Asosiy | Tarkibiy bo‘limlar | Termiz davlat universiteti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi

Termiz davlat universiteti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi

Universitetdagi 14 ta fakultetlarda xotin – qizlar kengashlari raislari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Universitet ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga hamda barcha fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha haq to‘lanadi. Universitet xotin-qizlar kengashi raisiga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 311-sonli, hamda Termiz davlat universiteti rektorining 2023 yil 20 iyuldagi 150-U-sonli buyrug‘iga asosan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi maqomi berilgan.

Bugungi kunda Termiz davlat universiteti jamoasida 636 ga yaqin ayollar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ulardan: 296 ta professor o‘qituvchilar bo‘lib, 340 qolgani texnik va ishchi ayollarni tashkil etadi.

Universitet xotin-qizlar kengashi professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash, kasbiy mahoratini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ish olib boradi.