Asosiy | Moliyaviy faoliyat | Buxgalteriya

Buxgalteriya

Buxgalteriya bo‘limi bosh hisobchisi:

Qulmanov Azamat Jovliyevich

Bog'lanish uchun:

  • Telefon:+998762280092
  • Email:azamatqulmanov@mail.ru
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 9 00 – 12 00

Buxgalteriya bo‘limining faoliyati va vazifalari
TerDU Buxgalteriya bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.Buxgalteriya universitet Ustaviga va mazkur Nizomga asoslanib ish yuritadi hamda o‘z amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, universitet buyruqlari va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlikning Hay’at qarorlari hamda buyruqlari, OTM rektori buyruqlarining mohiyatini bilish, OTMning yillik va istiqbolli rejalarini bilishi, moliya hamda nazorat-taftish tashkilotlarining buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisobotlarni tuzishga oid, shuningdek, OTMning moliya-xo‘jalik faoliyati, tuzilmasi va rivojlantirish istiqbollariga tegishli barcha uslubiy, me’yoriy hamda boshqa hujjatlarni bilish va ularning amalda tatbiq etilishini ta’minlash bo‘limning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Buxgalteriya bo‘limida ish turlari bo‘yicha quyidagi lavozimlar belgilangan:
Bosh buxgalter
Bosh buxgalter o‘rinbosari
Buxgalter
Xarid bo‘yicha mutaxassis
Har bir guruhda ishlar bosh buxgalter rahbarligi ostida lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq, buxgalterlar tomonidan mustaqil ravishda olib boriladi.
Buxgalteriya bo‘limining vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil etish, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni nazorat qilish;
Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida hisoblash hamda ularning tarqatilishini nazorat qilish;
Hisobvaraqlarda aktivlarning holati va harakatini, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Moddiy boyliklar va pul mablag‘lari inventarizatsiyasini o‘z vaqtida o‘tkazish;
Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
Mahalliy va respublika budjetiga hisoblangan soliqlarni o‘z muddatida o‘tkazish;
Bankdan olingan pul mablag‘larini maqsadli sarflash;
Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarining paydo bo‘lishining oldini olish;
Ish haqi fondining tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
Stipendiya fondining rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish;
Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;
Budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo‘yicha sarflanishini nazorat qilish;
Pul mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar inventarizatsiyasining belgilangan tartib asosida sifatli o‘tkazilishini nazorat qilish;
Yuqori turuvchi vazirlikka, soliq inspeksiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik hamda yillik hisobotlarning o‘z muddatida topshirilishini nazorat qilish.
Bo‘lim manzili: Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy, 1-qavat.
Revkvizitlar
Moliya vazirligi gʻaznachiligi
Hisob raqami: 23402000300100001010
MFO:00014 INN: 201122919
MarkaziybankXKKMToshkent sh.
(TerDU:400910860224017094100350003)
INN: 200473474