Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Termiz davat universiteti REKTORI
.
Ruziev Oybek Abdimuminovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
Absamatov Anvar Ergashevich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori
Toʻrayev Rasul Nortojiyevich
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori
QODIROV Umarali Doʻstqobilovich
Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktori
Assalomu alaykum, qadrdon universitetimning bugungi yoshlari! Talabalik – inson umrining eng shirin va unutilmas davri. Men 1996-yili TerDUning "Oʻzbek tili va adabiyoti" yoʻnalishini tamomlaganman. Bu qadrdon dargoh menga nafaqat ta'lim bergan, balki butun hayot yo'limda, kasbimda o'z o'rnimni topishimda katta maktab bo'lgan. Ustozlarimizning qimmatli maslahatlari, auditoriyadagi qizg'in bahslarimiz, kutubxonada kitob titkilab o'tkazgan onlarimiz bugun ham eng issiq xotiralarimdan biri. Hozirgi kunda viloyatimiz pedagoglarini yangi metodikalarga oʻrgatish markazi rahbari sifatida faoliyat yurityapman. Ortga qarab shuni ishonch bilan ayta olamanki, hayotda erishgan har qanday yutug'imning poydevori aynan universitetda qo'yilgan. Aziz ukalarim, singillarim! Bugun sizlarning qo'lingizda bizning davrimizda bo'lmagan juda katta imkoniyatlar bor. Zamonaviy sharoitlar, internet, cheksiz ma'lumotlar — barchasi sizning xizmatingizda. Sizdan faqat bitta narsa so'raladi: vaqtni bekorga sarflamang. Talabalikning har bir kunidan unumli foydalanib, tinimsiz o'qing va izlaning. Ustozlaringizni qadrlab, ularning tajribasidan iloji boricha ko'proq narsa o'rganishga harakat qiling. Qaysi sohada o'qimang, o'z ishingizning chinakam ustasi bo'lishga intiling. Ishonaman, TerDUdan kelajakda el-yurtiga katta foydasi tegadigan kuchli mutaxassislar yetishib chiqadi. Barchangizga o'qishda va kelgusi ishlaringizda faqat omad tilayman. Dilingizdan ilm nuri hech qachon arimasin!
Rajabov Sherzod Abdimuratovich
Surxondaryo viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Toʻraev Joʻrabek Abdullaevich
Surxondaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari– viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi
Saparov Ilhom Ochilovich
Jarqo'rg'on tuman hokimi
Normamatov Xudoyberdi Pormanovich
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi
Xudoyberdiev Samandar Kalandarovich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi
Lolayev Sharofiddin Usanovich
Termiz shahar hokimi
Qalandarov Shuhrat Iskandarovich
Termiz tumani xokimi