Asosiy | Universitet | Rahbariyat

Rahbariyat

Rektor

Toshqulov Abduqodir Hamidovich

Iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Bog'lanish uchun

  • Telefon:(0376) 221-74-55
  • Email:atoshqulov@mail.ru
  • Qabul vaqti:Payshanba, 15:00-17:00

Abduqodir Hamidovich Toshqulov 1976-yil 29-avgustda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tavallud topgan. 1998-yil Termiz universitetini moliya va kredit mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Oʻqishni tamomlagach, Termiz davlat universitetida moliya va soliq tizimi kafedrasi oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, iqtisodiyot-moliya fakulteti dekani oʻrinbosari, moliya kafedrasi mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. Oliy taʼlim tizimida oʻqituvchi vazifasidan rektor va vazir lavozimlarida ishlagan. AQSH, Yevropaning qator davlatlari, Yaponiya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasida ilmiy malaka oʻtagan. Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Polsha kabi davlatlarda oʻtkazilgan ilmiy anjuman va simpoziumlarda oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etgan. Oilali. Toʻrt nafar farzandning otasi. Doʻstlik ordeni mukofoti sohibi, iqtisodchi, oʻqituvchi va davlat arbobi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Oʻqishni tamomlagach, universitetning moliya va soliq tizimi kafedrasida oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi vazifalarida ishlagan.

2002—2004-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan. 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan.

2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan.

2010-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham davom ettirib, oʻrindoshlik asosida Termiz universiteti moliya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi ishtirokini boshlagan.

2010—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi,

2019—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatidada faoliyat koʻrsatgan.

2017—2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlangan.

2022-yildan boshlab Voleybol Federatsiyasi rahbari va 2023-yil 1-noyabrdan Termiz davlat universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori vazifasini bajaruvchi

Axmedov O‘ral Choriyevich

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent

Bog'lanish uchun

  • Telefon:(0376) 222 38 24
  • Email:.
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 15:30 - 16:30
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

Shofiyev Obidjon Baxtiyorovich

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+99876 222-36-70
  • Email:shofiyev@mail.ru
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 15:30 - 16:30
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Shaydullayev Alisher Shapulatovich

Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998 95 884 80 90
  • Email:alisher@myself.com
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 15:30 - 16:30
Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor

Tog'ayev G'afur Erkin o'g'li

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998972425767
  • Email:gafurtogaev92@gmail.com
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 15.30 - 16.30