Psixologiya (Bakalavr)

Psixolog, pedagog

Asosiy > Ta'lim dasturlari > Bakalavriat > Psixologiya (Bakalavr)

Kurs haqida umumiy ma'lumot

Dastur maqsadi: 60310300 – Psixologiya ta'lim dasturining maqsadi - talabalarga inson ruhiyati, xulq-atvori va shaxs ruhiy rivojlanishi bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish, talabalarni zamonaviy psixologiya standartlariga javob beradigan, ta’lim, sog'liqni saqlash, harbiy soha, huquqni muhofaza qilish organlari, biznes va xususiy konsultatsiya markazlari va boshqa sohalarda professional psixologik xizmat ko'rsata oladigan yuqori malakali mutaxassislar etib tayyorlashdan iborat.

Bilishingiz kerak bo'lganlar

Diplom nomi

Bakalavr

Mutaxassislik

Psixolog, pedagog

Jami kreditlar

240/7200 soat

Davomiyligi

4 yil

O'qish narxi

Mahalliy talabalar uchun — 8 140 000 UZS

Xorijlik talabalar uchun — 676,78 USD

Hujjat topshirish

Kurs tuzilishi

Asosiy modullar (mutaxassis fanlar)
Modul kodi:MTK1104
Semestr:1
Modul rahbari:Sharafutdinova X.G,DSc, dotsent

Fanning maqsadi: erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: talabalarga psixolog kasbining mazmuni, vazifalari, ijtimoiy qadriyatlari va kasbiy etikasini tushuntirishdan iborat bo‘lib, bo'lajak mutaxassislarda kasbiy dunyoqarashni shakllantiradi va ularni amaliy psixologik faoliyat bilan shug‘ullanishga tayyorlaydi.

Psixologiya maktablari, Psixologiya rivojiga hissa qo‘shgan olimlar haqidagi bilimlarni egallash, psixologiya tarmoqlari, psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini yoritib berish, psixolog-mutaxassislar tayyorlash muammolari, psixologiya kasb sifatida. Psixologlarning kasbiy faoliyat turlari haqida tizimli tushuncha hosil qilish.

Modul kodi:UPS1123424
Semestr:1,2,3,4
Modul rahbari:Almardanova S.B, PhD, dotsent, Qodirova A.B,DSc, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: - talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, shaxsning o‘zida kechadigan jarayonlar va psixologik bilimlar haiqda ma’lumot berish, ularni jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emosional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga o‘rgatishdan iborat. Psixikaning ob’ektiv va sub’ektiv mezonlarini, psixikani rivojlanish bosqichlarini, inson psixikasining ijtimoiy-tarixiy tabiatini, shaxs psixologiyasining asosiy qonuniyatlarini, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini tahlil qilishni, ichki regulyasiyaning mazmuni, emosiya va hissiyot munosabatlari, irodani shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini, tadqiqot prinsiplari, nazariyalari, shaxs tuzilmasi, shaxsning individual xususiyatlari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi.

Modul kodi:EKP123416
Semestr:2,3,4
Modul rahbari:Almardanova S.B PhD, dotsent, Sattorova M.D PhD, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha

ma’lumot: eksperimental psixologiyaning nazariy-metodologik asoslarini tizimlashtirish empirik psixologik metodlarni tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba, eksperimental psixologiyaning predmeti, vazifalari va tushunchalarini, eksperimental tadqqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti va predmetini aniqlay olish; laboratoriya tadqiqotlarini tashkil etish; tadqiqot qatnashchilarining psixologik xususiyatlarini inobatga olish va axloqiy me’yorlarga rioya qilish;

Modul kodi:RPD12310
Semestr:2,3
Modul rahbari:Almardanova S.B PhD, dotsent, Sattorova M.D PhD, dotsent

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha

ma’lumot: inson psixikasining tug‘ilishdan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrdagi o‘zgarish qonuniyatlarini, yosh davrlarining o‘ziga xos xususiyatlari, inqiroz davrlari va harakatlantiruvchi kuchlarni, shuningdek, differensial psixologiya yordamida temperament, qobiliyat, xarakter va kognitiv jarayonlardagi shaxslararo farqlarni aniqlash, odamlarning yoshi, jinsi va millatidan kelib chiqadigan individual-psixologik farqlari va umumiy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat Inson psixikasining tug'ilishdan to keksalikkacha (gerontopsixologiya) bo'lgan yosh davrlari xususiyatlari, inqiroz davrlari va harakatlantiruvchi kuchlarini tahlil qilish; Differensial diagnostika ko'nikmasi: Shaxsning temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari va intellektual darajasidagi individual farqlarni aniqlash metodikalarini tanlash va qo'llash

Tanlov moduli (tanlov fanlari asosida)
Modul kodi:KF304
Semestr:5
Modul rahbari:Normuminova D.E. katta o’qituvchi

Fanning maqsadi, erishiladigan ta’limiy natijalari haqida qisqacha ma’lumot: Talabalarga inson ruhiyati, xulq-atvori va shaxs ruhiy rivojlanishi bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish, talabalarni zamonaviy psixologiya standartlariga javob beradigan, ta’lim, sog'liqni saqlash, harbiy soha, huquqni muhofaza qilish organlari, biznes va xususiy konsultatsiya markazlari va boshqa sohalarda professional psixologik xizmat ko'rsata oladigan yuqori malakali mutaxassislar etib tayyorlashdan iborat. Ular nizolarni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlay oladilar, ularning oldini olish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar va profilaktika choralarining samaradorligini baholay oladilar