarini, xalqaro moliya institutlarining rivojlanishini bilishi va ulardan foydalana oladi.
Kompetensiyalar jihatidan: Iqtisodiy jarayonlar bilan bogʻliq operatsiyalarni taʻlimning zamonaviy tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishni biladi. Iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti bilan oʻxshash va farqli jihatlarini kasbiy va pedagogik vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega boʻladi. Pul, kredit va banklarning funktsiyalari va ularning oʻzaro aloqadorligiga baho berish, zamonaviy pul nazariyalari ahamiyatini anglash, pul aylanmasini tashkil etish, pullarga boʻlgan talab va taklifni aniqlash hamda pul islohotlarini amalga oshirish, pul muomalasini barqarorlashtirish, kredit shakllaridan foydalanish, kredit tizimining barqarorligini taʻminlash, Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini tartibga solish, tijorat banklari aktiv operatsiyalarining riskliligi va daromadliligini baholash hamda mavjud muammolar boʻyicha echimlar qabul qilish boʻyicha malakasiga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Ushbu fanning maqsadi talabalarga korxona va tashkilotlarda moliyaviy resurslarni boshqarish, ularni samarali taqsimlash va foydalanish boʻyicha nazariy va amaliy bilim berishdir.
Bilimlar jihatidan: moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va izohlash orqali korxonaning moliyaviy faoliyatini baholash,asosiy moliyaviy vositalardan foydalanib samarali investitsiya va moliyalashtirish qarorlarini qabul qilish,
maʻlumotlarga asoslangan moliyaviy qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanish.
Koʻnikmalar jihatidan: moliyaviy sogʻlom muhitni yaratish va korxona va tashkilotlar faoliyatini baholash uchun moliyaviy tahlil usullarini qoʻllash, real biznes qarorlar qabul qilishda byudjetlashtirish, prognozlash va investitsiya baholash texnikalaridan foydalanish, biznes kontekstida samarali moliyaviy boshqaruv va muammoni hal qilishni qoʻllab-quvvatlash uchun zamonaviy moliyaviy texnologiya vositalarini qoʻllash.
Kompetensiyalar jihatidan: moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va tashkilotning moliyaviy faoliyati, likvidligi, toʻlov qobiliyati va rentabelligini baholash qobiliyati, moliyaviy maʻlumotlarni talqin qilish va samarali boshqaruv va investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy tavsiyalar berish qobiliyati,zamonaviy moliyaviy tahlil usullari, dasturiy vositalar va miqdoriy texnikalardan foydalanib moliyaviy xavflarni va biznes samaradorligini baholash qobiliyati.
Fan maqsadi: Talabalarga islom moliyasiga doir bilimlarning nazariy va amaliy asoslari, islom moliyasining asosiy tushunchalari va kategoriyalari, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarni islomdagi talqini hamda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni diniy nuqtayi nazardan tahlil qilishni oʻrgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Vazifalari – islom iqtisodiyoti asoslari, islom moliya bozori, islomda iqtisodiy jarayonlar bilan bogʻliq operatsiyalar, islom iqtisodiyotini bozor iqtisodiyoti bilan oʻxshash va farqli jihatlari, islom iqtisodiyotidagi kategoriyalar toʻgʻrisida talabalarda tasavvur, bilim va koʻnikma hosil boʻlishiga erishish.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, moliyaviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Bilimlar jihatidan: Islom moliyasi fanining predmeti, obʻekti, usullari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi nima ekanligini tushunib oladi. Islom moliyasiga doir bilimlarning nazariy va amaliy asoslarilarini tushunadi va tahlil qiladi. Islom moliyasining asosiy tushunchalari va kategoriyalari, taʻlimda interaktiv metodlar nima ekanligini anglaydi. Iqtisodiy qonunlar va tamoyillarni islomdagi talqini va taʻlim jarayonida didaktik vositalaridan foydalanish haqida tasavvur va bilimga ega boʻladi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni islom nuqtayi nazardan tahlil qiladi. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni islom nuqtayi nazardan oʻrgatish. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni islom nuqtayi nazardan amaliyotda tatbiq etish haqida tasavvurga ega boʻladi.
Koʻnikmalar jihatidan: Zamonaviy taʻlimni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablami tavsiflaydi. Islom iqtisodiyoti asoslari fanlami oʻqitishda talabalar bilimini baholashni biladi. Islom moliya bozori boʻyicha darslarini loyihalashtirish tasvirlab beradi.
Kompetensiyalar jihatidan: Islomda iqtisodiy jarayonlar bilan bogʻliq operatsiyalarni taʻlimning zamonaviy tashkiliy shakllaridan samarali foydalanishni biladi. Islom iqtisodiyotini bozor iqtisodiyoti bilan oʻxshash va farqli jihatlarini kasbiy va pedagogik vaziyatlami tahlil qilish qobiliyatiga ega, kasbiy va pedagogik faoliyat natijalarini bashorat qilish qobiliyatiga ega boʻladi. Islom iqtisodiyotini bozor iqtisodiyoti bilan oʻxshash va farqli jihatlari hamda mavjud muammolar boʻyicha echimlar qabul qilish boʻyicha malakasiga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Talabalarda xalqaro valyuta va kredit tizimining nazariy asoslari, amal qilish mexanizmlari hamda jahon moliya bozorlarida yuz berayotgan jarayonlar toʻgʻrisida chuqur bilimlarni shakllantirish, xalqaro moliyaviy operatsiyalarni tahlil qilish va amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Xalqaro hisob-kitob shakllari va toʻlov vositalarining nazariy asoslarini, valyuta kurslarining turlari, shakllanish omillari va ularga taʻsir etuvchi iqtisodiy omillarni, xalqaro kreditlarning mohiyati, shakllari, manbalari va qoʻllanish xususiyatlarini, Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlarining faoliyati hamda ularning oʻzaro bogʻliqlik jihatlarini shakllantiradi.
Koʻnikmalar jihatidan: Xalqaro moliya institutlari, ularning vazifalari va jahon moliya tizimi, toʻlov balansi, xalqaro kapital harakati va tashqi qarz munosabatlari, xalqaro moliyaviy integratsiya va globallashuv jarayonlarining valyuta-kredit munosabatlariga taʻsirini, valyuta kurslari dinamikasini tahlil qilish va ularning oʻzgarishiga taʻsir etuvchi omillarni baholash va xalqaro valyuta va kredit operatsiyalarini hisoblashni, xalqaro hisob-kitob shakllarini tanlash va ularning samaradorligini baholash hamda valyuta xatarlarini aniqlash, baholash va ularni boshqarish usullarini qoʻllashni oʻrganadi.
Kompetensiyalar jihatidan: Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq valyuta-kredit operatsiyalarini tahlil qilish, toʻlov balansi koʻrsatkichlarini oʻrganish va iqtisodiy xulosalar chiqarish hamda Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlaridagi jarayonlarni tahlil qilish prognozlashni va xalqaro moliyaviy maʻlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va tahliliy hisobotlar tayyorlashni oʻrganadi.
Fanning maqsadi: Talabalarda xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro savdo, xalqaro moliya va bank tizimida qoʻllaniladigan hisob-kitob mexanizmlari boʻyicha fundamental nazariy bilimlarni shakllantirish, xalqaro hisob-kitoblarning iqtisodiy mohiyati, tamoyillari va rivojlanish tendensiyalarini chuqur oʻrgatish, xalqaro bank operatsiyalarini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy usullarini egallash, eksport-import operatsiyalarida qoʻllaniladigan hisob-kitob shakllari va moliyalashtirish instrumentlaridan samarali foydalanish, xalqaro moliyaviy bozorlar faoliyatini tahlil qilish, xalqaro toʻlov tizimlari va raqamli bank texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish, xalqaro standartlar, jumladan UCP 600, URC 522, ISP98, Incoterms 2020, Basel Principles, AML va KYC talablarini kasbiy faoliyatda qoʻllash, xalqaro moliyaviy risklarni aniqlash, baholash va boshqarish usullaridan foydalanish, xalqaro savdo bitimlari boʻyicha iqtisodiy asoslangan qarorlar qabul qilish, tahliliy fikrlash, ilmiy yondashuv, kasbiy etika, akademik halollik, jamoada ishlash, samarali muloqot qilish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish hamda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan umumiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Mazkur fanni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan talaba xalqaro hisob-kitoblarning nazariy asoslari, iqtisodiy mohiyati va zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini, xalqaro moliya tizimi, xalqaro bank tizimi va ularning jahon iqtisodiyotidagi oʻrnini, xalqaro savdo operatsiyalarida qoʻllaniladigan hisob-kitob shakllarining afzalliklari, kamchiliklari va qoʻllanish shartlarini, bank oʻtkazmalari, hujjatli akkreditiv, hujjatli inkasso, ochiq hisob, bank kafolatlari, rezerv akkreditiv va boshqa xalqaro hisob-kitob vositalarining iqtisodiy mazmunini, SWIFT xalqaro banklararo axborot almashinuvi tizimi, SEPA va boshqa zamonaviy elektron toʻlov platformalarining ishlash mexanizmlarini, xalqaro savdo shartnomalarining tuzilishi va mazmunini, Incoterms 2020 qoidalarining xalqaro hisob-kitoblardagi ahamiyatini, valyuta bozorlari, valyuta kurslari, valyuta siyosati va ularning xalqaro savdoga taʻsirini, eksport va import operatsiyalarini moliyalashtirish usullarini, faktoring, forfeyting, lizing, eksport kreditlari va sugʻurta mexanizmlarini, xalqaro moliyaviy institutlar, markaziy banklar, tijorat banklari va eksport-kredit agentliklarining funksiyalarini, xalqaro bank amaliyotini tartibga soluvchi meʻyoriy-huquqiy hujjatlar va xalqaro standartlarni, xalqaro moliyaviy risklarning turlari, ularni baholash va boshqarish usullarini, moliyaviy texnologiyalar (FinTech), blockchain, raqamli aktivlar, sunʻiy intellekt va elektron toʻlov tizimlarining xalqaro hisob-kitoblarni rivojlantirishdagi oʻrnini, barqaror rivojlanish tamoyillari, yashil moliyalashtirish va ESG yondashuvlarining xalqaro moliya tizimidagi ahamiyatini chuqur bilishi lozim.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba xalqaro savdo bitimlari uchun iqtisodiy jihatdan eng maqbul hisob-kitob shaklini tanlash, eksport-import shartnomalarini tahlil qilish, xalqaro bank va tijorat hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq rasmiylashtirish, akkreditiv va inkasso operatsiyalarini tashkil etish va boshqarish, xalqaro bank oʻtkazmalarini amalga oshirish, SWIFT tizimida moliyaviy xabarlarni tayyorlash va tahlil qilish, xalqaro toʻlov hujjatlarining toʻgʻriligini ekspertiza qilish, Incoterms 2020 qoidalarini amaliyotda qoʻllash, valyuta kurslaridagi oʻzgarishlarning moliyaviy natijalarga taʻsirini hisoblash, valyuta, kredit, foiz, likvidlik va mamlakat risklarini aniqlash hamda ularni boshqarish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish, faktoring, forfeyting, bank kafolatlari va eksport kreditlaridan samarali foydalanish, xalqaro moliyalashtirish manbalarini tanlash va baholash, elektron bank xizmatlari, ERP tizimlari, internet-banking, mobil bank ilovalari va zamonaviy raqamli platformalarda ishlash, statistik va moliyaviy maʻlumotlarni tahlil qilish, iqtisodiy modellar asosida prognozlar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish, kasbiy muammolarni mustaqil hal qilish, jamoada samarali ishlash, taqdimotlar tayyorlash va xalqaro biznes muhitida professional muloqot olib borish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur.
Kompetensiyalar jihatidan: Mazkur fan yakunida talaba xalqaro hisob-kitob operatsiyalarini milliy qonunchilik va xalqaro bank standartlari asosida tashkil etish va boshqarish, xalqaro savdo bitimlari boʻyicha iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy tahlillarni amalga oshirish, xalqaro toʻlov tizimlari va raqamli moliyaviy texnologiyalarni kasbiy faoliyatda samarali qoʻllash, xalqaro moliyaviy risklarni aniqlash, baholash va boshqarish, eksport-import faoliyatida strategik qarorlar qabul qilish, xalqaro banklar, moliyaviy institutlar va xorijiy hamkorlar bilan professional hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hujjatlar va hisobotlarni tayyorlash hamda ularning ekspertizasini amalga oshirish, xalqaro moliya bozorlaridagi oʻzgarishlarni tahlil qilish va prognozlash, innovatsion moliyaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, kasbiy faoliyatda axloqiy meʻyorlar, akademik halollik, ijtimoiy masʻuliyat va korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillariga qatʻiy rioya qilish, tanqidiy, tizimli va strategik fikrlash asosida murakkab kasbiy muammolarga yechim topish, mustaqil taʻlim olish, ilmiy izlanish olib borish, oʻz kasbiy malakasini muntazam rivojlantirish hamda global iqtisodiy makonda raqobatbardosh mutaxassis sifatida samarali faoliyat yuritish kompetensiyalariga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Talabalarning banklar va bank tizimi, banklarning aktiv va passiv operatsiyalarining mohiyati, bank kreditlarini tashkil etishning iqtisodiy va huquqiy asoslari, bank likvidligi va tavakkalchiliklarni boshqarish, shuningdek, banklarning moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlari haqidagi chuqur nazariy va amaliy bilimlarga asoslangan koʻnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Modulida koʻrib chiqilgan masalalar doirasida talabalar quyidagilarni oʻrganadilar: Bank faoliyatining meʻyoriy va huquqiy asoslari, tijorat banklari faoliyatining iqtisodiy asoslari, kredit tizimi va ularning faoliyat yoʻnalishlari, tijorat banklarining majburiyatlari va aktivlarining shakllanishi, tarkibi, dinamikasi va yetarliligi, tijorat banklarining passiv va faol operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, tijorat banklarining likvidligi va toʻlovga qodirligini taʻminlash, banklar faoliyatida risklarni baholash va boshqarishni tushunish, Oʻzbekiston respublikasi markaziy banki, tijorat banklari va bank boʻlmagan kredit tashkilotlarining funktsiyalari va operatsiyalari, Oʻzbekiston respublikasida kredit tizimi faoliyatining huquqiy asoslari, banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, litsenziyalash, ularning ustav kapitalini shakllantirish manbalari, banklarni qoʻshilish va tugatish xususiyatlari, tijorat banklari kapitalining tarkibi va ularning yetarliligiga qoʻyiladigan talablar, tijorat banklarining aktivlari va majburiyatlarini boshqarish usullari, bankning valyuta pozitsiyasini boshqarish va nazorat qilish, bank tizimining fond birjasi va depozitariylar faoliyati bilan oʻzaro taʻsiri, tijorat banklarida kredit berishni tashkil etish tamoyillari, mijozlarning kreditga layoqatliligining asosiy va qoʻshimcha koʻrsatkichlari, kreditlar uchun garov turlari va ularni hujjatlashtirishning huquqiy asoslari, tijorat banklarining kredit siyosati va uning oʻziga xos xususiyatlari, kreditni baholash va unga taʻsir qiluvchi omillar, tijorat banklarining oʻziga xos kredit turlari va ularning oʻziga xos xususiyatlari, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlarga kredit berish amaliyotini tashkil etish, tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi subyektlariga kredit berishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, banklar faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va banklar faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy hujjatlar, banklar tomonidan amalda amalga oshiriladigan operatsiyalar va ularda qoʻllaniladigan harakatlar, shuningdek, ulardan foydalanish qobiliyati haqida bilimlarga ega boʻlish oʻrgatadi.
Koʻnikmalar jihatidan: Tijorat banklarining faktoring va lizing operatsiyalari va ularni amalga oshirish tartibi, tijorat banklarining yangi xizmatlarini joriy etish tartibi, tijorat banklarining balansdan tashqari operatsiyalari turlari, tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari va xarajatlari, tijorat banklarining foyda va rentabellik koʻrsatkichlari, tijorat banklarining likvidlik koʻrsatkichlarini hisoblash va ularning holatini baholash, bank risklarini boshqarish usullarini bilish va ulardan foydalanish qobiliyati zarur, kredit tizimining rivojlanish koʻrsatkichlarini tahlil qilish, tijorat banklari tomonidan resurslarni jalb qilish va joylashtirish, tijorat banklarida kreditlash shakllaridan foydalanish, tijorat banklari operatsiyalari ustidan bank nazoratini tashkil etish, banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarish, banklarda boshqaruv tizimini yaratish, bank operatsiyalarining moliyaviy natijalarini baholash, tijorat banklarida operatsiyalarning risk darajasini baholash, mijozning kreditga layoqatliligini tahlil qilish va baholash, tijorat banklarining foydasini taqsimlash, bank faoliyati natijalarini umumlashtirish va baholash, bank operatsiyalarida yuz beradigan oʻzgarishlarni tahlil qilish koʻnikmalarini egallash.
Kompetensiyalar jihatidan: Kursni oʻzlashtirgandan soʻng, talabalar bank operatsiyalari va bank tizimidagi oʻzgarishlarni tushunish, tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish kompetentsiyalariga ega boʻladilar.
Fan maqsadi: Korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etish va uning istiqbollari haqida nazariy bilim berish, shuningdek, talabalar kelajakda yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar boʻlishlari uchun moliyaviy menejmentni samarali olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishdir. jihatidan: Moliyaviy menejmentning xalq xoʻjaligi va xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiyotidagi rolini, moliyaviy menejmentning asosiy tushunchalarini,korxonalarda moliyaviy strategiyalarni aniqlash va moliyaviy qarorlar qabul qilishni, kompaniya kapitalidan samarali foydalanish usullarini oʻrganadi.
Koʻnikmalar jihatidan: Moliyaviy boshqaruvning asosiy tushunchalari, moliyaviy boshqaruv bosqichlarini tushunish, korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning roli va elementlari, korxonalarda moliyaviy nazoratning xususiyatlari, korxonalarda pul oqimlarini boshqarishning xususiyatlari, moliyaviy qarorlarni qabul qilishda moliyaviy risklarning taʻsirini baholash.
Kompetensiyalar jihatidan: Ichki moliyaviy nazorat tartiblarini oʻrnatish va amalga oshirish, biznes operatsiyalarida moliyaviy xavflarning taʻsirini kamaytirish, moliyaviy aktivlar portfelini boshqarish, korxonalarda moliyaviy strategiyani belgilash va moliyaviy qarorlar qabul qilish.
Fan maqsadi: Talabalarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni qoʻllayotgan korxona va tashkilotlarda MHXSlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni, shuningdek kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. Xalqaro talablar darajasida (ASSA) MHXSni chuqur oʻrganishni nazarda tutuvchi mazkur fan dasturi buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani talablarini ham toʻliq inobatga oladi.
Bilimlar jihatidan: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fani boʻyicha bakalavr: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish;
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida umumiy masalalar haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak, Tushumlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi, nomoliyaviy aktivlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi, Baholashni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi, nomoliyaviy majburiyatlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Moliyaviy instrumentlarni hisobga oluvchi standartlarining tavsifi, konsolidatsiyalash asoslarini hisobga oluvchi standartlarining tavsifini, konsolidatsiyalash asoslarini hisobga oluvchi standartlarining tavsifini tushunish koʻnikmalariga egaboʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Moliyaviy hisobot transformatsiyasi boʻyicha kompetensiyalariga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Masofaviy mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyotdagi mavjud muammolarni urganish va ularni bartaraf etish yullarini aniqlash; moliyaviy xavfsizlikning mazmun-mohiyati va ahamiyatidan kelib chiqib nazariy gipotezalarni shakllantirish, ishonchli xulosalar chiqarish; moliyaviy xavfsizlikning makro va mikro aspektlari buyicha ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; mamlakat moliyaviy xavfsizligini taminlashning ijtimoiy-iqtisodiy mezonlari buyicha xulosalar chiqarish; pul-kredit tizimi moliyaviy xavfsizligi va uning moliya tizimi barqarorligidagi urnini tushunish; korporativ sektor va boshqa xujalik yurituvchi subektlar moliyaviy xavfsizligini tahlil qilish; tashqi iqtisodiy faoliyat moliyaviy xavfsizligini taminlashning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini bilish.
Bilimlar jihatidan: Moliyaviy xavfsizlik” fani boʻyicha bakalavr: Moliyaviy xavfsizlik darajalarining uziga xos xususiyatlarini tushuntirib bera oladi, mamlakat, hudud, xujalik yurituvchi subektlar va shaxsning moliyaviy xavfsizlik kursatkichlarini tahlil qila oladi, byudjet-soliq tizimi, banklar va tashqi iqtisodiy faoliyat moliyaviy xavfsizligini tavsiflovchi indikatorlarni biladi va baholay oladi, xujalik yurituvchi subektlar moliyaviy xavfsizligiga tasir etuvchi omillarni tahlil qilib, ularni bartaraf etish va barqaror faoliyat yuritishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqa oladi, pul-kredit tizimida moliyaviy xavfsizlik holatini tahlil qilib, uning moliya tizimi barqarorligidagi ahamiyatini tushuna oladi.
Koʻnikmalar jihatidan: Tashqi iqtisodiy faoliyat moliyaviy xavfsizligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar va mezonlarni biladi, taminlash yoʻnalishlarini bilish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Mamlakat moliyaviy xavfsizligini taminlashning asosiy omili bulgan noqonuniy yoʻl bilan topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy va xalqaro meyoriy-huquqiy bazani qoʻllay olish kompetensiyalariga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qarorlar qabul qilishda moliyaviy resurslardan foydalanish, ularning moliyaviy holati va oʻzgarishlarini, shuningdek oʻzgarishlarga taʻsir qiluvchi omillarni aniqlash, hisob-kitobni baholash, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, ishlatilmagan imkoniyatlarni aniqlash va ularni amalda qoʻllash uchun malaka va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat
Bilimlar jihatidan: Moliyaviy holat va korxona faoliyatini baholash uchun moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va talqin qilish, moliyaviy tahlil usullaridan foydalanib, likvidlik, toʻlov qobiliyati, rentabellik va biznes faoliyatini baholash, samarali moliyaviy va boshqaruv qarorlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tahliliy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Koʻnikmalar jihatidan: moliyaviy tahlil usullarini qoʻllash orqali korxonalarning moliyaviy koʻrsatkichlari va holatini baholash,asosiy moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash va talqin qilish(likvidlik, toʻlov qobiliyati, rentabellik va samaradorlik koʻrsatkichlari kiradi),moliyaviy tahlil natijalariga asoslanib amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va boshqaruv qarorlarini qoʻllab-quvvatlash.
Kompetensiyalar jihatidan: moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va tashkilotning moliyaviy faoliyati, likvidligi, toʻlov qobiliyati va rentabelligini baholash qobiliyati,
moliyaviy maʻlumotlarni talqin qilish va samarali boshqaruv va investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy tavsiyalar berish qobiliyati,zamonaviy moliyaviy tahlil usullari, dasturiy vositalar va miqdoriy texnikalardan foydalanib moliyaviy xavflarni va biznes samaradorligini baholash qobiliyati.
Fanning maqsadi: "Byudjet hisobi va hisoboti" fanining maqsadi talabalarda davlat moliyasi, davlat byudjeti, byudjet tizimi va davlat sektori buxgalteriya hisobining nazariy, metodologik hamda amaliy asoslari boʻyicha kompleks bilimlarni shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi va uning tarkibiy boʻgʻinlarida buxgalteriya hisobini yuritishning zamonaviy tamoyillari, davlat sektori moliyaviy boshqaruvi, byudjet mablagʻlarini rejalashtirish, taqsimlash va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini chuqur oʻrgatish, davlat sektori buxgalteriya hisobi milliy standartlari (DSBHMS), Xalqaro davlat sektori buxgalteriya hisobi standartlari (IPSAS), Xalqaro audit standartlari (ISA), xalqaro moliyaviy hisobot tamoyillari hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq moliyaviy axborotni shakllantirish, qayta ishlash, tahlil qilish va baholash boʻyicha amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishdan iborat.
Fan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini hisobga olish, byudjet tashkilotlarida aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlarning buxgalteriya hisobini tashkil etish, gʻaznachilik tizimi orqali byudjet ijrosini yuritish, davlat xaridlari, byudjet intizomi, moliyaviy nazorat, ichki audit, moliyaviy risklarni boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini amaliyotda qoʻllash boʻyicha zamonaviy yondashuvlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, fan talabalarda iqtisodiy va moliyaviy axborotlarni tahlil qilish, davlat moliyasi samaradorligini baholash, byudjet mablagʻlaridan foydalanish natijadorligini aniqlash, raqamli iqtisodiyot sharoitida davlat moliyasini boshqarish, elektron gʻaznachilik, ERP tizimlari, elektron hujjat aylanishi, Business Intelligence (BI), Big Data va sunʻiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, ilmiy-tahliliy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, kasbiy etika, akademik halollik, ijtimoiy masʻuliyat va uzluksiz kasbiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bilimlar jihatidan: Mazkur fanni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan talaba davlat moliyasining iqtisodiy mohiyati, funksiyalari va tamoyillarini, Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi hamda uning boʻgʻinlari faoliyatini, davlat byudjetini rejalashtirish, tasdiqlash, ijro etish va yakunlash bosqichlarini, byudjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamgʻarmalarining moliyaviy faoliyatini, byudjet hisobi va hisobotining nazariy hamda metodologik asoslarini, davlat sektori buxgalteriya hisobi milliy standartlari (DSBHMS), IPSAS, Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi, "Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini, byudjet tasnifi, xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va xarajatlarni rejalashtirish tartibini, davlat aktivlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, majburiyatlar hamda moliyaviy natijalarning hisobini yuritish metodikasini, gʻaznachilik ijrosi, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari, byudjet mablagʻlarining harakatini nazorat qilish mexanizmlarini, davlat xaridlari tizimi, ichki nazorat va ichki auditning xalqaro tamoyillarini, moliyaviy hisobot shakllari, ularni tuzish, konsolidatsiya qilish va tahlil etish usullarini, davlat moliyasida raqamli transformatsiya jarayonlari, elektron gʻaznachilik, elektron byudjet tizimi, ERP va moliyaviy axborot tizimlarining ishlash tamoyillarini, barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs), ESG tamoyillari, moliyaviy shaffoflik, ochiq byudjet siyosati va xalqaro reytinglarda davlat moliyasi koʻrsatkichlarini baholash metodologiyasini mukammal bilishi lozim.
Koʻnikmalar jihatidan: Mazkur fan boʻyicha taʻlim olgan talaba davlat byudjeti va mahalliy byudjetlar ijrosini tashkil etish, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini amaldagi qonunchilik va xalqaro standartlar asosida yuritish, smeta va xarajatlar rejasini ishlab chiqish, gʻaznachilik operatsiyalarini rasmiylashtirish, moliyaviy va buxgalteriya hujjatlarini toʻgʻri yuritish, sintetik va analitik hisob registrlarini shakllantirish, davlat sektori buxgalteriya hisobi milliy standartlari hamda IPSAS asosida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, hisobot maʻlumotlarini tahlil qilish va ularning ishonchliligini baholash, byudjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini aniqlash, moliyaviy koʻrsatkichlarni iqtisodiy tahlil qilish, ichki nazorat va ichki audit tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirish, moliyaviy xatolar va qonunbuzarliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, korrupsion xavflarni baholash, davlat xaridlarining qonuniyligi va samaradorligini tahlil qilish, elektron gʻaznachilik tizimi, ERP platformalari, elektron hujjat aylanishi, raqamli buxgalteriya dasturlari, elektron imzo va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, statistik, moliyaviy va iqtisodiy maʻlumotlarni zamonaviy tahlil usullari asosida qayta ishlash, ilmiy tadqiqot metodlarini qoʻllash, kasbiy muammolarni kompleks tahlil qilish, innovatsion yechimlar ishlab chiqish, jamoada ishlash, samarali muloqot qilish, taqdimotlar tayyorlash va mustaqil boshqaruv qarorlarini qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur.
Kompetensiyalar jihatidan: Mazkur fan yakunida talaba davlat sektori va byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy hisobotni milliy va xalqaro standartlar asosida tashkil etish va yuritish, davlat moliyaviy resurslarini strategik boshqarish, byudjet mablagʻlaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni iqtisodiy jihatdan asoslash, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, tahlil qilish va ularning ishonchliligini baholash, davlat moliyaviy nazoratini tashkil etish, ichki nazorat va ichki audit tizimlarini samarali boshqarish, davlat xaridlari va byudjet ijrosi ustidan monitoring olib borish, davlat moliyasi samaradorligini baholash hamda takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, davlat boshqaruvi organlari va byudjet tashkilotlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash, ERP, elektron gʻaznachilik, Business Intelligence, sunʻiy intellekt va boshqa zamonaviy texnologiyalarni kasbiy faoliyatga tatbiq etish, milliy va xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar asosida kasbiy faoliyatni amalga oshirish, kasbiy etika, akademik halollik, shaffoflik, ochiqlik, ijtimoiy masʻuliyat va korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillariga qatʻiy amal qilish, tanqidiy, analitik va strategik fikrlash asosida murakkab moliyaviy muammolarni hal etish, ilmiy izlanishlar olib borish, oʻz kasbiy malakasini muntazam rivojlantirish hamda davlat moliyasini boshqarish sohasida milliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassis sifatida samarali faoliyat yuritish kompetensiyalariga ega boʻladi.
Fan maqsadi: Talabalarda davlat xaridining mohiyati, uni tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridini tashkil etish, tartibga solish va boshqarishdagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning istiqbolli yoʻnalishlari, xorijiy davlatlarning davlat xaridi tizimi boʻyicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdir.
Bilimlar jihatidan: Talaba davlat xaridining mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, davlat xaridining predmeti, obyekti va subyekti, davlat xaridlarini tashkil etish modellari va shakllari hamda davlat xaridlarini amalga oshirishning huquqiy asoslari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Oʻzbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etish jarayoni va mexanizmi, davlat xaridlarini rejalashtirish, davlat xaridini amalga oshirish shakllari va ularni amaliyotda qoʻllash hamda davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.
Kompetensiyalar jihatidan: Davlat xaridlari jarayoniga doir qarorlar qabul qilish, davlat xaridlari shartnomalarini tuzish va ijro etish, davlat xaridlarini monitoring va nazorat qilish, davlat xaridlarini tashkil etishda korrupsiyaga qarshi kurash usullarini qoʻllash hamda xorijiy davlatlarda davlat xaridlarini tashkil etish tajribalari va ularning ilgʻor tajribalaridan mamlakatimiz davlat xaridi tizimida foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarda Oʻzbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishini taʻminlashga qaratilgan moliyaviy siyosat asoslari, moliya bozori va investitsiya muhitini takomillashtirish, korporativ moliya hamda Islom moliyasining dolzarb muammolari, raqamli moliya va kripto-aktivlar sohasidagi zamonaviy tenden siyalar, shuningdek moliyaviy globallashuvning milliy moliya tizimiga taʻsiri boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Oʻzbekiston moliyaviy tizimining zamonaviy holati va rivojlanish tendentsiyalari, “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasi doirasida moliyaviy islohotlar, davlat moliyaviy siyosatining asosiy yoʻnalishlari, moliya bozori, investitsiya muhiti, korporativ moliya, Islom moliyasi, raqamli moliya va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek moliyaviy globallashuvning Oʻzbekiston moliya tizimiga taʻsiri toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba korxona va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga taʼsir qiladigan moliyaviy muammolarni aniqlash va tahlil qilish usullarini qoʻllash, moliyaviy globallashuv va raqamli moliya sohasidagi kamchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish, shuningdek moliya bozori, korporativ moliya va Islom moliyasini boshqarish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Moliyaviy siyosatni shakllantirish va moliya bozorini rivojlantirishda strategik usullarni tanlash qoidalari, raqamli moliya, Islom moliyasi va korporativ moliyani takomillashtirish yuzasidan ilgʻor xorij tajribasi va uni Oʻzbekistonda qoʻllash xususiyatlari hamda korxona va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatida zamonaviy moliyaviy texnologiyalar va investitsiya vositalaridan foydalanish yuzasidan olgan bilimlarini qoʻllay olish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarda xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati, nazariy asoslari, jahon xoʻjaligidagi oʻrni, mintaqaviy integratsion jarayonlar, global xalqaro tashkilotlar, MDH doirasidagi hamkorlik va Oʻzbekiston Respublikasining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati, integratsion jarayonlarning nazariy asoslari, integratsiyani rivojlantirish shakllari va metodlari, jahon xoʻjaligi tizimida integratsiyaning tutgan oʻrni haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba mintaqaviy integratsion birlashmalar (Yevropa Ittifoqi, NAFTA, MDH, YevrOsiyo iqtisodiy hamjamiyati) faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni hisobga olish va baholash, ularning boshqaruv tuzilmalari, yagona valyuta tizimlari, erkin savdo hududlari va integratsion hamkorlik usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak. Shuningdek, u davlat va tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga taʼsirini aniqlash va baholash usullarini qoʻllash, integratsiyaning milliy iqtisodiyotga ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish va boshqarishni tashkil etish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Integratsion jarayonlarni boshqarishda strategik usullarni tanlash qoidalari, xalqaro iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishda ilgʻor xorij tajribasi va uni Oʻzbekistonda qoʻllash xususiyatlari hamda davlat va tashkilotlarning xalqaro integratsion faoliyatiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash va baholash yuzasidan olgan bilimlarini qoʻllay olish malakalariga ega boʻlishi kerak.
Fan maqsadi: Talabalarda moliyaviy nazoratni tashkil etish asoslari, uning shakl va usullari, moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari tizimi, shuningdek byudjet, soliq, bojxona, bank va sugʻurta sohalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bilimlar jihatidan: Moliyaviy nazoratning mazmun-mohiyati, uni tashkil etish asoslari, shakl va usullari, umumdavlat nazorat organlari va ularning vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlari, soliq, bojxona, bank va sugʻurta sohalarida nazoratni tashkil etish tartibi, byudjetni tuzish va ijro etish jarayonini nazorat qilish, byudjet tashkilotlarida moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat, auditorlik nazoratining ahamiyati, shuningdek rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyoti toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
Koʻnikmalar jihatidan: Talaba soliq, bojxona, bank va sugʻurta sohalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish bilan bogʻliq amaliy masalalarni hisobga olish va tahlil qilish, umumdavlat nazorat organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini baholash, byudjetni tuzish va ijro etish jarayonini nazorat qilish tartib-qoidalarini qoʻllash, byudjet tashkilotlari harajatlar smetasini rejalashtirish va moliyalashtirishdagi nazorat mexanizmlarini amalga oshirish, auditorlik nazoratini moliyaviy nazoratning tarkibiy qismi sifatida baholash, shuningdek rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy nazoratni tashkil etish amaliyotidan milliy sharoitga moslashtirib foydalanishni bilishi va ulardan foydalana olishi kerak. Shuningdek, u korxona va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga taʼsir qiladigan moliyaviy nazorat masalalarini aniqlash va tahlil qilish usullarini qoʻllash, moliyaviy nazoratdagi kamchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish, shuningdek byudjet, soliq, bojxona, bank va sugʻurta sohalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish va boshqarish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
Kompetensiyalar jihatidan: Talaba moliyaviy nazoratni tashkil etishda strategik usullarni tanlash qoidalari, moliyaviy nazoratni takomillashtirish yuzasidan ilgʻor xorij tajribasi va uni Oʻzbekistonda qoʻllash xususiyatlari hamda korxona va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatida moliyaviy nazoratni amalga oshirish yuzasidan olgan bilimlarini qoʻllay olish malakalariga ega boʻlishi kerak.